1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
favqulodda holat joriy etilgan hududda alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga band boʻlmagan aholini jalb qilish, ularning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq toʻlash shartlarini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga zarur yordamni koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi hamda ularga qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qoʻllash shartlarini nazarda tutuvchi Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaxslarga nisbatan qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini koʻrib chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazish, uni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, qabul qilish, taqsimlash va tarqatish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutuvchi Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
600-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 1-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom favqulodda holat joriy etilgan hududda alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga band boʻlmagan aholini jalb qilish, ularning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari favqulodda holat joriy etilgan hududda volontyorlik yordamini koʻrsatayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avariya-qutqaruv ishlari — avariya va halokatlarning xavfli omillari taʼsirini tugatish va bartaraf etishga, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlashga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan shoshilinch harakatlar;
buyurtmachi — ish beruvchi — mazkur Nizomga muvofiq avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil qilish boʻyicha tashabbuskor (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar);
kechiktirib boʻlmaydigan ishlar — qutqaruv ishlarini har tomonlama taʼminlash, odamlar hayoti, sogʻligʻi va mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishga hamda jabrlangan aholiga yordam koʻrsatishga qaratilgan harakatlar;
favqulodda holat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyadigan hamda ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
hudud komendaturasi — favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun favqulodda holat joriy etilgan hududda tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi.
3. Band boʻlmagan aholi quyidagi alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish va taʼminlashga jalb etilishi mumkin:
uy-joy fondi, kommunal soha va boshqa infratuzilma obyektlarini taʼmirlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishini tiklash;
koʻchalarni, yoʻllarni va yoʻlkalarni taʼmirlash;
irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini taʼmirlash;
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari tashkilotlaridagi ishlar;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari;
jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatishga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlar.
4. Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
2-bob. Band boʻlmagan aholini alohida tayyorgarlik va malaka talab qilmaydigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarga jalb qilish tartibi
5. Hudud komendanti zaruratga koʻra favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni (keyingi oʻrinlarda — vaqtinchalik ishlar) amalga oshirish hamda taʼminlashga band boʻlmagan aholini jalb etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy boʻlinmalari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhni (keyingi oʻrinlarda — maxsus ishchi guruh) tuzish boʻyicha taklif kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatib turish nazarda tutilgan boʻlsa, maxsus ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi rahbarligida hudud komendaturasi tarkibida tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi (hudud komendaturasi) bir ish kuni mobaynida oʻz tarkibida maxsus ishchi guruhni tuzadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
7. Maxsus ishchi guruh bir ish kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida (keyingi oʻrinlarda — boʻlim) ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan ishsiz mahalliy aholining (keyingi oʻrinlarda — jismoniy shaxslar) roʻyxatini shakllantiradi, shuningdek, ushbu roʻyxatni tizimli ravishda yangilab va toʻldirib boradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
8. Vaqtincha ishlarga:
a) 18 yoshga toʻlgan, bilimi, malakasi va sogʻligʻi holatiga koʻra mehnat qilishga qodir boʻlgan jismoniy shaxslar jalb etilishi mumkin;
b) quyidagi jismoniy shaxslarni jalb etish taqiqlanadi:
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilar;
mehnatga layoqatsiz shaxslar;
homilador ayollar;
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan shaxslar;
12 yoshgacha boʻlgan bolaning ota-onasidan biri yoki vasiysi;
35 yoshgacha boʻlgan ayollar, agar ishlar ionlashtiruvchi nurlanish xavfi zonasida amalga oshirilsa.
9. Vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishga masʼul buyurtmachi — ish beruvchilar zaruratga koʻra maxsus ishchi guruhga vazifalarni bajarishga jismoniy shaxslarni jalb etish yuzasidan buyurtmalar bilan murojaat qiladi.
10. Maxsus ishchi guruh buyurtmachi — ish beruvchilar buyurtmalariga muvofiq bir ish kuni davomida Boʻlim va buyurtmachi — ish beruvchilar oʻrtasida vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan shaxslar roʻyxatini ilova qilgan holda favqulodda holatning amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
11. Boʻlim shu kunning oʻzida tuzilgan shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3-bob. Vaqtinchalik ishlarga jalb etilgan jismoniy shaxslarning mehnatini tashkil etish va mehnatiga haq toʻlash tartibi
12. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilishdan oldin:
ushbu Nizom talablariga muvofiq bir ish kuni davomida qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
mehnatni tashkil etish va mehnatga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
13. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda jismoniy shaxslarning vaqtinchalik ishlarda qatnashgan davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron mehnat daftarchalarida aks ettiriladi.
14. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq mehnat muhofazasi talablariga mos sharoitlarni taʼminlaydi.
15. Jismoniy shaxslar uchun ish vaqtining davomiyligi mehnat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Buyurtmachi — ish beruvchi ish kuni va ish haftasini tashkil etishning moslashuvchan shakllaridan foydalanishga, shuningdek, ishlagan soatlarga mutanosib ravishda haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun qisqartirilgan ish vaqtini joriy etishga haqli.
16. Buyurtmachi — ish beruvchilar jismoniy shaxslar uchun vaqtinchalik ishlarning hajmini belgilaydi hamda ularning ish vaqtini hisobga olib boradi.
17. Buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan oy yakunida (mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan kunda) jismoniy shaxslarga amalda bajargan ishi uchun tashkilotdagi amaldagi stavkalar va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda, ammo oyiga mehnatga haq toʻlash Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam boʻlmagan va mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi.
18. Buyurtmachi — ish beruvchilar ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan toʻlovlardan tashqari budjetdan tashqari jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan mehnatga qoʻshimcha ragʻbatlantirish belgilashi mumkin.
19. Buyurtmachi — ish beruvchilar oy yakunida Boʻlimga jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblangan qaydnomalarni taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
20. Boʻlim bir ish kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga gʻaznachilik memorial orderlari yoki toʻlov topshiriqnomalarini taqdim etadi.
