toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1830-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining arim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 26-maydagi 155-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1830, 2008-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 255-modda) bilan tasdiqlangan “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-iyun,
227-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyundagi 227-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Jismoniy shaxslar uchun “UZ” domenidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish, amal qilish muddatini uzaytirish) uchun ariza shakli

Nomi

Maʼlumotlar

Egasi

F.I.O. (toʻliq)*

Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami*

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun)*

Pochta manzili (yashash joyining manzili)

mamlakat

shahar

koʻcha

uy, xonadon

pochta indeksi

Telefon yoki faks*

Elektron pochta manzili*

Domen nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Domen nomi (toʻliq)*

Amal qilish muddati*

DNS axboroti

Primary Server Nostname

Primary Server Netaddress

Secondary Server Nostname

Secondary Server Netaddress

Ariza berilgan sana*

Ariza beruvchining imzosi*

Izoh: *toʻldirilishi shart boʻlgan qatorlar.”
2. “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yuridik shaxslar uchun “UZ” domenidagi domen nomini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish, amal qilish muddatini uzaytirish) uchun ariza shakli

Nomi

Maʼlumotlar

Egasi

Yuridik shaxs nomi*

Shartnoma tuzgan shaxs (F.I.O. (toʻliq) va lavozimi)*

Pochta manzili:

mamlakat

shahar

koʻcha

uy, xonadon

pochta indeksi

Telefon yoki faks*

Elektron pochta manzili*

STIR*

Bank rekvizitlari

Bank nomi*

Bank kodi*

Hisob raqami*

Maʼmuriy bogʻlanish

F.I.O. (toʻliq)*

lavozimi*

Pochta manzili*

Telefon yoki faks*

Elektron pochta manzili*

Texnik bogʻlanish

F.I.O. (toʻliq)*

lavozimi*

Pochta manzili*

Telefon yoki faks*

Elektron pochta manzili*

Billing bogʻlanish

F.I.O. (toʻliq)*

lavozimi*

Pochta manzili*

Pochta indeksi*

Telefon yoki faks*

Domen nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Domen nomi (toʻliq)*

Amal qilish muddati*

DNS axboroti

Primary Server Nostname

Primary Server Netaddress

Secondary Server Nostname

Secondary Server Netaddress

Ariza berilgan sana*

Tashkilot rahbarining imzosi*

Izoh: *toʻldirilishi shart boʻlgan qatorlar.”
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/1830-2/0574-son)