1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida”1999-yil 29-martdagi PF-2276-son hamda “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 17-avgustdagi 304-r-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-sentabr,
427-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan qarorlari
(1, 2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 22-martdagi 153-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 18-modda) qarorida:
qaror nomidagi va 1-banddagi “Xoʻjalik birlashmalarini” soʻzlari “Yuridik shaxslar birlashmalarini, aksiyadorlik jamiyatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida Nizomda:
Nizom nomidagi va matndagi “Xoʻjalik birlashmalari” soʻzlari tegishli kelishikda “Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari va aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan koʻp maʼmuriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi”;
band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) savdo va savdo-vositachilik korxonalari yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari oʻzlarida oʻz ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan, chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni sotib olish yoxud ijaraga olish uchun mablagʻlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar”;
Nizom quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) Yuridik shaxslar birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari vakolatli davlat organlarini oʻzlarining pochta manzillari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalarining, aksiyadorlik jamiyatlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga aksiyadorlik jamiyatlari bundan buyon faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
11-band 12-band deb hisoblansin va quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Mazkur Nizom xorijiy investitsiya ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlariga, shuningdek, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlariga joriy etilmaydi”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 450-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 29-son, 335-modda)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosa oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)