1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq:
har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish;
noqonuniy kesilgan daraxt va buta uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup koʻchat ekish majburiyati yuklatilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoniga muvofiq:
butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni koʻpaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotganligi;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilganligi;
2022-yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika boʻyicha 127 milliondan ortiq daraxt va buta koʻchatlari ekilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi) tomonidan “Yashil makon” platformasi ishga tushirilib, ekilgan koʻchatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
a) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar uchun yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan hududlarda tashkil etilgan “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”, daraxt va butalar bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlari, shuningdek, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan boshqa hududlardan belgilanadi;
b) quyidagilar kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta koʻchatlarini ekadi hamda parvarish qiladi:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma olgan, kompensatsiya tarzida daraxt va butalarni ekish hamda parvarish qilish majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar;
daraxt va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki koʻchirib oʻtkazish boʻyicha huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar;
v) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta koʻchatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ushbu daraxt va buta koʻchatlari ekilishi hamda belgilangan muddat davomida parvarish qilinishi mumkin. Bunda:
belgilangan yer uchastkalarida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalashtirish tashkiloti ishlab chiqadigan loyihalar asosida daraxt va buta koʻchatlari davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi hamda parvarish qilinadi;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta koʻchatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarish qilish xarajatlarini davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlariga toʻlab beradi;
g) daraxt va buta koʻchatlarini kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekish jismoniy va yuridik shaxslarni daraxt va butalarni kesishga ruxsatnoma berilgani uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimni yoki ularni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun maʼmuriy jarimalarni toʻlashdan ozod qilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash, ularni ekish, sugʻorish, oziqlantirish va butash;
zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish;
daraxtlar va butalarni xatlovdan oʻtkazish, biriktirish, koʻchirib oʻtkazish, kesish va kompensatsiyaviy ekish;
daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlash tufayli yetkazilgan zararni undirish.
4. 2022-yil 31-dekabrga qadar:
Davlat ekologiya qoʻmitasi shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazsin, ularni bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilariga tutash hududlardan kelib chiqqan holda biriktirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etib borsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat ekologiya qoʻmitasining takliflari asosida daraxtlarni parvarish qilish maqsadida ularni tegishli masʼullarga biriktirish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumlarida koʻchat ekish ishlarini tizimli tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili:
1-sentabrga qadar kuzgi va 1-fevralga qadar bahorgi koʻchat ekish hajmlari boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlasin;
tuman va shahar markazlarida arxitektura va landshaft-dizayn talablari asosida shaharga koʻrk beruvchi manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekilishini tashkil etsin;
daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
464-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan, butash, xatlovdan oʻtkazish, biriktirish, koʻchirib oʻtkazish, kompensatsiyaviy ekish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari:
jismoniy shaxslarning shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalar hamda ularning koʻchat va nihollariga;
pitomniklar hamda plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar va butalarga, shuningdek, ularning koʻchat va nihollariga;
yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining mulki boʻlgan va ular tomonidan yogʻoch hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalar (teraklar va boshqa tez oʻsadigan daraxt turlari, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar)ga;
bogʻdorchilik va uzumchilik uchun ajratilgan yer uchastkalaridagi mevali daraxtlar va butalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
butash — daraxtlar va butalarning shoxlariga kerakli shakl berish, asosiy shoxning balandligini tekislash, skelet hosil qiluvchi shoxlarning bir tekisda joylashishini taʼminlash maqsadida quriyotgan, shikastlangan, asosiy shoxga qarab ichkariga yoki bir-biriga juda yaqin oʻsayotgan shoxlarni balzamik qismigacha kesib olib tashlash;
daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish — daraxtlarni muhofaza qilish maqsadida ularning soni, turi, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari boʻyicha hisobga olish hamda daraxtlar reyestrini yuritish;
daraxtlar reyestri — daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlarini hisobga olish maʼlumotlar bazasi;
daraxtlarni biriktirish — aholi punktlaridagi bino va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilarni, shu jumladan, ijaraga oluvchi yuridik shaxslarni bino va inshootlarga tutash hududlardagi daraxt va butalarni parvarish qilish va muhofaza qilishga masʼul etib belgilash maqsadida daraxtlar reyestridan koʻchirma berish;
