Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son
qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning
birinchi xatboshisidan “tegishliligi boʻyicha hududiy davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2.
3-banddagi “aloqa kanallari” degan soʻzlar “soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda maʼlumotni mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shakllarda onlayn rejimda elektron koʻrinishda joʻnatadi:”.
4.
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.