1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligiga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament va uni joriy etish sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy oʻtgach, amalga kiritilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
2. “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Texnik reglament amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yoʻqotishi va belgilangan tartibda qoʻllanilishida ixtiyoriylik kasb etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi) Transport vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda uning tarkibiy qismlarini standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni qoʻllashda ularning majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriyligini taʼminlash yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi haqida aholi, davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining keng xabardor qilinishini taʼminlasinlar.
LexUZ sharhi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
537-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 537-son qaroriga 1-ILOVA
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisida
TEXNIK REGLAMENT
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
1. Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament) aholi hayoti va salomatligini, atrof muhitni, yuridik va jismoniy shaxslar, davlatning mol-mulkini himoya qilish maqsadida foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
2. Harakatlanish tezligi 200 km/soatgacha boʻlgan, yoʻl izining kengligi 1520 mm boʻlgan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda foydalanish uchun topshiriladigan chetdan olib kelinadigan, yangi ishlab chiqariladigan, modernizatsiya qilinadigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari Texnik reglamentni tartibga solish obyektlari hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
3. Mazkur Texnik reglament talablari harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda, shuningdek, temir yoʻl mahsuloti muvofiqligini baholashda majburiydir hamda umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda qoʻllaniladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Mazkur Texnik reglament talablari ushbu reglamentga ilovadagi roʻyxatda keltirilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda uning tarkibiy qismlarining turi va toifalariga tatbiq etiladi.
4. Mazkur Texnik reglament talablari harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi, shuningdek, koʻrgazma nusxalari sifatida ishlab chiqarilgan temir yoʻl mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi
2-bob. Atamalar va taʼriflar
5. Mazkur Texnik reglament maqsadlari uchun quyidagi atama va taʼriflardan foydalaniladi:
avariyaviy kresh-tizim — harakatdagi temir yoʻl tarkibining toʻqnashuvi va (yoki) izdan chiqishi holatida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilarning shikastlanish xavfining oldini olish yoki kamaytirishga yoʻnaltirilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibining qurilmasi;
avtomatik tormoz — havo oʻtkazgich magistrali ajralishi yoki uzilishida va (yoki) shoshilinch tormoz (stop-kran) ochilishida poyezdning avtomatik toʻxtashini taʼminlaydigan qurilma;
belgilangan resurs — temir yoʻl mahsulotini uning texnik holatidan qatʼi nazar, temir yoʻl mahsulotidan foydalanishdan toʻxtalishi lozim boʻlgan ishlatishning umumiy davomiyligi;
belgilangan saqlash muddati — temir yoʻl mahsuloti texnik holatidan qatʼi nazar, ushbu mahsulotning saqlanishi toʻxtatilishi lozim boʻlgan temir yoʻl mahsuloti saqlanishining kalendar davomiyligi;
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
izotermik vagonlar — yetkazib berishning chegaralangan vaqt oraligʻida muayyan haroratini bir maromda saqlashni talab etuvchi yuklarni tashish uchun moʻljallangan termoizolyatsiyali yopiq vagonlar;
yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xavf darajasi — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish davrining barcha bosqichlarida taʼminlanishi zarur boʻlgan, xavfsizlik darajasiga mos keladigan, ishlab chiqaruvchining texnik va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish xavfining darajasi;
yoʻlovchi vagonlari — yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan vagonlar. Bu toifa vagonlarga, shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik vagonlar (yoʻlovchi tashish tipidagi xizmat vagonlari, klublar, sanitar vagonlar, sinov va oʻlchov laboratoriyalari va boshqa maxsus vagonlar) mansub;
konstruksiyaviy tezlik — loyiha boʻyicha texnik hujjatlarda qayd qilingan eng katta harakat tezligi;
lokomotivlar — harakatdagi temir yoʻl tarkibi birligi boʻlib, unga elektrovozlar, teplovozlar, gazoturbovozlar, parovozlar kiradi;
lokomotiv avtomatik signalizatsiyasi — yaqinlashayotgan poyezdga yoʻl svetoforlarining signallarini avtomatik tarzda uzatuvchi lokomotiv mashinisti kabinasida joylashtirilgan signal asboblari hamda yoʻl jihozlari;
magnitrelsli tormoz — tormoz boshmoqlarining relsga elektromagnit tortish yoʻli bilan tormoz kuchlanishini hosil qiluvchi qurilma;
mashinist kabinasi — harakatdagi temir yoʻl tarkibi kuzovining pardevorlar bilan ajratilgan qismi, unda lokomotiv brigadasi ish joylari, lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish uchun asbob va qurilmalar joylashadi;
maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi — temir yoʻlda yurishga moʻljallangan, yechib olinmaydigan harakatlanuvchi birliklar;
motorvagonli harakatdagi tarkib — yoʻlovchi va bagajni, yuk bagajni, pochtani tashish uchun moʻljallangan motorvagonli yoʻlovchi tashish poyezdlari (elektropoyezdlar, dizelli poyezdlar, dizelli elektropoyezdlar va avtomotrisalar (relsli avtobuslar)) tuziladigan, seksiyalarga birlashtirilgan motorli va motorsiz vagonlar;
pnevmatik tormoz — pnevmatik boshqaruvli tormoz;
poyezd — belgilangan signallarga ega boʻlgan, bir yoki bir nechta ishlovchi lokomotivlar yoki motorli vagonlar bilan tuzilgan va ulangan vagonlar tarkibi;
poyezd tormozlanishi — tezlikni kamaytirish yoki harakatlanayotgan poyezd yoxud harakatdagi temir yoʻl tarkibi birligini toʻxtatish maqsadida tormoz tizimini boshqarish uchun asbob va qurilmalarga taʼsir qilish;
stop-kran — harakatdagi temir yoʻl tarkibi tormoz magistralidan havoni chiqarish va shoshilinch toʻxtash zaruratida avtomatik tormozlarni harakatga keltirish uchun xizmat qiladigan tormozlash krani;
temir yoʻl mahsuloti — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari;
texnik pasport (formulyar) — ishlab chiqaruvchi korxona kafolatlarini tasdiqlovchi maʼlumotlar, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining (ular texnik holatini aks ettiruvchi) asosiy parametrlari va tavsiflari (xossalari)ning koʻrsatkichlari, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini sertifikatlashtirish va utilizatsiya qilish toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek, ulardan foydalanish vaqtida kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar (ishlash davomiyligi va sharoitlari, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va boshqalar)ga ega boʻlgan hujjat;
texnik moslik — harakatdagi temir yoʻl tarkibining mazkur Texnik reglamentda belgilangan talablarga muvofiq bir-biri bilan va temir yoʻl transporti infratuzilmasi bilan birgalikda ishlash qobiliyati;
tormozlar — harakatga qarshi boshqariladigan kuchni yaratish uchun moʻljallangan qurilmalar;
tormozlash yoʻli — mashinist krani yoki shoshilinch tormozlash krani dastagini tormozlash vaziyatiga oʻtkazilgan paytdan toʻla toʻxtagunga qadar poyezdning bosib oʻtadigan masofasi;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga va uning boʻlinmalariga tegishli boʻlgan, poyezdlarni oʻtkazish, qabul qilish va joʻnatish, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish hamda berish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli operatsiyalarni, manyovr ishlarini bajarish uchun ochiq boʻlgan, ajratilgan mintaqa doirasida peregonlar, temir yoʻl stansiyalari, razyezdlar, quvib oʻtish punktlari joylashgan temir yoʻllar;
(5-bandning yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
foydalanish hujjatlari — oʻzi alohida yoki boshqa hujjatlar bilan birgalikda harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan foydalanish qoidalarini belgilaydigan va (yoki) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan kafolatlangan parametrlari va tavsiflari (xossalari) asosiy koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek harakatdagi temir yoʻl tarkibining belgilangan xizmat muddati davrida ulardan foydalanish boʻyicha kafolat va maʼlumotlarni aks ettirgan konstruktorlik hujjatlari;
foydalanish boʻyicha qoʻllanma — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasi, ishlash prinsipi, tavsiflari (xossalari) haqidagi maʼlumotlarga hamda ulardan toʻgʻri va xavfsiz foydalanish (maqsadli foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish, joriy taʼmirlash, saqlash va transportirovka qilish) boʻyicha koʻrsatmalarga va taʼmirlashga joʻnatish zaruriyatini aniqlashda ularning texnik holatini baholanishiga, shuningdek, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini utilizatsiya qilish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlgan hujjat;
xizmat muddatini uzaytirgan holda modernizatsiya qilish — xizmat muddatini uzaytirish maqsadida bazaviy konstruksiyaga oʻzgartirishlar kiritish orqali mavjud harakatdagi temir yoʻl tarkibining texnik-iqtisodiy tavsiflarini yaxshilash boʻyicha ishlar majmui;
shoshilinch tormozlash — magistralni shoshilinch ravishda razryadlash va eng katta tormozlash kuchiga erishish orqali poyezdni zudlik bilan toʻxtatish uchun moʻljallangan tormozlash;
chegaraviy holat — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ulardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan yoki foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoxud ularning ishga layoqatli holatini tiklash imkoni mavjud boʻlmagan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan holati;
elektrodinamik tormoz — tortish elektr dvigatellarini generator rejimiga oʻtkazish yoʻli bilan poyezd kinetik energiyasini elektr energiyasiga oʻzgartirish orqali tormozlanish kuchi vujudga keladigan qurilma;
yuk vagonlari — yuklarni tashish uchun moʻljallangan vagonlar. Ular qatoriga yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platformalar, sisternalar, yuklarni tashishga ixtisoslashtirilgan vagonlar: bunker rusumidagi vagonlar, termoslar, refrijerator vagonlar (avtonom refrijerator vagonlari), xopperlar (gʻalla, sement, mineral tashuvchi), transporterlar, konteyner tashish, shuningdek, yuk tashish rusumidagi maxsus vagonlar kiradi;
oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi — ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallarni yoki tashkilot xodimlarini ish joyiga tashish uchun moʻljallangan motovoz, drezina, maxsus avtomotrisalar, transport rejimidagi tortish uzatmali avtonom dvigatelga ega temir yoʻl-qurilish mashinalari;
oʻzi yurmaydigan maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi — xoʻjalik poyezdlari tarkibiga kiritiluvchi, temir yoʻllarning qurilma va inshootlarini saqlash, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan, tortish uzatmasiz transport rejimidagi temir yoʻl-qurilish mashinalari, tirkamalar va boshqa maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari xavfsizligi — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining, ularning loyihalashtirish, ishlab chiqarish, foydalanish (ishlatish), montaj qilish, sozlash, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish jarayonlarining inson hayoti, salomatligi, atrof muhit, jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning mol-mulkiga zarar yetkazish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan xavf-xatar mavjud boʻlmaydigan holati;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini foydalanishga topshirish — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqarishdan foydalanishga topshirishgacha boʻlgan davr bosqichi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi gabariti — koʻndalang chegaraviy (yoʻl oʻqiga tik) oʻlcham boʻlib, unda harakatdagi temir yoʻl tarkibi yukli, boʻsh, yangi yoki maksimal meʼyoriy eskirishga ega boʻlishidan qatʼi nazar, tekis gorizontal yoʻlga izlar enidagi eng noqulay sharoitlarda, yonbosh ogʻmalarsiz va dinamik tebranishlarsiz qoʻyilganida chetga chiqib ketmasdan joylashishi lozim;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi birligi — tortish kuchi bilan yoki tortish kuchisiz temir yoʻllarda oʻz gʻildiraklarida harakatlana oladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibining alohida obyekti. Unga lokomotiv, yuk yoki yoʻlovchi vagoni, motorvagonli harakatdagi tarkib (yoki uning seksiyasi, vagonlari), maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi kiradi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini identifikatsiya qilish — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash tartibi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibining belgilangan xizmat muddati — texnik holatidan qatʼi nazar, harakatdagi temir yoʻl tarkibidan foydalanish toʻxtatib turilishi lozim boʻlgan, ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilgan foydalanishning kalendar davomiyligi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibining tarkibiy qismi — harakatdagi temir yoʻl tarkibi konstruksiyasi tarkibiga kiruvchi hamda undan xavfsiz foydalanishni, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlovchi detal, yigʻma birlik, majmua yoki ularning toʻplami.