kesish — daraxtlar va butalar asosiy tanasining tag qismidan yoki oʻsishdan toʻxtatish darajasigacha yuqori qismidan kesib (qirqib) olib tashlash;
kundakov qilish — daraxtlar va butalarni ildizi bilan qoʻporib olish;
koʻchirib oʻtkazish — ruxsat berilgan oʻlchamdagi daraxtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
kompensatsiyaviy ekish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kesilgan (yoʻq qilingan) daraxtlar va butalar oʻrniga majburiy ravishda koʻchatlar ekish;
parvarish qilish — daraxtlar va butalarni sugʻorish, oziqlantirish, butash, oqlash, shuningdek, turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish yoxud bunday holatlarning oldini olish maqsadida kimyoviy va biologik ishlov berish choralarini koʻrish;
sanitariya maqsadida kesish — tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari taʼsirida zararlangan, quriyotgan, qurib qolgan hamda insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga, turli kommunikatsiyalarga tahdid solayotgan, shoxlari betartib oʻsishi natijasida qoʻshilib ketgan yoki singan, avariya holatidagi daraxtlar va butalarni tag qismidan kesish (qirqish);
shikastlantirish — daraxtlar va butalar ichini oʻyish, ularning atrofiga ildiz boʻgʻzidan koʻpi bilan 20 sm masofagacha yaqinlikda qattiq qoplama (beton, asfalt) yotqizish, yoqish, taqiqlangan (muddati oʻtgan) kimyoviy va biologik vositalar bilan ishlov berish yoki kimyoviy va biologik vositalarni notoʻgʻri qoʻllash, shuningdek, oʻsishdan toʻxtash va qurib qolish darajasigacha zarar yetkazuvchi har qanday xatti-harakatlar;
“Yashil makon” platformasi — hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, mavjud daraxtlar soni, turi va joylashuvi, shaharlarning koʻkalamzorlashtirilganlik darajasi, daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ular boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron maʼlumotlar bazasi.
4. Quyidagilar davlat oʻrmon fondiga kirmaydi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;
temir yoʻllarning, avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;
tomorqalardagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan joriy etilgan moratoriy davrida davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish hamda parvarish qilish
6. Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlariga, iqlim sharoitiga moslashuvchanligiga, yer osti suvlari yaqinligi, yerning shoʻrlanish darajasi, sugʻorish tizimi mavjudligiga hamda ularning funksional vazifalariga koʻra amalga oshiriladi.
Bunda ekish uchun joy tanlashda daraxtlar va butalarning bioekologik xususiyatlari, tuproqning unumdorligi, qurgʻoqchilikka chidamliligi, shuningdek, quyoshli va soya joylarga moslashuvchanligi eʼtiborga olinishi lozim.
Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning koʻkalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan hamda maʼnan eskirgan bino va inshootlarni renovatsiya qilish bundan mustasno).
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish hamda parvarish qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash hamda ularni ekish:
aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga biriktirilgan yoʻl va koʻchalar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi) tashkilotlari;
tabiiy va sunʼiy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishgan holda suv xoʻjaligi organlari;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xoʻjaligi yerlarida hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. Yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib daraxtlar va butalarni ekish mumkin.
Tumanlar (shaharlar) markaziy koʻchalarini koʻkalamzorlashtirish uchun ekiladigan daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligini taʼminlash maqsadida yoshi 5 yildan kam boʻlgan koʻchatlarni hamda sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan yerlarga koʻchatlarni ekish taqiqlanadi.
Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda bahor va kuz oylarida, zaruratdan kelib chiqib daraxtlarni koʻchiradigan maxsus texnika mavjud boʻlganida yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan, yerdan 1,3 metr balandlikdagi tana diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraxtlar hamda tana ildiz boʻgʻzi diametri 10 santimetrgacha boʻlgan butalar ruxsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilishi mumkin.
Davlat dasturlari, transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida belgilangan oʻlchamlardan ortiq boʻlgan daraxt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruxsat beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma asosida har bir koʻchirilgan daraxt va butani uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
9. Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirish:
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda-biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp kvartirali uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — mazkur yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda hamda zaxira yerlarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
boshqa aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari;
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
Butashdan hosil boʻladigan shox-shabbalarni olib chiqib ketish ushbu ishlarni bajargan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
11. Turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish:
shaharlar va boshqa aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
qolgan hududlarda esa ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
12. Yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari, shuningdek, ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlardagi daraxt va butalarni parvarish qilish va ularning muhofazasini taʼminlashlari shart.
