1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga “oilabay” yondashuv tizimini joriy etish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish, bunga javobgar boʻlgan vazirlik va idoralarning masʼuliyatini kuchaytirish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish tizimini yanada jadallashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
1. 2022-yil 1-iyuldan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinsin, bunda:
a) mahallalardagi xotin-qizlar faollariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
har bir xonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.07.00 Boquvchisini yoʻqotgan oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish]
ijtimoiy yordamga muhtoj har bir oilani individual ijtimoiy himoya qilish rejasini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
aholi murojaatlari asosida va ijtimoiy himoya rejasining ijrosini oʻrganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrsatilishini doimiy nazorat qilib borish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.02 Xususiy tibbiy amaliyot]
murakkab va yuqori texnologik tibbiy amaliyotlarga, nogironligi boʻlgan shaxslarning protez-ortopediya buyumlariga va shu kabi boshqa ijtimoiy xizmatlarga oilalarning ehtiyoji boʻyicha tavsiyalar va buyurtmalar berish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish]
ijtimoiy himoyaga masʼul barcha idoralar tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi ustidan monitoring olib borish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
b) Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish shtabi) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin va unga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash borasida quyidagi vazifalar yuklatilsin:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
oilalardagi ijtimoiy muammolarni hal etishda kompleks yondashuv tizimini yoʻlga qoʻyish;
oilalardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash uchun xotin-qizlar faoli bilan hamkorlik qilish;
oilalarni iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarish va mehnat orqali barqaror daromad manbai bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
sogʻlom hayot tarzini targʻib qilish hamda tibbiy yordamga muhtoj oilalarga oʻz vaqtida sifatli tibbiy koʻmak koʻrsatilishini tashkillashtirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
yuridik koʻmak koʻrsatish va huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Muvofiqlashtirish shtabining ishchi organi etib Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi belgilansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Muvofiqlashtirish shtabi bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)larda mutasaddi vazirlik, idora va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlaridan iborat Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtabi (keyingi oʻrinlarda — Hududiy shtab) faoliyatini tashkil etsin.
Hududiy shtablar mahallardagi xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarning ijtimoiy muammolari boʻyicha kiritilgan tavsiyalar va buyurtmalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va tegishli xizmatlarning koʻrsatilishga masʼul etib belgilansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-noyabrga qadar:
a) mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan har ikki haftada Hududiy shtablarga quyidagi maʼlumotlar kiritib boriladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
mahallalarda xonadonlar ahvoli, oilalardagi haqiqiy holat asosida ularning ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyoji;
mahallalardagi oilalarni oʻrganish natijalari boʻyicha ularga aniq ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar;
murakkab va yuqori texnologik operatsiyalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarning protez-ortopediya buyumlariga va shu kabi boshqa ijtimoiy xizmatlarga oilalarning ehtiyoji boʻyicha tavsiyalar va buyurtmalar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
mahallalarda xonadonlar ahvolini kuzatib borish hamda aholi murojaatlari asosida ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatilishining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha maʼlumot;
b) Hududiy shtablar mahallalardagi xotin-qizlar faollaridan kelib tushgan maʼlumotlarni oʻz hududi kesimida umumlashtirgan holda ikki kun muddatda ularni Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;
v) Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan maʼlumotlar asosida uch kun muddatda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand boʻlgan oilalarga Hududiy shtab aʼzosining masʼul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini tashkillashtiradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]
3. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan koʻrsatilayotgan moliyaviy, texnik va ekspert koʻmagi asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi negizida “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron modulini (keyingi oʻrinlarda — “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli) 2022-yilning 1-avgustiga qadar ishlab chiqsin va uning ishga tushirilishini taʼminlasin.
Belgilansinki, “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
mahallalarda oilalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalga oshirish boʻyicha maxsus elektron dasturiy taʼminot hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
foydalanuvchisi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hisoblanadi;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining tarkibiy qismi boʻlib, uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, takomillashtirish hamda texnik qoʻllab-quvvatlash Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
mahallalarda davlat ijtimoiy xizmatini yoki yordamini koʻrsatishda davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligini amalga oshirishga xizmat qiladi.