3-bob. Xavfsizlik talablari
1-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari xavfsizligiga qoʻyiladigan umumiy talablar
6. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda hisob-kitob, tajriba va ekspertlash yoʻli bilan, shu jumladan, oʻxshash temir yoʻl mahsulotidan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar asosida xavflilik darajasi baholanishi lozim. Xavflilik darajasini baholash usullari muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) maqsadlari uchun qoʻllaniladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanishi mumkin.
7. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining xavfsizligi:
a) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
b) sinovdan oʻtkazilgan texnik yechimlarni qoʻllash;
v) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining belgilangan xizmat muddatlari va (yoki) resurslarini belgilash, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni zarur davriylik bilan oʻtkazish;
g) sinovdan oʻtkazilgan uslubiyotlarga asoslangan hisob-kitoblar kompleksini oʻtkazish;
d) foydalanish parametrlari va shartlaridan kelib chiqib harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan materiallar va moddalarni tanlash;
e) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining chegaraviy holatlari mezonlarini belgilash;
j) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini utilizatsiya qilish shartlari va usullarini aniqlash;
z) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari muvofiqligini baholash orqali taʼminlanadi.
8. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari mustahkamligi, barqarorligi va texnik holatiga koʻra poyezdlarning yoʻl qoʻyilgan koʻrsatkichlar chegarasidagi eng yuqori tezliklar bilan xavfsiz harakatlanishi taʼminlashi lozim.
9. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari:
a) harakatdagi temir yoʻl tarkibi gabaritlariga rioya qilinishini;
b) tashqi iqlim va mexanik taʼsirlarni hisobga olib foydalanish shartlari bajarilishini;
v) temir yoʻl infratuzilmasi va ushbu infratuzilmada foydalanilayotgan boshqa harakatdagi temir yoʻl tarkibi bilan texnik moslashuvchanlikni;
g) gʻildiraklarni izdan chiqib ketishiga bardoshlilikni;
d) temir yoʻllarning ogʻma uchastkalarida agʻdarilib ketishga bardoshlilikni;
e) toʻxtab turish joyidan oʻz-oʻzidan ketib qolishining oldi olinishini;
j) tortish va tormozlash rejimlarida dinamik kuchlanishni uzatish uchun poyezdlardagi ulanishni;
z) yoʻl qoʻyilgan tormozlash yoʻlini;
i) pagonli kuchlanishning, temir yoʻlga taʼsir boʻyicha yoʻl qoʻyilgan chegaraviy kuchlarning, hisoblangan oʻq yuklamalarining oshib ketmasligini;
k) harakatdagi temir yoʻl tarkibi tarkibiy qismlari temir yoʻlga tushishining oldi olinishini;
l) tortish kuchi, tormozlash va tezlanish qiymatlarining yoʻl qoʻyilgan chegaraviy koʻrsatkichlariga muvofiqlikni;
m) sanitar-epidemiologik va ekologik xavfsizlikni;
n) uskuna va jihozlarning xavfsiz ishlashini taʼminlash qismi boʻyicha elektr jihozlarning elektromagnit moslashuvchanligini;
o) elektr jihozlarining temir yoʻl transporti infratuzilmasining temir yoʻl avtomatika va telemexanika, temir yoʻl elektr aloqa qurilmalari bilan elektromagnit moslashuvchanlikni;
r) yuklashning yoʻl qoʻyilgan rejimlarida va taʼsirlarda mustahkamlikni;
s) boʻylama va koʻndalang hisoblangan dinamik yuklamalarni qoʻllashda plastik deformatsiyalarning boʻlmasligini;
t) yuklashning kam siklli va koʻp siklli rejimlarida charchashga qarshilikni;
u) foydalanish rejimlarining barcha diapazonlarida (elektr taʼminotining nominal va chegaraviy rejimlarida) elektr jihozlari ishining xavfsizligi va ishonchliligini;
f) mexanizatsiya vositalarini qoʻllab yuk ortish va yuk tushirishda yuk, pochta va bagaj vagonlari konstruksiyasining xavfsizligini;
s) harakatdagi temir yoʻl tarkibi tarkibiy qismlarining bir-biri bilan va konstruktorlik hujjatlarida nazarda tutilmagan temir yoʻl transporti infratuzilmasi elementlari bilan urinish nuqtalarining mavjud emasligini;
ch) temir yoʻllarning ogʻma uchastkalarida harakatdagi temir yoʻl tarkibining ulanishini, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar orqali vagonlarning ulangan va yakka holda harakatlanish imkoniyatini;
(9-bandning “ch” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
sh) energetik samaradorlik talablariga muvofiqlikni taʼminlashi lozim.
2-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashga qoʻyiladigan talablar
10. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda loyihalovchi (ishlab chiquvchi) insonlar, jonivorlar va oʻsimliklar hayoti va sogʻligʻiga zararli va (yoki) xavfli taʼsirlarning ekologik qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarni taʼminlaydigan yechimni tanlashi lozim.
11. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining loyihalovchi (ishlab chiquvchi) tomonidan tanlangan konstruksiyalari belgilangan resursi va (yoki) xizmat muddati, belgilangan saqlash muddati davrida xavfsiz boʻlishi, shuningdek, foydalanish vaqtida ular uchrashi mumkin boʻlgan taʼsirlar va yuklamalarga bardosh berishi lozim.
12. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda loyihalovchi (ishlab chiquvchi) harakatdagi temir yoʻl tarkibining toʻqnashuvi va (yoki) izdan chiqishi holatida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilarni muhofaza qilish uchun avariyaviy kresh-tizimlarni nazarda tutishi lozim.
13. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirishda loyihalovchi (ishlab chiquvchi) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining xavfsiz ishlashini taʼminlovchi dasturiy vositalarni nazarda tutishi lozim.
14. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilganda, mazkur Texnik reglamentda nazarda tutilgan, loyihalashda belgilangan xavfsizlik talablari pasaytirilishi mumkin emas.
15. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasiga yoki tayyorlanish texnologiyasiga xavfsizlikka taʼsir etuvchi oʻzgartirishlar kiritilgan hollarda, shuningdek, xizmat muddatini uzaytirish bilan modernizatsiya qilinganda, koʻrsatib oʻtilgan temir yoʻl mahsulotining mazkur Texnik reglament 4-bobida belgilangan tartibda muvofiqligi majburiy tasdiqlashdan oʻtkazilishi lozim.
3-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini tamgʻalashga qoʻyiladigan talablar
16. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini Oʻzbekiston Respublikasi ichki bozoriga muomalaga chiqarish muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlganda amalga oshiriladi. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlaridan oʻtgan va Texnik reglament talablariga javob beradigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari muvofiqlik milliy belgisi bilan tamgʻalanadi.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari yaxshi farqlanadigan identifikatsiya va ogohlantiruvchi yozuvlarga hamda tamgʻaga ega boʻlishi, shuningdek, undan foydalanish boʻyicha qoʻllanmada takrorlanishi va tushuntirilishi lozim.
17. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan yilidan qatʼi nazar, harakatdagi temir yoʻl tarkibi identifikatsiyalanishini taʼminlovchi quyidagi tamgʻaga ega boʻlishi lozim:
a) muvofiqlik belgisi;
b) ishlab chiqaruvchi-korxona nomi va (yoki) uning tovar belgisi;
v) mahsulot nomi va (yoki) seriyasi yoki rusumining belgisi, raqami;
g) ishlab chiqarilgan sanasi;
d) tara ogʻirligi;
e) konstruksiyaviy tezlik;
j) oʻtkazilgan taʼmirlar toʻgʻrisida belgi yoki yozuv;
z) yuk koʻtarish qobiliyati (yuk, pochta va bagaj vagonlari uchun);
i) yoʻlovchilar uchun joylar soni (yoʻlovchilar yoki tezkor-taʼmirlash xodimlarini tashish uchun moʻljallangan harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun).
18. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining tarkibiy qismlari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan yilidan qatʼi nazar, tarkibiy qismlar identifikatsiyalanishini taʼminlovchi quyidagi tamgʻaga ega boʻlishi lozim:
a) muvofiqlik belgisi;
b) ishlab chiqaruvchi korxona nomi yoki uning tovar belgisi, temir yoʻl mahsuloti nomi;
v) ishlab chiqarish sanasi.
Agar konstruksiyaviy xususiyatlariga koʻra tamgʻani harakatdagi temir yoʻl tarkibi tarkibiy qismlariga bevosita tushirish imkoni boʻlmasa, uni faqat oʻramga tushirilishiga va harakatdagi temir yoʻl tarkibi tarkibiy qismlariga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlaridagina aks ettirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
19. Harakatdagi temir yoʻl tarkibiga oʻrnatilgan oʻlchash vositalari tasdiqlangan turda hamda metrologiya sohasidagi qonunchilikka muvofiq qiyoslash belgisi va (yoki) qiyoslash toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlishi lozim.
20. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining gʻildirak juftliklari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq tamgʻaga va tamgʻalash belgilariga ega boʻlishi lozim.
21. Yuk vagonlari aravachalarining rama va balkalari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq quyidagi quyma tamgʻa belgilariga ega boʻlishi lozim:
a) ishlab chiqaruvchining shartli raqami;
b) ishlab chiqarilgan yilining oxirgi ikki raqami;
v) ishlab chiqaruvchining raqamlash tizimi boʻyicha rama va balkalarning tartib raqami;
g) poʻlat markasining shartli belgisi.
