Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 2-mh-son “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3137, 2019-yil 18-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2019-y., 10/19/3137/2632-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruq
muqaddimasidagi “2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga (bundan buyon matnda gimnastika maktabi deb yuritiladi) oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish hamda qabul qilish tartibini belgilaydi.”;
b)
5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v)
6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.