Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 1-martda 42-son bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
nizom (roʻyxat raqami 660, 1999-yil 3-mart).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2006-yil 23-avgustdagi 2006-06-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-1, 2006-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 421-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 15-dekabrdagi 2008-43-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-2, 2009-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 31-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 29-yanvardagi 2010-03-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-3, 2010-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 10-11-son, 78-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 4-iyuldagi 2011-11-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-4, 2011-yil 9-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 338-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 9-dekabrdagi 2013-12-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-5, 2013-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 682-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 30-iyuldagi 2015-07-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-6, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 422-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-07-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-7, 2017-yil 21-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1062-modda).