|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Mablagʻ |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH | ||||||
|
1.1. Tez tibbiy yordam xizmati respublika, viloyat va tuman (shahar) darajalarida yagona boshqaruv tizimini shakllantirish | ||||||
|
1. |
Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va uning 14 ta hududiy filialini tashkil qilish hamda tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish. |
1. Markaz va uning hududiy filiallari ustavi va tuzilmasini tasdiqlash. |
2022-yil 15-iyul |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
2. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqalar), dori vositalari va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar taʼminotini Markazning hududiy filiallariga oʻtkazish. |
2022-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | ||||
|
3. Maqbullashtiriladigan boʻlim va tashkilotlarni belgilash hamda mulkiy, moliyaviy va mehnat munosabatlarini belgilangan tartibda hal etish choralarini koʻrish. |
2022-yil 1-avgust |
|||||
|
4. Markaz va uning hududiy filiallari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, markaziy tuman (shahar) shifoxonalari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxoʻjaliklarning yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil 1-sentabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | ||||
|
2. |
Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash va Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etish. |
2022-yil 1-iyul |
- |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Ishchi guruhlar tomonidan tegishli hududda tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2022-yil 1-avgust | |||||
|
3. |
Markaz va uning hududiy filiallari bino va inshootlariga, ularni jihozlashga hamda tezkor Internet, telefon, radioaloqa tizimlariga boʻlgan meʼyoriy talablarni ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-avgust |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
4. |
Markazning hududiy filiallarini mos binolarga joylashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
1.2. Tez tibbiy yordam faoliyatini raqamlashtirish | ||||||
|
5. |
Toshkent shahri tajribasi asosida har bir hududda tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) joriy etish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish: har bir hudud boʻyicha yagona chaqiruv markazi — “Call-markaz”larni tashkil etish va hudud boʻyicha barcha chaqiriqlarni faqat ushbu “Call-markaz”lar orqali qabul qilish; “Call-markaz”lar tomonidan chaqiruvlarni bemor ahvoli, kasallik turi va uning ogʻirlik darajasiga qarab saralash hamda tegishli tibbiy brigadalarni yoʻnaltirish; tez tibbiy yordamni tuman (shahar) yoki hudud chegarasiga qarab emas, bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish; dori vositalari sarfini tizim orqali nazorat qilish. |
1. Markazning hududiy filiallarini ularning IT-infratuzilmasi, elektr taʼminoti va xodimlarning malaka oshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. |
2022-yil 1-iyul |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Axborot tizimi integratori |
|
2. Axborot tizimini joriy etish boʻyicha shartnoma tuzish. |
2022-yil 1-avgust |
- |
- | |||
|
3. Texnik topshiriq ishlab chiqish va mutasaddi tashkilotlardan ekspert xulosasini olish. |
2022-yil 1-avgust |
- |
- | |||
|
4. Axborot tizimini barcha hududlarda toʻliq joriy etish. |
2023-yil 1-sentabr |
Hisob-kitoblar asosida |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Jahon bankining kredit mablagʻlari | |||
|
5. Markazning hududiy filiallari xodimlarini Axborot tizimidan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. |
Reja-jadval asosida |
Hisob-kitoblar asosida |
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||
|
6. |
Markazning hududiy filiallari va “Call-markaz”larni jihozlash va infratuzilmasini yaratish (elektr, suv, yuqori tezlikdagi Internet, lokal tarmoq, telefon va boshqalar) va atrofini obodonlashtirish. |
1. Qattiq va yumshoq inventar, kompyuter, qoʻshimcha monitor, uzluksiz quvvat manbalari (UPS), axborot panellari (tegishli moslamalar bilan), individual eshitish moslamalari va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash. 2. Uzluksiz elektr taʼminoti manbai bilan taʼminlash (zaxira elektr tarmogʻi, generator uskunasi, qoʻshimcha akkumulyator batareyalari), zaxira manbaiga avtomatik oʻtish tizimini (AVR) yoʻlga qoʻyish. 3. Server qurilmalari, sovitish moslamalari (konditsioner) bilan taʼminlash. 4. Yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash. 5. Lokal tarmoqni yaratish. 6. Markazlashgan videokuzatuvni yoʻlga qoʻyish. |
