O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1993 YILDA RESPUBLIKA AHOLISINI BOLALARGA ATALGAN MOLLAR VA IP GAZLAMALAR BILAN BELGILANGAN MIQDORDA IMTIYOZLI NARXLARDA TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Respublika aholisini bolalarga atalgan asosiy turdagi eng zarur mollar va ip gazlamalar bilan imtiyozli narxlarda kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bolalarga atalgan (hamma turdagi) mollar va ip gazlamalarni aholiga chakana savdo tarmog‘i orqali sotib, chakana narxdan
1-ilovaga binoan 50 foiz miqdorida chegirib, imtiyozli narxlar bilan sotish joriy etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki,
1-ilovada ko‘rsatilgan mollarning chakana narxlari sanoat korxonalari tomonidan haqiqiy tannarxiga, 15 foiz miqdoridagi cheklangan rentabellikka va ko‘pi bilan 10 foiz miqdoridagi savdo ustamasiga asoslanib shakllantiriladi.
3. Korxonalarni bolalarga atalgan mollar ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan iqtisodiy manfaatdor qilish maqsadida jami ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizini shunday mollar tashkil qiluvchi korxonalarga qo‘shilgan qiymatiga solinadigan soliq va budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan badal miqdorining 50 foizini bolalarga atalgan mollar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarflashga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bolalarga atalgan mollar ishlab chiqaruvchi korxonalar, tashkilotlarning budjet bilan o‘zaro hisob-kitob tartibini 10 kun muddatda belgilab bersinlar.
4. Respublika savdo tashkilotlarini aholiga belgilangan miqdorda sotish uchun zarur hajmdagi ip gazlamalar va bolalar mollari resurslari bilan ta’minlash maqsadida “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi bilan “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga 1993-yilda savdoga
2-ilovaga binoan hajmdagi va turdagi bolalar mollarini yetkazib berish yuzasidan topshiriqlar belgilansin.
2-ilovada ko‘rsatilgan turdagi mollarning tijorat do‘konlari tarmog‘ida sotilishi taqiqlansin.
5. “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi (o‘rtoq Ismoilov) bilan “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi (o‘rtoq Chjen) aholiga bolalar uchun uzluksiz sotiladigan zarur hajmdagi ip gazlama va mollarni o‘z muddatida savdo tashkilotlariga yetkazib berish topshiriqlarini bajarish choralarini ko‘rsinlar.
6. “O‘zshartnomasavdo” (o‘rtoq Sharipov) gazlama, xomashyo va materiallarni amalda yetkazib beruvchilarni mazkur mollarni ishlab chiqarish uchun “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi korxonalariga biriktirib qo‘yishni hamda ishlab chiqarish uchun zarur hajmda shu mahsulotlar o‘z vaqtida yuborilishini ta’minlasin.
7. Belgilangan miqdorda sotiladigan bolalarga atalgan eng zarur turdagi mollar va ip gazlamalarning chakana narxlarini belgilash va narxlardagi tafovutning o‘rnini qoplash
tartibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin.
8. “O‘zbeksavdo” uyushmasi (o‘rtoq Usmonov) va O‘zbekbirlashuv (o‘rtoq Volkov):
bozor resurslarini e’tiborga olib, 10 kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bolalarning soni va yoshiga qarab ko‘rsatilgan buyumlarning resurslarini ma’lum qilsinlar;
belgilangan mollarni imtiyozli narxlarda sotish tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
9. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi va “O‘zshartnomasavdo” rahbarlari, shuningdek, joylardagi hokimliklar yuqorida ko‘rsatilgan mollarning belgilangan miqdorda sotilishini ta’minlash uchun shaxsan javobgardirlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-yanvardagi 18-son
qarori, 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining xalq iste’mol mollari, savdo va xizmatlar majmuiga va boshqa majmuilari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 18-martdagi 142-son
qaroriga1-ILOVA
1993-yilda belgilangan miqdorda imtiyozli narxlarda sotiladigan mollar
|
Mollarning nomi |
Bir bolaga yillik norma |
| 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar poyabzali |
2 juft |
| 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar poyabzali |
1 juft |
| chaqaloqlar uchun komplekt |
1 komplekt |
| 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ko‘ylagi |
1 dona |
| 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar shimi |
1 dona |
| 12 yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar ko‘ylagi |
1 dona |
| 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun paypoq (kolgotkadan tashqari) |
2 juft |
| ip gazlama |
1 ki�iga 3 metr |
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 18-martdagi 142-son
