1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3393]
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
24-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 2-fevraldagi 9-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1329, 2004-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 147-modda) bilan tasdiqlangan Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
birinchi xatboshidagi “Agentlik” va “Agentlikda” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” va “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlik” va “Agentlikda” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” va “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 146-band va 247-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 156-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 171-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikda” degan soʻz “Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” degan soʻz “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 1-ilova matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent sh., Mustakillik shox koʻchasi, 59 Tel.: (99871) 232-50-50, Faks: (99871) 233-50-05 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______ E-mail: ___________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 2 — 4-ilovalar matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shox koʻchasi, 59 Tel.: (99871) 232-50-50, Faks: (99871) 233-50-05 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______ E-mail: ___________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 15-martdagi 14-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343, 2004-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 202-modda) bilan tasdiqlangan Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
8) 109-banddagi “Agentlik” va “Agentlikda” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” hamda “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 121-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 136-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikda” degan soʻz “Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 142-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan soʻz “Davlat muassasasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 1 — 4-ilovalar matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
10. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 3-ilovasi 3-bandining “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorining 2-ilovasida:
1) 1-banddagi “Qonunchilik bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilik departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2 va 9-bandlardagi “Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52, 109-son qarori (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 16-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar “Adliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-ilova matnidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “Adliya vazirligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada:
birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (bundan buyon matnda Davlat xizmatlari agentligi deb yuritiladi) budjetdan tashqari” degan soʻzlar “Adliya vazirligining (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) Davlat xizmatlarini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 343-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son; 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)