2022-2023-yillar davomida |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Jahon bankining kredit mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
7. |
Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari oʻrnatish. Bunda, har bir avtomashinaning yoqilgʻi sarfi, bosib oʻtgan masofasi va uning joylashuvi onlayn rejimda nazorat qilinishini nazarda tutish. |
Tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini GPS-trekerlar va radioaloqa vositalari bilan taʼminlash: Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 156 ta; Andijon viloyati — 245 ta; Buxoro viloyati — 154 ta; Jizzax viloyati — 124 ta; Qashqadaryo viloyati — 253 ta; Navoiy viloyati — 95 ta; Namangan viloyati — 229 ta; Samarqand viloyati — 282 ta; Surxondaryo viloyati — 195 ta; Sirdaryo viloyati — 95 ta; Toshkent viloyati — 240 ta; Fargʻona viloyati — 294 ta; Xorazm viloyati — 149 ta; Toshkent shahri — 50 ta. |
2022-yil yakuniga qadar |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Tez tibbiy yordam xizmatida radioaloqa tarmogʻini yaratish. |
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish. |
2022-yil 1-iyul |
- |
- |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ishchi guruh tomonidan xalqaro tajribani inobatga olgan holda Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi radioaloqa tizimidan tez tibbiy yordam xizmatida foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash. |
2022-yil 1-avgust | |||||
|
3. Tez tibbiy yordam xizmatida radioaloqa tarmogʻini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasini kiritish. |
2022-yil 1-sentabr | |||||
|
9. |
Tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan taʼminlash. |
Tez tibbiy yordam brigadalari uchun planshetlar xarid qilish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 176 ta; Andijon viloyati — 325 ta; Buxoro viloyati — 154 ta; Jizzax viloyati — 150 ta; Qashqadaryo viloyati — 350 ta; Navoiy viloyati — 95 ta; Namangan viloyati — 300 ta; Samarqand viloyati — 378 ta; Surxondaryo viloyati — 250 ta; Sirdaryo viloyati — 140 ta; Toshkent viloyati — 240 ta; Fargʻona viloyati — 400 ta; Xorazm viloyati — 169 ta; Toshkent shahri — 50 ta. |
2022-yil yakuniga qadar |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Aholiga chaqiruvlarni mobil ilova orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
11. |
Shifoxonalarda mavjud boʻsh oʻrinlarni onlayn tarzda elektron axborot tizimi orqali koʻrish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
1.3. Shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish | ||||||
|
12. |
Quyidagilarni tashkil etish: Markaziy tuman (shahar) shifoxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimidagi oʻrinlar pediatriya, terapiya va xirurgiya boʻlimlari tarkibiga oʻtkazilib, bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha taqsimlaydigan (triaj) tunu-kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimi; Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida, alohida yuridik maqomga ega boʻlmagan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari; Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududiy filiallari hamda barcha tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida shoshilinch qabul boʻlimlari. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil yakuniga qadar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Shoshilinch qabul boʻlimlarining yangilangan shtat normativlarini tasdiqlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-sentabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
14. |
Markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalarini hamda yangi tashkil etilayotgan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini shoshilinch xizmat koʻrsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlarni oʻrnatishga moslashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-oktabr |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
15. |
Tez tibbiy yordam xizmatida sanitar aviatsiya shaklida tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun havo transportidan (vertolyot va samolyot) foydalanish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-sentabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH | ||||||
|
16. |
Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan hamda maʼnan eskirgan 2 183 dona “Damas” va boshqa rusumli maxsus avtotransport vositalarini zarur tibbiy jihozlar bilan jihozlangan zamonaviy avtomobillarga bosqichma-bosqich almashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022 — 2025-yillar davomida |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
|
2022-yilda 890 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish. |
27 mln AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjetidan ajratilgan hamda Tez tibbiy yordam tizimini rivojlan-tirish jamgʻarmasi mablagʻlari | ||||
|
2023 — 2025-yillarda har yili 419 tadan jami 1 257 ta maxsus avtotransport vositasi hamda 31 tadan jami 93 ta yoʻltanlamas avtotransport vositasini xarid qilish. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatidan chiqarilayotgan “Damas” avtomobillarini: 10 yildan koʻp foydalanilmagan soz holatdagi maxsus avtotransport vositalarini boshqa davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat transporti sifatida topshirish; nosoz holatdagi yoki 10 yildan koʻproq foydalanilayotgan avtomobillarni oʻrnatilgan tartibda auksion orqali sotish. |
Hisob-kitoblar asosida | |||||
|
17. |
Markazning hududiy filiallariga tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini hamda maxsus avtotransport, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar taʼminotini oʻtkazish. Avtotransport vositalarini saqlash, taʼmirlash, yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashni autsorsing xizmatiga oʻtkazish hamda elektron tizim orqali nazorat qilishni tashkillashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-yanvar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Markaz va uning Toshkent shahar hududiy filialini zamonaviy loyiha asosida barpo etish hamda tezkor Internet, telefon xizmati, radioaloqa tizimlari bilan taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-mart |
Hisob-kitoblar asosida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
III. TEZ TIBBIY YORDAM XIZMATI XODIMLARINING SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH, KOʻRSATILADIGAN TIBBIY YORDAM SIFATINI OSHIRISH | ||||||
|
3.1. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish | ||||||
|
19. |
Tez tibbiy yordam boʻyicha elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilgan hududlarda ushbu tizimdagi maʼlumotlardan foydalangan holda xodimlar faoliyatini KPI tizimi orqali baholash mexanizmini joriy etish. |
Qoʻshma buyruq |
2022-yil 1-oktabr |
Hisob-kitoblar asosida |
Tez tibbiy yordam muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
|
20. |
Markaz va uning hududiy filiallarida davlat tadbirlaridan tashqari boshqa tadbirlarga tez yordam brigadalarini jalb qilishni pullik asosda tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-sentabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
|
3.2. Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini oʻqitish tizimini takomillashtirish va malaka oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish | ||||||
|
21. |
Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: Maktabning hududiy filiallarini tashkil etish va ularning grant hamda homiylar mablagʻlari hisobidan jihozlanishini taʼminlash; Maktab va uning hududiy filiallariga pullik xizmatlarni tashkil qilishga hamda pullik xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlarni oʻzining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, KPI tizimi asosida xodimlarni munosib ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishga ruxsat berish; |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil yakuniga qadar |
- |
Xorijiy grant hamda homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
tez tibbiy yordam brigadalarining 12 mingdan ziyod shifokorlari va 28 mingga yaqin feldsher va hamshiralarini oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish; malaka oshirish jarayoniga Turkiya, Koreya Respublikasi va Fransiya kabi tez tibbiy yordam tizimi rivojlangan mamlakatlardan mutaxassislar jalb qilish. |
Reja-jadval asosida | |||||
|
22. |
Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasidagi simulyatsion markazda tez tibbiy yordam avtotransport vositalari haydovchilarini tajriba-sinov tariqasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bir oylik kursda oʻqitishni tashkil etish, bunda: 2022-yil oxirigacha Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam haydovchilarini; 2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich hududlardagi tez tibbiy yordam haydovchilarini oʻqitish. |
