toggle_night_mode
Hujjat 29.09.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Yurtimizda yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu sohada yagona huquqni qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻyish, barcha yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlarni yagona maʼlumot bazasiga birlashtirish orqali statistik maʼlumotlarning tizimlashtirilishiga erishish hamda tadbirkorlik subyekti boʻlmagan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, davlat organlari, tashkilotlari va muassasalarini, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlarni, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaxslar birlashmalarini, advokatlik tuzilmalarini hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar:
Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Adliya vazirligi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan yuridik shaxslarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish imkoniyatini yaratsin;
uch oy muddatda davlat roʻyxatidan oʻtgan barcha advokatlik tuzilmalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazishga doir hujjatlarining raqamlashtirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab advokatlik byurosini kompozit shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoʻlga qoʻyilsin.
2022-yil 1-noyabrga qadar advokatlik byurosini advokatlik faoliyatini boshlashda malaka imtihonini topshirish va advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish jarayonida kompozit shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy hamda texnik tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlar ikki oy muddatda mazkur qarorga 1-ilova bilan belgilangan tartibda Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilishi uchun oʻzlari haqidagi maʼlumotlarning (nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va taʼsis hujjatlari) tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
542-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — davlat roʻyxatidan oʻtkazish) hamda davlat organini yuridik shaxs sifatida tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi.
3. Davlat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
4. Davlat tashkiloti vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida (qaror, buyruq va b.) nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etadi va ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
6. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjati (qaror, buyruq va b.);
yuqori turuvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan Davlat tashkilotining ustavi.
Agar davlat tashkiloti toʻgʻrisidagi nizom yoki ustav normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanishi belgilangan boʻlsa, nizom yoki ustavni ilova qilish talab etilmaydi.
7. Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
8. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni davomida olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 10-bandida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
9. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni amalga oshiradi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan davlat tashkilotini Tizim orqali avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyadi va bu haqida davlat aktivlarini boshqarish organlariga xabarnoma yuboradi;
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Davlat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma hamda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qiladi.
10. Mazkur Reglamentning 6-bandiga muvofiq hujjatlarning taqdim etilmaganligi, davlat tashkilotining ustavi yoki nizomi yuqori turuvchi organ tomonidan tasdiqlanmasdan taqdim etilganligi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi.
12. Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatilgan rad etish sabablarini bartaraf etgan holda umumiy asoslarda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
13. Davlat tashkilotlari qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) ular oʻn kunlik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni bu haqida xabardor qilishlari shart.
Bunda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faqat oʻzgartirish uchun asos boʻlgan hujjat taqdim etilib, yangi tahrirdagi ustav yoki nizom talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ariza beruvchidan xabarnoma va ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganidan soʻng 2 ish kuni ichida Davlat tashkilotlarining yagona davlat reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda Tizim orqali davlat soliq, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini xabardor qiladi.
3-bob. Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish
15. Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish bu haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatiga (qaror, buyruq va b.) asosan amalga oshiriladi.
16. Davlat organlarini yuridik shaxs sifatida tugatish uning vakili roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu reglamentning 15-bandida nazarda tutilgan hujjat bilan murojaat etadi.
17. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjat qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 ish soati mobaynida Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga davlat organini yuridik shaxs sifatida tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisida yozuv kiritadi, Tizim orqali davlat soliq, statistika, davlat aktivlarini boshqarish organlarini va tegishli bankni xabardor qiladi hamda bir ish kuni mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytida ushbu yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida eʼlon joylashtiradi.
Tugatilayotgan davlat organini joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Tizim orqali xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida davlat tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga kirishadi, uning muddati oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tekshirishda davlat organining oxirgi tekshirish oʻtkazilgan sanadan boshlab (davlat organining tekshirish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan boʻlsa — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab) davlat organini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davr mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyati qamrab olinadi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Tekshirish yakuniga koʻra soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻradi.
Soliqlar va yigʻimlar, moliyaviy jarimalar summasi, shu jumladan, tekshirishlar yakunlari boʻyicha hisoblangan summalar toʻlangandan keyin, davlat soliq xizmati organi davlat organining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosani Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xulosani olgandan soʻng bir ish kuni mobaynida davlat organining vakiliga ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat organini tugatilganligi toʻgʻrisida xabarnoma taqdim etadi hamda Tizim orqali davlat soliq xizmati, bank va statistika organlarini xabardor qiladi.
18. Kreditorlar davlat organining tugatilishi haqida xabar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning rasmiy veb-saytidan joylashtirilgan vaqtdan boshlab 2 oy muddatda davlat tashkilotining muassisi yoki vazifa va funksiyalarini qabul qilib olgan boshqa idoraga oʻz talablarini taqdim etishlari mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat tashkiloti pochta manzili va rahbari oʻzgargan taqdirda bu haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻn kundan kechiktirmay oʻzining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat tashkilotining pochta manzili va rahbari oʻzgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
20. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilganligi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan davlat tashkiloti ustavi yoki nizomining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning XIII bobi (Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik).
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning XIII bobi (Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik).
Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat organlari va tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.

10 kun ichida

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda Davlat organlari va tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish va bu haqida ariza beruvchini xabardor qilish.

2 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat organlari va tashkilotlari taʼsis hujjatlarini (nizom) QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda tasdiqlash.