3-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish
13. Daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish statistik hisobotlarni tuzishda foydalanish uchun maʼlumotlar olish, koʻkalamzorlashtirishni rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish va mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish, shaharlar va boshqa aholi punktlarida landshaft-arxitektura obyektlarini qayta tiklash, rekonstruksiya qilish va foydalanish, ularning saqlanishi va holati uchun javobgar shaxslarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
14. Xatlov natijasida daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinib, ularning reyestrlari shakllantiriladi.
15. Xatlov har yili ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida oʻtkaziladi. Bunda yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish boʻyicha qoʻshimcha xatlovlar amalga oshirilishi mumkin.
16. Xatlovni oʻtkazish uchun har bir hududda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda daraxtlar xatlovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tarkibi, xatlovni oʻtkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) hududiy boʻlinmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Ishchi guruh mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari hamda oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
17. Ishchi guruh tomonidan shaharlar, tumanlar va boshqa aholi punktlari, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari hamda tabiiy va sunʼiy suv havzalarining xaritalari yoki sxemalari asosida xatlov oʻtkaziladigan uchastkalar va ularga masʼullar belgilanadi.
18. Ishchi guruhning vazifalari quyidagilardan iborat:
joylarga chiqqan holda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish va qayd etish;
daraxtlar reyestrini shakllantirish va Ekologiya qoʻmitasiga umumlashtirish uchun taqdim etish;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylar mulkdorlari egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan yoki shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalarini, shuningdek, ularda joylashgan daraxt va butalarni aniqlash, tutash yer uchastkalari chegaralarini belgilash, ularni ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq ajratib berish boʻyicha (daraxtlar joylashuvi sxemasi (xaritasi) ilova qilingan holda) takliflar ishlab chiqish va kiritish.
19. Xatlov ishlari aholi yashash punktlarida, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, tabiiy va sunʼiy suv havzalari boʻylarida, fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda, zaxira yerlarda hamda tashkilotlar hududlarida olib boriladi.
20. Xatlov quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda daraxtlarni hisobga olish hamda ularni jurnalda yoki raqamlashtirish yoʻli bilan qayd etish;
qayd etilgan maʼlumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Daraxtlar reyestriga kiritish;
21. Xatlov ishlari Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha metodik qoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
22. Yangi (joriy yilda) ekilgan daraxtlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl asosida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga majburiy tartibda taqdim etib boriladi hamda ekilgan daraxtlar qiymati, turi va soniga qarab buxgalteriya qoidalariga binoan tegishliligicha balansga olinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
23. Xatlov oʻtkazishda yuz yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritiladi.
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb eʼlon qilish “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Tabiat yodgorligi deb eʼlon qilingan daraxtlarni tashqi taʼsirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan bir metrdan kam boʻlmagan masofada va balandligi bir metr yigirma santimetr boʻlgan metall panjara bilan oʻralishini taʼminlashi kerak.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Shuningdek, ushbu daraxtlar toʻgʻrisidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reyestr raqami, joylashgan manzili) maʼlumotni oʻz ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qoʻyilishi zarur.
25. Xatlov yakunlari boʻyicha shakllantirilgan daraxtlar reyestri maʼlumotlari ishchi guruh tomonidan respublikada yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun Ekologiya qoʻmitasiga yuboriladi.
Ekologiya qoʻmitasi daraxtlar reyestri maʼlumotlarini umumlashtiradi va “Yashil makon” platformasiga joylashtiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
26. “Yashil makon” platformasi:
yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan qoʻshimcha xatlovlar;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga majburiy tartibda taqdim etib boriladigan, yangi ekilgan daraxtlar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar;
daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish va koʻchirish boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida muntazam ravishda yangilab boriladi.
“Yashil makon” platformasi maʼlumotlaridan kelgusida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun daraxtlar mavjud uchastkalarda loyihalashtirish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish va boshqa ishlarni olib borish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.
27. Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari daraxtlarni biriktirish boʻyicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalari xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etish;
xatlov natijalariga muvofiq tegishli yer uchastkalarini davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga belgilangan talablar asosida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish yuzasidan taklif ishlab chiqish va mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
aholi punktlaridagi qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilariga tutash hududlardan kelib chiqqan holda biriktirish boʻyicha taklif ishlab chiqish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Daraxtlarni biriktirish boʻyicha takliflarga daraxt joylashuvi sxemasi (xaritasi), mahalliy davlat hokimiyati organining daraxtlarni biriktirish toʻgʻrisida tegishli qarori loyihasi hamda foto materiallar ilova qilinadi.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”ni koʻkalamzorlashtirish, shu jumladan, ular hududlarida daraxtlarni ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ishsiz shaxslar mavjud boʻlganda har bir mahalladan kamida bittadan fuqaro jalb qilinishi mumkin.
Ushbu fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
28. Daraxtlarni biriktirish:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) boʻlgan yer uchastkalarini;
aholi punktlarida joylashgan hamda boʻsh turgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalarini;
shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga moʻljallangan yer uchastkalarini tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda ajratib berish;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tashkilotlardan boshqa yuridik shaxslar — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijaraga oluvchilarga yer uchastkalarini ajratmagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining daraxtlarni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlari bilan amalga oshiriladi. Bunda daraxtlarni biriktirish yuridik shaxslarning roziligi asosida Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan keng targʻibot va tashviqot tadbirlarini tashkil etish doirasida amalga oshiriladi.
(28-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
29. Ushbu Nizomning 28-bandiga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalaridagi mavjud daraxtlar yoki yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ajratmagan holda biriktirib berilgan daraxtlar boʻyicha Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylar mulkdorlari va boshqa yuridik shaxslarga daraxtlar reyestridan elektron shaklda koʻchirmalar beriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Daraxtlar reyestridan koʻchirma ikki nusxada tuziladi va Ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi hamda daraxtlar reyestridan koʻchirmani qabul qilib oluvchi tashkilot rahbari yoki uning ishonchli vakili tomonidan imzolanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Daraxtlar reyestridan koʻchirmaning bir nusxasi Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasida, ikkinchi nusxasi tegishli tashkilotda saqlanadi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Daraxtlar reyestridan koʻchirma yangi ekilgan, ruxsatnomalar asosida kesilgan, qonunga xilof ravishda kesilgan, kundakov qilingan, yoʻq qilingan, shuningdek, koʻchirib oʻtkazilgan daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida yangilab boriladi.
Daraxtlar reyestridan berilgan koʻchirma mazkur daraxtlar va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan hech qanday huquqni keltirib chiqarmaydi.
30. Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasi zarur hollarda ushbu Nizomning 28-bandiga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalaridagi daraxtlarni parvarish qilish hamda sugʻorish yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga majburiy koʻrsatmalar kiritadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
5-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, koʻchirib oʻtkazish yoki kompensatsiyaviy ekish tartibi
31. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holatlarda yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mustasno.
Daraxtlar va butalarni kesish, koʻchirib oʻtkazish toʻlov asosida amalga oshiriladi, bundan sanitariya maqsadida kesish hollari mustasno.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
311. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar tanasining bir qismi va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlar) sanitariya maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarida tashkil etilgan komissiyalarning qarorlariga muvofiq toʻlovlarsiz ruxsatnoma asosida kesiladi. Bunda ushbu komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarining malakali mutaxassislaridan iborat yetti kishilik tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
32. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, koʻchirib oʻtkazish uchun ruxsatnoma berish (olish) Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
a) Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish muddati davomida:
(32-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
hujjatlarni tekshiradi;
zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda oladi;
daraxtlar va butalar holatini joyiga chiqib oʻrganadi;
daraxtlar va butalarni kesish, koʻchirib oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik eshituvini amalga oshiradi va uning xulosasini shakllantiradi;
(32-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
daraxtlar va butalarni saqlab qolish imkoniyatlarini, shu jumladan, koʻchirib oʻtkazish masalasini koʻrib chiqadi hamda koʻchirib oʻtkaziladigan daraxtlar va butalarning soni, turi, muddatlari va koʻchirish joyini aniqlaydi;
saqlab qolishning iloji boʻlmagan taqdirda, kesilishi lozim boʻlgan daraxtlar va butalar sonini belgilaydi hamda kompensatsiyaviy ekiladigan daraxtlar va butalarning soni, turi hamda ekish muddati va joyini aniqlaydi.
b) yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam boʻlmagan yirik oʻlchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) 10 tup koʻchatni ekish hamda kamida ikki yil davomida parvarish qilish boʻyicha qoʻshimcha majburiyat yuklanadi.