qaroriga2-ILOVA
1993-yilda respublika savdo tashkilotlariga bolalarga atalgan eng zarur mollarni belgilangan miqdorlarda aholiga chakana narxlarda sotish uchun ip gazlamalarni yetkazib berish yuzasidan “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga
Nomi |
O‘lchov birligi |
Jami |
Shu jumladan |
|
“O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi |
“Mahalliysanoat” korporatsiyasi |
|
Ip gazlama |
ming p.m |
66000 |
66000 |
|
|
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar poyabzali |
ming juft |
2868 |
2868 |
|
|
3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar poyabzali |
” |
6136 |
6136 |
|
|
Chaqaloqlar uchun komplekt |
ming komplekt |
753 |
600 |
153 |
|
12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar ko‘ylagi |
ming dona |
3525 |
3310 |
215 |
|
12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar shimi |
” |
3525 |
3175 |
350 |
|
12yoshgacha bo‘lgan qiz bolalar ko‘ylagi |
” |
3440 |
1600 |
1840 |
|
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun paypoq (kolgotkadan tashqari) |
ming juft |
13930 |
13930 |
|
| |
|
|
|
|
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 18-martdagi 142-son
qaroriga3-ILOVA
Belgilangan miqdorda sotiladigan bolalarga atalgan eng zarur mollar va ip gazlamalarning chakana narxlarini shakllantirish va ularning narxlaridagi tafovutlarning o‘rnini qoplash
1. Respublika sanoat korxonalari tomonidan aholiga belgilangan miqdorda sotish uchun beriladigan bolalarga atalgan mollar va ip gazlamalarning chakana narxlari (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-martdagi 142-son qaroriga
1-ilovaga muvofiq haqiqiy tannarxiga, 15 foiz miqdoridagi cheklangan rentabellikka va 10 foiz miqdoridagi savdo ustamasiga asoslanib shakllantiriladi.
2. Markalangan yorliqlarda, to‘lov hujjatlarida “imtiyozli sotish” tamg‘asi albatta qo‘yiladi va chakana narx bilan bir qatorda 50 foizli chegirma narxi ko‘rsatiladi.
3. Belgilangan miqdorda sotishga mo‘ljallangan bolalarga atalgan mollar va ip gazlamalar sanoat korxonalari—tayyorlovchilar tomonidan ulgurji savdoda 10 foiz miqdoridagi savdo chegirmasi chiqarib tashlangan chakana narxlar bo‘yicha sotiladi.
4. Ana shu mollarni chakana savdo tashkilotlari tomonidan sotish markalangan yorlikda ko‘rsatilgan chakana narxning 50 foizini chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi.
5. Chakana savdo tashkilotlari yuqorida ko‘rsatilgan mollar bo‘yicha narxlardagi farqni budjet hisobiga quyidagi tartibda qoplaydilar:
chakana savdo korxonalari haqiqatda sotilgan mollar uchun joylardagi savdo boshqarmasi organlariga, matlubot kooperatsiyasi korxonalari esa — viloyat matlubot jamiyatlarga ilova qilinayotgan shakl bo‘yicha hisob-kitob taqdim etadilar. Ular esa bu hujjatlarni tegishli ravishda “O‘zbeksavdo” uyushmasiga va O‘zbekbirlashuvga yo‘llaydilar;
“O‘zbeksavdo” uyushmasi va “O‘zbekbirlashuv” materiallarni hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar;
vazirliklar va idoralar har oyning 10-kuniga qadar o‘zlariga qarashli korxonalar tomonidan respublika savdo tarmoqlariga aholiga belgilangan tartibda sotiladigan ip gazlamalar va bolalarga atalgan mollar amalda qancha yetkazib berilganligi haqida Moliya vazirligiga hisobot ma’lumotlarini taqdim etadilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyning 5-kuniga qadar mablag‘larning rejali yil choragi summasining 50 foizi miqdorida respublika budjeti bo‘yicha kreditlar ochadi.
“O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuvning yil choragi hisobotlari bo‘yicha, shuningdek, vazirliklar va idoralarning ana shunday mollar haqiqatda yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumotlari asosida aniqlangan ortiqcha to‘lovlar (kam to‘lovlar) birinchi yarim yillik va yillik hisobotlar topshirilishiga ko‘ra ushlab qolinishi (qaytarilishi) kerak.
7. Joylardagi moliya organlari va savdo boshqarmasi organlari sanoat va savdo korxonalarida narxlarni shakllantirishning va narxlardagi farqni qoplash hisob-kitoblarining to‘g‘riligini muntazam ravishda tekshiradilar.
8. Korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari va bosh buxgaltyerlari narxlardagi farqlar bo‘yicha berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun shaxsan javob beradilar.
Belgilangan miqdordagi ashyoviy mollar narxlaridagi farqni qoplash summasining
|
Nomi |
Artikul |
Haqiqatda sotish miqdori (o‘lchov birligi) |
Bir o‘lchov birligining so‘mlardagi chakana narxi |
Budjetdan qoplanadigan narxlardagi farq |
Qoplash summasi |
|
to‘la |
50 foiz chegirma bilan |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |