Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-son “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga hamda taʼlimga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-son “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 330-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq
muqaddimasidagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Mazkur Nizom oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi”.