toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUGʻORILADIGAN YERLARDA GʻALLA VA DUKKAKLI OʻSIMLIKLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Gʻalla va dukkakli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligini rivojlantirish, ularni sugʻoriladigan yerlarda ekish texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Gʻalla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Andijon filiali negizida Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Institut boʻlinmalarining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
2. Gʻallaorol shahridagi “Gʻalla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Gʻalla va dukkakli oʻsimliklar institutining filialiga aylantirilsin, unga lalmi dehqonchilik zonasida gʻalla, dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi, ekish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy muammolarini hal etish yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Seleksiya va urugʻchilik, gʻalla, dukkakli don ekinlari va moyli ekinlar ekish texnologiyalari, takroriy va oraliq ekinlarni keng qoʻllash asosida sugʻoriladigan yerlardan yil davomida foydalanish boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, gʻalla yetishtiruvchi yuksak rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ilmiy muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, ushbu mamlakatlar boshoqli don ekinlarining eng yaxshi navlarini oʻrganish va joriy etish, Gʻalla va dukkakli oʻsimliklar institutining asosiy vazifalari hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi gʻalla, dukkakli don ekinlari va moyli ekinlar yetishtirishni rivojlantirish muammolari boʻyicha tadqiqotlarni, respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlari uchun boshoqli don ekinlarining yuqori unumli navlarini yaratishni ustuvor deb hisoblasin.
6. Boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy taʼminlanishini rivojlantirish uchun “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga Andijon viloyatida yetishtirilgan 1997-yil hosilidan olingan boshoqli don ekinlari urugʻini xoʻjaliklarga sotish narxiga 0,025 foiz ustama bilan sotishga ruxsat berilsin, ushbu mablagʻlar keyinchalik Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga berilsin.
8. Andijon viloyati hokimligi (Obidov) bir oy muddatda Institutni zarur ishlab chiqarish binolari va telefon aloqasi bilan taʼminlash masalalarini hal etsin, Institutga ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun 300 ga sugʻoriladigan yer ajratsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari A.I. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-avgust,
413-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi PQ-2125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)