Davlat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma hamda uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qilish.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng real vaqt rejimida

Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.Sh.:

2. JSHSHIR.:

3. Ariza beruvchining davlat organlari va tashkilotlariga aloqadorligi:

II. Davlat organlari va tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Davlat organlari va tashkilotlarining nomi (toʻliq va qisqartirilgan (mavjud boʻlsa):

2. Davlat organlari va tashkilotlarining pochta manzili:

3. Aloqa bogʻlanish uchun telefon raqami:

4. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud boʻlsa):

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjat yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarori;

2. Yuqori turuvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan Davlat tashkilotining nizomi;

3. Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh:

1. Agar Davlat tashkilotining nizomi normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanishi lozim boʻlsa, nizomni ilova qilish talab etilmaydi.

2. Soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

Soʻrovnoma toʻldirish sababi:

yangi roʻyxatdan oʻtish

qayta roʻyxatdan oʻtish

Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi
GUVOHNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Davlat organlari va tashkilotlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

GUVOXNOMA

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqam

Davlat organlari va tashkilotlarining nomi

Tashkiliy-huquqiy shakli

STIR:






____QR-kod____




Guvohnomani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi: _____________________________________________

__________________________________________________

__________________________________________________

_____________________

Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish haqida
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

(yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,

_______________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

(davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish)

Rad etish asoslari:

1.

2.

3.

Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, Davlat organlari va tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 14-bandiga asosan, davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish asoslari bartaraf etilgan taqdirda ariza beruvchi Davlat organlari va tashkilotlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun 5 ish kuni ichida qayta murojaat qilish huquqiga ega.


_________________________


_____________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)





__
QR-kod___





Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Davlat organi tugatilganligi toʻgʻrisida
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

_______________________________________________________________________ tomonidan

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

(yil, kun, oy)

___________________________________________________________________-son qarorga asosan,

(tugatishga asos boʻlgan hujjat)

_______________________________________________________

(tugatilayotgan yuridik shaxs nomi)

STIR __________________________;

tugatilganligi haqidagi yozuv 20__ yil “___” _________________dagi _______-son bilan Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilganligini maʼlum qiladi.

__________________________

_____________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)






___
QR-kod___





Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga
2-ILOVA
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan tarkibiga ikki va undan ortiq tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va oʻzga birlashmalarni (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar birlashmalari) davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar birlashmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
3. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
4. Yuridik shaxslar birlashmalari vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizimda roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda, esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Bunda, ariza beruvchi yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ariza beruvchi soʻrovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda toʻxtatish huquqiga ega.
6. Ariza beruvchi tomonidan yuridik shaxslar birlashmalarining nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
8. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
davlat tilidagi taʼsis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;
davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis shartnomasi va (yoki) ustav;
yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxslar birlashmalarining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
Bunda taʼsis shartnomasi va ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni yuridik shaxslar birlashmalari aʼzolari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin.
9. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Tizim orqali murojaat qilinganda davlat boji Davlat xizmatlari markazlari orqali toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
Davlat boji toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
10. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazi orqali bevosita oʻzi murojaat qilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkaziladi;
b) Tizim orqali murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablagʻlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkaziladi.
11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlsa roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni amalga oshiradi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar birlashmalarini Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyadi;
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
yuridik shaxslar birlashmalari davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
13. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat boji toʻlanmaganligi yoki uning toʻliq boʻlmagan miqdorda toʻlanganligi;
mazkur Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi;
qonunchilik hujjatlari va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi;
yuridik shaxslar birlashmalari aʼzolari tarkibiga tijoratchi boʻlmagan yuridik shaxslarning yoki yuridik shaxs boʻlmagan boshqa subyektlar qabul qilinganligi;
yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi talablari rioya etilmagan boʻlsa;
yuridik shaxslar birlashmalarining aʼzolari soniga qoʻyilgan minimal talabning bajarilmaganligi.
Qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat etilganda aʼzolar soniga qoʻyilgan minimal talab buzilgan taqdirda yuridik shaxslar birlashmalari boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda qayta tashkil etilishi yoki ixtiyoriy tugatilishi kerak.
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) rad etish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
15. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda davlat boji toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda, Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan soʻrovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat yoʻnalishlarida oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda yoxud taʼsis hujjatlariga boshqacha tarzda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek aʼzolari tarkibida oʻzgarishlar yuz berganda ular oʻttiz kunlik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilishlari shart.
Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish taʼsis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
17. Yuridik shaxslar birlashmalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ularni qayta tashkil etish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Yuridik shaxslar birlashmalari oʻzining pochta manzili va rahbari oʻzgargan taqdirda bu haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻn kundan kechiktirmay oʻzining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslar birlashmalarining pochta manzili va rahbari oʻzgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
19. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilganligi, shuningdek taʼsis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning XIII bobi (Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik).
20. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizimda roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Ariza beruvchi

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun Qonunda belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlash.

Murojaat qilingan vaqtda

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni amalga oshirish.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish va bu haqida ariza beruvchini xabardor qilish.

2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish

Xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Yuridik shaxslar birlashmalari davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchiga taqdim qilish (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuborish.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng real vaqt rejimida

Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.Sh.:

2. JSHSHIR:

3. Ariza beruvchining yuridik shaxslar birlashmalariga aloqadorligi:

II. Yuridik shaxslar birlashmalari toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yuridik shaxslar birlashmalari nomi (toʻliq va qisqartirilgan (mavjud boʻlsa)):

2. Yuridik shaxslar birlashmalarining pochta manzili:

3. Asosiy faoliyat turi:

4. Aloqa bogʻlanish uchun telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud boʻlsa):

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Davlat tilidagi taʼsis shartnomasi va ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;

2. Davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis shartnomasi va ustav;

3. Yuridik shaxslar birlashmalari ajratib chiqarish yoki qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxslar birlashmalarining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.

4. Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh: soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

Soʻrovnoma toʻldirish sababi:

yangi roʻyxatdan oʻtish

qayta roʻyxatdan oʻtish

Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi
GUVOHNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Yuridik shaxslar birlashmasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

GUVOXNOMA

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqam

Yuridik shaxslar birlashmasining nomi

Tashkiliy-huquqiy shakli

STIR:






__QR-kod___





Guvohnomani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi:

_______________________________________________

_______________________________________________

_______________________________________________

_______________________________________________

Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) rad etish haqida
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

(yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,

_______________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

(davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish)

Rad etish asoslari:

1.

2.

3...

Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 14-bandiga asosan, ariza beruvchi davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish asoslari bartaraf etgan holda 5 ish kuni mobaynida davlat boji toʻlamasdan yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega. Mazkur muddatdan keyin berilgan murojaatlar umumiy tartibda berilgan hisoblanadi.

_________________________

_____________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)






__
QR-kod__





Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga
3-ILOVA
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olish (keyingi oʻrinlarda — advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi.
3. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)
4. Advokatlik tuzilmasi muassisi yoki uning vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Bunda, ariza beruvchi advokatlik tuzilmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ariza beruvchi soʻrovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda toʻxtatish huquqiga ega.
6. Ariza beruvchi tomonidan advokatlik tuzilmasining nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
8. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
advokatlik firmasi yoki advokatlar hayʼatini tashkil etish toʻgʻrisidagi, ularning muassislari toʻgʻrisidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hayʼatlari uchun) maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan taʼsis yigʻilishining davlat tilidagi bayoni;
yuridik maslahatxona uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish toʻgʻrisidagi davlat tilidagi buyrugʻi;
davlat tilidagi belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis shartnomasi va ustav, advokatlik byurosi uchun faqat ustav, yuridik maslahatxona uchun davlat tilidagi nizom;
advokatlik tuzilmasi qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
Bunda taʼsis shartnomasi va (yoki) ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni Advokatlik tuzilmasi muassislari tomonidan Tizimda elektron ravishda ham tasdiqlanishi mumkin.
9. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Tizim orqali murojaat qilinganda davlat boji Davlat xizmatlari markazlari orqali toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
Davlat boji toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) rad etilgan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
10. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
b) 11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
11. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Tizim orqali elektron ravishda yuboradi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab:
1 ish kuni mobaynida muassislarning litsenziyalari va advokat maqomiga ega boʻlmagan muassislarning malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini adliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalaridan oʻzaro elektron axborot almashinuvi orqali soʻrab oladi. Bunda, ushbu tashkilotlar maʼlumotning 1 ish kuni ichida taqdim etilishi uchun masʼul boʻladi;
4 ish kuni davomida hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi jihatidan koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) haqida yoki mazkur Reglamentning 13-bandida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ni amalga oshiradi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (hisobga qoʻyilgan) Advokatlik tuzilmalarini Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyadi;
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Advokatlik tuzilmalari davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
13. Ariza beruvchining xohishiga koʻra, advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish boʻyicha malaka imtihonini topshirish jarayonida advokatlik byurosi ham kompozit shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin.
Bunda, ariza beruvchi advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish boʻyicha malaka imtihonini topshirish uchun toʻldiriladigan arizaga qoʻshimcha ravishda advokatlik byurosini tashkil etish haqidagi soʻrovnomani mazkur reglamentning 8-bandida advokatlik byurosi uchun talab qilingan hujjatlarni ilova qilgan holda ixtiyoriy ravishda toʻldiradi.
Malaka imtihonini qabul qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi ariza beruvchi tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilganda litsenziya berish hamda advokatlik byurosini roʻyxatdan oʻtkazishga doir hujjatlarni advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organiga yuboradi hamda shu vaqtning oʻzida ariza beruvchining telefon raqamiga tegishli litsenziya va advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha elektron invoys yuboriladi.
Advokatlik faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli adliya organi soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlarni mazkur reglament talablari asosida koʻrib chiqib, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlganda, ariza beruvchi tomonidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilganda, shuningdek litsenziya berish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganda advokatlik byurosini oʻz axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning axborot tizimi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Adliya organi tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ham rad etiladi.
Bunda, ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan holda advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha toʻlov toʻlamasdan qayta murojaat qilishi yoki amalga oshirilgan toʻlov asosida kelgusida Davlat xizmatlari markazida advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishi mumkin.
Ariza beruvchi tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov uning murojaatiga asosan toʻlov taqsimlangan manbalar hisobidan qaytariladi.
14. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
davlat boji toʻlanmaganligi yoki uning toʻliq boʻlmagan miqdorda toʻlanganligi;
ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq taqdim etilmaganligi;
qonun va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi;
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar;
Advokatlik tuzilmalaridagi advokatlar soni “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan miqdorlarga mos kelmasligi;
agar roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
16. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda davlat boji toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda, Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan soʻrovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan Advokatlik tuzilmalari qayta tashkil etilgan yoxud taʼsis hujjatlariga boshqacha tarzda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik firmalarining aʼzolari tarkibida oʻzgarishlar yuz berganda ular oʻn kunlik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilishlari shart.
Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish taʼsis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
18. Advokatlik tuzilmalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ularni qayta tashkil etish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Advokatlik tuzilmalari pochta manzili va rahbari oʻzgargan taqdirda bu haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻn kundan kechiktirmay oʻzining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ advokatlik tuzilmalarining pochta manzili va rahbari oʻzgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish soati davomida Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
20. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilganligi, shuningdek taʼsis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Ariza beruvchi

Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) uchun Qonunda belgilangan miqdorda davlat bojini toʻlash.

