1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qaror
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18, 42-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi A. Ibodullayev zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-avgust,
1186-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 30-avgustdagi 1186-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda MSK deb yuritiladi), referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari uchun majburiydir.
3. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Chet davlatlarning, ularning jismoniy va yuridik shaxslari hamda xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan referendumni moliyalashtirish, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhlarini moddiy jihatdan boshqacha tarzda qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
5. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar yoki moddiy yordam kelib tushgan taqdirda ular kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida xayriya subyektiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda Davlat budjeti daromadiga oʻtkazilishi lozim.
6. Oʻzbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda referendum oʻtkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablagʻlarni MSK referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
2-bob. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish xarajatlarini rejalashtirish
7. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari xarajatlar smetasi MSK tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tuman (shahar)lar kesimida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari boʻyicha prognoz yoyilmasi ilova qilingan holda tuziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasining raisiga, ikkinchi imzo huquqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalteriga tegishli boʻladi.
9. MSK referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini tasdiqlaydi va uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) taqdim etadi.
10. Moliya vazirligi referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini oʻn kunlik muddat ichida roʻyxatdan oʻtkazadi.
3-bob. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish xarajatlarini amalga oshirish
1-§. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini moliyalashtirish
11. MSKning xarajatlari uning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
12. Referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining xarajatlari boʻyicha toʻlovlar tegishli referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bosh buxgalterlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi hududiy gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladigan toʻlov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bunda referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan tegishli hududiy gʻaznachilik boʻlinmasiga birinchi imzo (komissiya raisining) va ikkinchi imzo (tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalterlarining) namunalari hamda komissiya shaxsiy tarkibi boʻyicha qaror nusxasi taqdim etiladi.
13. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining maxsus ochilgan shaxsiy gʻazna hisob varaqlari orqali amalga oshiriladi.
2-§. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish
14. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
15. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan tuziladigan shartnomalar ular tegishli gʻaznachilik boʻlinmalaridan majburiy roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
16. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tomonidan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni amalga oshirish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari aʼzolari mehnatiga haq toʻlash
17. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa aʼzolaridan biri referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
18. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalarining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolariga (transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun) referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik kompensatsiya toʻlab beriladi. Bunda toʻlovlar:
referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raisiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravarida;
referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raisi oʻrinbosari va kotibiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida;
referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasining boshqa aʼzolariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,2 baravarida;
referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi oʻrinbosari va kotibiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining boshqa aʼzolariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,7 baravarida amalga oshiriladi.
19. Ushbu toʻlovlar imzo huquqiga ega referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raislari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalterlari tomonidan tasdiqlangan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi roʻyxat boʻyicha toʻlanadi.
20. Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish referendumga uch kun qolguniga qadar toʻliq taʼminlanadi.
21. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari raislari tomonidan komissiya aʼzolariga kompensatsiya toʻlanishi bilan bogʻliq asoslovchi va tasdiqlovchi hujjatlar (komissiya qarori, pasport nusxasi, STIR, JBPX, bank plastik karta maʼlumotlari, telefon raqami va hokazo) tegishli hokimlik buxgalteriyasiga taqdim etiladi.
22. Referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi aʼzolariga toʻlanadigan kompensatsiyalar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buxgalteriyalari tomonidan okrug komissiyasi raisiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya aʼzolariga toʻlov qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga koʻra bank plastik kartochkalariga oʻtkazib beriladi.
Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzolariga toʻlanadigan kompensatsiyalar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buxgalteriyalari tomonidan tuman, shahar hokimliklari buxgalterlarini jalb qilgan holda uchastka komissiyasi raisiga ishonchnoma asosida hisobdorlik sharti bilan beriladi va komissiya aʼzolariga toʻlov qaydnomalari asosida tarqatiladi yoki ularning arizasiga koʻra bank plastik kartochkalariga oʻtkazib beriladi.
23. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ishlarni bajarish (buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, komissiya aʼzolari va aʼzolikka nomzodlarni oʻqitish, matbuot markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tarjimonlik qilish va h.k.) uchun referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga mutaxassis va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Bunda ularning mehnatiga haq toʻlash referendum oʻtkazuvchi komissiya raisi bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq jalb qilingan mutaxassis va ekspertlar oʻrtasida tuziladigan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida xarajatlar smetasida belgilangan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
4-bob. Referendum oʻtkazish jarayonidagi moddiy qimmatliklar hisobi
24. MSK tomonidan yetkazilgan tovar-moddiy qimmatliklar tegishli tuman yoki shahar hokimligi balansiga qabul qilish-topshirish dalolatnomalari boʻyicha haq toʻlamaslik sharti bilan qabul qilinadi.
