1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-sentabrdagi PQ-377-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab:
a) subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalar tarkibi maqbullashtirilib, undan Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori chiqariladi;
b) subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish (baholash) tartibi bekor qilinadi. Bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
v) subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 2022-yil 1-noyabrga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Labor — migration” dasturi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminotiga integratsiya qilinishini taʼminlasin. Bunda:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholining “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan aholining nomida respublikaning barcha hududlaridagi oʻz mulkida boʻlgan uy-joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminotiga real vaqt rejimida taqdim etib borilishi nazarda tutilsin.
3. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilinsin.
4. Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2022-yil 1-noyabrga qadar 2020 — 2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha toʻlanmay qolgan subsidiyalarni toʻliq toʻlash choralarini koʻrsin.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqini berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
6. Belgilansinki, 2022-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti toʻlov layoqati va boshqa shaxslarni jalb qilish huquqidan kelib chiqib, tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdorigacha ajratiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilova 2022-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi, 1-ilovaning 1-bandi “a”, “e” va “j” kichik bandlari hamda 2-bandi bundan mustasno.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
601-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlangʻich badal boʻyicha subsidiya toʻlovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi”;
uchinchi xatboshidagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi va tuman (shahar) hokimligi” soʻzlari “tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Zarur hollarda ayrim toifadagi shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan taʼminlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi”;
“15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda masʼul tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Masʼul tashkilot rahbarlari tomonidan subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash uchun masʼul xodim ichki buyruq asosida biriktiriladi.
Biriktirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Masʼul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud maʼlumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi maʼlumotlarni:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, yolgʻiz oʻzi ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq toʻlovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) boʻyicha ariza beruvchi va oila aʼzosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi koʻrsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila aʼzolarining daromadlari boʻyicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari — ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi”;
d) quyidagi tahrirdagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Ariza beruvchini quyidagi ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:
ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;
ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi”;
j) 39-banddan “(bir kalendar yilda ikki marta)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) 1-ilovaning III bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar
1.
“labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti
10
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)
2.
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi
10
Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi
3.
Yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar
10
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)
4.
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar**
10
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi
”.
i) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumani (shahri)da subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyaning
Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida toʻldiradi.
Yil davomida (haftaning dushanba — juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)*
2-bosqich
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi
1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi.
2. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga koʻra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, davlat soliq inspeksiyasi, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga elektron shaklda taqdim etadi.
1 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Tibbiyot birlashmasi
Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yolgʻiz oʻzi ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvar?sh�ayotgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.
10 ish kuni m?baynida
Davlat soliq inspeksiyasi
Soliq toʻlovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) boʻyicha ariza beruvchi va oila aʼzosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini dasturiy taʼminotga kiritadi va �asdiqlaydi.
10 ish kuni mobaynida
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi
Ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.
10 ish kuni mobaynida
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida avtomatlashtirilgan tarzda)
1. Ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini) aniqlaydi.
2. Ariza beruvchining yosh oilalar toifasi�a mansubligini va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligini aniqlaydi.
3. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Komissiya raisi
Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kuni mob?ynida
5-bosqich
Talabgor
Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib moʻljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng
Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga kvartira sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belg�langan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.
5 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.
2. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy (kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tuman (shahar) moliya boʻlimlariga boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya summasini toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
1 ish kuni ichida
8-bosqich
Hududiy moliya boʻlimi
Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
4 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki
Ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma va unga ilova (toʻlovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab borish uchun subsidiya ajratilishi boʻyicha tegishliligiga koʻra bank bosh ofisi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
Ipoteka krediti taqdim etilgandan soʻng birinchi toʻlov kuniga qadar
Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab boradi.
1 ish kuni mobaynida
10-bosqich
Moliya vazirligi
Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlarni markazlashgan tartibda oʻtkazib boradi.
Har oyning 25-kunigacha
”.
l) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ANKETA-ARIZA
Ariza № _________________
Qabul qilish sanasi________
Qabul qilgan shaxs _________
1. _______________
_________________
_________________
(familiyasi)
(ismi)
(otasining ismi)
2. Manzil:____________
________________
________________
(aholi punkti)
(tuman, shahar)
(viloyat)
3. Tugʻilgan sanasi
4. Jinsi
___ /_____ / ______
____ ayol _____ erkak
5. Oilaviy ahvolingiz:
6. Pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSh ShIR)*:
boʻydoq / turmushga chiqmagan_____
uylangan / turmushga chiqqan _____
ajrashgan _____
beva _____
7. Turmush oʻrtogʻining pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
8. Kafil sifatida ishtirok etadigan farzandingizning:
9. Kafil farzandingizning oilaviy ahvoli:
_________________
_____________________
_____________________
(JSh ShIR)
(JSh ShIR)
(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)
_____________________
_____________________
(JSh ShIR)
(turmushga chiqqan yoki chiqmagan)
10. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating:
1) Birinchi guruh nogironi ____ kishi.
2) Surunkali kasalliklarning ogʻir turlaridan azob chekuvchilar ____ kishi.
3) Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotganligingiz.
11. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi:
12. Ipoteka kreditini qaysi maqsadda olmoqchisiz:
13. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar?
_____ mulk
Birlamchi bozordan kvartira______
el.pochta __________
_____ ijara
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish yoki rekonstruksiya qilish ___________
uy tel: ___________
_____ mulkdor ruxsati bilan bepul yashash
ish tel: ___________
uyali tel: __________
14. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub boʻlsangiz, qaysiligiga koʻrsating:
“Labor migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan (ha/yoʻq) _______;
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar (ha/yoʻq) _______;
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi (ha/yoʻq) _______;
Harbiylashtirilgan organlarga aloqangiz bormi?________ agar boʻlsa:
xodim_____
harbiy_____
nafaqadagi harbiy _____.
Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman va tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.
______________
__________
__________
_________
imzo
yil
kun
oy
* JSh ShIRni aniqlash quyida koʻrsatilgan (bu erda JSh ShIR raqami sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami)”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 16-bandning “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“24. Pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim”;
“26. Subsidiya xabarnomasini olgan fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etayotgan davrda ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlariga toʻliq javob bermay qolgan hollarda bank ajratiladigan ipoteka krediti miqdorini kamaytirishi yoki ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin”;
g) 28-bandning birinchi xatboshisi “Tayyor holda topshirish sharti bilan” soʻzlaridan keyin “yoki tayyor holda topshirish shartisiz (xonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor holda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga ilovaning 44-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni)” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 34-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishlari uchun moddiy shart-sharoitlar yaratish va mehnat faoliyatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi 839-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi 889-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 60-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)