1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.01 Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining
Qarori
“Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 9 avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2779-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son “Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2779, 2016-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 170-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
15-2022-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
17-2022Q/Q-son
Xalq taʼlimi vaziri B. SAIDOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-iyul,
4-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-son qaroriga ILOVA
“Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “oʻrta maxsus va professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Mazkur Nizom yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) bitiruvchilarini (bundan buyon matnda bitiruvchi deb yuritiladi) “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibini belgilaydi.”;
“5. Bitiruvchi nafaqa olish uchun taʼlim muassasasini bitirib, ishga joylashgandan keyin oʻzi tamomlagan taʼlim muassasasi direktoriga nafaqa berilishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
vasiy yoki homiy tayinlash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining yoki bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi kelishuvning nusxasi;
doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli haqida maʼlumotnoma.
Bunda, bitiruvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi nusxasi, biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), bitiruvchi yoki uning ota-onasida mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqidagi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining maʼlumotnomalari, bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli — nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlgan taqdirda) taʼlim muassasasi tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.”;
“6. Taʼlim muassasasi direktori ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek taʼlim muassasasi tomonidan soʻrab olingan mazkur Nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarni bir ish kuni ichida kuzatuv xati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimiga (bundan buyon matnda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi deb yuritiladi) taqdim etadi.”;
uchinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi — komissiya aʼzosi;”;
oltinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “taʼlim” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“9. Arizalarni koʻrib chiqishda komissiya taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagi masalalarni oʻrganadi:
bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos boʻlgan holatlar (ota-onasi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat ishlash, oʻqish yoki boshqa maqsadlarda ketgan, ozodlikdan mahrum etilgan va h. k.);
bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli, turar joy bilan taʼminlanganlik darajasi;
bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi).”;
i) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqidan” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdoridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
y) 18 va 22-bandlardagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “Taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)