1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 17-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3393]
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
24-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 52-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1185, 2002-yil 1-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son) bilan tasdiqlangan Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
2) 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi (bundan keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
7) 6-paragrafning nomi va 40-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik va Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 44-banddagi “Agentlikka” va “Agentlik” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasiga” hamda “Vazirlik va Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 64-banddagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 1-2-ilovalar matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 3-ilova matnidagi “OʻzR IMAga”, “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga”, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 4-ilova matnidagi “OʻzR IMAga”, “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga”, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______, E-mail: ___________.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 2-fevraldagi 9-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1329, 2004-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 147-modda) bilan tasdiqlangan Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
birinchi xatboshidagi “Agentlik” va “Agentlikda” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” va “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlik” va “Agentlikda” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” va “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 146-band va 247-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 156-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 171-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikda” degan soʻz “Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” degan soʻz “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 1-ilova matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent sh., Mustakillik shox koʻchasi, 59 Tel.: (99871) 232-50-50, Faks: (99871) 233-50-05 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______ E-mail: ___________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 2 — 4-ilovalar matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shox koʻchasi, 59 Tel.: (99871) 232-50-50, Faks: (99871) 233-50-05 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ______ E-mail: ___________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 15-martdagi 14-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1343, 2004-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 202-modda) bilan tasdiqlangan Foydali modelga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
8) 109-banddagi “Agentlik” va “Agentlikda” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” hamda “Vazirlik yoki Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 121-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 136-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikda” degan soʻz “Davlat muassasasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 142-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikka” degan soʻz “Davlat muassasasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 1 — 4-ilovalar matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 21-apreldagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1361, 2004-yil 20-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 243-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat namunasiga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
“Apellyatsiya kengashi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi Apellyatsiya kengashi.”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi.”;
10) 113-banddagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va Davlat muassasasi” hamda “Vazirlik yoki Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 115-band, 196-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Agentlikning” degan soʻz “Davlat muassasasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 1 — 4-ilovalar matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent sh., Mustaqillik shoh koʻchasi, 59 Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-50-05 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: __________ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 18-avgustdagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1402, 2004-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 402-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
4) 39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik va Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 42-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 47-bandning birinchi xatboshisidagi “talabnomaga Agentlikning” degan soʻzlar “Talabnomaga Vazirlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 51-banddagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik” va “Vazirlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 52-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik soʻrovnomasida” va “Agentlik soʻrovnomasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat muassasasi soʻrovnomasida” va “Davlat muassasasi soʻrovnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 1-ilova matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik koʻchasi, 59 uy. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ________ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 2-ilova matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 59. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ________ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 3-ilova matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-00-13. Faks: (99871) 233-45-56. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30-dekabrdagi 62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1443, 2005-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarida:
ikkinchi xatboshidagi “Agentlikka” degan soʻz “Davlat muassasasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” degan soʻz “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 114-banddagi “Agentlikka” va “Agentlik” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat muassasasiga” va “Davlat muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 115-banddagi “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik” va “Vazirlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 1-ilova matnidagi “OʻzR IMA tomonidan” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-50-50 Faks: (99871) 232-50-05 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 4 — 6-ilovalar matnidagi “OʻzR IMA” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59. Tel.: (99871) 232-50-50. Faks: (99871) 232-50-05. E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2006-yil 21-sentabrdagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1629, 2006-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Patent egasining ochiq litsenziyaga doir huquqni taqdim etish toʻgʻrisidagi arizasini topshirish va koʻrib chiqish hamda bunday ariza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish qoidalarida:
1) muqaddimadagi “Intellektual mulk agentligida (bundan keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligida (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007-yil 3-apreldagi 25-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1678, 2007-yil 5-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 203-modda) bilan tasdiqlangan Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalarida:
1) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3, 5 va 11-bandlardagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 15-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 1 va 2-ilovalar matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-martdagi 13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1793, 2008-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 16-son, 123-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalarida:
1) 2-banddagi “Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” degan soʻzlar “Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-banddagi “Agentlikka” degan soʻz “Vazirlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlikning” degan soʻz “Vazirlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 12-banddagi “Agentlik” degan soʻz “Vazirlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi”, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: __________ E-mail: __________” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 3-ilovasi 3-bandining “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorining 2-ilovasida:
1) 1-banddagi “Qonunchilik bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilik departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 2 va 9-bandlardagi “Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi” degan soʻzlar “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52, 109-son qarori (roʻyxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri toʻgʻrisidagi nizomda:
1) 16-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining” degan soʻzlar “Adliya vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-ilova matnidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida” degan soʻzlar “Adliya vazirligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada:
birinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining (bundan buyon matnda Davlat xizmatlari agentligi deb yuritiladi) budjetdan tashqari” degan soʻzlar “Adliya vazirligining (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) Davlat xizmatlarini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 343-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son; 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)