Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning
9-bandi quyidagi mazmundagi “n” kichik band bilan toʻldirilsin:
“n) ayrim hollarda va belgilangan tartibda tegishli soliq toʻlovlari uchun mablagʻlarni bevosita aholidan yigʻish”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi bilan hisob-kitoblar qilishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy tartibda qoʻllash toʻgʻrisida” 1994-yil 26-dekabrdagi 621-son qarorining
1-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilansinki, turgʻun savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir”.