25. Tuman yoki shahar hokimligi qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklarga inventar raqam beradi va ularning saqlanishi uchun moddiy javobgar shaxsni belgilaydi.
26. Moddiy javobgar shaxs mazkur Yoʻriqomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi taqsimot boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni tegishli hududda tuzilgan uchastka komissiyasi raisiga topshiradi.
27. Referendum natijalari eʼlon qilingandan soʻng uchastka komissiyasining raisi tuman yoki shaharda tovar-moddiy qimmatliklar uchun moddiy javobgar shaxsga mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi taqsimot boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida tovar-moddiy qimmatliklarni topshiradi.
28. Qabul qilingan tovar-moddiy qimmatliklar va moddiy javobgar shaxslar roʻyxatlari tuman va shaharlar kesimida jamlanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklda referendum natijalari eʼlon qilingandan keyin oʻttiz kundan kechikmasdan MSKga taqdim qilinadi.
29. Tuman va shahar hokimliklari jihozlarni (davlat bayrogʻi, davlat gerbi, ovoz berish qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, ichki va tashqi flagshtoklar) bir joyda jamlagan holda yaroqli holatda saqlash uchun omborxonalar bilan taʼminlashga masʼuldirlar.
30. Olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi referendum uchastkalarida foydalanilgan jihozlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda (omborxonalarda) jamlagan holda moddiy javobgar shaxsning nazorati ostida yaroqli holatda saqlanishi mumkin.
5-bob. Hisobga olish va hisobdorlik
31. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar kelib tushishini hisobga olish budjet tasnifining tegishli kodlariga muvofiq amalga oshiriladi.
32. MSK hamda referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlarning budjet hisobi “OʻzASBO” dasturiy taʼminotida belgilangan tartibda yuritadi.
33. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlarning ishlatilmagan qismi referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan referendum natijalari eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kunlik muddatda MSKning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi. Ushbu mablagʻlar jamlanib uch bank ish kuni mobaynida Davlat budjetiga qaytariladi.
34. Referendum natijalari eʼlon qilingandan keyin moliyalashtirilgan va foydalanilgan mablagʻlar harakati boʻyicha hisobotlar:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli moliya bosh boshqarmalari va MSKga yigirma kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yigirma besh kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 5 va 6-ilovalariga;
v) MSK tomonidan — Moliya vazirligiga bir oydan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi hisobot maʼlumotlari jamlangan holda taqdim qilinadi.
35. Referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablagʻlardan maqsadli foydalanish va ular yuzasidan oʻz vaqtida hisobot taqdim qilish uchun masʼuldir.
6-bob. Yakuniy qoidalar
36. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va qonuniy sarflanishi boʻyicha MSK bosh buxgalteri, tegishlicha referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining masʼul mansabdor shaxslari javobgar hisoblanadi.
37. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
38. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyasi aʼzolariga kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
T/r
F.I.O
Komissiyadagi lavozimi
Kompensatsiya toʻlovi miqdori
Xodimning shaxsiy maʼlumotlari
Pasport raqami, seriyasi
STIR
JBPX
Telefon raqami
Rahbar
F.I.O
Bosh hisobchi
F.I.O
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
___________________________________ (QR, viloyatlar va Toshkent shahar) __________________________ (tuman va shahar) hokimligining balansida mavjud boʻlgan quyidagi jihozlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklari hokimlikning moddiy javobgar shaxsi _______________________________________ (F.I.O.) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining referendumida foydalanish uchun _________ — referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi ___________________________________________________ (F.I.O.) ningmoddiy javobgarligiga topshiradi:
T/r
Tovar-moddiy qimmatliklar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Ishlab chiqarilgan yili
Izohlar
1.
Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (ichki)
dona
2.
Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (tashqi)
dona
3.
Oʻzbekiston Davlat gerbi
dona
4.
Ovoz berish qutisi (katta)
dona
5.
Ovoz berish qutisi (kichik)
dona
6.
Ovoz berish qutisi (koʻchma)
dona
7.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(2-xonalik)
dona
8.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(3-xonalik)
dona
9.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(4-xonalik))
dona
10.
