1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
“Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3205-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 28-sentabrdagi 24/5-son “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3205, 2019-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2019-y., 10/19/3205/4177-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-avgust,
19/11-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2022-yil 18-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/11-son qaroriga ILOVA
“Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash tartibi, qarz yukining ruxsat etilgan miqdori, shuningdek qarz yuki oʻsishini cheklash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) muqaddimadagi “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Mazkur Nizom qarz oluvchi jismoniy shaxslarga mikroqarzlar ajratilayotganda qarz yukini hisoblash tartibini, qarz yukining ruxsat etilgan miqdorini, shuningdek kreditlar va mikroqarzlar boʻyicha kunlik eng yuqori foiz stavkalarini belgilaydi.”;
“2. Qarz yuki koʻrsatkichi har bir qarz oluvchiga qarz beruvchi tomonidan mikroqarz ajratishda uning summasi va qarz oluvchining amaldagi kredit (mikroqarz) shartnomalari boʻyicha asosiy qarz qoldigʻi yigʻindisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda hisoblanadi.”;
“8. Qarz beruvchi qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan va/yoki oʻzi kredit byurodan yoki boshqa manbalardan mustaqil ravishda olgan maʼlumotlardan foydalanadi.”;
“9. Qarz beruvchi qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oʻrtacha oylik daromadlarini aniqlashda quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega:
ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
pensiya miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
qarz oluvchining bank hisobvaraqlariga tushgan daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
toʻlangan soliqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan.
Bunda, qarz beruvchi mazkur bandda keltirilgan hujjatlar bilan cheklanmasdan boshqa maʼlumotlardan foydalanishi mumkin.”;
i) 10-banddagi “kreditlar (mikroqarzlar)” degan soʻzlar “mikroqarzlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k) 11-banddagi “kredit (mikroqarz)” degan soʻzlar “kredit va mikroqarz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 10/22/3205-1/0831-son)