22. Yuk vagonlari aravachalarining rama va balkalari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqaruvchining tamgʻa belgilariga, rama va balka nuqsonlari payvandlash orqali toʻgʻrilangan hollarda — payvandchining tamgʻasiga ega boʻlishi lozim.
23. Mashinist kabinasi, yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibning oynalari konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq quyidagi tamgʻaga ega boʻlishi lozim:
a) muvofiqlik belgisi;
b) ishlab chiqaruvchi nomi va (yoki) uning tovar belgisi;
v) oyna turi belgisi;
g) himoya klassi;
d) sertifikatlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
24. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini foydalanishga topshirishda foydalanish va taʼmirlash hujjatlarining komplekti mavjud boʻlishi shart.
Ishlab chiqarilgan, muvofiqligi majburiy tasdiqlanishi lozim boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash yuzasidan talab va tartiblar koʻrsatilgan foydalanish boʻyicha tegishli qoʻllanmalar mavjud boʻlgan hollarda muomalaga chiqariladi.
25. Tamgʻa, foydalanish va taʼmirlash hujjatlari davlat tilida boʻlishi lozim.
4-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining boshqaruv, nazorat va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, dasturiy vositasiga qoʻyiladigan talablar
26. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uning jihozlari joylashuvi va montaji ulardan foydalanishda, koʻrik oʻtkazishda, texnik xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi undan foydalanishda, koʻrik oʻtkazishda, texnik xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xavfsizligini taʼminlaydigan zinapoya, tutqich va moslamalarga ega boʻlishi lozim.
27. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining boshqaruv, nazorat va xavfsizlik tizimlari, uning foydalanish boʻyicha qoʻllanmasida nazarda tutilgan ishning barcha rejimlarida va barcha tashqi taʼsirlarida ishchanlik holatini taʼminlashi lozim.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining boshqaruv va nazorat tizimlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mantiqiy xatolari ehtimolida xavfli holatlar yuzaga kelishini istisno etishi lozim.
28. Boshqaruv, nazorat va xavfsizlik tizimlari tarkibida harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari texnik soz holatining xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi buzilishlar haqida ogohlantiruvchi signal va axborot vositalari boʻlishi lozim.
29. Harakatdagi temir yoʻl tarkibiga oʻrnatilgan, shuningdek, material tashuvchilarda yetkazib beriladigan dasturiy vositalar:
a) texnik vositalarning nosozligi va (yoki) ishdan chiqishi sababli yuzaga kelgan qayta yuklanishlardan keyin ish qobiliyatini, shuningdek, oʻzining nosozliklarida butunlikni;
b) maʼlumotni saqlash, kiritish, qayta ishlash va chiqarishda kompyuter viruslaridan, ruxsat etilmagan foydalanishdan, ishdan chiqish oqibatlaridan, xatolar va nosozliklardan, axborotning tasodifiy oʻzgarishi ehtimollaridan himoyalanishni;
v) ilova qilingan hujjatlarda bayon qilingan xossalar va tavsiflarga muvofiqlikni taʼminlashi lozim.
30. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining boshqaruv, nazorat va xavfsizlik tizimi elektr, gidravlik va (yoki) pnevmatik qismlari apparatlarining nosozliklarida, tortish uzatmasi va boshqa jihozlar ishlashi, dasturiy taʼminot toʻxtab qolishi holatlarida harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsiz holatining buzilishiga olib keluvchi ish rejimi va tavsiflar oʻzgarishlariga yoʻl qoʻymasligi lozim. Boshqaruv tizimi toʻxtab qolishi, bort qurilmalarining soz ishlashida, harakatdagi temir yoʻl tarkibining toʻxtab qolishiga va uning loyihaviy tavsiflari oʻzgarishiga olib kelmasligi lozim.
5-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar
31. Harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqaradigan asbob va qurilmalar:
a) konstruksiyaviy hujjatlarga muvofiq yozuv va (yoki) ramzlar bilan taʼminlangan boʻlishi;
b) shunday loyihalashtirilishi va joylashtirilishi lozimki, ularning ixtiyoriy boʻlmagan yoqilishi, oʻchirilishi yoki oʻzgartirilishini istisno qilishi;
v) bajaradigan funksiyalari, foydalanish darajasi va izchilligini inobatga olgan holda joylashtirilishi lozim.
32. Yuk tashishda ishlatiladigan lokomotivlar, shuningdek, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi quyidagi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
a) poyezd radioaloqasi;
b) harakat tezligini nazorat qilish asboblari;
v) harakat parametrlarining registratori;
g) lokomotiv avtomatik signalizatsiyasi;
d) pnevmatik tormoz magistrali zichligini nazorat qilish qurilmasi;
e) kirish va chiqish svetoforlariga, temir yoʻl kesishmalari va bekatlariga yaqinlashganda harakat tezligini nazorat qilish va nutqiy axborotni olish (uzatish) imkoniyatini taʼminlovchi avtomatik boshqaruv tizimi;
j) avtomatik yongʻin signalizatsiyasi.
33. Yoʻlovchi tashishda ishlatiladigan lokomotivlar quyidagi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
a) poyezd radioaloqasi;
b) kirish va chiqish svetoforlariga, temir yoʻl kesishmalari va bekatlariga yaqinlashganda harakat tezligini nazorat qilish va nutqiy axborotni olish (uzatish) imkoniyatini taʼminlovchi avtomatik boshqaruv tizimi;
v) avtomatik yongʻin signalizatsiyasi;
g) harakat parametrlarining registratori;
d) lokomotiv avtomatik signalizatsiyasi;
e) elektropnevmatik tormoz.
34. Yuk tashish va yoʻlovchi tashishda ishlatiladigan hamda bitta mashinist bilan xizmat koʻrsatadigan lokomotivlar mazkur Texnik reglamentning 32 va 33-bandlarida keltirilgan qurilmalarga qoʻshimcha ravishda quyidagi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim:
a) poyezd tormozlanishini avtomatik boshqarish tizimi yoki lokomotiv kompleks xavfsizlik qurilmasi;
b) mashinist hushyorligini nazorat qilish tizimi;
v) orqa koʻrinish koʻzgusi yoki shunga oʻxshash qurilmalar;
g) tormoz blokirovkasi;
d) yongʻin oʻchirish tizimi.
35. Manyovr lokomotivlari quyidagi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim:
a) vagonlardan masofaviy uzilish;
b) manyovr lokomotivlaridan foydalaniladigan uchastkalarda ishlatiladigan manyovr radioaloqasi bilan mos keluvchi manyovr radioaloqasi.
36. Bitta mashinist bilan xizmat koʻrsatiladigan manyovr lokomotivlari mazkur Texnik reglamentning 35-bandida keltirilgan qurilmalarga qoʻshimcha ravishda quyidagi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim:
a) ikkinchi boshqaruv pulti;
b) orqa koʻrinish koʻzgusi yoki shunga oʻxshash qurilmalar;
v) mashinist lokomotivni boshqarish qobiliyatini toʻsatdan yoʻqotgan holatda avtomatik toʻxtashni taʼminlovchi qurilma.
37. Motorvagonli harakatdagi tarkib quyidagi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim:
a) poyezd radioaloqasi;
b) kirish va chiqish svetoforlariga, temir yoʻl kesishmalari va bekatlariga yaqinlashganda harakat tezligini nazorat qilish va nutqiy axborotni olish (uzatish) imkoniyatini taʼminlovchi avtomatik boshqaruv tizimi;
v) harakat parametrlarining registratorlari;
g) lokomotiv avtomatik signalizatsiyasi;
d) elektropnevmatik tormoz;
e) “yoʻlovchi-mashinist” aloqasi;
j) eshiklar yopilishini nazorat qilish signalizatsiyasi;
z) avtomatik yongʻin signalizatsiyasi.
38. Yuk va yoʻlovchi tashishda ishlatiladigan lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkibning bosh vagonlari, shuningdek, oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi, harakat xavfsizligini taʼminlashga yordam beruvchi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
39. Lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi tarkibning lokomotiv avtomatik signalizatsiyasi belgilangan harakat tezliklari nazoratini taʼminlovchi, poyezdni toʻxtash joyidan oʻz-oʻzidan ketib qolishga toʻsqinlik qiluvchi, mashinist (haydovchi) hushyorligini davriy tekshiruvchi xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Mashinist (haydovchi) tomonidan lokomotivni, motorvagonli harakatdagi tarkibni, oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibni boshqarish qobiliyatini yoʻqotgan holatda, koʻrsatib oʻtilgan qurilmalar poyezdni avtomatik toʻxtashni taʼminlashi lozim.
40. Lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi mashinistining kabinasi konstruksiyasi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
a) “oʻtirish” va “tik turish” holatidagi lokomotiv brigadasiga harakatlanish yoʻli, pol ustki signallari, qoʻshni yoʻllar, tarkiblar va kontakt tizimini hech qanday toʻsqinliksiz koʻrishni;
b) lokomotiv brigadasi xodimlaridan birining “tik turish” holatida vagonlar tarkibiga yaqinlashganda va manyovrlarda ishtirok etayotgan xodimlarning ish zonasidan koʻrinishini;
v) yil va sutkaning xohlagan vaqtida, har qanday ob-havo sharoitlarida, harakatning barcha tezliklarida mashinist (haydovchi) kabinasidan hech qanday toʻsqinliksiz koʻrinishi.
41. Lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi mashinisti (haydovchisi) kabinasining old oynalari derazalarga ishonchli mahkamlangan boʻlishi va zichlashtirgichlarga ega boʻlishi lozim.
42. Lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi mashinisti (haydovchisi) kabinasining rejalashtirilishi, lokomotiv brigadasi ish joyi, boshqarish asboblari va qurilmalari, axborotni koʻrsatish tizimlarining joylashishi, mashinist (haydovchi) oʻrindigʻining konstruksiyasi ergonomika va tizimli texnika talablariga javob berishi lozim.
Boshqaruv pulti hamda mashinist (haydovchi) va uning yordamchisi ish joyini loyihalashtirishda, “tik turish” va “oʻtirish” holatlaridan boshqarish qulayligini taʼminlovchi ergonomika talablari hisobga olinishi lozim.
Boshqaruv qurilmalari va asboblari, oʻlchov asboblari, boshqaruv pultidagi nurli indikatorlarning joylashishi va konstruksiyasi, kunduzi va tungi vaqtda, nurning toʻgʻridan-toʻgʻri tushishi yoki aks etishidan hosil boʻluvchi shuʼlalar mavjud boʻlmaganda koʻrsatib oʻtilgan asboblar koʻrsatkichlarining koʻrinishini taʼminlashi lozim.
Mashinist (haydovchi) kabinasidagi yoritish parametrlari, oʻlchov asboblari shkalalarining yorqinligi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan koʻrsatkichlar chegarasida boʻlishi lozim.