Reja-jadval asosida |
2022-yil oktabr oyidan boshlab |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
23. |
Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish modullarini ishlab chiqish. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil 1-oktabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
24. |
Toshkent va Samarqand shaharlari tez tibbiy yordam stansiyalaridagi simulyatsion markazlarda bir haftalik kursda tegishli tez tibbiy yordam xodimlarining malakasini oshirish, bunda: 2022-yil oxirigacha Toshkent va Samarqand shaharlaridagi tez tibbiy yordam xodimlarining; 2023-yildan boshlab bosqichma-bosqich hududlardagi tez tibbiy yordam xodimlarining malakasini oshirish. |
Reja-jadval asosida |
2023-yil yakuniga qadar |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
25. |
Tez tibbiy yordam xodimlarini xorijga malaka oshirishga yuborish. |
Reja-jadval asosida |
2022-2023-yillar davomida |
Hisob-kitoblar asosida |
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
26. |
Tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalarida (tibbiyot texnikumlari va kollejlar) feldsherlikka oʻqiyotgan yoshlarni tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini boshqarishga oʻrgatish. |
Tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalarida feldsherlikka oʻqiyotgan yoshlarni asosiy taʼlim dasturlariga qoʻshimcha ravishda haydovchilikka oʻqitishni yoʻlga qoʻyish. Bunda: tibbiyot yoʻnalishidagi professional taʼlim muassasalarini haydovchilik guvohnomalarini berish huquqiga ega taʼlim muassasalariga biriktirish; haydovchilik guvohnomasini olish istagida boʻlgan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish va biriktirilgan taʼlim muassasalariga taqdim etish; shakllangan guruhlarni ichki ishlar organlaridan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish va haydovchilikka oʻqitish kurslarini tashkil etish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Hisob-kitoblar asosida |
Budjet mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3.3. Tez tibbiy yordam tizimida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatni yanada yaxshilash | ||||||
|
27. |
Tez tibbiy yordam koʻrsatishning standart va protokollarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
2022-yil 1-sentabr |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
28. |
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida tez tibbiy yordam orqali kelgan bemorlarga ixtisosligi boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish. Koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun toʻlovlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-avgust |
Hisob-kitoblar asosida |
Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
|
29. |
Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tez tibbiy yordam orqali kelgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. Koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun toʻlovlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali amalga oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-avgust |
Hisob-kitoblar asosida |
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi |
|
30. |
Aholining tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishdagi masʼuliyati va buning ahamiyatini keng targʻib etuvchi materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida doimiy koʻrsatib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida |
- |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
1. |
O.R. Fazilkarimov |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, Komissiya raisi |
|
2. |
M.Sh. Yuldashev |
— |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari |
|
3. |
D.T. Sultanov |
— |
Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi |
|
4. |
A.R. Mansurov |
— |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
5. |
U.R. Riskiyev |
— |
Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshligʻi |
|
6. |
A.D. Xasanov |
— |
Moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari |
|
7. |
F.R. Dalimov |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
8. |
I.M. Ergeshev |
— |
Kadastr agentligi boshqarma boshligʻi |
|
9. |
F.F. Axunov |
— |
Qurilish vazirligi boshqarma boshligʻi |
|
10. |
B.Y. Kazakbayeva |
— |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari |
|
11. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori |
|
12. |
A.X. Gafurov |
— |
