toggle_night_mode
Hujjat 21.06.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika isteʼmolchilarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son hamda “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-son farmonlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 23-dekabrdagi 804-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslar elektr energiyasi, gaz va suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ixtiyoriy ravishda bevosita taʼminotchi korxonalarga, shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-apreldagi PQ-4270-son qarorining 3-bandi talabiga muvofiq bir oy muddatda koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng mulkning yangi egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga yuborish imkoniyatini yaratsin. Bunda kommunal xizmatlar tomonidan koʻchmas mulkning yangi egalaridan mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hamda boshqa turdagi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhandislik-kommunikatsiya sohasidagi davlat xizmatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilib borsin hamda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga uning amalga oshirilishi yuzasidan batafsil maʼlumot taqdim etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-iyun,
340-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
a) Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
4-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Maishiy isteʼmolchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xoʻjaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlarini gaz tarmoqlariga ulash jarayonida texnik shart ishlab chiqish talab etilmaydi hamda tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari (hududiy gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishilmasdan) qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun asos boʻladi.
Bunda loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlarini hududiy gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Quyidagi hollarda texnik shartlar hamda gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi texnik shart mavjud boʻlib (gaz isteʼmoli jihozlari, gaz taʼminoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari va ulanish nuqtasini oʻzgartirmasdan) begonalashtirilganda va ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgarganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish priborini oʻrnatish, plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori oʻrnatilishi talab etilmasa, hududiy gaz taʼminoti tashkiloti (keyingi oʻrinlarda HGTT deb ataladi) tomonidan elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (isteʼmolchi oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) faqat gaz taʼminoti shartnomasi yuboriladi”;
birinchi xatboshidagi “hududiy gaz taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda HGK deb ataladi)” soʻzlari “HGTT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “plombalashda ishtirok etadi” soʻzlari “plombalashni amalga oshiradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
6-banddagi “Byuro, HGK” soʻzlari “HGTT” soʻziga almashtirilsin;
8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi)” soʻzlari “YIDXPda” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGTTning bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq HGTTning bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada gaz isteʼmolining yuklama hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, HGK xodimlari obyektni joyiga chiqib oʻrganadilar yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan isteʼmolchining telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlanib obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi”;
birinchi xatboshidagi “bir soat mobaynida uni HGKga” soʻzlari “real vaqt rejimida uni HGTTga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. HGTT soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan texnik shartlarni tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimlari tomonidan taqdim etiladigan oʻrganish xulosasiga asosan ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
HGTT loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, HGTT oʻzining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va tegishli xarajatlarining kalkulatsiyasini aniq koʻrsatadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan soʻng real vaqt rejimida isteʼmolchiga beradi”;
19-banddagi “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “HGKga” soʻzi “HGTTga” soʻzi bilan almashtirilsin;
22-banddagi “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. HGTT soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni ichida gaz taʼminoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan gaz taʼminoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi”;
24-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach HGTT tomonidan gaz taʼminoti loyihasi avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat etganda) elektron shaklda yuboriladi.
Agar gaz taʼminoti loyihasi boʻyicha HGTT tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda loyihalash tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik XGTT zimmasiga yuklatiladi”;
birinchi xatboshidagi “HGK yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari” soʻzlari “HGTT yoki tegishli litsenziyaga ega boʻlgan boshqa qurilish-montaj tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Isteʼmolchilar (tegishli litsenziyaga ega boʻlish sharti bilan) qurilish-montaj ishlarini mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin”;
31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Isteʼmolchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, HGTT tomonidan yangi abonent raqami gaz taʼminoti shartnomasida koʻrsatiladi. Shuningdek, isteʼmolchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JShShIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yoʻli bilan aniqlashlari mumkin.
32. HGTT soʻrovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda dalolatnoma tuzadi”;
33-banddagi “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin hamda “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
35 va 37-bandlardagi “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin;
42-bandda “HGK” soʻzi “HGTT” soʻzi bilan almashtirilsin hamda “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
43-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish

1-bosqich

Isteʼmolchi

1. Gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Texnik shart?arni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani HGTTga yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

HGTT

1. QR-kodli texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali yuborish.

2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Texnik shartlarni, shuningdek HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini isteʼmolchiga berish.