43. Xizmat va yordamchi xonalarga ega izotermik vagon, yoʻlovchi vagon, lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib va maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkiblari umumiy, mahalliy va avariyaviy yoritish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
Avariyaviy yoritish tizimi asosiy taʼminlash manbasida kuchlanish boʻlmagan vaqtda, avtonom taʼminlash manbasiga (akkumulyator batareyasiga) avtomatik oʻtishini taʼminlashi lozim. Bunda avariyaviy yoritishni qoʻlda yoqish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
44. Lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi mashinisti (haydovchisi) kabinasidan yordamchi moslamalardan foydalangan holda yon derazalar orqali avariyaviy chiqish nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Xizmat va yordamchi xonalarga ega izotermik vagon, yoʻlovchi vagon, motorvagonli harakatdagi tarkib va maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi vagonining har bir tomonidan avariyaviy chiqishlar bilan jihozlanishi hamda zarur hollarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilarni avariyaviy evakuatsiya qilish vositalariga ega boʻlishi lozim.
Avariyaviy chiqish joyini ochishga bitta odamning kuchi yetarli boʻlishi lozim.
45. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilar uchun moʻljallangan ichki xonalarning oynalari, harakatdagi temir yoʻl tarkibiga toʻxtab turganida yoki harakatlanish yoʻlida zarbali taʼsirlar boʻlgan holatlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlashi lozim.
46. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining koʻzdan kechirish, sozlash va texnik xizmat koʻrsatish talab qiladigan ichki qismlari hamda zarur hollarda tashqi ishchi jihozlar qoʻshimcha yoritish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
47. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi avtomatik tormozlar bilan jihozlangan boʻlishi, ular tarkibni tormozlash paytida sekinlashishni yoki hisoblangan tormozlash yoʻli chegarasida toʻxtashni taʼminlashi lozim.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining avtomatik tormozlari foydalanishning turli sharoitlarida zarur funksionallik va ishonchlilikka ega boʻlishi, ravon tormozlanishni taʼminlashi, shuningdek, tormoz magistrali butunligi buzilganda yoki harakatdagi temir yoʻl tarkibi birliklarining ruxsatsiz uzilishida poyezdning toʻxtashini taʼminlashi lozim.
48. Avtomatik tormozlar harakatdagi temir yoʻl tarkibining yuklanishi, tarkib uzunligi va temir yoʻl profiliga bogʻliq ravishda tormozlanishning turli xil rejimlarini qoʻllash imkoniyatini taʼminlashi lozim.
49. Yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibdagi stop-kranlar tamburlarda, yoʻlovchi vagonlarining ichkarisida oʻrnatilgan va plombalangan boʻlishi lozim.
Xizmat va yordamchi xonalari boʻlgan izotermik vagonlardagi stop-kranlar xizmat xonalarida oʻrnatilgan va plombalangan boʻlishi lozim.
Oʻziyurar harakatdagi temir yoʻl tarkibida stop-kranlar zarur hollardagina oʻrnatiladi.
50. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi toʻxtab turish tormozlari bilan jihozlanishi lozim. Standartlarga muvofiq umumiy ishlab chiqarilayotgan vagonlarning bir qismi stop-kranli va toʻxtab turish tormozli oʻtish maydonchalari bilan jihozlanishi lozim.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining toʻxtab turish tormozlari hisoblangan tormozlanish bosimini va harakatdagi temir yoʻl tarkibi birligini yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan koʻrsatkichlar chegarasida tutib turishni taʼminlashi lozim.
Toʻxtab turish qoʻl tormozi shturvali, shturvalning oʻz-oʻzidan aylanishini istisno qiluvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Avtomatik toʻxtab turish tormozlari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
51. Uzilishi yoki sinishi temir yoʻlga tushishini yoki harakatdagi temir yoʻl tarkibi gabaritdan tashqariga chiqib ketishini keltirib chiqaruvchi harakatdagi temir yoʻl tarkibining tarkibiy qismlari, himoya qilayotgan qurilmaning ogʻirligini yoʻl qoʻyilgan qiymatlar chegarasida koʻtara oladigan saqlovchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
52. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining asosiy havo rezervuarlari va akkumulyator batareyalari mashinist kabinasi, yoʻlovchi tashish salonlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun moʻljallangan xonalarning tashqarisida oʻrnatilishi lozim.
53. Xizmat yoki shoshilinch tormozlash amalga oshirilganda lokomotiv va motorvagonli harakatdagi tarkib elektrodinamik tormozining (mavjud boʻlganda) harakati pnevmatik va elektropnevmatik tormozlar ishi bilan mos boʻlishi shart. Elektrodinamik tormoz ishdan chiqqanda, uni pnevmatik tormoz bilan avtomatik ravishda almashtirish taʼminlanishi lozim.
54. Tezyurar yoʻlovchi vagonlarida tormozlash samaradorligini va harakat xavfsizligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar (masalan, diskli, magnitrelsli tormozlarni qoʻllash) nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
55. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari atrof muhit haroratining ruxsat etilgan qiymatlari doirasida barqaror ishlashi va harorat ruxsat etilgan qiymat doirasida qisqa muddatga oshganda ham ishchi holatini saqlab qolishi lozim.
56. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uning birliklarini oʻz-oʻzidan ajralishini istisno qiladigan va favqulodda vaziyatlarda harakatdagi temir yoʻl tarkibining evakuatsiya qilinishini taʼminlaydigan ulash qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining avtossepka qurilmasi tarkibida energiya yutuvchi uskunasi boʻlishi lozim.
57. Avtossepka qurilmasi bilan jihozlangan yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib bufer qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
58. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi gʻildirak juftliklarining gʻildiraklari, oʻqi va bandaji, yuk vagonlari aravachalarining yon ramalari va ressor usti balkalari konstruktorlik hujjatlarida belgilangan tekshiruvdan oʻtish yoki xizmat muddatining toʻliq davrlari davomida nuqsonlar (yoriqlar)ning yuzaga kelishi va rivojlanishiga barqarorlikni taʼminlaydigan statik quvvat zaxirasiga va charchoqqa qarshi zarur koeffitsiyentga ega boʻlishi lozim.
Yuk vagonlarining gʻildiraklari, oʻqi va bandajlari, aravachalarining yon ramalari va ressor usti balkalarining mexanik xossalari, zarba qotishqoqligi va qoldiq taranglik holati belgilangan xizmat muddati davomida ularning mexanik xavfsizligini taʼminlashi lozim.
59. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar va moddalar odamlar va atrof muhit uchun xavfsiz boʻlishi lozim.
60. Lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib, oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining mashinist (haydovchi) kabinalari, yoʻlovchi vagonlari va maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining ichki xonalari, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining xizmat koʻrsatish va maishiy xonalari, shuningdek, xizmat koʻrsatish va yordamchi xonali izotermik vagonlarning hayotni taʼminlash tizimlari (havoni konditsionerlash-isitish, ventilyatsiya, sovitish, yoritish, shovqin va vibratsiyadan himoyalash, havoni tozalash, infratovush va ultratovush, elektromagnit nurlanishdan himoyalash tizimlari)ning xususiyatlari (mikroiqlim koʻrsatkichlari, shovqin, vibratsiya, ultratovush darajasi, elektromagnit nurlanish, yoritish, havo tarkibi koʻrsatkichlari) ish oʻrinlari uchun ruxsat etiladigan qiymatlardan oshmasligi lozim.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining tashqi shovqini ruxsat etiladigan qiymatlardan oshmasligi lozim.
61. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash jarayonida suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar, suyultirilgan gazlar) va yoqilgʻi-moylash moddalaridan foydalanish insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, hayvonlar va oʻsimliklarga xavfli taʼsirlarning yuzaga kelishiga olib kelmasligi lozim.
62. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining zinapoyalari va tutqichlari ishonchli mahkamlangan boʻlishi lozim. Zinalar, maydonlar, zinopoyalar va qoplamalar yuzasi sirpanishga toʻsqinlik qilishi lozim.
Vagonlar, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining tomiga koʻtarilish uchun moʻljallangan narvonlarga xavf haqida ogohlantiruvchi belgilar tushirilgan boʻlishi lozim.
Lokomotivlar va elektropoyezdlar motorli vagonlarining tomiga olib chiquvchi narvonlar yopilgan holatda bloklangan boʻlishi va maxsus qurilma yordamida ochilishi lozim.
63. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining konstruksiyasida ularni domkrat bilan koʻtarish uchun maxsus joylar inobatga olingan boʻlishi lozim. Domkrat boshchasi bilan tutashishga moʻljallangan sirt ularning sirpanishiga toʻsqinlik qilishi lozim.
Gʻildirak juftliklari relsdan chiqib ketgan hollarda harakatdagi temir yoʻl tarkibining har bir birligini kranlar va domkratlar bilan koʻtarish, shuningdek, gʻildirak juftliklari tishlashib qolganida uni transportirovka qilish imkoniyati inobatga olingan boʻlishi lozim.
64. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari konstruksiyasi va jihozlarining tashqariga chiqib turuvchi detallari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilarni jarohatlaydigan oʻtkir yonlar, qirralar va burchaklarga ega boʻlmasligi lozim.
65. Yoʻlovchi vagonlari, motorvagonli harakatdagi tarkib vagonlarining salonlari, lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining mashinist (haydovchi) kabinalari, izotermik vagonlarning xizmat koʻrsatish va yordamchi xonalari ichki yuzalarini pardozlash ishlari uchun foydalaniladigan materiallar va moddalarning yongʻin kelib chiqishi va rivojlanishi hamda yongʻin xavfli omillarining insonlarga taʼsiri koʻrsatkichlari ruxsat etiladigan xavf darajasi qiymatlaridan oshmasligi lozim.
Yoʻlovchi vagonlari vagon kuzatuvchilarining kupelari mavjud boʻlsa, kuzatuvchi kupesi va yoʻlovchilar saloni orasi, kupeli vagonlarda esa kupelarning orasi ham yongʻinni ushlab qoluvchi toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Kupesiz tipdagi vagonlarning va kupe tipidagi vagonlar katta (asosiy) yoʻlagining shift usti boʻshligʻi yongʻinni ushlab qoluvchi framuglarni oʻrnatish yoʻli bilan kamida uchta zonaga ajratilgan boʻlishi lozim.
Vagon rusumidagi kuzovli lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkibning mashinist kabinasi vagon tipidagi kuzovli lokomotivlar yoki motorvagonli harakatdagi tarkibning qolgan qismidan yongʻinni ushlab qoluvchi toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
66. Yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va yoʻlovchilarning oʻtish yoʻlaklari boʻylab vagondan vagonga xavfsiz oʻtishi taʼminlanishi lozim. Oʻtish maydonchalarining konstruksiyasi yopiq turda boʻlishi lozim, yaʼni xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va yoʻlovchilarning harakatdagi temir yoʻl tarkibining tashqi elementlari, temir yoʻl transporti infratuzilmasi elementlari (kontakt tarmogʻi, izning ustki tuzilishi va boshqalar) bilan tasodifiy aloqa qilish ehtimolini istisno qilishi, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va yoʻlovchilar oʻtish maydonida boʻlgan vaqtida ularga nisbatan atrof muhit omillarning salbiy taʼsirini minimallashtirishi lozim.