Flagshtok (ichki)
dona
11.
Flagshtok (tashqi)
dona
12.
Koʻchma kabinasi
dona
13.
Muhr (dumaloq rezinali)
dona
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida toʻldiriladigan dalolatnomaga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi hamda Qoraqalpogʻiston Davlat gerbi kiritiladi.
Topshiruvchi tomon:
tuman yoki shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari:
___________
(imzo)
_____________________________
(F.I.O)
tuman yoki shahar hokimligining moddiy javobgar shaxsi:
___________
(imzo)
_____________________________
(F.I.O)
Qabul qiluvchi tomon:
_______ — referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi:
___________
(imzo)
_____________________________
(F.I.O)
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
________________________________________ (QR, viloyatlar va Toshkent shahar) _______________________________ (tuman va shahar) __________ — referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi ___________________________________________________ (F.I.O.) referendumda foydalanish uchun qabul qilgan jihozlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklarni hokimlikning moddiy javobgar shaxsi ________________________________ (F.I.O.) gaqayta topshiradi:
T/r
Tovar-moddiy qimmatliklar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Ishlab chiqarilgan yili
Izohlar
1.
Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (ichki)
dona
2.
Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi (tashqi)
dona
3.
Oʻzbekiston Davlat gerbi
dona
4.
Ovoz berish qutisi (katta)
dona
5.
Ovoz berish qutisi (kichik)
dona
6.
Ovoz berish qutisi (koʻchma)
dona
7.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(2-xonalik)
dona
8.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(3-xonalik)
dona
9.
Yashirin ovoz berish kabinasi
(4-xonalik))
dona
10.
Flagshtok (ichki)
dona
11.
Flagshtok (tashqi)
dona
12.
Koʻchma kabinasi
dona
13.
Muhr (dumaloq rezinali)
dona
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida toʻldiriladigan dalolatnomaga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi hamda Qoraqalpogʻiston Davlat gerbi kiritiladi.
Topshiruvchi tomon:
_______ — referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi:
________________
(imzo)
____________________________________
(F.I.O)
tuman yoki shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari:
________________
(imzo)
_____________________________________
(F.I.O)
Qabul qiluvchi tomon:
tuman yoki shahar hokimligining moddiy javobgar shaxsi:
________________
(imzo)
____________________________________
(F.I.O)
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
_____________________________________ viloyatida saqlanayotgan jihozlari toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA
T/r
Tuman nomi*
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi
Yashirin ovoz berish kabinalari
Ovoz berish qutilari
Flagshtok
2 xonali
3 xonali
4 xonali
koʻchma kabina
statsionar quti
koʻchma quti
ichki
tashqi
katta 100 sm
kichik 60 sm
katta 80 sm (2021-y.)
1.
2.
3.
4.
jami:
*Tumanlarda jihozlarni saqlash joylari, balansda saqlovchi va masʼul shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi HISOBOT 20_____ yil ____________________ holatiga
Tashkilot _________________________________________________________________ Boʻlim _________ kichik boʻlim_________ bob _______ Hisobot davri: yillik (1-yanvar), choraklik (1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr) Budjet turi ______________________________________________________________ Oʻlchov birligi ____________________________________________________________
Toifa
Modda va kichik modda
Element
Xarajatlar nomi
Qator kodi
Tasdiqlangan (aniqlangan) reja
Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan
Kassa xarajati — jami
Haqiqiy xarajatlar — jami
A
B
1
2
3
4
5
Xarajatlarning hammasi
Rahbar
_______________________ (imzo)
Bosh hisobchi
_______________________ (imzo)
M.Oʻ.
_____ _________________ 20_____ yil
Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
_________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar, okrug) referendum oʻtkazuvchi okrug (uchastka) komissiyalari tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha
HISOBOT
ming soʻmda
T/r
Tuman va shahar hokimliklari nomi
Aniqlangan smeta boʻyicha xarajatlar
Moliyalashtirildi
Kassa xarajati
Haqiqiy xarajati
Budjetga qaytarilgan mablagʻ
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
1-guruh
2-guruh
4-guruh
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Ish haqi xarajatlari
shu jumladan, kompensatsiya
Ish haqiga ajratmalar
Boshqa xarajatlar
Hudud boʻyicha jami
Mos ravishda Tuman va shaharlar kesimida yoyiladi
Moliya organlari rahbarlari (yoki referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raisi)