Buyurtmachi — ish beruvchilarning jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarni bajarishga jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
21. Jismoniy shaxslarning vaqtincha ishlarni amalga oshirish vaqti mehnat stajiga kiritiladi. Ushbu jismoniy shaxslar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini olish huquqini saqlab qoladilar.
22. Jismoniy shaxslarning mehnat majburiyati buyurtmachi — ish beruvchi tomonidan belgilangan vaqtda yoki favqulodda holat bekor qilingan paytdan kechiktirmay tugatiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 204-moddasi.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash uchun band boʻlmagan aholini jalb etish va ularning mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasida favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni (keyingi oʻrinlarda — vaqtinchalik ishlar) amalga oshirish hamda taʼminlashga band boʻlmagan aholini jalb etish toʻgʻrisida taklif kiritadi
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi (hudud komendaturasi)
Tarkibida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi rahbarligida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy boʻlinmalari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhni (keyingi oʻrinlarda — maxsus ishchi guruh) tuzish boʻyicha farmoyish qabul qiladi
Bir ish kunida
3-bosqich
Maxsus ishchi guruh
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida (keyingi oʻrinlarda — boʻlim) ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan shaxslar, shuningdek, vaqtinchalik ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan ishsiz mahalliy aholining (keyingi oʻrinlarda — jismoniy shaxslar) roʻyxatini shakllantiradi
Bir ish kunida
4-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Maxsus ishchi guruhga vaqtinchalik ishlarni bajarishga jismoniy shaxslarni jalb etish yuzasidan buyurtmalar bilan murojaat qiladi
Zaruratga koʻra
5-bosqich
Maxsus ishchi guruh
Boʻlim va buyurtmachi-ish beruvchilar oʻrtasida vaqtinchalik ishlarga jalb qilingan shaxslar roʻyxatini ilova qilgan holda favqulodda holatning amal qilish muddatidan oshmaydigan davrga shartnomalar tuzilishini taʼminlaydi
Bir ish kunida
6-bosqich
Boʻlim
Tuzilgan shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachilik boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkazadi
Bir ish kunida
7-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazadi
Bir ish kunida
8-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Jismoniy shaxslar uchun vaqtinchalik ishlarning hajmini belgilaydi hamda ularning ish vaqtini hisobga olib boradi
Mehnat shartnomasiga muvofiq
9-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Jismoniy shaxslarga amalda bajarilgan ish uchun haq toʻlaydi
Oy yakunida (mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan kunda)
10-bosqich
Buyurtmachi-ish beruvchilar
Boʻlimga jismoniy shaxslarning ishlagan vaqtlari tasdiqlangan tabel va ish haqi hisoblangan qaydnomalarni taqdim etadi
Oy yakunida
11-bosqich
Boʻlim
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli Gʻaznachilik boʻlinmalariga gʻaznachilik memorial orderlari yoki toʻlov topshiriqnomalarini taqdim etadi
Bir ish kunida
12-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli Gʻaznachilik boʻlinmalari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli Gʻaznachilik boʻlinmalari buyurtmachi — ish beruvchilarning jismoniy shaxslarni vaqtinchalik ishlarni bajarishga jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab beradi
Bir ish kunida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 2-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi oqibatida jabrlangan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — jabrlanganlar) zarur yordamni koʻrsatish va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avariya-qutqaruv ishlari — avariya va halokatlarning xavfli omillari taʼsirini tugatish va bartaraf etish, odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligʻini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan shoshilinch harakatlar;
kechiktirib boʻlmaydigan ishlar — qutqaruv ishlarini har tomonlama taʼminlash, odamlar hayoti, sogʻligʻi va mehnat qobiliyatini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish hamda jabrlangan aholiga yordam koʻrsatishga qaratilgan harakatlar;
favqulodda holat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyadigan hamda ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi;
hudud komendanti — hudud komendaturasi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi hamda favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarning yagona boshqaruvini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs;
hudud komendaturasi — favqulodda holat rejimini taʼminlovchi kuchlar va vositalarni boshqarish uchun favqulodda holat joriy etilgan hududda tashkil etiladigan vaqtinchalik maxsus davlat boshqaruvi organi.
2-bob. Jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish tartibi
3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hudud komendanti bilan kelishilgan holda favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi oqibatida jabrlanganlarga zarur yordam koʻrsatish ehtiyojini, shu jumladan, ularni shaxsiy maʼlumotlari — yoshi, jinsi va boshqa aniqlovchi mezonlari asosida tasniflash orqali turar joy, oziq-ovqat, ichimlik suv, tibbiy xizmat va boshqa zarur insonparvarlik yordamiga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi.
4. Jabrlanganlar uchun zarur yordamga quyidagilar kiradi:
vaqtincha yashab turish uchun turar joylar bilan taʼminlash;
kuniga uch mahal issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak (sovuq mavsumda — issiq kiyim), yoqilgʻi bilan taʼminlash;
tibbiy yordam, reabilitatsiya yordami;
favqulodda holat joriy etilgan davrda faoliyati cheklanishi tufayli daromadi yoʻqolgan taqdirda, eng zarur tovarlar bilan taʼminlash va moddiy yordam koʻrsatish;
vaqtinchalik ishga joylashishga koʻmaklashish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi Farmoniga asosan favqulodda chora sifatida xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan aholini hamda favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar oqibatlaridan qochish uchun uylarini (turar joylarini) tark etishga majbur boʻlgan shaxslarni vaqtincha yashab turish uchun statsionar yoki koʻchma turar joylar bilan taʼminlash (tashkil etish) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoxud Favqulodda holat rejimini taʼminlash boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tashkil etilganda ushbu Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Jabrlanganlarni vaqtincha yashab turish uchun statsionar joylar bilan taʼminlash yoki ularga koʻchma turar joylarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi Farmoni bilan belgilangan hududlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida evakuatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — evakuatsiya komissiyasi) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
7. Favqulodda holat joriy etilgan hududning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki hudud komendaturasi tomonidan tegishli evakuatsiya komissiyalariga vaqtincha yashab turish uchun turar joylarga muhtoj jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi hamda ularning evakuatsiyasi tashkil etiladi.