4. Belgilansinki:
a) 2022-yil 1-avgustdan boshlab, dastlab Surxondaryo viloyatining mahallalarida “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Bunda, Surxondaryo viloyatining mahallalaridagi xotin-qizlar faollari YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasining grant mablagʻlari hamda Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan planshetlar bilan taʼminlanadi;
b) 2022-yil 1-noyabrdan boshlab, respublikaning boshqa barcha mahallalarida “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi toʻliq joriy etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Moliya vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan planshetlarni “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova va moliya vaziri oʻrinbosari J.I. Abruyev mazkur bandda belgilangan vazifalarni samarali va toʻlaqonli amaliyotga tatbiq etish boʻyicha shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]
5. Belgilansinki, mahallalarda xotin-qizlar faollari orqali “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulini joriy etishning quyidagi uch bosqichini nazarda tutuvchi tartib belgilanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
a) birinchi bosqichda — “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli doirasida mahallalarda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj boʻlgan oilalarning ehtiyojmandlik darajasi avtomatlashtirilgan tarzda obyektiv qaror qabul qilish orqali baholanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Bunda, oilalarning maʼlum bir turdagi davlat ijtimoiy xizmatiga boʻlgan ehtiyoji fuqarolardan qoʻshimcha hujjatlar talab etmagan holda soʻrovnoma tarzda baholash mezonlariga muvofiq aniqlanadi;
b) ikkinchi bosqichda — “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulida har bir ijtimoiy xizmatga muhtoj boʻlgan oilalar uchun individual ijtimoiy rejalar tuziladi.
Bunda, individual ijtimoiy rejalar oilalarga kompleks yoki maʼlum bir turdagi ijtimoiy xizmat koʻrsatilishiga qarab tuziladi;
v) uchinchi bosqichda — individual ijtimoiy rejalarga muvofiq oilalarga ijtimoiy xizmatlarning koʻrsatilishi jarayoni “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali monitoring qilinadi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tizim asosida muhtoj oila va fuqarolarning muammolarini kompleks oʻrganish va ularni hal etishga koʻmaklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga maqsadli yordam berish ishlarining mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova):
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar planshetlarni “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulidan foydalanilish dasturiy taʼminoti bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda joylarda “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulining samarali ishlashini va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yangi tizim asosida ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini mahalla darajasida muvofiqlashtirib borsin.
7. Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Xotin-qizlarni, eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tarkibidagi xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish orqali ularni iqtisodiy nochor qatlamdan chiqarish hamda ular orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida quyidagilar tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq:
xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitishga yoʻnaltirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
davlat buyurtmasi asosida kasbga oʻqitilgan xotin-qizlarning malaka darajasini baholash va ularga malaka sertifikatini berish;
b) 2022-2023-yillarda xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish va ularning bandligini taʼminlash prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
v) quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat buyurtmasi asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi sinf, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq:
oʻquvchi-qizlarni axborot texnologiyalari boʻyicha qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish;
davlat buyurtmasi asosida oʻquvchi-qizlarni axborot texnologiyalari boʻyicha qoʻshimcha kurslarga yoʻnaltirish;
davlat buyurtmasi asosida qoʻshimcha kursda oʻqitilgan oʻquvchi-qizlarning malaka darajasini baholash va ularga malaka sertifikatini berish;
oʻquvchi-qizlarni qoʻshimcha kursga oʻqitishni moliyalashtirish.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang)]
mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan hamda tegishli vazirlik va idoralarning ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi xotin-qizga kasbga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarni qoʻshimcha kurslarga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda, axborot texnologiyalari yoʻnalishida nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqigan va tegishli malakaga ega boʻlgan oʻquvchi-qizlarni oʻqitish xarajatlarining 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarining boʻsh turgan bino-inshootlari tadbirkorlik subyektlariga nodavlat taʼlim tashkilotlari va “Oʻquv-ishlab chiqarish poligoni”ni tashkil etish hamda xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning bandligiga koʻmaklashish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga beriladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
xotin-qizlarni kasb-hunarga tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi muhandis-ustalarning malakasi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda oshirib boriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda “Bandlik xizmati” axborot tizimida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi alohida modul ishlab chiqsin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
xotin-qizlarning oʻquv yoʻnalishlari, oʻqish muddatlari, kasbga oʻqitish kurslaridagi davomati;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
xotin-qizlarga ajratilgan mablagʻlar (subsidiya, stipendiya), ularning oʻqishni tugatgan vaqti hamda bandligi holati kabi maʼlumotlar.
11. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.03.00 Ijtimoiy himoya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha bitimlar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda mahallalardagi xotin-qizlar faollarini “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulida ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish” mavzusidagi oʻquv-kurslarida oʻqitish, shu jumladan ularga masofaviy tarzdagi seminarlarni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda ijtimoiy himoyaga masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislarida kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga oid bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida anʼanaviy va masofaviy oʻquv kurslarini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
Belgilansinki, oʻquv kurslari va seminarlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
12. Boshqaruv samaradorligi agentligi (U. Xusainov) Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) bilan birgalikda mahallalardagi xotin-qizlar faollarini:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
ish faoliyati natijalariga koʻra Milliy kadrlar zaxirasiga kiritib borsin;
ikki yillik mehnat faoliyatining ijobiy natijalarini hisobga olgan holda ularning xizmat pogʻonasini koʻtarish boʻyicha vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar kiritib borsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.03.00 Ijtimoiy himoya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha bitimlar]
13. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga kompleks yondashuv tizimi asosida yordam berish ishlarini tashkil qilish va takomillashtirishda keng jamoatchilik, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻysin.
14. Belgilansinki, masʼul vazirlik va idoralar boʻlinmalari tomonidan tegishliligi boʻyicha kelib tushgan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi yoʻllanmalar oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, tegishli ijtimoiy xizmatlarning toʻlaqonli koʻrsatilishiga masʼul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
15. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyati, ahamiyati hamda vazifalarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
16. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har olti oy yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-iyun,
PQ-300-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-300-son qaroriga 1-ILOVA
Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika shtabi
TARKIBI
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Bosh vazir oʻrinbosari, Shtab rahbari
2.
Z.B. Maxkamova
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining raisi, Shtab rahbarining oʻrinbosari
3.
S. Turdiyev
—
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
S.B. Artikova
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
5.
B.T. Abdullayev
—
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
6.
J.I. Abruyev
—
Moliya vaziri oʻrinbosari
7.
M.M. Mirzayev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
8.
M.M. Ikramov
—
Adliya vaziri oʻrinbosari
9.
E.I. Basitxanova
—
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari
10.
A.K. Inakov
—
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori
11.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Izoh. Shtab aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-300-son qaroriga 2-ILOVA
Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Masʼul ijrochilar
I. Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish
1.
Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi faoliyatini tashkil etish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)larda mutasaddi vazirlik, idora va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlaridan iborat Mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtabi faoliyatini tashkil etish.
Bir hafta muddatda
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(J. Qoʻchqorov),
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi negizida “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli faoliyatini tashkil etish.
“Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli asosida:
mahallalarda oilalarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish;
mahallalarda davlat ijtimoiy xizmatini yoki yordamini koʻrsatishda davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligini amalga oshirish.
2022-yilning 1-avgustiga qadar
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov)
3.
Surxondaryo viloyatining mahallalarida “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etish.
Surxondaryo viloyatining mahallalaridagi xotin-qizlar faollarini YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasining grant mablagʻlari hamda Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan planshetlar bilan taʼminlash.
2022-yil 1-avgustdan boshlab
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Moliya vazirligi
(J. Abruyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi
(kelishuv asosida)
4.
Respublikaning barcha mahallalarida “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi toʻliq joriy etish.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan planshetlarni xarid qilish hamda ularni “Mahallada ijtimoiy xizmat” moduli orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etish.
