toggle_night_mode
Hujjat 12.09.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3258-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 8-iyundagi 122-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3258/1057-son) bilan tasdiqlangan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-avgust,
18-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 31-avgustdagi 18-son buyrugʻiga
ILOVA
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 871-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

871

Blinitumomab

Limfoid qon ishlab chiqaruvchi va ularga yaqin boʻlgan toʻqimalar xavfli oʻsmalari

Oʻtkir leykozlar

S 92.4

.

2. Quyidagi mazmundagi 921-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

921

Akalabrutinib

Surunkali limfoleykoz kasalligi

Surunkali limfoleykoz kasalligi

S 91.1

.

3. Quyidagi mazmundagi 951-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

951

Pomalidomid

Miyeloma kasalligi

Miyeloma kasalligi

S 90.0

.

4. Quyidagi mazmundagi 1631-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

1631

Antimikrobli gidrogel bogʻlami Miramistin bilan 7,5sm x 10sm

Bullyoz epidermolizi

Bullyoz epidermolizi

Q 81

.

5. Quyidagi mazmundagi 172-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

172

Ekulizumab

Paroksizmal Gemoglobinuriya

Tungi paroksizmal gemoglobinuriya

D 59. 5

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2022-y., 10/22/3258-3/0823-son)