Murojaat qilingan vaqtda

3-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Muassislarning litsenziyalari va advokat maqomiga ega boʻlmagan muassislarning malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini adliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalaridan oʻzaro elektron axborot almashinuvi orqali soʻrab oladi. Bunda, ushbu tashkilotlar maʼlumotning 1 ish kuni ichida taqdim etilishi uchun masʼul boʻladi.

Soʻrovnoma kelib tushgach 1 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ni amalga oshirish.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ni rad qilish va bu haqida ariza beruvchini xabardor qilish.

Soʻrovnoma kelib tushgach 4 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Advokatlik tuzilmasini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) rad etilgan taqdirda tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish.

Xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Advokatlik tuzilmalari davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlarini ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuborish.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng real vaqt rejimida

Keyingi tahrirga qarang.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish) boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.Sh.:

2. JSHSHIR.:

3. Ariza beruvchining Advokatlik tuzilmalariga aloqadorligi:

II. Advokatlik tuzilmalari toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Advokatlik tuzilmasining nomi (toʻliq va qisqartirilgan (mavjud boʻlsa)):

2. Muassislar litsenziyalarining rekvizitlari (raqami va sanasi), advokatlik byurosi kompozit shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan holatlar bundan mustasno:

3. Malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori rekvizitlari (raqami va sanasi), advokatlik byurosi kompozit shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan holatlar bundan mustasno:

4. Advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakli:

Advokatlik byurosi

Advokatlik firmasi

Advokatlik hayʼati

Yuridik maslahatxona

5. Advokatlik tuzilmalarining pochta manzili:

6. Aloqa bogʻlanish uchun telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud boʻlsa):

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Davlat tilidagi taʼsis yigʻilishining bayoni, yuridik maslahatxona uchun Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.

2. Davlat tilidagi taʼsis shartnomasi va ustav, advokatlik byurosi uchun faqat ustav, yuridik maslahatxona uchun nizom.

3. Advokatlik tuzilmasini ajratib chiqarish yoki qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.

4. Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh: soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

Soʻrovnoma toʻldirish sababi:

yangi roʻyxatdan oʻtish (hisobga olish)

qayta roʻyxatdan oʻtish (hisobga olish)

Keyingi tahrirga qarang.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) haqida
GUVOHNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Advokatlik tuzilmalarining davlat roʻyxatidan (hisobga qoʻyilganligi) oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

GUVOXNOMA

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqam

Advokatlik tuzilmasining nomi:

Tashkiliy shakli:

STIR:






__
QR-kod__





Guvohnomani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi:

________________________________________________

________________________________________________

________________________________________________

______________________________

Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish (hisobga olish)ni rad etish haqida
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

_________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

(yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,

_______________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

(davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish)

Rad etish asoslari:

1.

2.

3.

Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 14-bandiga asosan, ariza beruvchi davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish asoslari bartaraf etgan holda 5 ish kuni mobaynida davlat boji toʻlamasdan Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega. Mazkur muddatdan keyin berilgan murojaatlar umumiy tartibda berilgan hisoblanadi.

_________________________

_____________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)






QR-kod





Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga
4-ILOVA
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Uy-joy mulkdorlari shirkati (keyingi oʻrinlarda — shirkat) shirkatdagi uy-joylar mulkdorlarining tashabbusiga koʻra tashkil etiladi va oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi.
Shirkatni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror har bir koʻp kvartirali uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining ellik foizidan koʻpi hozir boʻlgan joylar mulkdorlarining taʼsis yigʻilishida qabul qilinadi.
Shirkatning aʼzolari koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan iboratdir.
2. Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) orqali amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmagan Shirkatlarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi.
3. Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
4. Shirkat vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizimda roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda, esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Bunda, ariza beruvchi shirkatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ariza beruvchi soʻrovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda toʻxtatish huquqiga ega.
6. Ariza beruvchi tomonidan shirkatning nomi lotin alifbosida tanlanadi va uning boshqa yuridik shaxslarning nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshashligini tekshirish Tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng, ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan tasdiqlaydi.
8. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) ilova qilinadi:
shirkat tashkil etish (har bir uy uchun ovoz berish natijalari bilan), ustavni tasdiqlash va boshqaruv organlarini tanlash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan umumiy yigʻilish raisi va kotibi tomonidan imzolangan uy (uylar)dagi xonadonlar mulkdorlari umumiy yigʻilishi bayonidan koʻchirma;
shirkat ustavi;
uydagi xonadonlarning (har bir uy uchun) shirkat tashkil etilishi uchun ijobiy ovoz bergan mulkdorlarining pasport maʼlumotlari, manzillari, xonadonga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarining nomi va rekvizitlari hamda ularning imzolari koʻrsatilgan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq roʻyxati;
uylarning xonadonlar va noturar joylar soni koʻrsatilgan manzilli roʻyxati;
shirkat qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) — qayta tashkil qilinayotgan shirkatning barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.
9. Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
10. Ariza beruvchi mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bevosita taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki Tizim orqali elektron ravishda yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ taqdim etilgan hujjatlarni kelib tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish haqida yoki mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan holatlar mavjud boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
11. Agar taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni amalga oshiradi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Shirkatni Tizim vositasida avtomatik tarzda davlat soliq xizmati va statistika organlarida davlat hisobiga qoʻyadi;
mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Shirkatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnomani shakllantiradi;
Shirkat davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavini ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
12. Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq taqdim etilmaganligi;
qonunchilik va taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilmagan organ tomonidan taʼsis hujjatlarini tasdiqlash (xulosaga kelish), ularga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi;
agar roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa.
Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar mavjud boʻlganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni ariza beruvchiga taqdim qiladi yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
14. Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi bu haqida xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni ichida tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda faqat kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda, shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatdan keyin berilgan soʻrovnomalar yangidan berilgan hisoblanadi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan shirkatlar qayta tashkil etilgan yoki taʼsis hujjatiga boshqacha tarzda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda ular oʻttiz kunlik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qayta roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilishlari shart.
Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish taʼsis hujjatlarni yangi tahrirda qabul qilish yoki unga oʻzgartirish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
16. Shirkatni qayta roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek uni qayta tashkil etish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Shirkatlar pochta manzili va rahbari oʻzgargan taqdirda bu haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oʻn kundan kechiktirmay oʻzining Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Shirkatning pochta manzili va rahbari oʻzgarganligi haqida xabarnoma olgan vaqtdan boshlab bir ish soati davomida Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va bu toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
18. Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, aniqligi, buzib koʻrsatilganligi, shuningdek taʼsis hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradilar.
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizimda roʻyxatdan oʻtish.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni amalga oshirish.