2022-yil 1-noyabrdan boshlab
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Moliya vazirligi
(J. Abruyev),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi
(kelishuv asosida)
5.
Yangi tizim asosida muhtoj oila va fuqarolarning muammolarini kompleks oʻrganish va ularni hal etishga koʻmaklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga maqsadli yordam berish ishlarining mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etilishini yoʻlga qoʻyish.
Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda kiritish.
Bir oy muddatda
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(S. Turdiyev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
6.
Planshetlarni “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulidan foydalanilish dasturiy taʼminoti bilan taʼminlash.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda joylarda “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulining samarali ishlashini va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yangi tizim asosida ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini mahalla darajasida muvofiqlashtirib borish.
2022-yil 1-noyabrga qadar
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Shermatov)
7.
Yangi tizim asosida Mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda ijtimoiy himoyaga masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislarida tegishli koʻnikmalarni shakllantirish.
1. Mahallalardagi xotin-qizlar faollarini “Mahallada ijtimoiy xizmat” modulida ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish” mavzusidagi oʻquv-kurslarida oʻqitish, shu jumladan ularga masofaviy tarzdagi seminarlarni tashkil etish choralarini koʻrish.
2. Mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda ijtimoiy himoyaga masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislarida kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga oid bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida anʼanaviy va masofaviy oʻquv kurslarini tashkil qilish choralarini koʻrish.
Bir oy muddatda
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Moliya vazirligi
(J. Abruyev),
YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi
(kelishuv asosida),
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish
8.
“Bandlik xizmati” axborot tizimida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi alohida modul ishlab chiqish.
Quyidagilarni nazarda tutish:
xotin-qizlarning oʻquv yoʻnalishlari, oʻqish muddatlari, kasbga oʻqitish kurslaridagi davomati;
xotin-qizlarga ajratilgan mablagʻlar (subsidiya, stipendiya), ularning oʻqishni tugatgan vaqti hamda bandligi holati kabi maʼlumotlar.
Bir oy muddatda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov)
9.
Mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirib borish.
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish uchun kelgusi yilning I yarim yilligi uchun har yili dekabrga qadar, II yarim yilligi uchun har yili iyunga qadar davlat buyurtmasini shakllantirish.
Har yili iyun va dekabr oylarida
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi sinf, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirib borish.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va professional taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs oʻquvchi qizlarini asosiy taʼlim jarayoniga taʼsir etmagan holda qisqa muddatli davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida axborot texnologiyalari boʻyicha tashkil etilgan taʼlim kurslarida oʻqitish boʻyicha har yili dekabr oyida davlat buyurtmasini shakllantirish.
Har yili dekabr oyida
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Z. Maxkamova),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(N. Xusanov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-300-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida shakllantirilgan davlat buyurtmasiga muvofiq davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish hamda ularga malaka sertifikati berishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari — davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar;
xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasi (keyingi oʻrinlarda — davlat buyurtmasi) — mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish uchun beriladigan buyurtma.
3. Xotin-qizlarni kasbga oʻqitish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
kasbi (mutaxassisligi) mavjud boʻlmaganda;
mavjud kasbiy koʻnikmalariga maqbul ish yoʻqligi sababli kasbni (mutaxassislikni) oʻzgartirish zarurati boʻlganda;
kasbiy koʻnikmalari mavjud boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi, kasbiga (mutaxassisligiga) doir talablar oʻzgartirilganligi bois malaka oshirishi zarur boʻlganda;
avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish bajarish qobiliyati yoʻqotilganda.
