1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholi va tadbirkorlarimizning energiya resurslariga oʻsib borayotgan talablarini qondirish, energetika korxonalarining transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, geologiya va kon-metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish surʼatlarini keskin oshirish boʻyicha belgilab olingan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri lavozimi kiritilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi lavozimi oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-sentabr,
PQ-384-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “278” raqami “269” raqami bilan almashtirilsin.