Taqdim qilingan hujjatlar mazkur Reglament talablariga nomuvofiq boʻlganda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad qilish va bu haqida ariza beruvchini xabardor qilish.

2 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish rad etilgan taqdirda tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qayta murojaat qilish

Xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Uy-joy mulkdorlari shirkat davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani, uning belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavini ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining Tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng real vaqt rejimida

Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.Sh.:

2. JSHSHIR.:

3. Ariza beruvchining uy-joy mulkdorlari shirkatiga aloqadorligi:

II. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Uy-joy mulkdorlari shirkati nomi (toʻliq va qisqartirilgan (mavjud boʻlsa)):

2. Uy-joy mulkdorlari shirkatining pochta manzili:

4. Aloqa bogʻlanish uchun telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili, veb-sayti manzili (agar mavjud boʻlsa):

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Davlat tilidagi uy (uylar)dagi xonadonlar mulkdorlari umumiy yigʻilishi bayonidan koʻchirma.

2. Davlat tilidagi ustav.

3. Uydagi xonadonlarning (har bir uy uchun) shirkat tashkil etilishi uchun ijobiy ovoz bergan mulkdorlarining roʻyxati.

4. Uylarning xonadonlar va noturar joylar soni koʻrsatilgan manzilli roʻyxati.

5. Shirkat ajratib chiqarish yoki qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan shirkatning barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislikni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi yoki topshirish dalolatnomasi.

6. Ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh: soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

Soʻrovnoma toʻldirish sababi:

yangi roʻyxatdan oʻtish

qayta roʻyxatdan oʻtish

Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
____________________________ manzilda joylashgan uydagi xonadonlarning “________________________” uy-joy mulkdorlari shirkati tashkil etilishi uchun “ijobiy” ovoz bergan mulkdorlarining roʻyxati Uydagi xonadonlarning umumiy soni — _________, noturar joylar soni — __________

T/r

Xonadon mulkdorining F.I.O. (yoki yuridik shaxsning nomi)

Pasport maʼlumotlari (yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)

Xonadon manzili

Xonadonga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari

Imzo

Sana

Xonadon mulkdorining ishonchnomasi toʻgʻrisida maʼlumot

1.

2.

3.

Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Shirkatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi
GUVOHNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Uy-joy mulkdorlari shirkatining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

GUVOXNOMA

Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va raqam

Uy-joy mulkdorlari shirkatining nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli:

STIR:






QR-kod





Guvohnomani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi:

_______________________________________________

_______________________________________________

_______________________________________________

_______________________________________________

Uy-joy mulkdorlari shirkatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Shirkatni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish haqida
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

_________________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

(yil, kun, oy)

____________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib,

_______________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.

(davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish)

Rad etish asoslari:

1.

2.

3.

Axborot tariqasida maʼlum qilinadiki, Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 14-bandiga asosan, ariza beruvchi davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni rad etish asoslari bartaraf etgan holda 5 ish kuni mobaynida faqat kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega. Mazkur muddatdan keyin berilgan murojaatlar umumiy tartibda berilgan hisoblanadi.