4. Xotin-qizlarni kasbga oʻqitish:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda mahallalarda tashkil etilgan kasbga oʻqitish maskanlarida;
vazirlik va idoralar tizimidagi professional taʼlim muassasalarida tashkil etilgan qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarida;
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish tashkilotlarida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat buyurtmasini shakllantirish
5. Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tuman (shahar) hokimliklari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari oila va xotin-qizlar boʻlimlari bilan birgalikda kelgusi yilning I yarim yilligi uchun har yili 10-dekabrga qadar, II yarim yilligi uchun har yili 10-iyunga qadar:
hududlarda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojlarini oʻrganadi;
kasbga oʻqitishga ehtiyoji boʻlgan xotin-qizlarning kasb yoʻnalishlari kesimida davlat buyurtmasini ishlab chiqadi;
ishlab chiqilgan davlat buyurtmasini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlarga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) taqdim etadi.
7. Hududiy kengashlar taqdim etilgan davlat buyurtmalarini umumlashtirib, tahlil qiladi va besh kun ichida tasdiqlaydi.
Davlat buyurtmasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hududiy kengashlar tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitishga yoʻnaltirish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari bilan birgalikda:
ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan kasbga oʻqitish boʻyicha belgilangan taʼlim tashkilotlarining yillik oʻqitish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻqitish taqsimotini ishlab chiqadi;
oʻqitish taqsimotiga asosan taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish ishlarini tashkil etadi;
kasbga oʻqitish jarayonlarini monitoring qilib boradi;
kasbga oʻqitilgan xotin-qizlarning malaka darajasini baholash uchun Malakani baholash markazlariga yuboradi.
4-bob. Davlat buyurtmasi asosida kasbga oʻqitilgan xotin-qizlarning malaka darajasini baholash
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari davlat buyurtmasi asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqigan xotin-qizlarning malaka darajasini baholash uchun ularning malakani baholash markazlariga, shu jumladan “Ishga marhamat” monomarkazlarida tashkil etilgan malakani baholash markazlariga yuborilishiga koʻmaklashadi.
Bunda, nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqigan xotin-qizlar malaka darajasini baholatish uchun oʻzlari tegishli tartibda ixtiyoriy ravishda murojaat qilishi mumkin.
10. Malakani baholash markazlari tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori bilan tasdiqlangan Malaka darajalariga erishish sxemasi asosida kasbga oʻqitilgan xotin-qizlar malakasi baholanadi;
baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan xotin-qizlarga oʻn kun ichida malaka sertifikati beriladi.
11. Xotin-qizlarni kasbga oʻqitish bilan bogʻliq faoliyat Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan hamda tegishli vazirlik va idoralarning ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
Bunda, nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi xotin-qizga kasbga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 50-moddasi.
Davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitishni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, oila va xotin-qizlar boʻlimlari
1. Hududlarda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarining malakali kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojlarini oʻrganadi.
2. Kasbga oʻqitishga ehtiyoji boʻlgan xotin-qizlarning kasb yoʻnalishlari kesimida davlat buyurtmasini ishlab chiqadi.
3. Ishlab chiqilgan davlat buyurtmasini hududiy kengashlarga tasdiqlash uchun kiritadi.
Har yili 10-dekabrga qadar
(kelgusi yilning I yarim yilligi uchun),
Har yili 10-iyunga qadar
(II yarim yillik uchun)
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlari
1. Taqdim etilgan xotin-qizlarni kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmalarini umumlashtirib, tahlil qiladi.
2. Davlat buyurtmasini tasdiqlaydi.
5 kun ichida
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
1. Tasdiqlangan davlat buyurtmasi asosida taʼlim tashkilotlarining yillik oʻqitish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻqitish taqsimotini ishlab chiqadi.
2. Oʻqitish taqsimotiga asosan taʼlim tashkilotlarida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish ishlarini tashkil etadi.
3. Kasbga oʻqitish jarayonlarini monitoring qilib boradi.
4. Kasbga oʻqitilgan xotin-qizlarning malaka darajasini baholash uchun malakani baholash markazlariga yuboradi.
2022-2023-yilda bandligiga koʻmaklashiladigan xotin-qizlar soni
shundan, quyidagilar hisobiga:
Kasb-hunarga oʻqitish
Tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish
Ishga joylashishga koʻmaklashish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilishni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratish
2022-yil
2023-yil
2022-yil
2023-yil
2022-yil
2023-yil
2022-yil
2023-yil
2022-yil
2023-yil
2022-yil
2023-yil
Respublika boʻyicha
383 565
444 215
81 271
111 994
7 490
8 240
185 684
203 956
80 683
88 748
28 437
31 277
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
24 423
29 203
4 131
6 782
420
462
12 926
14 319
5 830
6 413
1 116
1 227
2.
