1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik subyektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash, davlat nazoratini takomillashtirish va “Soliqchi — koʻmakchi” tizimi orqali ularga nisbatan maʼmuriy va soliq yukini kamaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
1. Belgilansinki:
a) quyidagilar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab bekor qilinadi:
qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati;
alohida tayyor import isteʼmol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy oʻtgach sotuvga qoʻyilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qoʻyilgan taqiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
b) 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki baravarga pasaytirilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Moliya vazirligi 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu banddan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
2. Savdo-sanoat palatasiga mahalliy shartnomalar doirasida yuzaga keladigan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash vakolati berilsin.
3. Adliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 1-oktabrdan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalarini 1-ilovaga muvofiq bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxati qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda ushbu roʻyxatga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan hamda nazorat sohasida nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
2022-yil 1-apreldan bosqichma-bosqich majburiy talablarning elektron reyestri joriy qilinadi. Bunda, mazkur reyestr davlat organlari va tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasidagi sohalar boʻyicha belgilangan tartibda taqdim etgan majburiy talablar roʻyxati asosida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.01 Umumiy qoidalar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boruvchi organlar]
5. 2022-yil 1-yanvardan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma boʻyicha tekshiradi;
Savdo-sanoat palatasi aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi;
Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan yuritiladi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni oʻtkazishga qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilishini oldini olish boʻyicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi, bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va maʼlumotlar asosida oʻtkaziladigan tekshiruvlar hamda Vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatida nazarda tutilgan tekshiruvlar mustasno.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
6. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bogʻliq katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi, shuningdek, quyidagi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini taʼminlasin:
davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish va Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini yuritish;
tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar boʻyicha onlayn oʻqitish va faoliyati majburiy talablarga mosligi boʻyicha oʻzini oʻzi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini baholash.
7. 2022-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlariga maʼmuriy bosim darajasini aniqlash va yengillashtirish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksi (keyingi oʻrinlarda — Indeks) joriy etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
Belgilansinki:
a) Indeks Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali tekshiruv natijalari asosliligi hamda qonuniyligi, profilaktik tadbirlar va tekshiruvlar mutanosibligi, tadbirkorlarning tekshiruv natijalaridan qoniqish darajasi kabi koʻrsatkichlar asosida tuziladi;
b) nazorat qiluvchi organlar har yarim yil yakunlari boʻyicha 1-avgustga qadar, yil yakunlari boʻyicha 1-fevralga qadar amalga oshirilgan nazorat tadbirlari tahlilini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga kiritadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
v) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil har yarim yil yakunlari boʻyicha 1-sentabrga qadar, yil yakunlari boʻyicha 1-martga qadar Indeks natijalari toʻgʻrisidagi axborotni va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida koʻp takrorlanuvchi huquqbuzarliklar hamda ular sodir etilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga joylashtiradi va jamoatchilikka eʼlon qiladi.
8. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov) va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga maʼlumotlarni toʻliq va oʻz vaqtida kiritish hamda ularning haqqoniyligi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Moliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha 2021-yil 1-noyabrga qadar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish uchun 1 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
10. Tadbirkorlikni yuritishni yengillashtirish va biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Adliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov hamda nazorat qiluvchi organlar rahbarlari belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-sentabr,
PF-6314-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga 1-ILOVA
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2021-yil 1-oktabrdan bekor qilinayotgan nazorat funksiyalari
ROʻYXATI
T/r
Funksiya
Vakolatli organ
1.
Tashuvchilar tomonidan sanitariya qoidalarining buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish.
Transport vazirligi
2.
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarida, issiqxona xoʻjaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
3.
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashning sifati ustidan nazorat olib borish.
4.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolarini qurish ishlarining sifati boʻyicha monitoring olib borish.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
5.
Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmogʻi (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish.
Davlat bojxona qoʻmitasi
6.
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritish va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshirish.
7.
Chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sugʻurta boʻyicha qonunchilikda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.
8.
Issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish.
Davlat soliq qoʻmitasi
9.
Qurilishda metall prokatining qoʻllanilishi yuzasidan tegishli nazoratni taʼminlash.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
10.
Oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini taʼminlash, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar boʻyicha bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.
Davlat statistika qoʻmitasi
11.
Tegishli hududda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari
12.
Yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qoʻllanishining toʻgʻriligini doimiy nazorat qilib borish.
13.
Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
14.
Kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisida daʼvolar bilan sudga murojaat qilish.
15.
Tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
16.
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga 2-ILOVA
Tadbirkorlikni yuritishni yengillashtirish va biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish, Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-dekabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov),
manfaatdor idoralar
2.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-dekabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov),
manfaatdor idoralar
3.
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishga tushirish. Bunda, ushbu tizim quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishini taʼminlash:
davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish;
tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish va tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini yuritish. Bunda, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar boʻyicha onlayn oʻqitish va faoliyati majburiy talablarga mosligini oʻzini-oʻzi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini baholash.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Adliya vazirligi (R. Davletov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
manfaatdor idoralar
4.
Har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish boʻyicha savolnomalarni Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan holda tasdiqlash.
Ichki idoraviy hujjat
2022-yil 1-yanvar
Nazorat qiluvchi organlar, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov)
Tasdiqlangan savolnomalarni nazorat qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga (ushbu tizim ishga tushirilgandan soʻng) joylashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2022-yil 1-yanvar, doimiy
5.
Nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibini oʻrnatish.
B?nda, xabarnomada tekshiruv oʻtkazish muddati va predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligi, korrupsiya alomatlari vujudga kelganda xabar berish tartibi, mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat berish tartibi va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq masalalar majburiy tartibda koʻrsatilishini nazarda tutish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-dekabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi (A. Burxanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), nazorat qiluvchi organlar
6.
Davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:
davlat nazorati funksiyalari reyestrida davlat nazorati funksiyasi, nazorat qiluvchi organ, nazoratni amalga oshirish shakli va nazorat obyekti koʻrsatiladi;
majburiy talablar reyestrida tadbirkorlik faoliyati turlari boʻyicha majburiy talablar roʻyxati va savolnomalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda koʻrsatiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil 1-noyabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Korrupsiyaga qarish kurashish agentligi (A. Burxanov),
nazorat qiluvchi organlar
7.
Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil 1-yanvar
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov),
manfaatdor idoralar
8.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil 1-noyabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
(D. Qosimov) Adliya vazirligi (R. Davletov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)
9.
Tadbirkorlik subyektlari uchun eng koʻp maʼmuriy yuk boʻlayotgan davlat nazorati funksiyalarini akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, litsenziyalash va boshqa usullar orqali xususiy sektorga oʻtkazish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2022-yil 1-yanvar
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
11.
Davlat nazorati funksiyalari va tekshiruv turlari roʻyxatlarini tegishli sohalarda xavfsizlik darajasi taʼminlanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holatini inobatga olgan holda kamida uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqish.
Amaliy chora-tadbirlar
Har uch yilda
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
(D. Qosimov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxoʻjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi PF-6314-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son qarorining 5-bandi va qarorga 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida:
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 112-son qaroriga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Izoh: mazkur ilova 2021-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2021-y., 06/21/6314/0876-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)