_____________________

___________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)






QR-kod





Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28 sentyabdagi 542-son qaroriga
5-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan davlat organlari va muassasalari, tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda advokatlik tuzilmalarining (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish hamda undagi mavjud maʼlumotlarni jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reyestr quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:
davlat organlari va muassasalari;
tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
advokatlik tuzilmalari.
2. Reyestr yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni hamda boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, barcha tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan davlat elektron axborot resursidir.
3. Reyestr roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
4. Reyestrdagi maʼlumotlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) joylashtiriladi.
2-bob. Reyestrni yuritish va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
5. Reyestrda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
yuridik shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, oy, yil;
yuridik shaxslarning davlat tilidagi toʻliq, qisqartirilgan (mavjud boʻlganda) nomi;
tashkiliy-huquqiy shakli;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
faoliyat muddati (yuridik shaxs belgilangan muddatga tuzilganda);
yuridik shaxslarning qayta tashkil etish jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (u amalga oshirilganda);
tugatish jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (u amalga oshirilganda);
uni amalga oshirish usuli koʻrsatilgan holda faoliyat tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
taʼsis hujjatlari;
taʼsis hujjatlari tasdiqlangan (tuzilgan) sana;
taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana.
Reyestrda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar boʻlishi mumkin.
6. Reyestr Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) vositasida elektron koʻrinishda, markazlashtirilgan tartibda yuritiladi.
3-bob. Reyestrga yozuvlar kiritish
7. Reyestrga yozuvlar davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishda taqdim etiladigan hujjatlar asosida, shuningdek davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Reyestrda nazarda tutilgan maʼlumotlar va (yoki) hujjatlar taqdim etilganda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi holatlarda maʼlumotlar bir-biridan farq qilgan taqdirda:
Reyestr maʼlumotlar bazasida elektron fayl koʻrinishida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlaridagi maʼlumotlar yuridik shaxslarda mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlari bilan farq qilsa, Reyestr maʼlumotlar bazasida elektron fayl koʻrinishida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlari nisbatan yuqori kuchga ega boʻladi (bundan davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan nizomlari mustasno);
Reyestr maʼlumotlar bazasidagi tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvlari koʻrinishidagi maʼlumotlar Reyestr maʼlumotlar bazasida elektron fayl koʻrinishida mavjud boʻlgan taʼsis hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan farq qilsa tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yozuvlari koʻrinishidagi maʼlumotlar nisbatan yuqori kuchga ega boʻladi.
Reyestrning, 2022-yil 1-iyulga qadar yuritilishi amalga oshirilgan, tegishli davlat reyestrlaridagi yuridik shaxslarga nisbatan maʼlumotlar bilan farq qilsa, Reyestrdagi yozuvlar nisbatan yuqori kuchga ega boʻladi.
Koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning nisbatan yuqori kuchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish tartibida nomutanosiblik bartaraf etilgunga qadar saqlanib qoladi.
9. Quyidagilar Reyestrga yozuv kiritish uchun asos boʻladi:
belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, yuridik shaxslarni Reyestrdan chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazishni yoki tugatishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
10. Ushbu Nizom 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yozuv kiritilishi uchun asoslar yuzaga kelganda Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ikki ish kuni mobaynida Reyestrga tegishli yozuv kiritadi.
4-bob. Reyestrdan axborot taqdim etish
11. Reyestrda mavjud boʻlgan axborot va hujjatlar ochiq boʻlib, istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qoʻyilgan maʼlumotlar bundan mustasno.
12. Reyestrda mavjud boʻlgan axborot va hujjatlardan erkin foydalanish imkoniyati tegishli axborotni YIDXPga joylashtirib borish yoʻli bilan, shuningdek soʻralayotgan hujjat koʻchirmasini, soʻralayotgan hujjat mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va (yoki) Reyestrdagi hujjatni berish yoʻli bilan, bunda Reyestrga kiritib borilayotgan tegishli maʼlumot va hujjatlar kiritilishi bilanoq har kun yangilab borish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
13. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.
14. Jismoniy shaxslar, davlat yoki xoʻjalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari yoxud boshqa tashkilotlarning (ushbu Nizomning 13-bandida keltirilgan davlat organlari va tashkilotlaridan tashqari) yozma soʻrovnomasi boʻyicha Reyestrdan ushbu Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakl boʻyicha aniq yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi axborot koʻchirmalar koʻrinishida soʻralgan hujjat, yuridik shaxslarning roʻyxati yoki soʻralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
Maʼlumotnoma davlat yoki xoʻjalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlariga bepul, jismoniy shaxslar va boshqa tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi yigʻim evaziga beriladi.
Yigʻimlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
15. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli soʻrovnoma olingan paytdan boshlab bir ish kuni muddatda taqdim etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan yuridik shaxslar toʻgʻrisida

KOʻCHIRMA

20__ yil “___” _________

_______-son

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan koʻchirmani bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi:____________________________________________________________

1.

Yuridik shaxslar toʻliq nomi

2.

Yuridik shaxslar qisqartirilgan nomi

3.

Tashkiliy-huquqiy shakli

4.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)

5.

Aʼzolar soni*:

7.

Joylashgan joyi (pochta manzili)

8.

Taʼsis etilgan sana (yil, oy, sana)

9.

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va raqami

10.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami

11.

Asosiy faoliyat turi:

12.

Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi

13.

Yuqori turuvchi tashkilot nomi (davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari uchun, agar ularning yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlganda)

14.

Huquqiy vorisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

15.

Yuridik shaxslarning maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatish jarayonida, tugatilgan)

16.

Faoliyat muddati (agar yuridik shaxslar aniq vaqtga tashkil etilgan boʻlsa)

17.

Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon, faks, elektron pochta, veb-sayt — mavjud boʻlganda)

18.

_______________________________________

(koʻchirmani bergan masʼul shaxsning lavozimi)

_______________

_______________________

(familiyasi, initsiallari)

19.