Andijon viloyati
43 434
47 071
7 350
7 480
754
829
25 447
27 892
7 044
7 748
2 839
3 122
3.
Buxoro viloyati
23 580
28 675
3 856
7 082
250
275
9 221
10 043
4 580
5 035
5 673
6 240
4.
Jizzax viloyati
22 088
24 725
5 080
6 115
236
260
7 151
7 766
8 916
9 808
705
776
5.
Qashqadaryo viloyati
29 381
33 533
7 518
9 482
482
531
11 454
12 601
7 312
8 043
2 615
2 876
6.
Navoiy viloyati
11 761
15 292
3 185
5 857
309
340
5 115
5 628
2 223
2 445
929
1 022
7.
Namangan viloyati
37 053
42 208
7 576
9 883
313
345
19 833
21 715
5 847
6 432
3 484
3 833
8.
Samarqand viloyati
35 218
40 790
6 310
8 992
272
299
18 260
20 086
8 263
9 089
2 113
2 324
9.
Surxondaryo viloyati
26 730
30 158
7 735
9 263
708
779
9 006
9 907
7 459
8 205
1 822
2 004
10.
Sirdaryo viloyati
18 444
21 937
4 576
6 683
44
48
7 189
7 908
5 442
5 986
1 193
1 312
11.
Toshkent viloyati
29 237
35 375
4 769
8 460
555
611
16 667
18 334
5 284
5 812
1 962
2 158
12.
Fargʻona viloyati
46 067
50 520
9 152
9 914
1 942
2 136
26 588
29 247
6 617
7 279
1 768
1 944
13.
Xorazm viloyati
23 949
28 601
5 835
8 675
1 108
1 219
10 998
12 098
4 255
4 681
1 753
1 928
14.
Toshkent shahri
12 200
16 127
4 198
7 326
97
106
5 829
6 412
1 611
1 772
465
511
Izoh:* Ushbu prognoz koʻrsatkichlari qonunchilikda belgilangan mexanizmlar asosida barcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Mehnat bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga prognoz koʻrsatkichlari yoʻnalishlari va miqdor koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-300-son qaroriga 5-ILOVA
Davlat buyurtmasi asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi sinf, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat buyurtmasi asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va professional taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarini asosiy taʼlim jarayonlaridan boʻsh vaqtlarda axborot texnologiyalari boʻyicha qoʻshimcha kurslarda oʻqitishni (keyingi oʻrinlarda — qoʻshimcha kurs) tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Axborot texnologiyalari boʻyicha qoʻshimcha kurslar iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik yangilanishlarni hisobga olib, mehnat bozoridagi oʻquvchi-qizlarning shu sohada oʻz oʻrnini topish va malakali kasb egalari boʻlishiga moʻljallangan.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
oʻquvchi-qizlar — umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi sinf hamda kasb-hunar maktablari, akademik litseylar va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlari;
qoʻshimcha kurs — asosiy taʼlim jarayoniga taʼsir etmagan holda qisqa muddatli davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida axborot texnologiyalari boʻyicha tashkil etilgan taʼlim kursi.
4. Oʻquvchi-qizlarni qoʻshimcha kurslarda oʻqitish, oʻz ixtiyoriga koʻra taʼlim jarayonlariga taʼsir etmagan holda amalga oshiriladi.
5. Oʻquvchi-qizlarni qoʻshimcha kurslarda oʻqitish:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boʻysunuviga koʻra vazirlik va idoralar tizimidagi professional taʼlim muassasalarida;
nodavlat taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladi.
