Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 24-iyuldagi 83, 7/12-son qarori (roʻyxat raqami 1268, 2003-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idorlarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 11-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-ilovasi
izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari uchun muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.