__
QR-kod__


Izoh. *Davlat organlari va tashkilotlari, advokatlik byurolari va yuridik maslahatxonalardan tashqari.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga
6-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat muassasalari, tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda advokatlik tuzilmalarini (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) ixtiyoriy tugatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik maslahatxonalar faoliyatini toʻxtatish ularni tashkil etgan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalarining qarorini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etish va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi Reyestrga ularning faoliyati toʻxtatilganligi haqida yozuv kiritishi orqali soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Advokatlik byurosining rahbari boʻlgan advokatning litsenziyasi “Advokatura toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilganda advokatlik byurosini tugatish sud tomonidan amalga oshiriladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazi;
tugatish — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tarkibiga tijoratchi yuridik shaxslarni jamlagan birlashmalar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda advokatlik tuzilmalarining yagona davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuridik shaxslarni tugatish toʻgʻrisidagi yozuvlarni qayd etish;
tugatuvchi — yuridik shaxslar aʼzo(lari) yoki u(lar) tomonidan tayinlangan shaxs(lar) (tugatish komissiyasi).
3. Yuridik shaxslarni tugatish boʻyicha davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — Byuro) hamda tijorat banklari bilan oʻzaro maʼlumot almashinish Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim) vositasida amalga oshiriladi.
2-bob. Yuridik shaxslarni tugatish
4. Yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror uning taʼsis hujjatlarida shunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
tugatilayotgan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
yuridik shaxsni tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.
6. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxslar ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar unga oʻtadi.
Tugatuvchi tayinlangandan soʻng yuridik shaxslar boshqaruv organlari tomonidan ikki kun muddatda unga yuridik shaxslar faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlar, yuridik shaxslarning muhri, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulki topshiriladi.
7. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng bir ish kunidan kechikmay quyidagilarni amalga oshiradi:
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga — ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
b) yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda — asosiy hisobvaragʻi) xizmat koʻrsatuvchi bankka — ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini;
v) yuridik shaxslarning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamgʻarma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga (agar mavjud boʻlsa) xizmat koʻrsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani;
g) yuridik shaxslarning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamgʻarma depozit va muddatli depozit hisobvaraqlari (agar mavjud boʻlsa) ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablagʻlarning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza-topshiriqnomani joʻnatadi.
Bunda, tugatuvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xodimi ariza beruvchi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etgan taqdirda, esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soʻrovnomaga yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi ilova qilinadi.
8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatish toʻgʻrisida qaror tushgandan soʻng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) yuridik shaxs ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi hamda bu toʻgʻrisida Tizim orqali quyidagi vakolatli organlarni xabardor qiladi:
yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati, statistika va davlat aktivlarini boshqarish organlarini;
Byuroning tegishli tuman (shahar) boʻlimini;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Tizimga yuridik shaxslar tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlonni joylashtiradi.
Eʼlonda kreditorlarning talablari koʻrsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati koʻrsatiladi, ushbu muddat koʻrsatib oʻtilgan eʼlon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
9. Yuridik shaxslarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab yuridik shaxslarning faoliyati, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha penyalarni hisoblab yozish toʻxtatib qoʻyiladi.
10. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻradi;
b) yuridik shaxslarning aktivlari va majburiyatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazadi, shu jumladan yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davrda yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) agar yuridik shaxsning tekin foydalanishida davlat mulki boʻlgan mol-mulklari mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu mol-mulklarni ikki hafta muddat ichida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiradi;
d) yuridik shaxslarning debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi toʻgʻrisidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va yuridik shaxslarning tugatilishi toʻgʻrisida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi.
11. Byuroning tuman (shahar) boʻlimi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning xabarnomasini olgan sanadan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini belgilangan tartibda aniqlaydi, unda tugatilayotgan yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijro ishini tugallaydi va belgilangan tartibda tugatishni amalga oshirish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.
12. Yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning xabarnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
13. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat boʻyicha pul summalarini toʻlash amalga oshiriladi:
birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari boʻyicha pul toʻlovlariga doir talablarini, shuningdek, fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun tijorat tashkiloti tegishli vaqtbay toʻlovlarni soqit qilish yoʻli bilan javob beradigan talablarini qondirish;
ikkinchi navbatda — Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar;
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari.
14. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan yuridik shaxslar mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi va mazkur mol-mulkni ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Muomalasi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda qonunchilikka muvofiq koʻrsatib oʻtilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega boʻlgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Savdoga qoʻyilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash qiymati boʻyicha, mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak.
15. Kreditorlar talablarini qondirish aʼzolar yoki boshqa shaxslar tomonidan tugatilayotgan yuridik shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
16. Kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin yuridik shaxslarning mol-mulki ortib qolgan hollarda, tugatuvchi tomonidan ular yuridik shaxslarni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan usullarda va yoʻnalishlarda, shuningdek yuridik shaxslar ustav maqsadlarida foydalaniladi.
17. Tugatuvchi:
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan;
soliqlar va yigʻimlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari boʻyicha toʻlangandan;
kreditorlarning talablari toʻliq qondirilgandan keyin yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuroga soʻrov yuboradi.
18. Davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboradi.
Byuro yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga uch ish kuni mobaynida xabarnoma yuborishi shart.
19. Davlat soliq xizmati organi tomonidan taqdim etilgan yuridik shaxslarning soliqlar va yigʻimlardan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi, shuningdek, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida Byuroning xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi yuridik shaxslarning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka uni yopish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan hisobvaraqni yopadi va tugatuvchiga asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
20. Tugatuvchi asosiy hisobvaragʻi yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
21. Tugatuvchi yuridik shaxslarni Reyestrdan chiqarish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali quyidagilarni taqdim etadi:
yuridik shaxslarning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklarning maʼlumotnomalari;
yuridik shaxslar hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
Agar yuridik shaxslarning yuridik shaxslarning muhr va shtamplari mavjud boʻlganda tugatuvchi ularni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelgan holda taqdim etadi.
22. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 18-19-bandlari ijrosi taʼminlanganligini Tizim orqali tekshiradi hamda Reyestrga yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi hamda yuridik shaxslarning vakiliga ushbu reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisida xabarnomani taqdim etadi yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Nizomning 18-19-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar Tizimda mavjud boʻlmasa yoki 21-banddagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Reyestrga yozuvlar kiritishni rad etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Reyestrga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
23. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Reyestrga yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida:
yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qiladi;
tugatilgan yuridik shaxslarning muhr va shtamplarini belgilangan tartibda yoʻq qilish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining yuridik shaxslar joylashgan joydagi filialini yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
24. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
Koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar ushbu Reglamentning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻliq taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida Tizim orqali xabar beradi hamda yopilgan bank hisobvaraqlari qayta tiklanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Yuridik shaxslarning tugatilganligi haqida Reyestrga yozuv kiritilishidan oldin ixtiyoriy tugatishning boshqa har qanday bosqichida yuridik shaxslarning vakolatli organi tomonidan faoliyatni tiklash va tugatish jarayonini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
26. Yuridik shaxslarning tugatilganligi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
27. Yuridik shaxslar aʼzolari, tugatuvchi oʻzlari tayyorlagan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning toʻgʻriligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan, oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, aʼzolarga yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yuridik shaxslar boshqaruv organlari