67. Yoʻlovchi vagonlari, xizmat koʻrsatish va yordamchi xonali izotermik vagonlar yuqoridagi uxlash joylarining konstruksiyasi va mahkamlanishi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilarning shikastlanishiga olib keladigan, qulash yoki egilish ehtimolini istisno etishi lozim.
Yuqoridagi uxlash joylari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va yoʻlovchilar yiqilishining oldini oluvchi toʻsish kamarlari yoki bortlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
68. Yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibning oʻrindiqlari va divanlari polga mustahkam qilib mahkamlangan boʻlishi va ularni, shu jumladan, shoshilinch tormozlash vaqtida agʻdarilish ehtimolini istisno etadigan konstruksiyaga ega boʻlishi lozim.
Yoʻlovchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning shaxsiy yuklarini joylashtirish va mahkamlash joylari shunday hisob-kitob bilan amalga oshirilgan boʻlishi kerakki, bunda shoshilinch tormozlash va (yoki) avariyali evakuatsiya vaqtida yoʻlovchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shikastlanmasligi lozim.
Yoʻlovchi vagonlar, motorvagonli harakatdagi tarkib vagonlari va xizmat koʻrsatish va yordamchi xonalarga ega izotermik vagonlarning joylashuv rejasi, yoʻlovchilar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun joylarning joylashuvi ergonomika va sistemotexnika talablariga javob berishi lozim.
69. Koʻp seksiyali lokomotivlar lokomotiv brigadasining bir seksiyadan ikkinchisiga xavfsiz oʻtishini taʼminlash uchun yopiq tipdagi oʻtish maydonchalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
70. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining dizel, elektr mashinalar, ventilyatorlar, kompressorlar va boshqa asbob-uskunalarining aylanadigan qismlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va yoʻlovchilarning harakatdagi temir yoʻl tarkibining harakatlanadigan qismlari bilan tasodifiy aloqasini istisno qiluvchi maxsus qurilmalar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
71. Kapot tipidagi kuzovga ega boʻlgan lokomotivlar yon va chekka maydonlarga ega boʻlishi lozim. Yon va chekka maydonlarning tashqi tomonida, oraliq toʻsiqlarga ega boʻlgan tutqich — gʻovlar oʻrnatilishi lozim. Maydonchalar polining tashqi perimetri boʻylab cheklovchi plankalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
72. Lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib, yoʻlovchi va izotermik vagonlarning elektr jihozlari ortiqcha yuklanishda, qisqa tutashuvlarda, yerga tutashuvlarda, elektr jihozlarining ortiqcha kuchlanishida, shuningdek, rekuperativ tormozlash, joyidan jilmasdan aylanish va gʻildirak juftliklarining sirgʻalishlari paytidagi kontakt tarmogʻidagi kuchlanishni yechish paytida ishlab ketuvchi himoya va signalizatsiyaga ega boʻlishi lozim. Himoyaning ishga tushishi elektr jihozlarining shikastlanishini istisno etishi va xavfli oqibatlarga: tutashish yoki yongʻinga olib keluvchi ruxsat etilmaydigan qizib ketishga va (yoki) elektr jihozlari izolyatsiyasining teshilishiga olib keluvchi ortiqcha kuchlanishlarga olib kelmasligi lozim.
73. Harakatdagi temir yoʻl tarkibning kuchlanish ostida boʻlgan elektr jihozlarining himoyalanmagan (izolyatsiyalanmagan) qismlari ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilar tasodifiy kirishining oldini oluvchi himoyaga ega boʻlishi lozim.
Elektr jihozlarining metall qobiqlari, shuningdek, nosozligida ruxsat etilgan qiymatlardan kattaroq kuchlanish ostida boʻlib qolishi mumkin boʻlgan barcha toʻsiqlar (shu jumladan, quvurlar), tok oʻtkazuvchi qismlarni mahkamlash uchun konstruksiyalar harakatdagi temir yoʻl tarkibining korpusiga ulanishi (yerga ulash maqsadida) lozim.
74. Lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib, yoʻlovchi vagonlari, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi va avtonom energetika qurilmali izotermik vagonlar elektr himoya vositalari toʻplamini saqlash uchun maxsus joylar, shuningdek, mazkur bandda keltirilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibiga texnik xizmat koʻrsatish va xavfsiz foydalanish uchun zarur boʻlgan boshqa maxsus uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
75. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari tomonidan kelib chiqayotgan elektromagnit shovqinlar darajasi koʻrsatkichlari temir yoʻl transportining infratuzilma obyektlari va unda foydalanilayotgan harakatdagi temir yoʻl tarkibining ish samaradorligiga ushbu shovqinlar taʼsir qilmaydigan doiradagi qiymat koʻrsatkichlaridan oshmasligi lozim.
76. Akkumulyator qutisi portlash xavfidan holi boʻlishi lozim.
77. Lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib, maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi, yoʻlovchi va izotermik vagonlar yongʻin signalizatsiyasi tizimlari, yongʻin oʻchirish qurilmalari, yongʻin oʻchirish uskunalarini joylashtirish uchun maxsus joylar, yongʻinga qarshi uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Yongʻin signalizatsiyasi tizimlari yongʻin joyini koʻrsatuvchi akustik va (yoki) optik maʼlumotlarni uzatish, qabul qilish — nazorat moslamasi bilan xabar beruvchilar aloqa liniyalaridagi nosozliklar (qisqa tutashuv, uzilish)ni avtomatik ravishda aniqlash, shuningdek, ularning sozligini muntazam tekshirish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi lozim.
78. Avtonom energetika qurilmali lokomotivlar va izotermik vagonlar, dizel-poyezdlar, dizel-elektropoyezdlar, relsli avtobuslar, oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
79. Vagon turidagi kuzovli lokomotivlar yordamchi mashinistni mashina (dizel) xonasidan mashinist kabinasiga chaqirish uchun yorugʻlik va ovozli signalga ega boʻlishi lozim.
80. Avtonom energetika qurilmali lokomotivlar, dizel-poyezdlar, relsli avtobuslar, dizel-elektropoyezdlar, avtonom energetika qurilmali izotermik vagonlar va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining ventilyatsiya tizimi mashinist kabinasiga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning xonalariga, shuningdek, yoʻlovchi salonlariga chiqindi gazlar va chang kirishi ehtimolini istisno etishi lozim.
Avtonom energetika qurilmali lokomotivlar, dizel-poyezdlar, relsli avtobuslar, dizel-elektropoyezdlar, avtonom energetika qurilmali izotermik vagonlar va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining mashina xonasidagi havo muhiti holatining xususiyatlari ruxsat etilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
81. Vagon tipidagi kuzovli teplovozlar va avtonom energetika qurilmali izotermik vagonlar dizellarining sovitish tizimi konstruksiyasi xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning teplovoz yoki izotermik vagonning tomida turmasdan, sovutish tizimini yonilgʻi bilan toʻldirish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
82. Yoʻlovchi vagonlar quyidagi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
a) havoni konditsionerlash (isitish, sovitish, ventilyatsiya qilish) tizimi. Bunda chekish joylari havoni retsirkulyatsiyasiz xonadan tashqariga chiqarib yuboradigan alohida ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim;
b) ichimlik va xoʻjalik suv taʼminoti tizimi;
v) ekologik toza hojatxona majmualari;
g) poyezd ichki telefon aloqasi;
d) buksalar qizib ketishining nazorat qilish tizimi;
e) poyezd radio eshittirishi;
j) avtonom isitish tizimlaridan foydalanganda, tutun chiqarish quvurlarining uchqun oʻchirgichlari.
83. Tezyurar yoʻlovchi vagonlari ushbu Texnik reglamentning 82-bandida koʻrsatilgan qurilmalarga qoʻshimcha ravishda markazlashtirilgan elektr taʼminoti bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
84. Tezyurar motorvagonli harakatdagi tarkib quyidagi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
a) havoni konditsionerlash tizimi (isitish, sovitish, ventilyatsiya);
b) poyezd ichki telefon aloqasi;
v) buksalar qizib ketishining nazorat tizimi;
g) ichimlik va xoʻjalik suv taʼminoti tizimi;
d) ekologik toza hojatxona majmualari.
85. Motorvagonli harakatdagi tarkibning bosh vagonlari ekologik toza hojatxona majmualari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
86. Xizmat koʻrsatish va yordamchi xonalarga ega boʻlgan izotermik vagonlar quyidagi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
a) havoni konditsionerlash tizimi (ventilyatsiya, isitish, sovutish);
b) ichimlik va xoʻjalik suv taʼminoti tizimi;
v) ekologik toza hojatxona majmualari;
g) buksalar qizib ketishining nazorat tizimi.
87. Oziq-ovqat xomashyosi va oziqa mahsulotlarini tashish uchun moʻljallangan vagonlar har bir oziq-ovqat xomashyosi va oziqa mahsulotlari uchun ruxsat etiladigan qiymatlardagi harorat, namlik, havo almashinuvi koʻrsatkichlarini taʼminlashlari lozim.
88. Vagon kuzatuvchilarisiz xizmat koʻrsatiladigan yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibning vagonlari yoʻlovchilarni lokomotiv yoki poyezd brigadasi bilan aloqa oʻrnatishlari uchun bevosita yoʻlovchi salonida joylashgan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
89. Yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib vagonlarining kirish eshiklari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va (yoki) yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlaydigan ochilish (yopilish) tizimlari (qurilmasi) va nazorat tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Yoʻlovchi vagonlarining kirish eshiklari harakatdagi tarkibning harakati paytida yoʻlovchilar yoki begona shaxslar tomonidan ochilishini istisno etuvchi qulflash qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
90. Yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib vagonlarining kirish eshiklarini avariyaviy ochish ularni shtat sxemasiga muvofiq qayd qilingan ochiq holatda amalga oshirilishi lozim. Tirab ochiladigan tipdagi kirish eshiklarining avariyaviy ochilishi poyezdning harakatlanish tezligi ruxsat etilgan qiymatlar doirasida boʻlganda qoʻl rejimida amalga oshirilishi lozim.
91. Motorvagonli harakatdagi tarkibning vagonlari nogironligi boʻlgan va yosh bolali yoʻlovchilar uchun moʻljallangan joylar bilan jihozlanishi lozim.
92. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun moʻljallangan yoʻlovchi vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkibning vagonlari quyidagi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim:
a) nogironlar aravachasini tez koʻtarish, tushirish va ishonchli mahkamlash uchun qurilmalar;
b) kengaytirilgan maydonga ega boʻlgan maxsus sanuzellar;
v) eniga kengaytirilgan oʻtish joylari.
93. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi vizual va ovoz signal qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
94. Vagon turidagi kuzovli lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi bosh vagonlarining old qismlari, shuningdek, kapot tipidagi kuzovli lokomotivlarning chekka qismlari projektor hamda oʻng va chap tomonlaridan ikkita bufer signal chiroqlari bilan jihozlanishi lozim.
Lokomotivning har bir seksiyasining orqa chekka devoriga ham mustaqil birlik sifatida ishlatilishi mumkin boʻlgan signal chiroqlari oʻrnatilishi lozim.
Projektor lokomotiv, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi bosh vagoni simmetriyalarining koʻndalang oʻqi boʻylab oʻrnatilishi lozim. Projektorning boʻylama nuri temir yoʻlning gorizontal tekisligiga parallel ravishda yoʻnaltirilishi lozim. Projektorni yoqish sxemasi yorugʻlikning nominal boʻylama kuchini taʼminlaydigan yorqin chiroqni va xira chiroqni yoqish imkoniyatini nazarda tutishi lozim.
Mashinist kabinasidan projektorning chirogʻini almashtirish va yorugʻlik nurining yoʻnalishini sozlash imkoniyati taʼminlangan boʻlishi lozim.
Yoʻlovchi tashish vagonlari vagonlarning chekka devorlarining har ikkala tomoniga oʻrnatilgan uchta signal chiroqlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
95. Yuk vagonlari toʻsiq belgilarini oʻrnatish uchun kronshteynlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
96. Lokomotivlar, motorvagon harakat tarkibi va oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi ovozli signal moslamalari — baland ovozli (tifonlar) va past ovozli (hushtak) bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tifon va hushtakni yoqish moslamasi mashinist va yordamchi mashinistga optimal yaqin masofada joylashgan boʻlishi lozim. Lokomotivlar va motorvagonli harakatdagi tarkibning ovozli signallarini nazorat qilish tizimi bir-birini takrorlashga ega boʻlishi — mexanik taʼsir yoʻli bilan tifonning havo klapanini bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarish uchun qurilmalarni oʻz ichiga olishi lozim.
97. Vagon turidagi teplovozlar, dizel-poyezdlar, avtomotrisalar, relsli avtobuslar, dizel-elektropoyezdlar, avtonom energetika qurilmali izotermik vagonlar, oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibining mashina (dizel) xonasi mashinist kabinasidan yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xonasidan tambur bilan ajratilishi lozim. Tamburdan mashinist kabinasi yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xonasiga erkin oʻtish taʼminlangan boʻlishi lozim.
98. Yopiq yuk, izotermik, pochta va bagaj vagonlarining yon eshiklari ular toʻliq ochilganida eshikning joyi oʻzgarishini cheklash uchun qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Eshiklar, qopqoqlar va ularning qulflari bir kishining kuchi bilan ochilishi lozim. Yon eshiklari boʻlgan yopiq yuk vagonlari yotish joyi, deraza ramalari, eshik qulflash moslamalari, qurol qoʻyish joyi va isitgich toʻplamlarini oʻrnatish uchun yechilmaydigan uskunalar bilan jihozlanishi lozim.
Tomida sochiluvchan yuklarni ortish uchun lyuklarga ega boʻlgan yopiq yuk vagonlarining tomi taxta supalar va ushbu taxta supalarga chiqish uchun narvonlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
99. Sisternali vagonlar qozonning tashqarisidagi har ikki tomonidan boʻrtma zinali va tutqichli zinapoyalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Maqsadidan kelib chiqqan holda sisternaning qozoni va ramasi tegishli konstruksiyadagi yerga ulash tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Sisternali vagonlarning qozonlari tepa yoki pastki toʻkish qurilmasi, quyish-toʻkish armaturasi, himoyalovchi kiritish-chiqarish klapanlari, boshqa zarur armatura, shuningdek, ichki zinapoya bilan, suyultirilgan gaz uchun moʻljallangan qozonlar esa — himoyalovchi membranalar bilan ham jihozlangan boʻlishi va qozonlar germetikligini taʼminlashi lozim.
Sisternali vagonlarning maxsus turdagi qozonlari qulflash va qulfli-boshqarish armaturalari bilan jihozlangan, shuningdek, nazorat asboblarini oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Sisternali vagonlarning qozonlari vagon izdan chiqqanida quyish-toʻkish armaturasining sinishi hamda tashilayotgan suyuqlik va gazlarning qozondan oqib chiqishining oldini olish uchun xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
100. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari, ularni ishlab chiqarishda foydalaniladigan materiallar va moddalar belgilangan xizmat muddati tugagandan soʻng ularni xavfsiz qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish imkoniyati uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
4-bob. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining muvofiqligini baholash
1-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini identifikatsiya qilish
101. Identifikatsiya qilish deganda, muvofiqlikni baholash maqsadida taqdim etilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining yorliqlashda koʻrsatilgan muhim alomatlarga texnik mosligini belgilash tushuniladi.
102. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini identifikatsiya qilish, shuningdek, uning ushbu Texnik reglament talablariga asosan xavfsizlik koʻrsatkichlariga muvofiqligini aniqlash:
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini foydalanishga topshiradigan ishlab chiqaruvchi;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida — sertifikatlash organi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligini baholash tegishli davlat nazorati organi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(102-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom.
103. Identifikatsiya qilish jarayonida sertifikatlashni amalga oshirish uchun ariza va unga ilova qilingan, oʻz ichiga quyidagilarni oluvchi hujjatlarda koʻrsatilgan temir yoʻl mahsulotlari namunalarining asosiy xususiyatlari, yorliqlashda keltirilgan haqiqiy xususiyatlar bilan taqqoslanadi:
a) temir yoʻl mahsulotining nomi, turi, modeli va modifikatsiyasi;
b) ishlab chiqaruvchining nomi yoki temir yoʻl mahsulotining kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) temir yoʻl mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha hujjat;
g) maqsad koʻrsatkichlari va boshqa asosiy koʻrsatkichlar;
d) muayyan turkumga tegishliligi;
e) muayyan texnik jarayonga tegishliligi.
2-§. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlaridan namunalar tanlash va sinash
104. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan sinov usullari, shu jumladan, namunalarni tanlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
105. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlaridan namunalarini tanlab olish dalolatnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
a) namunalarni tanlab olish dalolatnomasi tuzilgan sana va raqami;
b) namunalarni tanlab olishni amalga oshirgan tashkilot nomi va manzili;
v) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari turining va xilining nomi;
g) oʻlchash miqdori birligi;
d) tanlab olish amalga oshirilgan turkum oʻlchovi (hajmi);
e) partiyani tashqi tekshiruv natijasi (tashqi koʻrinish, qadoqlash va yorliqlash holati, vizual nazorat bilan belgilanadigan sertifikatlash koʻrsatkichlarini baholash natijalari);
j) turkum ishlab chiqarilgan sana;
z) qaysi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatga muvofiq namunalar tanlab olingan, hujjatning nomi va belgilari;
i) tanlab olingan namunalarning nomi va raqami;
k) namunalarni tanlab olish joyi;
l) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini yakuniy qabul qilib olish toʻgʻrisidagi ishlab chiqaruvchining hujjatlari;
m) sertifikatlash organi va ariza beruvchi vakillarining rekvizitlari va imzosi.
106. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining ushbu Texnik reglamentda belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini baholash uchun ishlab chiqaruvchi attestatsiyadan oʻtgan qoʻllanmalar boʻyicha qabul qilish, qabul qilish-topshirish, davriy va namunaviy sinovlarni oʻtkazadi.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
107. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini sertifikatlash akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarda) sertifikatlash organi bilan kelishilgan dasturlarga muvofiq amalga oshirilgan boʻlishi sharti bilan, qabul qilish va boshqa sinovlarning natijalari inobatga olinishi mumkin. Bunday hollarda, ariza beruvchi sinovlar boshlanishidan oldin sertifikatlash uchun ariza berishi va sertifikatlash organiga sinovlarni oʻtkazish jadvalini taqdim etishi lozim.
Sinov laboratoriyasi (markaz) sinovlarni boshlash va oʻtkazish jarayoni toʻgʻrisida sertifikatlash organini xabardor qilishi lozim. Ushbu sinovlar ularning natijalari boʻyicha harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari va ishlab chiqarish texnologiyasiga qayta sinov oʻtkazishni talab qiladigan sezilarli oʻzgarishlar kiritilmagan taqdirdagina, sertifikatlash paytida inobatga olinishi mumkin.
108. Sinov uchun tanlab olingan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining namunalari isteʼmolchiga (mijozga) yetkazib berish uchun moʻljallangan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining dizayni, tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi jihatidan bir xil boʻlishi lozim.
109. Besh yildan ortiq vaqt oldin oʻtkazilgan sinov natijalari harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari namunalarini sertifikatlash maqsadlari uchun koʻrib chiqilmaydi.
110. Sinovlar bayonnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
a) hujjatning nomi va belgilari, bunda hujjatning belgilari har bir sahifada takrorlanadi;
b) akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi (markazi)ning nomi va manzili, uning akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (akkreditatsiya attestatining raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati);
v) sinovlar oʻtkazish topshirigʻini bergan sertifikatlash organi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) ariza beruvchining nomi va manzili;
d) identifikatsiyalash belgilari (tavsif, tamgʻa), natijalari, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarish sanasi toʻgʻrisida maʼlumot;
e) harakatdagi temir yoʻl i tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini sinash uchun qabul qilib olingan sana;
j) tekshirilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar va unga qoʻyilgan talablar, shuningdek, ushbu talablarni oʻz ichiga olgan normativ hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
z) sinovlarni oʻtkazish sanasi;
i) sinovlar paytida foydalanilgan standart va nostandart sinov usullari va uslublari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
k) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini sinov oʻtkazilguniga qadar saqlanishi, atrof muhit sharoitlari, shuningdek, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarini sinovlarga tayyorlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
l) oʻzining va ijaraga olib foydalanilgan sinov uskunalari va oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
m) boshqa akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan bajarilgan sinovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
n) oʻtkazilgan sinovlarning zarur hollarda jadvallar, grafikalar, fotosuratlar va boshqa materiallar bilan asoslangan natijalari;
o) sinov bayonnomasi faqat sinov oʻtkazilgan namunalargagina taalluqli ekanligi toʻgʻrisidagi ariza;
p) olingan natijalar boʻyicha daliliy materiallar, shu jumladan, jadvallar va (yoki) grafikalar shaklidagi qayd qilingan birlamchi maʼlumotlar;
r) ishlov berishning barcha mezonlari va olingan oraliq maʼlumotlar koʻrsatilgan, birlamchi maʼlumotlarni qayta ishlash jarayoni;
s) akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi (markazi) rahbarining tashkilot muhri bilan tasdiqlangan imzosi;
t) sinovlarini oʻtkazgan masʼul ijrochilarning imzosi va lavozimi;
u) zarur hollarda, akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi (markazi) nomidan sinov bayonnomasini tayyorlash uchun masʼul shaxs (shaxslar)ning imzosi va lavozimi;
f) qabul qilib olish va sertifikatlash sinovlari bir yoʻla oʻtkazilgan hollarda, shuningdek, sinovlar ushbu Texnik reglamentning 106-bandiga muvofiq amalga oshirilganida — sertifikatlash organi vakilining imzosi;
x) sinov bayonnomasi (hisoboti)ning chiqish sanasi;
s) sinov bayonnomasi (hisoboti)ga oʻzgartirishlar kiritish alohida hujjat (hisobotga ilova, oldingisini bekor qiladigan va almashtiradigan yangi bayonnoma) bilan rasmiylashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ch) sinov bayonnomasini qisman qayta chop etish imkoniyatini istisno etuvchi ariza.