8. Evakuatsiya komissiyalari jabrlanganlarga vaqtincha yashab turish uchun birinchi navbatda statsionar turar joylarni jamoat va maʼmuriy bino va inshootlarda (sogʻlomlashtirish muassasalari, taʼlim tashkilotlari, bolalar dam olish oromgohlari, dam olish uylari, turistik bazalar va boshqalarda) tayyorlaydi.
Jabrlanganlarni statsionar turar joylar bilan taʼminlash imkoni cheklanganda ularga evakuatsiya komissiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda vaqtincha yashab turish uchun koʻchma turar joylar — palatkali shaharchalar barpo etiladi.
Jabrlanganlarning vaqtinchalik turar joylardagi hayot faoliyatini taʼminlash tegishli evakuatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jabrlanganlarni eng zarur tovarlar bilan taʼminlash hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish favqulodda holat joriy etilgan hududning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan yordamga muhtoj shaxslar roʻyxatiga muvofiq mavjud favqulodda holatni taʼminlash uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy resurslar, Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining zaxiralari hamda insonparvarlik yordami sifatida taqdim etilgan moddiy va moliyaviy resurslar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Jabrlanganlarni issiq ovqat, ichimlik suv, kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshaklar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya koʻmagida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tashkil etiladi.
11. Favqulodda holat joriy etilishi uchun asos boʻlgan holatlar natijasida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish, shu jumladan, reabilitatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam tartibida amalga oshiriladi.
Tibbiy yordam tibbiy-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
12. Jabrlanganlarga koʻrsatiladigan moliyaviy yordam miqdori va uni taqdim etish tartibi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi rahbarining alohida qarori bilan belgilanadigan ijtimoiy toʻlovlar tartibida amalga oshiriladi.
13. Favqulodda holat joriy etilgan hududdagi band boʻlmagan aholiga Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan mehnatiga haq toʻlanadigan vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlashga jalb etilishiga koʻmaklashiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3-bob. Jabrlanganlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi
14. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi sababli yetkazilgan quyidagi zararlar qoplanishi lozim:
jabrlanganlarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar;
butunlay yoʻq qilingan va tiklashning imkoni boʻlmagan mol-mulkning bozor qiymati.
15. Jabrlanganlarning mol-mulki tegishli xavf boʻyicha sugʻurta qilingan holatlarda ularga yetkazilgan zarar tegishli sugʻurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
16. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylar, ishlab chiqarishlar va boshqa bino va inshootlarning qiymati, shuningdek, jabrlanganlarning boy bergan foydasi qoplanmaydi.
17. Jabrlanganlarning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, ularga bepul zarur tibbiy yordam taʼminlanadi, fuqaro halok boʻlgan taqdirda esa — qonunchilikka muvofiq uning oila aʼzolariga pensiya yoki boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlanadi.
18. Hudud komendanti yuridik yoki jismoniy shaxslarning koʻchmas mulkini yoki uning bir qismini, transport vositasini, mashina va mexanizmlarni, asbob-uskunalar yoki boshqa mulklarni, agar ulardan foydalanish avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarish uchun oʻta zarur boʻlsa va ularni tezkor yetkazib kelish imkoniyati mavjud boʻlmasa yoki koʻp harakatlarni talab qilsa, ularni majburiy foydalanish uchun vaqtincha olib qoʻyish (rekvizitsiya) toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
19. Majburiy foydalanish hudud komendanti tomonidan belgilangan muddatda, ammo favqulodda holat amal qilish muddatidan kechiktirmay toʻxtatiladi.
20. Majburiy foydalanish uchun olib qoʻyish hudud komendanti tayinlagan mansabdor shaxs (keyingi oʻrinlarda — mansabdor shaxs) tomonidan amalga oshiriladi.
21. Hudud komendanti va mansabdor shaxs majburiy foydalanish uchun olib qoʻyishni amalga oshirishda ashyoning mulkdori yoki egasidan olib qoʻyilishi yoki majburiy foydalanilishi kerak boʻlgan koʻchma ashyoni topshirish uchun yetkazib berishga majburlashga haqli.
22. Majburiy foydalanish uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi ashyoning mulkdoriga yoki egasiga beriladi.
Favqulodda holat amal qilish muddati tugagandan soʻng saqlanib qolingan majburiy foydalanish uchun olib qoʻyilgan ashyo sobiq mulkdori yoki egasiga qaytarib beriladi.
23. Majburiy olib qoʻyilgan ashyoning yoʻq qilinganligi va (yoki) shikastlanganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
24. Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi oqibatida yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
25. Shikastlangan yoki yoʻq qilingan mulkning egasi yoki mulkdori (keyingi oʻrinlarda — mol-mulk egasi) favqulodda holat amal qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun mobaynida tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga moddiy zararni qoplash toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldirilgan arizani taqdim etadi.
26. Zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
mol-mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (bunday hujjat yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan hollarda ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma);
mulkni majburiy begonalashtirish yoki majburiy foydalanish uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi;
yoʻqolgan va / yoki shikastlangan mulk roʻyxati.
27. Arizalar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish jurnalida qayd etiladi.
28. Moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kunida koʻrib chiqiladi.
29. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi ariza roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunida mazkur Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan yetkazilgan zarar miqdori baholanishini tashkil etadi.
30. Yetkazilgan zarar miqdorini baholash quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
mol-mulk egasi uch ish kunigacha baholovchi tashkilotni tanlaydi;
baholovchi tashkilot bir ish kunida mol-mulk egasi bilan kelishgan holda baholash vaqti va joyini belgilaydi;
baholovchi tashkilot besh ish kunigacha mol-mulk egasi ishtirokida zararlangan mulkni baholaydi;
baholovchi tashkilot bir ish kunida baholash hisobotini tayyorlaydi, mol-mulk egasini tanishtiradi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi.
