toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2011
Hujjat 29.12.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-dekabr,
575-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-dekabrdagi 575-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi “n” kichik band bilan toʻldirilsin:
“n) ayrim hollarda va belgilangan tartibda tegishli soliq toʻlovlari uchun mablagʻlarni bevosita aholidan yigʻish”;
“n” — “s” kichik bandlar tegishlicha “o” — “t” kichik bandlar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan hisob-kitoblar qilishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy tartibda qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining 1-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, turgʻun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir”.