Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“yoʻl harakati qatnashchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs;”;
“piyoda — transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaxs. Nogironligi boʻlgan shaxslarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasini yetaklagan, shuningdek harakatlanish uchun rolikli konkilar, dvigatelsiz samokatlar va boshqa shularga oʻxshash vositalardan foydalanayotgan shaxslar ham piyodalarga tenglashtiriladi;”.
2.
35-banddagi “2015-yil 24-dekabrdagi 370-son” degan soʻzlar “2022-yil 12-apreldagi 172-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“b” kichik band “sariq bayroq,” degan soʻzlardan keyin “sutkaning” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandning
birinchi xatboshisi “sariq bayroq,” degan soʻzlardan keyin “sutkaning” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
5. 100-bandning
birinchi xatboshisi “qizil shit,” degan soʻzlardan keyin “sutkaning” degan soʻz bilan toʻldirilsin.