“BePro dasturchilar markazi” MCHJ bosh direktori |
|
13. |
D.B. Tulyaganov |
— |
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Komissiya kotibi |
T/r | Hududlar | Jami | 2022-yilda | 2023-yilda | 2024-yilda | 2025-yilda | |
Maxsus avtotransport vositasi | Maxsus avtotransport vositasi | Maxsus avtotransport vositasi | Yoʻltanlamas avtotransport vositasi | ||||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 145 | 73 | 21 | 21 | 21 | 9 |
2. | Andijon viloyati | 177 | 63 | 37 | 37 | 37 | 3 |
3. | Buxoro viloyati | 129 | 71 | 18 | 18 | 18 | 4 |
4. | Jizzax viloyati | 103 | 51 | 16 | 16 | 16 | 4 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 228 | 78 | 47 | 47 | 47 | 9 |
6. | Navoiy viloyati | 59 | 31 | 8 | 8 | 8 | 4 |
7. | Namangan viloyati | 232 | 69 | 52 | 52 | 52 | 7 |
8. | Samarqand viloyati | 261 | 98 | 52 | 52 | 52 | 7 |
9. | Sirdaryo viloyati | 89 | 58 | 10 | 10 | 10 | 1 |
10. | Surxondaryo viloyati | 171 | 67 | 32 | 32 | 32 | 8 |
11. | Toshkent viloyati | 222 | 59 | 52 | 52 | 52 | 7 |
12. | Fargʻona viloyati | 270 | 108 | 52 | 52 | 52 | 6 |
13. | Xorazm viloyati | 126 | 59 | 22 | 22 | 22 | 1 |
14. | Toshkent shahri | 5 | 5 | - | - | - | - |
Jami | 2217 | 890 | 419 | 419 | 419 | 70 | |
|
T/r |
Hududlar |
Filial joylashtiriladigan manzil |
Filialni joylashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar |
Amalga oshirish muddati |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus shahri, Allayar Dosnazarov koʻchasi, 100-A-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston filiali binosi) |
Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish |
2023-yil may |
|
2. |
Andijon viloyati |
Andijon shahri, Milliy tiklanish koʻchasi, 5-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish |
2022-yil avgust |
|
3. |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahri, Bahouddin Naqshband koʻchasi 159-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Yangi bino qurish |
2023-yil iyun |
|
4. |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahri, Shifokorlar koʻchasi, 1-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi) |
Qoʻshimcha bino qurish |
2023-yil dekabr |
|
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahri, “Xoʻjaxiyol” MFY, Abay koʻchasi, 2-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish va qoʻshimcha bino qurish |
2023-yil avgust |
|
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahri, Ibn Sino koʻchasi, 27-uy |
Qoʻshimcha bino qurish |
2023-yil dekabr |
|
7. |
Namangan viloyati |
1. Namangan shahri, Shohruhobod koʻchasi, 26-uy (Ryespublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Binoni kapital taʼmirlash |
2023-yil dekabr |
|
2. Namangan shahri, “Chamanzor” MFY, Goʻzal koʻchasi, 94-uy |
Yangi bino qurish |
2023-yil avgust | ||
|
8. |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahri, Xoʻja Ahror Vali koʻchasi 21-uy (Soʻzangaron tibbiyot kolleji) |
Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish |
2022-yil sentabr |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahri, “Oʻzbekiston” MFY, Alisher Navoiy koʻchasi, 68-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi) |
Binoni foydalanishga topshirish |
2022-yil sentabr |
|
10. |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahri, 4-mavze, Guliston koʻchasi (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi) |
Binoda rekonstruksiya ishlarini olib borish |
2023-yil sentabr |
|
11. |
Toshkent viloyati |
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Oybek” MFY, Ulugʻbek koʻchasi, 1-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY hududidan filial uchun yer maydoni ajratish va yangi bino qurish |
2023-yil iyul |
|
12. |
Fargʻona viloyati |
Fargʻona shahri, “Iftixor” MFY, Tabobat koʻchasi, 24-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, qoʻshimcha bino qurish |
2023-yil avgust |
|
13. |
Xorazm viloyati |
Urganch shahri, Komiljon Otaniyozov koʻchasi, 1-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali Tez tibbiy yordam boʻlimi) |
Binoni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish, qoʻshimcha bino qurish |
2023-yil may |
|
14. |
Toshkent shahri |
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-4, 17-a-uy (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi) |
Toshkent shahri, Yunusobod tumani hududidan Respublika tez tibbiy yordam markazi hamda uning Toshkent shahar filiali uchun yer maydoni ajratish va yangi bino qurish |
2023-yil mart |