31. Zararni qoplash miqdori, yaʼni shikastlangan mulkni tiklash (taʼmirlash) uchun zarur boʻlgan xarajatlar va (yoki) buzilganligi sababli mulkning eskirish miqdorini yoki yoʻqolgan yoxud shikastlangan mol-mulkning eskirishini qoplash oʻsha vaqtda hududda amalda boʻlgan bozor narxlari qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zararlangan mulkni tiklash (taʼmirlash) xarajatlari uni tiklash xarajatlarining smetasi yoki hisob-kitobi bilan tasdiqlanadi.
32. Mulk, agar uni qayta tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan asossiz boʻlsa, yoʻq qilingan hisoblanadi. Mulkni tiklash uchun kutilayotgan xarajatlar zarar yetkazilgan kundagi uning bozor qiymatining sakson foizidan oshsa, mulkni tiklash iqtisodiy jihatdan asossiz deb hisoblanadi.
33. Baholovchi tashkilot tomonidan mulkiy zararni baholash ishlari tugagandan soʻng mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi uch ish kunida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashning miqdori boʻyicha xulosa tayyorlaydi, tegishli qaror qabul qiladi hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga ijro uchun yuboradi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmasi mol-mulk egasiga mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qarorda qayd qilingan mol-mulk egasining bankdagi hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Jabrlanganlarga yetkazilgan mulkiy zarar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
35. Turar joylarni tiklash texnik jihatdan imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan asossiz boʻlganda ularning egalariga qonunchilikda belgilangan tartibda tekinga doimiy uy-joy berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekitson Respublikasi Uy-joy kodeksining 19-moddasi.
36. Yetkazilgan zarar qoplangandan soʻng yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish jurnaliga toʻlangan zarar miqdori sanasi va toʻlovning raqami koʻrsatilgan holda tegishli yozuv kiritiladi.
37. Mulkka yetkazilgan zararni qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
a) zarur shaklda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
b) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va asoslanmagan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 204-moddasi.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Favqulodda holatni joriy etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar natijasida yoki bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllanilishi oqibatida yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplashni tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Shikastlangan yoki yoʻq qilingan mulkning egasi yoki mulkdori (keyingi oʻrinlarda — mol-mulk egasi)
Tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun arizani taqdim etadi
Oʻttiz kalendar kun mobaynida
2-bosqich
Mol-mulk egasi
Baholovchi tashkilotni tanlaydi
Uch ish kunigacha
3-bosqich
Baholovchi tashkilot
Mol-mulk egasi bilan kelishgan holda baholash vaqti va joyini belgilaydi
Bir ish kunida
4-bosqich
Baholovchi tashkilot
Mol-mulk egasi ishtirokida zararlangan mulkni baholaydi
Besh ish kunigacha
5-bosqich
Baholovchi tashkilot
Baholash hisobotini tayyorlaydi, mol-mulk egasini tanishtiradi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi
Bir ish kunida
6-bosqich
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi
Mol-mulk egasiga yetkazilgan mulkiy zararni qoplashning miqdori boʻyicha xulosa tayyorlaydi, tegishli qaror qabul qiladi hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga ijro uchun yuboradi
Uch ish kunida
7-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlinmasi
Yetkazilgan mulkiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarorda qayd qilingan mol-mulk egasining bankdagi hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi
Uch ish kunida
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
___________________________________________
(Moddiy zararni aniqlash va qoplash komissiyasi raisining F.I.O. (agar mavjud boʻlsa))
Favqulodda holat joriy etilgan hududda jabrlangan shaxslarga zarur yordam koʻrsatish va yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Moddiy zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatga olish
JURNALI
T/r
Shikastlangan yoki yoʻq qilingan mulkning egasi yoki mulkdorning F.I.O.
Ariza qabul qilingan sana
Yashash manzili
Zararni qoplash sababi
Yetkazilgan moddiy zarar miqdori
Moddiy zararni qoplash uchun toʻlov topshiriqnomasining raqami va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 3-ILOVA
Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish, shuningdek, mazkur shaxslarga nisbatan qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi hamda ularga qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qoʻllash shartlarini belgilaydi.
2. Favqulodda holat rejimini taʼminlash (saqlab turish) ishlari jumlasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat eʼlon qilish toʻgʻrisidagi Farmonida belgilangan favqulodda choralarni amalga oshirish bilan bogʻliq saʼy-harakatlar kiradi.
3. Favqulodda holat joriy etilgan hududda qoʻllanilgan favqulodda choralar va vaqtincha cheklovlarni amalga oshirishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi (keyingi oʻrinlarda — huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar) xodimlari va harbiy xizmatchilari, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarning xodimlari va ishchi-xizmatchilari, shuningdek, ushbu ishlarga jalb etilgan band boʻlmagan fuqarolar — favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslar hisoblanadi.
2-bob. Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish tartibi
4. Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarni hisobga olish (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish):
xizmat (mehnat) qilayotgan fuqarolarni — ular xizmat (mehnat) qilayotgan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan;
band boʻlmagan fuqarolarni — Hudud komendaturasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari rahbarligida manfaatdor vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy boʻlinmalari vakillaridan iborat tuziladigan favqulodda holat joriy etilgan hududda band boʻlmagan aholini vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlashga jalb etish, shuningdek, ularning mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish maxsus ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5. Hisobga olish tegishli davlat organi va tashkilot rahbarining favqulodda holatni taʼminlash (saqlab turish) ishlariga jalb etish toʻgʻrisidagi buyruqlari, shuningdek, favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlash ishlariga jalb etish boʻyicha mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qoʻllash shartlari
6. Qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar faqat favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslar sifatida hisobga olingan fuqarolarga qoʻllaniladi.
7. Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga quyidagi qoʻshimcha kafolatlar va kompensatsiyalar qoʻllaniladi:
a) favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalarning xodimlari va harbiy xizmatchilari pul taʼminoti (lavozim maoshi va harbiy (maxsus) unvon maoshi yigʻindisi), shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarning xodimlari va ishchi-xizmatchilarining lavozim maoshlari miqdori 1,5 oshirish koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi;
b) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalarning xodimlari va harbiy xizmatchilariga pensiya tayinlash uchun xizmat (harbiy xizmat) stajini hisoblashda:
favqulodda holat rejimini taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davrdagi xizmat (harbiy xizmat) muddatining bir kuni uch kunga tenglashtirilib hisoblanadi;
favqulodda holat rejimini taʼminlash (saqlab turish) ishlarini bevosita amalga oshirishda olingan yaradorlik, kontuziya, tan jarohati va kasalliklar natijasida shifoxona va boshqa tibbiyot muassasalarida uzluksiz davolanishda boʻlgan bir kun imtiyozli ravishda xizmatning (harbiy xizmatning) uch kuniga teng hisoblanadi;
v) favqulodda holat joriy etilgan hududda vaqtinchalik avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish hamda taʼminlashga jalb etilgan band boʻlmagan fuqarolarga:
buyurtmachi — ish beruvchi tashkilotlarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, ammo mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi;
buyurtmachi — ish beruvchilar tomonidan ish haqidan tashqari budjetdan tashqari jamgʻarmaning mablagʻlari hisobidan mehnatga qoʻshimcha ragʻbatlantirish belgilanishi mumkin;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar qoʻllaniladi.
8. Favqulodda holatni taʼminlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan shaxslarga ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan toʻlovlarni toʻlash — ular favqulodda holat joriy etilgan hududda oʻz vazifalarini haqiqatda bajargan vaqt uchun (favqulodda holat joriy qilingan kundan oldin boʻlmagan va favqulodda holatning amal qilish muddati tugagan kundan kechiktirmay) amalga oshiriladi.
9. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan davlat organlari va tashkilotlarda — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminlanadigan tashkilotlarda — ushbu tashkilotlarning moliyalashtirish (taʼminlash) manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
11. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 600-son qaroriga 4-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirishda xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini koʻrib chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazish, uni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, qabul qilish, taqsimlash va tarqatish, shuningdek, xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holat joriy etishga xizmat qilgan holatlar natijasida hamda bunday holatlarni yoʻq qilish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda jabrlangan aholiga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar yoki notijorat tashkilotlar, xorijiy davlatlar fuqarolari (keyingi oʻrinlarda — donorlar) tomonidan taqdim etilgan begʻaraz yordam, shuningdek, ushbu yordamni tashish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar xalqaro insonparvarlik yordami (keyingi oʻrinlarda — xalqaro insonparvarlik yordami) hisoblanadi.
3. Xalqaro insonparvarlik yordami Oʻzbekiston Respublikasiga, davlat boshqaruv organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar) berilishi mumkin.
4. Oʻzbekiston Respublikasiga xalqaro insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar yuridik va jismoniy shaxslarning ushbu tovarlarni toʻlashni nazarda tutuvchi tashqi savdo shartnomalari (kontraktlari)ga muvofiq olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
5. Xalqaro insonparvarlik yordamini (toʻliq yoki qisman) sotish taqiqlanadi.
6. Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini koʻrib chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
7. Donorlar xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish istagi boʻyicha ular toʻgʻrisidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga murojaat yuboradilar.
Ushbu hujjatlarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
xalqaro insonparvarlik yordamining maqsadlari, nomenklaturasi va hajmi;
xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar (oxirgi oluvchilar) toifalari — jismoniy shaxslar, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar yuridik shaxslarning toʻliq roʻyxati;
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish usuli;
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish davriyligi yoki bir marta koʻrsatilishi;
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish muddati va/yoki uni toʻxtatish muddati.
8. Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini koʻrib chiqish Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi. Hukumat komissiyasi xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish toʻgʻrisidagi hujjatlarni olgan kunning oʻzida ularni Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
9. Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Hukumat komissiyasining ishchi organiga (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) quyidagi javoblardan birini taqdim etishlari lozim:
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish boʻyicha hujjatlar kelishilganligi;
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlari fikr-mulohazalar va/yoki takliflar bilan kelishilganligi;
xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlari kelishilishi asosli ravishda rad etilganligi.
10. Ishchi organ tomonidan bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlari boʻyicha taqdim etilgan kelishuvlar, fikr-mulohazalar, takliflar va raddiyalar umumlashtirilib, axborot maʼlumotnomasi rasmiylashtiriladi va navbatdan tashqari yigʻilishida koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasi raisiga tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
11. Hukumat komissiyasi ikki ish kunida taqdim etilgan xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini navbatdan tashqari yigʻilishida koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlash (tasdiqlashni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
12. Hukumat komissiyasining qarori uning majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning oʻzida barcha tegishli davlat organlariga elektron shaklda ijro uchun yuboriladi. Ushbu bayonda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida belgilangan tartibda tegishli donorlar xabardor etilishi nazarda tutiladi.
13. Xalqaro insonparvarlik yordamini hisobga olish, qabul qilish, tarqatish va ulardan foydalanishni nazorat qilish maqsadida ular majburiy tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
14. Ishchi organ tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish boʻyicha kelishilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Hukumat komissiyasining tegishli bayoni kelib tushgan kunning oʻzida “Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish boʻyicha yagona reyestr” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) kiritiladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
15. “Yagona reyestr” AT ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, shakllantiriladi va yuritiladi.
“Yagona reyestr” AT quyidagilarni nazarda tutadi:
xorijiy davlatlar bilan oʻzaro elektron hamkorlikni qoʻllagan holda xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish;
xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
xalqaro insonparvarlik yordamining barcha turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilish;
davlat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun “Yagona reyestr” ATdan zarur axborotni berish.
16. Ishchi organ tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlarini roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma bir ish kunida xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar hamda tegishli davlat organlari — ijrochilarga yuboriladi.
3-bob. Xalqaro insonparvarlik yordamini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, taqsimlash va qabul qilish tartibi
17. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari sertifikatlashdan oʻtkazilganidan va Hukumat komissiyasi tomonidan kelishilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi mumkin.
18. Xalqaro insonparvarlik yordami xalqaro insonparvarlik yordami oluvchisiga amalda topshirilguniga qadar donorning mulki hisoblanadi.
19. Donorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini olib kirish jarayonini muvofiqlashtirish Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
20. Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar tomonidan xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlari roʻyxatga olingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida Hukumat komissiyasiga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi insonparvarlik yordamini olish talabnomasi kiritiladi.
Istisno hollarda, asoslar mavjud boʻlganda, talabnomani kiritish muddati uch ish kuniga qisqartirilishi mumkin.
21. Ishchi organ bir ish kunida kelib tushgan talabnomalar asosida olib kirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro insonparvarlik yordamining dastlabki taqsimotini manfaatdor davlat organlari ishtirokida oʻtkazadi.
Ishchi organ tomonidan shu kunning oʻzida xalqaro insonparvarlik yordamining oluvchilar oʻrtasidagi taqsimoti loyihasini Hukumat komissiyasi raisiga tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hukumat komissiyasi ikki ish kunida navbatdagi yigʻilishida xalqaro insonparvarlik yordami taqsimoti loyihasini koʻrib chiqadi va uni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Hukumat komissiyasining ushbu yigʻilish bayoni shu kunning oʻzida xalqaro insonparvarlik yordami oluvchilarga va tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
22. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordamini olib kelish rejasi haqida tegishli maʼlumotlarni olgach shu kunning oʻzida:
barcha jalb qilingan vazirliklar va idoralarga xalqaro insonparvarlik yordami yuklari kelib tushadigan sana, ularning nomenklaturasi va hajmi haqida xabar beradi;
omborlarning yuklarni qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi.
23. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga avtomobil, temir yoʻl va havo transportlarida chegara — bojxona postlari orqali olib kiriladi.
24. Tegishli davlat organlari va xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va yetkazishni tashkil etadi.
25. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini berish va qabul qilishda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchining vakillarida lavozimga tayinlanganligini tasdiqlovchi hujjatning (vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari uchun) tasdiqlangan nusxasi yoki oluvchi tashkilotdan olingan ishonchnomaning asl nusxasi va unga ilova qilingan qabul qilish uchun vakolatli shaxsning pasportining tasdiqlangan nusxasi, tashkilotning muhri (agar ishonchnoma boʻlmagan va/yoki ishonchnomaga muhrdan foydalanmagan holda imzo chekish huquqiga ega boʻlmagan taqdirda) yoki insonparvarlik yordami yukini oluvchi tashkilot muhri bilan tasdiqlangan berish va qabul qilish dalolatnomalari blankalari boʻlishi shart.
26. Tegishli xalqaro insonparvarlik yordami yuklari bojxona chegarasini kesib oʻtgandan soʻng qabul qiluvchi tomonning vakili shu kunning oʻzida ishchi organni xabardor qilishi shart.
27. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sertifikatlashdan oʻtkazish (chet el muvofiqlik sertifikatlarini eʼtirof etish) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish boʻyicha donorlarga koʻmaklashadi. Ishchi organning vakillari ushbu tartib yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradilar hamda toʻldirilishi va vakolatli organlarga taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar namunalarini taqdim etadilar.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro insonparvarlik yordami yuklari ortilgan transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi va toʻxtash joylari, shu jumladan, tushirish joyiga yetkazish yoʻnalishlarini oldindan oʻrganadi hamda kolonnalarning kuzatuvini va xavfsizligini taʼminlaydi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini saqlash joylarida qoʻriqlash boʻyicha navbatchilikni tashkil qiladi.
31. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan oluvchilarning omborlarida amalga oshiriladi.
32. Xalqaro insonparvarlik yuklarini qabul qilish, omborlarda yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish va hisobini yuritish ishlari xalqaro insonparvarlik yuklarini oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda xalqaro insonparvarlik yordami ishchi organ vakili ishtirokida, manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb qilgan holda qabul qilinadi.
33. Ishchi organ va bojxona organi xodimlarisiz transport vositasidan plombalarni (nazorat lentalarini) olib tashlash va xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish taqiqlanadi.
Ishchi organ vakilining talabiga koʻra xalqaro qabul qiluvchining vakili yukni ochishi va xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tekshirish uchun taqdim etishi shart.
Plombalarning (nazorat lentalarning) mavjudligi va butunligi foto-fiksatsiya bilan tasdiqlanadi.
Plombalar (nazorat lentalari) boʻlmagan (zarar koʻrgan) hollarda ishchi organ vakili dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga foto-fiksatsiya materiallari ilova qilingan holda yuboriladi. Transportning konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muhrlar boʻlmagan hollar bundan mustasno.
34. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish jarayonida ishchi organ vakili olingan yuklarning nomenklaturasini sertifikatlash uchun eʼlon qilinganga muvofiqligini nazorat qiladilar.
35. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirishda qabul qiluvchi tomonidan shu kunning oʻzida ishchi organ vakili ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralarining vakillarini jalb etgan holda sanoqdan oʻtkaziladi va yuklarning haqiqiy mavjudligi toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma nusxasi imzolangan kundan boshlab uch ish kunida donorga yuboriladi, dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi ishchi organga yuboriladi.
Sertifikatsiyalardan oʻtkazish uchun taqdim etilgan xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining miqdorida tafovut va nomenklaturasida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, nomuvofiqlik toʻgʻrisida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Dori vositalari va tibbiy jihozlar (keyingi oʻrinlarda — tibbiy mol-mulk)dan iborat xalqaro insonparvarlik yuklarini sanoqdan oʻtkazishda hujjatlar boʻyicha miqdor bilan haqiqiy miqdor oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, xalqaro insonparvarlik yordamini qabul qilishda miqdor boʻyicha tafovutlar yuzasidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklda nomuvofiqlik toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va uning tasdiqlangan nusxasi belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga taqdim etiladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ushbu nomuvofiqlik toʻgʻrisida dalolatnomalar xalqaro insonparvarlik yordami sifatida qabul qilingan yuklarning amalda mavjudligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
Agar xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining amaldagi haqiqiy miqdori (ogʻirligi) yuk tashish hujjatlarida koʻrsatilgan miqdordan (ogʻirlikdan) ortiqcha boʻlsa yoki yuk tashish hujjatlarida koʻrsatilmagan yuk aniqlansa, bunday yuk nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi dalolatnomada qayd etilgan paytdan boshlab insonparvarlik yordami yuki deb hisoblanmaydi va u qabul qiluvchining masʼulligida saqlanadi hamda tegishli qaror qabul qilinmaguncha undan foydalanilmaydi.
36. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish ishlari tugatilganidan soʻng xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi tomonidan ishchi organ vakiliga quyidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari taqdim etilishi shart:
vagonlarga taxlash varagʻining yoki tovar-transport yuk xatining tasdiqlangan nusxalari;
oʻtkazish joyidan to tushirish joyigacha boʻlgan yoʻl uchun yuk xatining tasdiqlangan nusxasi;
topshirish va qabul qilish dalolatnomasining nusxasi.
Nusxalar yuk olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida taqdim etiladi.
4-bob. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tarqatish tartibi
37. Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari jismoniy shaxslarga — oxirgi oluvchilarga xalqaro insonparvarlik yordami shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda beriladi va tarqatish varagʻida jismoniy shaxsning imzosi bilan qayd etiladi. Tarqatish varagʻining nusxasi uch ish kunida umumlashtirish va hisobini yuritish uchun ishchi organga taqdim etiladi.
38. Tibbiy mol-mulk viloyatlar, shaharlar va tumanlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari/boʻlimlariga, tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi va ular tomonidan oxirgi oluvchilarga tarqatiladi.
Tibbiy mol-mulkning oxirgi qabul qiluvchisi statsionar sharoitda davolanayotgan hamda dispanser roʻyxatida turgan bemorlar hisoblanadi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari/boʻlimlari, tibbiyot muassasalari tibbiy mol-mulkni olganligi toʻgʻrisida xalqaro insonparvarlik yordamini olish jurnallarida qayd etadi. Tibbiyot muassasalarida statsionar va dispanser roʻyxatida turgan bemorlar tomonidan tibbiy mol-mulk olinganligi jismoniy shaxs (bemor)ni tibbiyot muassasasidan chiqayotganida davolanish davrida olgan xalqaro insonparvarlik yordamini hisobga olish jurnalida uning imzosi bilan qayd etiladi (oʻlim hollari, shuningdek, bolalar (yetimlar, tashlab ketilganlar), qarindoshlari boʻlmagan behush holatdagi bemorlar va ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar bundan istisno hisoblanadi).
39. Xalqaro insonparvarlik yordamini yuridik shaxslarga — oxirgi oluvchilarga berish quyidagi hujjatlardan biriga muvofiq amalga oshiriladi:
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
yuk xati;
hadya guvohnomasi.
40. Yuridik shaxslar — oxirgi oluvchilar tomonidan xalqaro insonparvarlik yordami olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari uch ish kunida umumlashtirish va hisobini yuritish uchun ishchi organga taqdim etiladi.
41. Ijtimoiy obyektlarni tiklash, qurish, taʼmirlash, hayot faoliyatini taʼminlovchi obyektlar va boshqalar uchun qurilish materiallari, shuningdek, oʻrnatishni va montaj ishlarini talab qiladigan uskunalar va elektr ehtiyot qisimlari shaklidagi xalqaro insonparvarlik yordami taʼmirlash-tiklash, qurilish ishlari yakunlangach bajarilgan ishlar dalolatnomasining imzolangan nusxasi ishchi organga taqdim etiladi.
5-bob. Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish tartibi
42. Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish ishchi organ tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati hamda zarur xollarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokida tasdiqlangan rejalarga asosan tekshiruvlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
43. Xalqaro insonparvarlik yordami notoʻgʻri ishlatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq va bojxona organlariga taqdim etiladi.
44. Xalqaro insonparvarlik yordami notoʻgʻri ishlatilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ushbu summalarga hisoblangan penya va jarimalar belgilangan tartibda Davlat budjetiga undiriladi.
45. Ishchi organ xalqaro insonparvarlik yordamining maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat va tekshirish tadbirlari natijalari toʻgʻrisida Hukumat komissiyasiga axborot berib boradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Donor
Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish istagi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga murojaat yuboradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi)
Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi
Ariza kelib tushgan kunda
3-bosqich
Hukumat komissiyasi tarkibiga kiruvchi davlat organlari
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va kelishilganligi, takliflar bilan kelishilganligi yoki kelishilishi rad etilganligi toʻgʻrisida Hukumat komissiyasi ishchi organiga (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) javob yuboradi
Bir ish kunida
4-bosqich
Ishchi organ
Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish boʻyicha taqdim etilgan kelishuvlar, fikr-mulohazalari, takliflar va raddiyalar boʻyicha axborot maʼlumotnomasini rasmiylashtiradi va tegishli bayon loyihasini ilova qilgan holda Hukumat komissiyasi taqdim etadi
Bir ish kunida
5-bosqich
Hukumat komissiyasi
Hujjatlarni koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlash (tasdiqlashni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ijro uchun barcha tegishli davlat organlariga yuboradi
Ikki ish kunida
6-bosqich
Ishchi organ
Hukumat komissiyasi bayoni asosida kelishilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona reyestr” AT kiritadi va roʻyxatdan oʻtkizadi
Hukumat komissiyasi bayoni kelib tushgan kunning oʻzida
7-bosqich
Ishchi organ
Hujjatlarini roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar hamda tegishli davlat organlari — ijrochilarga yuboradi
Bir ish kunida
8-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchilar
Hukumat komissiyasiga xalqaro insonparvarlik yordamini olish talabnoma-xatini kiritadi
Xalqaro insonparvarlik yordamini koʻrsatish hujjatlari roʻyxatga olingan kundan boshlab yetti (istisno hollarda uch) ish kunida
9-bosqich
Ishchi organ
Manfaatdor davlat organlari ishtirokida kelib tushgan talabnoma-xatlar asosida olib kirilishi rejalashtirilayotgan xalqaro insonparvarlik yordamining dastlabki taqsimotini oʻtkazadi va koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritadi
Bir ish kunida
10-bosqich
Hukumat komissiyasi
Navbatdagi yigʻilishida xalqaro insonparvarlik yordami taqsimoti loyihasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi
Ikki ish kunida
11-bosqich
Ishchi organ
Barcha jalb qilingan vazirliklar va idoralarga xalqaro insonparvarlik yordami yuklari kelib tushadigan sana, ularning nomenklaturasi va hajmi haqida xabar beradi, omborlarning yuklarni qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi
Xalqaro insonparvarlik yordamini olib kelish rejasi haqida tegishli maʼlumotlarni olgan kunida
12-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi
Tegishli xalqaro insonparvarlik yordami yuklari bojxona chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida ishchi organni xabardor qiladi
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklari yetib kelgan kunning oʻzida
13-bosqich
Sertifikatlashtirish organlari
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sertifikatlashdan oʻtkazadi (chet el muvofiqlik sertifikatlarini eʼtirof etadi)
Belgilangan muddatlarda
14-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi
Ishchi organ vakili ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralarining mutaxassislarini jalb etgan holda xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini sanoqdan oʻtkazadi va yuklarning haqiqiy mavjudligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzadi
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarini tushirish kunida
15-bosqich
Xalqaro insonparvarlik yordamini oluvchi
Xalqaro insonparvarlik yordamini jismoniy va yuridik shaxslar — xalqaro insonparvarlik yordamini oxirgi oluvchilariga tarqatadi hamda tarqatish varaqlari, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (yuk xati, hadya guvohnomasi)ni ishchi organga topshiradi
Murojaatlarga koʻra, tarqatish, topshirish-qabul qilish ishlari yakunlangandan soʻng uch ish kunida
16-bosqich
Ishchi organ
Xalqaro insonparvarlik yordami maqsadli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida tekshiruvlar oʻtkazadi
Tasdiqlangan rejalarga asosan
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi raisiga
Insonparvarlik yordamini olish uchun TALABNOMA-XAT
_______________dagi ___________–son bilan roʻyxatdan oʻtgan xalqaro insonparvarlik
(sana)
yordamini olib kirishni kelishib berishingizni soʻraymiz.
Xalqaro insonparvarlik yordami Oʻzbekiston Respublikasi hududiga _______________
(sanasida)
olib kirilishi rejalashtirilmoqda.
Xalqaro insonparvarlik yordami yukining donori (joʻnatuvchisi) haqida maʼlumot:
tashkilotning toʻliq nomi: _________________________________________________;
yuridik manzili:_________________________________________________________;
Xalqaro insonparvarlik yordami oluvchining vakili:
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʻ.
Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari:
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Ishchi organ vakili:
___________________________________
__________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Omborxona vakillari:
___________________________________
__________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
___________________________________
_________
_______________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining miqdorida tafovut va nomenklaturasida nomuvofiqlik toʻgʻrisida DALOLATNOMA
_____________
(sana)
Bizlar, quyida imzo chekkan tomonlar, ushbu nomuvofiqlik dalolatnomasini ____________________________________________
(qabul qiluvchi tashkilot nomi)
tomonidan ___________da olib kirilgan _________________________________________ manzilida insonparvarlik yuklarini
(sana)
_______________________________________________________ avtotransport vositasi (treyler)dan xalqaro insonparvarlik
(rusumi va davlat raqami)
yordami yuklari tushirib olinayotganda quyidagi nomuvofiqliklar aniqlanganligi sababli tuzdik:
1) xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining nomenklaturasi va miqdori ularni joʻnatish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelmasligi:
T/r
Yuk tashish hujjatlarida koʻrsatilgan xalqaro insonparvarlik yuklarning nomi
Hujjatlar boʻyicha soni
Xalqaro insonparvarlik yukining bir qismi sifatida haqiqatda olingan tovarlar va materiallarning nomi
Haqiqiy miqdori
Farqi (+/-)
Oʻlchov birligi
Miqdori
Ogʻirligi, kg
Oʻlchov birligi
Miqdori
Ogʻirligi, kg
Oʻlchov birligi
Miqdori
Ogʻirligi, kg
1
2
...
2) xalqaro insonparvarlik yordami yuklarining nomenklaturasi va miqdori sertifikatsiyalashdan oʻtkazilgan insonparvarlik yukining spetsifikatsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelmasligi*:
T/r
Sertifikatsiyalashdan oʻtkazilgan insonparvarlik yuklarining spetsifikatsiyasida koʻrsatilgan nomi
Spetsifikatsiya boʻyicha miqdori
Insonparvarlik yukining bir qismi sifatida haqiqatdan olingan yukning nomi
Haqiqiy miqdori
Farqi (+/-)
Oʻlchov birligi
Miqdori
Ogʻirligi, kg
Oʻlchov birligi
Miqdori
Ogʻirligi, kg
Oʻlchov birligi
Miqdori
Ogʻirligi, kg
1
2
...
* miqdoriy koʻrsatkichlarning farqi, agar ular sertifikatsiyalashdan oʻtkazilgan xalqaro insonparvarlik yukining spetsifikatsiyasida koʻrsatilgan koʻrsatkichlardan oshsa, aks ettiriladi.
Joʻnatuvchining yuk tashish hujjatlarida keltirilgan yuklarning qolganlari boʻyicha miqdorida tafovutlar aniqlanmadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili
______________________________________
________________
__________________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Xalqaro insonparvarlik yukini oluvchining vakili
______________________________________
________________
_________________________________
(lavozimi)
(imzo)
(F.I.O.)
Favqulodda holat joriy etilgan hududda xalqaro insonparvarlik yordamini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Tibbiy mol-mulkni qabul qilishda miqdor boʻyicha tafovutlar yuzasidan DALOLATNOMA
________________
________________
(tuzilgan joy)
(tuzilgan sana)
________________________________________________________________ quyidagi tarkibdagi komissiya:
(komissiyani tuzgan organ nomi, qaysi hujjat asosida u tuzilgan)