toggle_night_mode
Hujjat 14.09.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14 sentyabda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2364-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 23-avgust,
19/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/13-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 223-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/1-son “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2364-1, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 276-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/14-son “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2364-2, 2016-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 157-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/3-son “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2364-3, 2018-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2364-3/0987-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/6-son “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2364-4, 2018-yil 16-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 10/18/2364-4/1524-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/7-son “Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2364-5, 2018-yil 6-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2364-5/1842-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2022-y., 10/22/2364-6/0826-son)