Bunda Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan kesilgan daraxtlar va butalarning qiymati, ular oʻrniga ekiladigan koʻchat turlari, shuningdek, ularni ekish muddatlari hamda joyi koʻrsatilgan holda majburiy koʻrsatma beriladi.
Daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilgani uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimni toʻlagani yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiya tarzida ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari yoki boshqa ekspertlar, shu jumladan, daraxtlarning holatini baholash maqsadida dendrologiya boʻyicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruhlar tashkil etishi mumkin.
(32-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari yoki boshqa ekspertlar, shu jumladan, daraxtlarning holatini baholash maqsadida dendrologiya boʻyicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruhlar tashkil etishi mumkin.
(32-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
33. Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlari Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari vakillari nazorati ostida yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki ushbu yer uchastkalarida loyihalarni amalga oshiruvchi buyurtmachi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
tegishli yuridik va jismoniy shaxslar Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarga daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini taʼminlash yuzasidan yozma ravishda xabar beradi;
yozma xabarnomani olgan manfaatdor shaxslar daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlarida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlaydi;
koʻchirib oʻtkazish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraxtlar va butalar soni, turi, koʻchirib oʻtkazishning sababi, ushbu jarayonda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi (F.I.O., tashkilot nomi) maʼlumotlar koʻrsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusxada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi;
dalolatnomada masʼul shaxslarning ruxsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilgan daraxt va butalarni kamida oʻch yil davomida parvarish qilish majburiyati qayd etiladi.
Koʻchirib oʻtkazish dalolatnomasining asl nusxasi Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida uch yilgacha saqlanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
34. Kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar uchun yer uchastkalari Ekologiya qoʻmitasi tomonidan hududlarda tashkil etilgan “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”, daraxt va butalar bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlari, shuningdek, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan boshqa hududlardan belgilanadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Kompensatsiyaviy ekish ishlari Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari vakillari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda:
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari kompensatsiyaviy ekish uchun masʼul shaxslarga, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarga daraxtlar va butalarni kompensatsiyaviy ekishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini taʼminlash yuzasidan yozma ravishda xabar beradi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
kompensatsiyaviy ekish uchun masʼul shaxslar va boshqa manfaatdor shaxslar daraxtlar va butalarni kompensatsiyaviy ekish ishlarida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlaydi;
kompensatsiyaviy ekish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraxtlar va butalar soni, turi, yoshi, kompensatsiyaviy ekish sabablari (asoslari), kompensatsiyaviy ekishda ishtirok etgan jismoniy yoki yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi (F.I.O., tashkilot nomi) maʼlumotlar koʻrsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusxada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada masʼul shaxslarning kompensatsiyaviy ekilgan koʻchatlarni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati qayd etiladi.
Kompensatsiyaviy ekish dalolatnomasining asl nusxasi Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida uch yilgacha saqlanadi.
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Kompensatsiyaviy ekish ishlarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
341. Kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta koʻchatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ushbu daraxt va buta koʻchatlari ekilishi hamda belgilangan muddat davomida parvarish qilinishi mumkin. Bunda:
belgilangan yer uchastkalarida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalashtirish tashkiloti ishlab chiqadigan loyihalar asosida daraxt va buta koʻchatlari davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi hamda parvarish qilinadi;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta koʻchatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarish qilish xarajatlarini davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlariga toʻlab beradi.
Daraxt va buta koʻchatlari kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ruxsatnoma asosida yoki noqonuniy tarzda kesilgan daraxt va butalar joylashgan hududda ekiladi hamda parvarish qilinadi, boʻsh yer uchastkalari mavjud boʻlmagan hollar bundan mustasno.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
35. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
quriyotgan yoki qurib qolgan;
dekorativ xususiyatini yoʻqotish natijasida hovli, koʻcha va boshqa jamoat joylarining koʻrinishini buzib turgan;
kasallikka chalingan;
kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
odamlarning hayoti va sogʻligʻiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalga oshiriladi.
36. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
shaharlar va tumanlar markazidagi koʻchalarda hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
mahallalar hududlari hamda koʻp kvartirali uylar oraligʻi va atrofida, shu jumladan, koʻchalar va boshqa aholi punktlarida — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining tashkilotlari;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — tegishliligi boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va suv xoʻjaligi organlari;
(36-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Kesish, butash va koʻchirib oʻtkazish ishlarida hosil boʻlgan chiqindilarning (shox-shabba, barglar va boshqa kesish ishlari qoldiqlari) olib chiqib ketilishi, shuningdek, buzilgan yerlarning qayta tiklanishi ushbu ishlarni amalga oshirgan masʼullar tomonidan bir sutka davomida taʼminlanishi shart.
daraxt va butalarni sanitar maqsadida kesish, shakl berish hamda ularning ruxsat etilgan oʻlchamdagilarini koʻchirib oʻtkazish ishlari yaproq va igna bargli turlar uchun kuz mavsumida — oʻsimliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan boshlab bahor mavsumining 1-apreliga qadar amalga oshiriladi.
Daraxt va butalarni koʻchirib oʻtkazish ishlari, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq hollarda daraxt va butalarni ildiz tuprogʻini (komi) saqlagan holda amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
6-bob. Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun javobgarlik
38. Daraxtlar va butalarning noqonuniy kesilishi, kundakov qilinishi, shikastlantirilishi, yoʻq qilinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda:
ushbu Nizomga 4-ilovada belgilangan miqdorlarda zarar hisoblanib, tegishli tartibda undiriladi;
noqonuniy tayyorlangan mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) huquqbuzardan olib qoʻyiladi;
huquqbuzarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam boʻlmagan (daraxt — 3 yillik, buta — 2 yillik) 100 tup koʻchatni ekish hamda kamida uch yil davomida parvarish qilish boʻyicha majburiyat yuklanadi. Bunda Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari noqonuniy kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan daraxtlar va butalarning qiymatini, ular oʻrniga ekiladigan koʻchatlarning turlarini, shuningdek, ekish muddatlari hamda joyini belgilagan holda majburiy koʻrsatma beradi. Kompensatsiya tarzida ekish ishlari ushbu Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslari majburiy koʻrsatmalarini bajarmaslik huquqbuzarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
39. Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytiriladi. Bunda:
darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) koʻtarish imkonidan mahrum boʻladi;
darajasini (reyting bahosini) bir pogʻonaga pasaytirish imkoni boʻlmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan toʻliq chiqarib tashlanadi.
Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holati tasdiqlanganidan soʻng uch kun muddatda Ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasiga (reyting bahosiga) taʼsir koʻrsatish choralarini koʻrish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi taqdimnoma tushgan kundan boshlab 10 ish kunida tegishli qurilish-pudrat tashkilotining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasiga taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllaydi va bu toʻgʻrisida Ekologiya qoʻmitasiga rasmiy axborot kiritadi.
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
40. Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesishdan hosil boʻlgan mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish orqali qabul qilib olinadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Ushbu mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) tayyorlov va savdo tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari omborxonalariga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi mumkin.
Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida yoki noqonuniy kesishdan hosil boʻlgan mahsulotlar (yogʻoch, oʻtin va boshqalar) oʻtin sifatida ishlatish uchun “Mehribonlik” uylari, “Gʻamxoʻrlik” markazlari va Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, shuningdek, taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlariga hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga tegishli dalolatnoma asosida beriladi.
(40-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
41. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni gʻayriqonuniy kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki koʻchirib oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlar (zarar va jarimalar) Ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga tushadi va uning 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Tut daraxtlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Bunda undirilgan jarimalarning 50 foizi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hisobvaragʻiga, 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar, qonunbuzarlik sodir etilgan hududda maqsadli ravishda yangi tut koʻchatlarini ekishga yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlarni boshqa maqsadlarga, shu jumladan, qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi boʻyicha davlat nazorati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
43. Daraxtlar va butalarni muhofaza qilish, parvarish qilish, xatlovdan oʻtkazish, biriktirish, kesish, koʻchirib oʻtkazish, ekish yoki kompensatsiyaviy ekish ustidan jamoatchilik nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash va ekish
1. Aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari.
2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga biriktirilgan yoʻl va koʻchalar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
3. Tashkilotlarga tegishli hududlarda — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
5. Tabiiy va sunʼiy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishgan holda suv xoʻjaligi organlari.
6. Fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
7. Zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Daraxtlar va butalarni ekish — bahor va kuz faslida yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqa fasllarda
2-bosqich
Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirish
1. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar.
2. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.
3. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
5. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.
6. Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari.
7. Fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
8. Zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Yil davomida
3-bosqich
Daraxtlar va butalarni butash
1. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda hamda zaxira yerlarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
2. Boshqa aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari.
3. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
5. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.
6. Daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari.
7. Fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Bahor faslida yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda — yil davomida
4-bosqich
Turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasallikka chalingan daraxt va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish
1. Aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
2. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
3. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
4. Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.
5. Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xoʻjaligi organlari.
6. Fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Yil davomida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish
1. Xatlov oʻtkazish toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qarorini qabul qilish.
2. Xatlovni oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruhni shakllantirish.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, yer egalari yoki biriktirilgan hududlardagi tegishli tashkilotlar
Xatlov oʻtkaziladigan yili 10-fevralga qadar
2-bosqich
Xatlov oʻtkaziladigan uchastkalar va masʼullarni belgilash.
Ishchi guruh
Xatlov oʻtkaziladigan yili 1-martga qadar
3-bosqich
1. Joyiga chiqqan holda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish hamda ularni jurnalda yoki raqamlashtirish yoʻli bilan qayd etish.
2. Qayd etilgan maʼlumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va daraxtlar reyestriga kiritish.
3. Daraxtlar reyestri maʼlumotlarini Ekologiya qoʻmitasiga taqdim etish.
Ishchi guruh
Xatlov oʻtkaziladigan yili 1-martdan 1-noyabrga qadar
4-bosqich
1. Daraxtlar reyestri maʼlumotlarini “Yashil makon” platformasiga kiritish maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
DARAXTLAR REYESTRI
Reyestr raqami
Viloyat
Tuman
(shahar)
Tashkilot nomi
Manzili
(MFY, koʻcha va bosh.)
Daraxt turi
(nomlanishi)
Daraxts oni
Daraxt holati
(sogʻlom, kasallangan, qurigan)
Daraxt tanasining aylanma oʻlchami
(1,3 metr balandlikda, sm)
Daraxt ningyoshi
(yil)
Joylashuv lokatsiyasi
(koordinatalari)
Daraxtlarni roʻyxatga olish raqami
Xatlov dalolatnomasi raqami va sanasi
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zararni undirish
MIQDORLARI
T/r
Qoidabuzarlik turlari
Zarar miqdori (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
100 yoshdan kichik
100 yosh va undan yuqori
kam qiymatli
qimmatbaho
kam qiymatli
qimmatbaho
1.
Kesilgan, yoʻq qilingan yoki oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxt va buta uchun, toʻnkasi oldidagi diametri (sm):
4 gacha
1
4
4
8
4,1 — 8
1,5
6
6
12
8,1 — 12
2
10
8
20
12,1 — 16
3
13
12
26
16,1 — 20
5
18
20
36
20,1 — 24
7,5
25
30
50
24,1 — 28
9
35
36
70
28,1 — 32
11,5
45
46
90
32,1 — 36
16,5
55
66
110
36,1 — 40
22
65
88
130
40,1 — 44
26
80
104
160
44,1 — 48
31
95
124
190
48,1 — 52
36
105
144
210
52,1 — 56
41
115
164
230
56,1 — 60
46
135
184
270
60,1 — 64
52,5
145
210
290
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.
2.
Noqonuniy kesilgan:
1 m³ saksovul uchun
14
1 m³ cherkez, qandim, yulgʻun va boshqa yovvoyi holda oʻsuvchi butalar uchun
3
3.
Oʻsishdan toʻxtamaydigan darajasigacha shikast yetkazilgan har bir:
daraxt uchun
3
4
4
4
buta uchun
1
2
Izoh.
Noqonuniy kesilgan daraxtlarning tanasi diametri yer bilan tutashgan joyidan oʻlchanadi.
Butalarning diametri ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi.
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ilovada:
ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida” soʻzlari “Davlat oʻrmon fondi yerlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda undirish miqdori” ustuni nomidagi “shuningdek aholi yashash joylari va transport magistrallarining oʻrmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxt-butazorlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 15-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish;
b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchatlarini ekish (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish.
”.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarorining 266-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 557-bandi.