toggle_night_mode
Hujjat 01.11.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORINING
buyrugʻi
“Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 20-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3067-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 6-sentabrdagi B-55-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3067, 2018-yil 7-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2018-y., 10/18/3067/1854-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2022-yil 1-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-oktabr,
45-V-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2022-yil 12-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2022-yil 12-oktabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 10/22/3067-1/0945-son)