Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi- energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash hamda narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazish ishlarini puxta tahlil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son
qarorining amal qilishi vaqtincha toʻxtatib turilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.