3-§. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash)
111. Mazkur Texnik reglamentga ilovada keltirilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash (tasdiqlash) majburiy sertifikatlash va muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
112. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligini baholash (tasdiqlash)dan oʻtkazilishi lozim.
113. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining muvofiqligini baholash (tasdiqlash) Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqaruvchisi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) yoki importchilari (sotuvchilari) boʻlgan yuridik shaxslarning arizasiga asosan amalga oshiriladi.
114. Xizmat muddatini uzaytirish orqali modernizatsiya qilingan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlariga yangi ishlab chiqarilgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlariga tatbiq etiladigan kabi muvofiqlikni baholash tartib-taomillari tatbiq etiladi.
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi mahsulotlarining muvofiqligi quyidagi sxemalar boʻyicha sertifikatlanadi:
1S sxema — mahsulot miqdori cheklangan holda, yaʼni qisqa muddat ichida seriyali ishlab chiqarish jarayonida alohida partiyalar holida yetkazib beriladigan (sotiladigan) mahsulot hajmi oldindan belgilanganda qoʻllaniladi. Sinov natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, mahsulot ishlab chiqarish muddati cheklangan holda oldindan belgilangan partiya uchun muvofiqlik sertifikati beriladi;
2S sxema — akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasida (markazida) mahsulotning namunaviy nusxasini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish holatini baholash asosida seriyali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun qoʻllanadi;
3S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun qoʻllanadi;
4S sxema — ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun qoʻllanadi;
5S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun quyidagi hollarda qoʻllaniladi: mahsulot namunalarini tanlab olishning haqiqiy hajmi sinovlar oʻtkazilganda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xolisona baholash uchun yetarli boʻlmasa; mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari tashqi omillarga taʼsirchan boʻlsa; mahsulot xususiyatlarining barqarorligiga yuqori talablar belgilangan boʻlsa va mahsulot turlari tez-tez oʻzgartirilsa; sinovlar faqat mahsulot isteʼmolchida montaj qilingandan keyin oʻtkazilishi mumkin;
6S sxema — mahsulot partiyasi uchun qoʻllaniladi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi mahsulotning talabnoma berilgan partiyasiga tatbiq etiladi;
7S sxema — tegishli mahsulotni (yagona nusxadagi buyumlarni) ishlab chiqarish yoki sotish bir martalik xususiyatga ega boʻlgan hollarda qoʻllash tavsiya etiladi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi mahsulotning ariza berilgan miqdoriga nisbatan tatbiq etiladi.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
115. Yangi ishlab chiqarilayotgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va uning tarkibiy qismlari uchun sertifikatlash organiga ariza beruvchi tomonidan sertifikatlash boʻyicha ariza bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari namunasini yaratish uchun texnik topshiriq (agar mavjud boʻlsa);
b) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari texnik hujjatlari;
v) dastlabki sinovlar dasturi;
g) dastlabki sinovlar bayonnomasi;
d) hisobga olingan foydalanishga oid hujjatlar toʻplami;
e) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari namunasining qabul qilish sinovlarini oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
j) qabul qilish sinovlarini oʻtkazishning reja-jadvali;
z) qabul qilish sinovlarining dasturi;
i) qabul qilish sinovlarining bayonnomasi;
k) qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi;
l) qabul qilish komissiyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni (agar mavjud boʻlsa) bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va uni amalga oshirishni tasdiqlovchi hujjatlar;
m) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini ketma-ket ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlarining nazorat komplektini belgilangan tartibda tekshirish va tasdiqlash tugallanganligi toʻgʻrisida xabarnoma;
n) temir yoʻl mahsulotini tamgʻasi.
116. Seriyali ishlab chiqariladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini sertifikatlash uchun ariza beruvchi sertifikatlash organiga ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining texnik hujjatlari;
b) konstruktorlik va texnologik hujjatlar (sertifikatlash organi bilan kelishilgan hajmda);
v) qabul qilish (malaka) sinovlarining bayonnomasi;
g) malaka komissiyasining dalolatnomasi, birlamchi sertifikatlash holatlarida esa — jumladan, qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi;
d) qabul qilish komissiyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni (agar mavjud boʻlsa) bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi va uni amalga oshirishni tasdiqlovchi hujjatlar;
e) davriy va namunaviy sinovlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobotlar;
j) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari ishlab chiqarish holatini baholash uchun soʻrovnoma;
z) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish hajmi;
i) reklamatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
k) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini tamgʻalash.
117. Ushbu Texnik reglamentning 115 va 116-bandlarida keltirib oʻtilgan hujjatlar ariza beruvchining rekvizitlari va identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi va ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
118. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining ishlab chiqarish holatini baholash quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
(118-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
a) texnologik jarayonlar;
b) texnologik hujjatlar;
v) texnologik jihozlash vositalari;
g) texnologik rejimlar;
d) texnologik jihozlash vositalarini boshqarish;
e) metrologik uskunalarni boshqarish;
j) sinov va oʻlchash uslublari;
z) xom ashyo va butlovchi qismlarni nazorat qilish tartibi;
i) ishlab chiqarish jarayonida temir yoʻl mahsulotlarini nazorat qilish tartibi;
k) nomuvofiq temir yoʻl mahsulotlarini boshqarish;
l) reklamatsiya bilan ishlash tartibi.
119. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari ishlab chiqarish holatini tekshirish yakunlari boʻyicha sertifikatlanayotgan temir yoʻl mahsulotlarining ishlab chiqarish holatini tekshirish dalolatnomasi tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) tekshirish natijalari;
b) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari ishlab chiqarish holatini tekshirishda foydalaniladigan qoʻshimcha materiallar;
v) harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlari ishlab chiqarish holatini umumiy baholash;
g) tuzatish chora-tadbirlarini amalga oshirishning zaruriyati va muddatlari.
1191. Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi mahsulotlarining muvofiqligi quyidagi sxemalarga muvofiq deklaratsiyalanadi:
1D sxema — muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish shaklida tasdiqlanadigan mahsulotlar roʻyxatiga muvofiq oʻz dalillari asosida seriyali ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qoʻllanadi;
2D sxema — muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish shaklida tasdiqlanadigan mahsulotlar roʻyxatiga muvofiq mahsulotning namunaviy nusxasini sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarish holatini baholash asosida seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun oʻz dalillari va sertifikatlashtirish organi va (yoki) akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) ishtirokida olingan dalillar asosida qoʻllanadi;
3D sxema — muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish shaklida tasdiqlanadigan mahsulotlar roʻyxatiga muvofiq seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun oʻz dalillari va sertifikatlashtirish organi va (yoki) akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) ishtirokida olingan dalillar asosida qoʻllanadi;
4D sxema — muvofiqligi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilish shaklida tasdiqlanadigan mahsulotlar roʻyxatiga muvofiq ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun oʻz dalillari va sertifikatlashtirish organi va (yoki) akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) ishtirokida olingan dalillar asosida qoʻllanadi;
5D sxema — mahsulotni sotishning cheklangan, oldindan kelishilgan hajmida qoʻllanadi, bunda mahsulot qisqa vaqt oraligʻida seriyali ishlab chiqarilishiga qarab alohida toʻplamlar bilan yetkazib beriladi.
(1191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
120. Muvofiqlikni deklaratsiyalashda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qiladigan ariza beruvchi tomonidan mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻplamini shakllantirish;
b) akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarda) mahsulot namunalarini sinash;
v) ariza beruvchi tomonidan sifat boshqaruvi tizimini sertifikatlash organiga ariza berish va sifat boshqaruvi tizimini sertifikatlash;
g) ariza beruvchi muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilishi;
d) sertifikatlash organiga muvofiqlik deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni taqdim etish;
e) sertifikatlash organi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyasi toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishi;
z) muvofiqlikni deklaratsiyalash natijalari haqida xabardor qilish;
i) sifat boshqaruvi tizimini sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlashtirilgan sifat boshqaruvi tizimining tekshirilishi;
k) muvofiqlik deklaratsiyasi bilan muvofiqligi tasdiqlangan mahsulot nazorati.
121. Muvofiqlikni deklaratsiyalashda ariza beruvchi quyidagi hujjatlar jamlanmasini shakllantiradi:
a) taʼsis hujjatlari;
b) konstruktorlik va texnologik hujjatlar;
v) xavfsizlik asoslari;
g) namunalarni tanlab olish dalolatnomasi;
d) ariza beruvchining shaxsiy laboratoriyasidan olingan mahsulotlarning sinov bayonnomasi;
e) mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan tashkilot standarti yoki texnik shartlar;
j) mahsulotning xavfsizligiga taʼsir qiluvchi tarkibiy qismlarning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar;
z) sifat boshqaruvi tizimi sertifikati;
i) ariza beruvchi tomonidan mahsulotning muvofiqligini tasdiqlashda foydalanilgan boshqa hujjatlar.
122. Shaxsiy dalillar va sertifikatlash organi yoki akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlar) ishtirokida olingan dalillar asosida mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalashda, ariza beruvchi mazkur Texnik reglamentning 121-bandiga muvofiq shakllantirilgan dalillarga qoʻshimcha ravishda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarda) oʻtkazilgan sinash va oʻlchash bayonnomalarini biriktiradi.
Muvofiqlikni deklaratsiyalashda mahsulotni identifikatsiya qilish akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlar) tomonidan amalga oshiriladi.
123. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining konstruksiyasiga yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarining ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilganda, ariza beruvchi bu haqda sertifikatlash organiga oldindan xabar beradi, sertifikatlash organi esa, oʻz navbatida, yangi sinovlarni oʻtkazish yoki harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish holatini baholash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(123-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
124. Muvofiqligi tasdiqlangan harakatdagi temir yoʻl tarkibi va (yoki) uning tarkibiy qismlariga ilova qilinadigan foydalanishga oid hujjatlar (foydalanish boʻyicha qoʻllanma, texnik pasport (formulyar), yorliq, etiketka)da, shuningdek, tovarning ilova hujjatlarida muvofiqlik belgisi, sertifikatlashdan oʻtkazilganlik yozuvi, shuningdek, muvofiqlik sertifikati blankining hisobga olish raqami, uning roʻyxatga olish raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
5-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati
125. Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibiga ushbu Texnik reglament bilan belgilangan talablarga rioya qilish boʻyicha davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa maxsus vakolatli davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(125-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
126. Texnik reglament kuchga kirgandan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va temir yoʻl mahsulotlarining xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar Texnik reglament bilan muvofiqlashtirilgunga qadar Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari boʻyicha qoʻllaniladi.
