toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-sonli “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 387-son “Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turish haqida”gi qaroriga asosan vaqtincha toʻxtatilgan.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini ishonchli tarzda yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash uchun moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazish va bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining manfaatlarini hisobga olish va energetika sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyul hamda 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-apreldan belgilanadigan yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari 2024 va 2025-yillarda faqat yillik inflatsiya darajasi miqdorida indeksatsiya qilib boriladi;
2026-yildan boshlab tabiiy gaz, elektr energiyasi va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga oʻtiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ushbu qarorga muvofiq yoqilgʻi-energetika resurslarining joriy etilayotgan yangi narxlarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va 2022-yil 15-iyuldan boshlab kuchga kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari A. I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-iyun,
348-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-son qaroriga
1-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyul hamda 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi
NARXLARI

T/r

Nomi

Oʻlchov birligi

Bir oʻlchov birligi uchun narxlar

(QQS hisobga olingan holda soʻm)

2022-yil 15-iyuldan

2023-yil 1-apreldan

1.

Elektr energiyasi

1.1.

Isteʼmolchilarning I va II guruhlari:

1.1.1.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va budjet tashkilotlari, shuningdek, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari uchun

kVt soat

800

850

1.1.2.

qolgan isteʼmolchilar uchun

600

700

1.2.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, aholi:

1.2.1.

ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun:

kVt soat

147,5

1.2.2.

qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun:

295

1.3.

Isteʼmolchilarning IV guruhi

kVt soat

600

700

1.4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar uchun

kVt soat

600

700

2.

Tabiiy gaz

2.1.

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga, gazni hisobga olish uskunalari mavjud boʻlganda:

kub m

380

2.2.

Tabiiy gazni hisobga olish uskunalari mavjud boʻlmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga:

2.2.1.

ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun

kub m

660

2.2.2.

isitish uchun

kub m

380

2.3.

Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (shu jumladan, balansida avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari boʻlgan yuridik shaxslarga)

kub m

1 150

1 350

2.4.

Issiqlik elektr stansiyalari va elektr energiyasi yagona xarid qiluvchisiga

kub m

1 000

1 200

2.5.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va budjet tashkilotlari uchun

kub m

1 300

1 350

2.6.

Boshqa yuridik isteʼmolchilar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar uchun

kub m

1 100

1 350

3.

Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan suyultirilgan gaz

kg

1 120

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-iyundagi 348-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Turmushda isteʼmol qilinadigan suyultirilgan gaz, “UzGasTrade” AJ xamda “Hududgaztaʼminot” AJ va (yoki) uning hududiy boʻlinmalari orqali sotiladigan tabiiy gaz”;
b) 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qarorida:
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. 2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 markali avtomobil benzini birja savdolari orqali sotiladigan tartib belgilansin.
2022-yil 15-iyuldan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har oylik kompensatsiya miqdori har chorakda “Oʻzbekneftgaz” AJning avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali hisobot davridan oldingi chorakning oʻrtacha sotish narxidan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilsin.”;
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son)