Tugatuvchi tayinlangandan soʻng yuridik shaxslar boshqaruv organlari tomonidan unga yuridik shaxslar faoliyati bilan bogʻliq barcha hujjatlarni, yuridik shaxslarning muhri, shtamplari (agar mavjud boʻlsa) va boshqa mol-mulkni topshirish.

2 (ikki) kun muddatda

2-bosqich

Tugatuvchi

Ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror nusxasini Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim qilish.

1 (bir) ish kuni ichida

3-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Tugatish toʻgʻrisida qaror taqdim qilingandan soʻng yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritish va bu toʻgʻrisida tegishli idoralarni Tizim orqali xabardor qilish hamda oʻzining rasmiy saytiga yuridik shaxslar tugatilayotganligi toʻgʻrisida barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan eʼlon joylashtirish.

1 (bir) ish kuni ichida

4-bosqich

Majburiy ijro byurosi

Roʻyxatdan oʻtkazgan organning xabarnomasini olgandan boshlab ish yuritishda ijro hujjatini davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijro ishini tugallash va belgilangan tartibda tugatishni ijro etish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuborish.

10 (oʻn) kunlik muddatda

5-bosqich

Davlat soliq xizmati organi

1. Yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning xabarnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.

1. 3 ish kunida, 30 kalendar kundan koʻp boʻlmagan

2. Tugatish balansi qabul qilingandan keyin yuridik shaxslarning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosani tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborish.

2. 1 (bir) ish kuni ichida

 

6-bosqich

Majburiy ijro byurosi

Yuridik shaxslar qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud boʻlmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatuvchiga hamda Tizim orqali roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabarnoma yuborish.

3 (uch) ish kuni ichida

7-bosqich

Tugatuvchi va bank

Davlat soliq xizmati organi va Majburiy ijro byurosining xabarnomasi olingandan keyin tugatuvchi yuridik shaxslarning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankka uni yopish toʻgʻrisida murojaat qilish va yuridik shaxslarning asosiy hisobvaragʻi yopilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.

1 (bir) ish kuni ichida

8-bosqich

Tugatuvchi

Yuridik shaxslarning asosiy hisobvaragʻi yopilgandan soʻng davlat arxiviga yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshirish.

3 (uch) ish kuni ichida

9-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

1. Barcha hujjatlar taqdim qilingan taqdirda davlat reyestriga yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish.

1. 2 (ikki) ish kuni ichida;

2. Qaror qabul qilingan kundan keyin uni tugatuvchiga berish yoki unga pochta orqali joʻnatish. Davlat reyestriga kiritish rad etilgan taqdirda, tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar (agar mavjud boʻlsa) qaytarish.

2. 1 (bir) ish kuni ichida

10-bosqich

Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ

Davlat reyestriga yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilgandan keyin davlat soliq xizmati va statistika organlarini Tizim orqali xabardor qilish.

3 (uch) ish kuni ichida

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Tugatuvchi (vakil) jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. F.I.Sh.:

2. JSHSHIR.:

3. Telefon raqami.:

4. elektron pochtasi (mavjud boʻlsa).:

II. Tugatilayotgan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Yuridik shaxsning nomi (toʻliq va qisqartirilgan (mavjud boʻlsa)).:

2. Yuridik shaxsning STIRi.:

3. Yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish haqidagi qaror rekvizitlari (raqami, sanasi).:

4. Tugatilayotgan yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli.:

tijoratchi yuridik shaxslar birlashmalari

uy-joy mulkdorlari shirkatlari

advokatlik tuzilmalari:

advokatlik byurosi

advokatlik firmasi

advokatlik hayʼati

yuridik maslahatxona

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi;

2. ariza beruvchining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat.

Izoh: soʻrovnomaga taqdim etiladigan hujjatlar asliga muvofiq PDF formatda ilova qilinadi.

Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Yuridik shaxslar tugatilganligi toʻgʻrisida
XABARNOMA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

_______________________________________________________________________ tomonidan

(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi)

belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20__ yil “___” _________________dagi

(yil, kun, oy)

___________________________________________________________________-son qarorga asosan,

(tugatishga asos boʻlgan hujjat)

________________________________________________________________________

(tugatilayotgan yuridik shaxs nomi)

STIR ___________________________;

tugatilganligi haqidagi yozuv 20__ yil “___” _________________dagi _______-son bilan Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarilganligini maʼlum qiladi.

_______________________

________________________

(masʼul shaxsning lavozimi)

(F.I.O)






___
QR-kod___


Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/542/0860-son; 23.11.2024-y., 09/24/778/0957-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)