127. Ushbu Texnik reglamentga ilovada nazarda tutilgan foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun olingan muvofiqlik sertifikatlari ushbu Texnik reglament kuchga kirgunga qadar sertifikatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda boʻladi.
128. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning XI bobi (Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik).
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi, shuningdek, uning tarkibiy qismlarining turi va toifalari
ROʻYXATI
T/r
Temir yoʻl mahsulotlari nomi
TN VED kodi
I. Harakatdagi temir yoʻl tarkibi
1.
Bunker tipidagi vagonlar
8606 91 800 0
2.
Izotermik vagonlar
8606 91 800 0
3.
Yopiq vagonlar
8606 91 800 0
8606 91 100 0
8606 99 000 0
4.
Lokomotiv bilan tortiladigan magistral yoʻlovchi vagonlar
8605 00 000 0
5.
Samosval vagonlar
8606 91 800 0
6.
Sisternali vagonlar
Kislotalar (sulfat, kuchsiz nitrat, xlorid, karbol (fenol), superfosfat, sirka, oleum kislotalari)ni tashishga moʻljallangan 4 va 8 oʻqli vagonlar
Takomillashtirilgan sulfat kislotasini tashishga moʻljallangan vagonlar
8606 10 000 0
8606 91 100 0
8606 91 800 0
8606 99 000 0
7.
Sanoat uchun keng temir yoʻl izli vagonlar
8606 99 000 0
8.
Dizel poyezdlari, avtomotrisalar (relsli avtobuslari), ularning vagonlari
8602 10 000 0
8602 90 000 0
8603 10 000 0
8603 90 000 0
8605 00 000 0
8606 91 800 0
8606 99 000 0
9.
Dizel elektropoyezdlari, ularning vagonlari
8601 10 000 0
8601 20 000 0
8603 10 000 0
8603 90 000 0
8605 00 000 0
8606 99 000 0
10.
Platformalar
8606 91 100 0
8606 99 000 0
11.
Yarim vagonlar
8606 92 000 0
8606 99 000 0
12.
Oʻzi yurmaydigan maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi
8606 91 800 0
8606 99 000 0
13.
Oʻziyurar maxsus harakatdagi temir yoʻl tarkibi
8602 90 000 0
8603 90 000 0
14.
Magistral, manyovr va sanoat teplovozlari, gazoturbovozlar
8602 10 000 0
8602 90 000 0
15.
Temir yoʻl transportyorlari
8606 91 800 0
8606 99 000 0
16.
Doimiy tokli, oʻzgaruvchan tokli, ikki tizimli (oʻzgaruvchan va doimiy tokli) va boshqa magistral elektrovozlar
8601 10 000 0
8601 20 000 0
17.
Doimiy, oʻzgaruvchan, ikki tizimli (doimiy va oʻzgaruvchan) tokli elektropoyezdlar va ularning vagonlari
8601 10 000 0
8601 20 000 0
8603 10 000 0
8603 90 000 0
8605 00 000 0
8606 99 000 0
II. Harakatdagi temir yoʻl tarkibining tarkibiy qismlari
Elektr harakatdagi tarkib uchun ventilli razryadniklar va haddan tashqari kuchlanishni chegaralovchilar
8535 90 000 0
11.
Havo taqsimlagichlar
8607 21 100 0
12.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun yordamchi elektr mashinalari*
(1 kW dan yuqori)
8501 10 910 0
8501 10 930 0
8501 10 990 0
8501 20 000 9
8501 31 000 0
8501 32 000 2
8501 33 000 2
8501 33 000 9
8501 40 800 9
8501 51 000 0
8501 52 200 0
8501 52 300 0
13.
Elektr harakatdagi tarkib uchun yuqori tezlikli avtomatik oʻchirgichlar (viklyuchateli) va asosiy viklyuchatellar
8535 21 000 0
8535 29 000 0
14.
Yoʻlovchi vagonlari uchun yuqori voltli apparat qutilari
8537 20 910 0
8537 20 990 0
15.
Yuqori voltli vagonlararo ulanishlar (birgalikda rozetka va shtepsel)*
8535 21 000 0
8535 29 000 0
16.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun xavfsiz, mustahkam shisha buyumlar (tortuvchi va motorvagonli harakatdagi tarkibning mashinist kabinalari)
7007 11 100 9
7007 11 900 0
7007 21 200 9
7007 29 000 0
7008 00 810 0
7008 00 890 0
17.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining gidravlik dempferlari*
8607 19 900 0
18.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun tormoz disklari
8607 21 900 0
8607 29 000 0
19.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining tormoz pnevmatik tizimlari uchun zichlovchi rezinali mahsulotlar (diafragmalar, manjetlar, yoqalar, klapan zichlagichlari, qistirmalar, vtulkalar)*
4015 11 000 0
4016 91 000 0
4016 93 000 8
20.
Teplovoz va dizel poyezdlar, relsli avtobuslar, dizel elektropoyezdlari asosiy uzatmasining kardan vallari*
Elektrik tormozni ishga tushiruvchi dempfer rezistorlari*
8533 10 000 0
8533 21 000 0
8533 29 000 0
8533 31 000 0
8533 39 000 0
8533 40 100 0
8533 40 900 0
8533 90 000 0
62.
Oraliq, tok, shuningdek, differensial, kuchlanish, vaqt, yuklama elektrmagnit va elektron relelari, noelektrik (harorat, bosim, daraja) parametrlarining releli nazorat datchiklari*
8536 41 100 0
8536 41 900 0
8536 49 000 0
63.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun yassi ressorlar*
7320 10 110 0
7320 10 190 0
7320 10 900 0
64.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun ulash yengchasi*
4009 11 000 0
4009 12 000 9
4009 21 000 0
4009 22 000 9
4009 31 000 0
4009 32 000 0
4009 41 000 0
4009 42 000 0
65.
Lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib va oʻziyurar harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun oyna tozalagichlar*
8479 89 970 9
66.
Ssepka, jumladan, avtossepka
8607 30 000 0
67.
Yuk vagonlari uchun ikki oʻqli aravachalar
8607 11 000 0
8607 12 000 0
68.
Motorvagonli harakatdagi tarkibning yoʻlovchi vagonlari va pritsep vagonlari aravachalari
8607 11 000 0
8607 12 000 0
69.
Lokomotivlar va motorvagonli harakatdagi tarkib uchun tifonlar*
8531 10 950 0
70.
Mashinistning tormoz kranlari
8607 21 900 0
8607 29 000 0
71.
Magistral temir yoʻl yuk vagonlari aravachalarining tormoz richag uzatgichining triangellari*
8607 19 900 0
8607 21 100 0
8607 21 900 0
8607 29 000 0
72.
Elektrovozlar va elektropoyezdlar uchun tortish elektrodvigatellari
8501 10 910 0
8501 10 930 0
8501 10 990 0
8501 20 000 9
8501 31 000 0
8501 32 000 2
8501 33 000 2
8501 33 000 9
8501 40 800 9
8501 51 000 0
8501 52 200 0
8501 52 300 0
73.
Avtossepkaning tortish xomuti
8607 30 000 0
74.
Tormoz kuchini yuklanmaga bogʻliq holda avtomatik rostlash moslamasi (avtorejim)*
9032 89 000 0
9032 81 000 0
8607 21 900 0
75.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibining boshqarish, nazorat va xavfsizlik moslamalari, dasturiy vositalari*
8537 10 100 0
8537 10 910 0
8537 10 990 0
9032 89 000 0
76.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun diskli gʻildirak markazlari
8607 19 100 9
77.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun quyma gʻildirak markazlari (quyma, ishlov berilgan)
8607 19 100 9
78.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun tormoz silindrlari*
8607 21 900 0
79.
Magistral temir yoʻl vagonlari uchun tormoz kolodkalarining cheklari*
8607 21 900 0
8607 29 000 0
80.
Teplovozlar uchun asosiy uzatgich va tortish uskunasi elektr dvigatellari va generatorlari
8501 10 910 0
8501 10 930 0
8501 10 990 0
8501 20 000 9
8501 31 000 0
8501 32 000 2
8501 33 000 2
8501 33 000 9
8501 40 800 9
8501 51 000 0
8501 52 200 0
8501 52 300 0
81.
Yoʻlovchi vagonlari va elektropoyezdlar isitish tizimlari uchun elektrokaloriferlar
8516 21 000 0
8516 29 100 0
8516 29 500 0
8516 29 990 0
82.
Yoʻlovchi vagonlar suyuqlikli isitish tizimlari uchun yuqori voltli elektr isitgichlar
8516 21 000 0
8516 29 100 0
8516 29 500 0
8516 29 990 0
83.
Teplovozlar, dizel poyezdlar, relsli avtobus va avtomotrisalar uchun elektr jihozlari
8535-8537
84.
Harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun past voltli elektr jihozlari* :
past voltli kontrollerlar;
oʻchirib-yoqish moslamalari;
elektromagnit (himoya, oraliq, vaqt va differensial) relelari
8536 41 100 0
8536 41 900 0
8536 49 000 0
8536 20 100 9
8536 20 900 9
8536 30 100 0
8536 30 300 0
8536 30 900 0
8536 50 110 9
8536 50 150 9
8536 50 190 8
8536 50 800 0
85.
Yoʻlovchi vagonlar, elektropoyezdlar elektr jihozlari *
8536 41 100 0
8536 41 900 0
8536 49 000 0
86.
Yoʻlovchi vagonlar va elektropoyezdlar isitish tizimlari uchun elektr pechlar
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 537-son qaroriga
2-ILOVA
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
I bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi
Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni (Texnik reglament) sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalariga yetkazish.
uch kunda
II bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Transport vazirligi
1. Temir yoʻl mahsulotini standartlash boʻyicha normativ huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va roʻyxatini tuzish.
bir oyda
2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan standartlash boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash choralarini koʻrish.
oʻn kunda
III bosqich
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Temir yoʻl mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlash organi va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarining doirasini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish.
uch oyda
IV bosqich
Transport vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Texnik reglamentni qoʻllashning maqsadi, mazmuni va tartibi toʻgʻrisida aholi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini keng xabardor qilishni taʼminlash.
jadvalga muvofiq
V bosqich
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik reglament talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
belgilangan tartibda
VI bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi
Texnik reglamentni qoʻllash tajribasi monitoringini amalga oshirish va maʼlumotlarni tizimli ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
har chorakda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2024-y., 09/24/153/0241-son)