Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
“Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 24-iyuldagi 83 va 7/12-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1268, 2003-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 16-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 12-avgustdagi 92 va 34-2019-Q/Q-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1268-1, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 10/19/1268-1/3740-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 19-iyundagi 27 va 23-2020-q/q-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1268-2, 2020-yil 8-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 10/20/1268-2/1042-son).