Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-son “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2014-yil 12-sentabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 2618, 2014-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 41-son, 512-modda) bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlarining tarkibi va ularni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. DKYaT GAT Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi) Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kartografik va tematik kadastr axborotini yagona geofazoviy axborot bazasiga integratsiyalash maqsadida yaratiladi hamda yuritiladi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida shakllantiriladi.”.
2.
8-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Kadastr agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
12-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Geodeziya va kartografiya milliy markaziga” degan soʻzlar “Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.