1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Axborot va kompyuter texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya hamda innovatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga tatbiq etishni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha bosh oliy oʻquv muassasasi etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PF-5083-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 490-modda)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklarining 2005-2006 oʻquv yilidan boshlab Nukus, Qarshi, Samarqand, Fargʻona va Urganch shaharlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PF-5083-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 490-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
3. Oʻzbekiston Milliy universitetida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida, Toshkent islom universitetida taʼlimning “informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash saqlab qolinsin.
2005/2006 oʻquv yilidan boshlab boshqa barcha oliy taʼlim muassasalarida taʼlimning “informatika va axborot texnologiyalari” yoʻnalishi boʻyicha talabalar qabul qilish toʻxtatilsin va ushbu yoʻnalish boʻyicha taʼlim olayotgan 2-4 kurslarning talabalari taʼlimni davom ettirish uchun 1-ilovaga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga va uning mintaqaviy filiallariga belgilangan tartibda oʻtkazilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mintaqaviy filiallarining namunaviy tuzilmalari4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
6. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallarini ochish, ularni joylashtirish va moddiy-texnik jihozlash bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish uchun 6-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus hukumat komissiyasi tuzilsin.
* 6-ilova berilmaydi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
ikki hafta muddatda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mintaqaviy filiallari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining amaldagi Ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Davlat test markazi bilan birgalikda 2005/2006 oʻquv yilida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiallariga talabalar qabul qilish boʻyicha test sinovlari oʻtkazish borasida zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
8. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bir oy muddatda taʼlimning “informatika va axborot texnologiyalari (sohalar boʻyicha)” yoʻnalishida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda filiallarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti uchun 2005-yilga tasdiqlangan budjet mablagʻlari miqdoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida va yangi tashkil etiladigan mintaqaviy filiallarda taʼlimni tashkil etish uchun zarur budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda beriladigan bino va inshootlarni 2005/2006 oʻquv yili boshlanishiga qadar kapital taʼmirlash, shuningdek zarur oʻquv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlash amalga oshirilishini nazarda tutgan holda mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-iyun,
PQ-91-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qaroriga 1-ILOVA
Taʼlimning 5521900-“informatika va axborot texnologiyalari (sohalar boʻyicha)” yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning mintaqaviy filiallariga oʻtkazadigan respublika oliy taʼlim muassasalari roʻyxati
Oliy taʼlim muassasasi nomi
Oʻtkaziladigan 2-4 kurslar talabalari soni
Talabalar oʻtkaziladigan oliy oʻquv yurtlari nomi
Toshkent davlat texnika universiteti
450
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent arxitektura-qurilish instituti
154
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
72
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Qoraqalpoq davlat universiteti
94
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
Samarqand davlat universiteti
383
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
Jizzax politexnika instituti
238
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
Buxoro davlat universiteti
48
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
Qarshi davlat universiteti
20
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
49
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
Namangan muhandislik-pedagogika instituti
132
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
Andijon davlat universiteti
31
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti
98
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
Fargʻona politexnika instituti
192
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
Urganch davlat universiteti
194
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand va Fargʻona filiallarining namunaviy tuzilmasi
Xodimlarning umumiy soni — 49 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 17 kishi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-con, 157-modda; 2017-y., 24-son, 490-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)