2-bob. Davlat buyurtmasini shakllantirish
6. Oʻquvchi-qizlarni axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan har yili 1-dekabrga qadar:
oʻquvchi-qizlarning manzilli roʻyxatiga asosan davlat buyurtmasi shakllantiriladi;
shakllantirilgan davlat buyurtmasini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
8. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda har yili 10-dekabrga qadar davlat buyurtmasini oʻrganib chiqib, tasdiqlaydi.
3-bob. Davlat buyurtmasi asosida qoʻshimcha kurslarga yoʻnaltirish
9. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan kasbga oʻqitish boʻyicha belgilangan taʼlim tashkilotlarining yillik oʻqitish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga davlat buyurtmasi asosida oʻquvchi-qizlarning oʻzlariga qulay boʻlgan taʼlim tashkilotlarida oʻqitish boʻyicha taqsimlaydi;
oʻquvchi-qizlarni axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻqitishda qoʻshimcha kurslarni tashkil etadi;
axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻqitishda uslubiy jihatdan taʼminlaydi va amalga oshirilishini monitoring qilib boradi.
4-bob. Davlat buyurtmasi asosida qoʻshimcha kursga oʻqitilgan oʻquvchi-qizlarning malaka darajasini baholash
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari davlat buyurtmasi asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqigan oʻquvchi-qizlarning malaka darajasini baholash uchun ularning malakani baholash markazlariga, shu jumladan “Ishga marhamat” monomarkazlarida tashkil etilgan malakani baholash markazlariga yuborilishiga koʻmaklashadi.
Bunda, nodavlat taʼlim tashkilotlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqigan oʻquvchi-qizlar malaka darajasini baholatish uchun belgilangan tartibda oʻzlari ixtiyoriy ravishda murojaat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
11. Malakani baholash markazlari tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori bilan tasdiqlangan Malaka darajalariga erishish sxemasi asosida bitiruvchi oʻquvchi-qizlar malakasi baholanadi;
baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchi oʻquvchi-qizlarga oʻn kun ichida malaka sertifikati beriladi.
5-bob. Oʻquvchi-qizlarni qoʻshimcha kursda oʻqitishni moliyalashtirish
12. Qoʻshimcha kurslarda oʻqitish bilan bogʻliq faoliyat xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda, axborot texnologiyalari yoʻnalishida nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqigan va tegishli malakaga ega boʻlgan oʻquvchi-qizlarni oʻqitish xarajatlarining 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-bobi (Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar).
Davlat buyurtmasi asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi sinf, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining bitiruvchi sinf, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs oʻquvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar
1. Axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchi-qizlarning manzilli roʻyxatini ishlab chiqadi hamda davlat buyurtmasini shakllantiradi.
2. Davlat buyurtmasini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Har yili 1-dekabrga qadar
2-bosqich
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
1. Taqdim etilgan davlat buyurtmalarini umumlashtirib, tahlil qiladi.
2. Oʻquvchi-qizlarni qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini tasdiqlaydi.
Har yili 10-dekabrga qadar
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
1. Davlat buyurtmasi asosida oʻquvchi-qizlarni oʻzlariga qulay boʻlgan taʼlim tashkilotlarida oʻqitish boʻyicha taqsimlaydi.
2. Oʻquvchi-qizlarni axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻqitishda qoʻshimcha kurslarni tashkil etadi.
3. Axborot texnologiyalari yoʻnalishida oʻqitish boʻyicha uslubiy jihatdan taʼminlaydi va ularning amalga oshirilishini monitoring qilib boradi.
4. Taʼlim tashkilotlarida kursga oʻqib tugatgan oʻquvchi-qizlarni ularning malaka darajasini baholash uchun malakani baholash markazlariga yuborilishini taʼminlaydi.
Doimiy ravishda
4-bosqich
Malakani baholash markazlari
1. Malakani baholash markazlari bitiruvchi oʻquvchi-qizlarning kasbiy malakasini baholaydi.
2. Baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchi oʻquvchi-qizlarga malaka sertifikatini beradi.
10 kun ichida
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 07/22/300/0573-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)