toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.03.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK SUDLARINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 17-fevraldagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasini toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlarni oʻtkazish uchun maxsus hisob ochsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy xoʻjalik sudi (oʻrtoq R.A. Xachaturov) tuzilayotgan jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanishni taʼminlansin.
Oʻzbekiston Respubliksi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 4-mart,
124-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 4-martdagi
124-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan keyin jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 17-fevraldagi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlari tizimini qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlash uchun tuziladi.
2. Jamgʻarma:
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining tegishli yil smetalaridan tejash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari tomonidan koʻriladigan ishlar boʻyicha davlat bojlarini va jazo jarimalarini toʻlashdan davlat budjetiga tushadigan mablagʻlarning 15 foizi miqdoridagi ajratmalar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-apreldagi 177-son qarori tahririda)
xoʻjalik sudlari organlarida qonunda belgilangan tartibda hosil qilinadigan boshqa daromadlar hisobiga tashkil topadi.
3. Jamgʻarma mablagʻlarining tushumlari va xarajatlari soʻmlarda va chet el valyutasida alohida hisobga olinadi.
4. Jarima mablagʻlaridan:
xoʻjalik sudlari muassasalari binolarini qurish, tuzatish va jihozlashda, ularni inventar, tashkiliy texnika vositalari bilan taʼminlashda va kompyuterlashtirishda;
xoʻjalik sudlariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning qoʻshimcha shtatini mablagʻ bilan taʼminlashda;
texnika vositalariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatishda;
xoʻjalik sudlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishda;
xoʻjalik sudlarining faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
5. Jarima mablagʻlaridan foydalanish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi oliy xoʻjalik sudining raisi boshchilik qiladigan jamgʻarma Kengashi hal etadi.
Jamgʻarma Kengashi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining va viloyatlar xoʻjalik sudlarining raislari kiradilar.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qarorlar jamgʻarma Kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har yili jamgʻarma Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
7. Mablagʻlarni toʻplash va sarflash aʼmollariga texnikaviy xizmat koʻrsatish borasidagi amaliy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining apparati tomonidan amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun maxsus apparat tuzilmaydi.