1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga asosan 2022-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlariga maʼmuriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash ishlarini “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi doirasida amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilansinki,
“BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida eʼlon qilinadi.
4. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi doirasida joriy etishni takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-sentabr,
488-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 488-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorga 1-ilova 7-bandining oʻn toʻrtinchi xatboshi hamda 8-bandining yigirma birinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish holati” soʻzlari “tadbirkorlik faoliyati erkinligining taʼminlanganlik darajasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“25. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish koʻrsatkichi yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan jami qonuniy tekshirishlarning ushbu hududda faoliyat yuritayotgan har 1 000 nafar tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdorini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I13.1 = (Tj / Thf) × 1000
bunda:
I13.1 — indikator miqdori (sonda);
Tj — yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan jami qonuniy tekshirishlar soni;
Thf — tegishli hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni”;
v) quyidagi mazmundagi 251 — 254-bandlar qoʻshilsin:
“251. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshirishlarning qonuniyligi yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) Biznes-ombudsman tomonidan aniqlangan noqonuniy tekshirishlarning qonuniy oʻtkazilgan tekshirishlarga nisbatini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I13.2 = 100 — ((Tn / Tj) × 100)
bunda:
I13.2 — indikator miqdori (foizda);
Tn — yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) Biznes-ombudsman tomonidan aniqlangan noqonuniy tekshirishlar soni.
252. Tekshirishlarni oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organlar tomonidan kiritilgan ariza (buyurtnoma)larning asoslanganligi yarim yil davomida tegishli hududda nazorat qiluvchi organlar rad etilgan ariza (buyurtmanoma)larining jami berilgan ariza (buyurtmanoma)lardagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I13.3 = 100 — ((Tar / Taj) × 100)
bunda:
I13.3 — indikator miqdori (foizda);
Tar — yarim yil davomida tegishli hududda tekshirishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nazorat qiluvchi organlarning rad etilgan ariza (buyurtmanoma)lari soni;
Taj — yarim yil davomida tegishli hududda tekshirishlarni oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organlar tomonidan kiritilgan jami ariza (buyurtmanoma)lar soni.
253. Tekshirishlarni ogohlantirish bilan yakunlash darajasi yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilishi aniqlanib, ogohlantirish bilan yakunlangan tekshirishlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilishi qayd etilgan jami tekshirishlardagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I13.4 = (To / Tqj) × 100
bunda:
I13.4 — indikator miqdori (foizda);
To — yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilishi aniqlanib, ogohlantirish bilan yakunlangan tekshirishlar soni;
Tqj — yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun buzilishi qayd etilgan jami tekshirishlar soni.
254. Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning professionallik darajasi yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2412-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini tasdiqlovchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan jami mansabdor shaxslardagi ulushini aniqlash yoʻli bilan quyidagi formula asosida hisoblanadi:
I13.5 = 100 — ((Mm / Mjt) × 100)
bunda:
I13.5 — indikator miqdori (foizda);
Mm — yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2412-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni;
Mjt — yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini tasdiqlovchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan mansabdor shaxslar soni”;
“35. Indikator koʻrsatkichlarini baholashda I1, I3, I7.1, I7.2, I8, I10.1, I10.2, I11.1, I11.2, I11.3, I11.4, I12, I15.1, I18, I5.2, I19, I20, I21.1, I21.2 indikatorlari tuman (shahar) darajasida, I2.1, I2.2, I4, I5.1, I6, I9.1, I9.2, I10.3, I13.1, I13.2, I13.3, I13.4, I13.5, I14, I15.2, I16, I17 indikatorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar darajasida hisoblanadi. Mazkur metodika boʻyicha aniqlangan indikatorlar ijobiy va salbiy koʻrsatkichlarga ega boʻladi.
36. Ijobiy indikatorlarga ega boʻlgan I1, I2.1, I2.2, I5.1, I6, I7.1, I7.2, I11.1, I11.2, I11.4, I12, I13.2, I13.3, I13.4, I13.5, I15.1, I15.2, I16, I17, I18, I5.2, I20, I21.1, va I21.2 indikatorlariga quyidagi formula asosida ball beriladi:
Ih — baholanayotgan tegishli hududning indikator miqdori;
Imin — baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng past koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori;
Imaks — baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori.
37. Salbiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan I3, I4, I8, I9.1, I9.2, I10.1, I10.2, I10.3, I 11.3, I13.1, I14va I19 indikatorlariga quyidagi formula asosida ball beriladi:
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridan samarali foydalanish koʻrsatkichi
son
Tegishli hududda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar sonining ushbu hududda faoliyat yuritayotgan har 1000 nafar tadbirkorlik subyektiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan 10 ballgacha
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
soʻm
Tegishli hududda tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar summasining ushbu hududdagi faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkorlik subyektiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan 10 ballgacha
”;
13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
13.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining taʼminlanganlik darajasi
son
Yarim yil davomida tegishli hududda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshirishlarning ushbu hududda faoliyat yuritayotgan har 1000 nafar tadbirkorlik subyektiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha miqdori
1 balldan 10 ballgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
(kelishuv asosida)
foiz
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshirishlarning qonuniyligi yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) Biznes-ombudsman tomonidan aniqlangan noqonuniy tekshirishlarning qonuniy oʻtkazilgan tekshirishlardagi ulushi
1 balldan 10 ballgacha
foiz
Tekshirishlarni oʻtkazish uchun nazorat qiluvchi organlar tomonidan kiritilgan ariza (buyurtnoma)larning asoslanganligi yarim yil davomida tegishli hududda nazorat qiluvchi organlar rad etilgan ariza (buyurtmanoma)larining jami berilgan ariza (buyurtmanoma)lardagi ulushi
1 balldan 10 ballgacha
foiz
Tekshirishlarni ogohlantirish bilan yakunlash darajasi yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilishi aniqlanib, ogohlantirish bilan yakunlangan tekshirishlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonun buzilishi qayd etilgan jami tekshirishlardagi ulushi
1 balldan 10 ballgacha
foiz
Tekshiruvchi mansabdor shaxslarning professionallik darajasi yarim yil davomida tegishli hududda (shu jumladan, nazorat qiluvchi organlar boʻyicha) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2412-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini tasdiqlovchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan jami mansabdor shaxslardagi ulushi
1 balldan 10 ballgacha
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/488/0795-son)