Real vaqt rejimida

II. Isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash

1-bosqich

Isteʼmolchi

Gaz taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.

Xohishiga koʻra

(texnik shartlarni olgandan soʻng)

2-bosqich

HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari

Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Loyiha tashkiloti

Gaz taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.

Xohishiga koʻra

(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani va gaz taʼminoti loyihasini HGTTga kelishish uchun yuborish.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

HGTT

1. Gaz taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish.

2. Gaz taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.

3 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Isteʼmolchi

HGTT yoki boshqa qurilish-monta? tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.

Xohishiga koʻra

(loyiha kelishilgandan soʻng)

7-bosqich

HGTT yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari

Gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

III. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish

1-bosqich

Isteʼmolchi

Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.

Xohishiga koʻra

(qurilish-montaj ishlari tugatilganidan soʻng)

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun soʻrovnomani HGTTga yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

HGTT

1. Tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.

2. Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali gaz taʼminoti shartnomasi va plombalash oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchilarga YIDXP orqali yuborish.

2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Isteʼmolchini gaz taʼminoti shartnomasi rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Isteʼmolchi

1. Rasmiylashtirilgan gaz taʼminoti shartnomasini tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan gaz taʼminoti shartnomasini HGTTga Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali yuborish.

5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

HGTT

1. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish.

1. Oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni

2. Qonun hujjatlarida toʻlovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish

2. Isteʼmolchi tomonidan tasdiqlan�an shartnoma olingan kuni

IV. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish

1-bosqich

“Sanoatgeokontexiazorat” DI

Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilgʻi sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xoʻjaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz isteʼmoli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.

Belgilangan muddatlarda

”;

2-ilovadagi “I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dan 3-band, “I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dan 3-band, “II. Ulanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot”dan 6-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

Gaz taʼminoti loyihasini hududiy gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishish uchun

SOʻROVNOMA

I. Kelishilayotgan gaz taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:

Loyiha tashkilotining nomi:

Telefon raqami:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

Gaz taʼminoti loyihasi:

Loyihalash tashkilotining ERI”;

4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz taʼminoti shartnomasini tuzish uchun

SOʻROVNOMA

I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Gaz taʼminoti ulanadigan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Obyektning manzili:

2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?

Xa

(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)

Yoʻq

(abonentning shaxsiy raqami mavjud)

”;

quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

(rasmiy blankada)

“Hududgaztaʼminot” AJ

_________ (hududiy gaz taʼminoti tashkiloti nomi) hududiy gaz taʼminoti tashkiloti

Gaz taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida

XULOSA

20____ y. “____” ariza raqami: _______-son

_________________________________ning_____________-son arizasiga

(arizachining nomi yoki F.I. O.)

(ariza raqami)

muvofiq __________________________________________ manzilida

(obyektning manzili)

joylashgan obyekt boʻyicha gaz taʼminoti loyihasi kelishildi.

Hujjatning

haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

”:

b) Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Quyidagi hollarda texnik shart, issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish hamda kelishish talab etilmaydi:
maishiy isteʼmolchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylarda;
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi texnik shart mavjud boʻlib begonalashtirilganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda;
issiqlikdan foydalanish hajmlari oʻzgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini oʻrnatish, plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori oʻrnatilishi talab etilmasa, issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan isteʼmolchiga tizim orqali faqat issiqlik taʼminoti shartnomasi yuboriladi”;
8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi)” soʻzlari “YIDXPda” soʻzi bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar teng miqdorda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va issiqlik taʼminoti korxonasining bank hisob varaqlariga oʻtkaziladi”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13.Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada issiqlik isteʼmolining yuklama hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, issiqlik taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan obyekt joyiga chiqib oʻrganiladi yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmi aniqlanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi”;
15-bandning birinchi xatboshisidagi “toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida” soʻzlari “toʻldirilgach real vaqt rejimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “mobaynida” soʻzidan keyin “QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, issiqlik taʼminoti korxonasi oʻzining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulatsiyasini aniq koʻrsatadi”;
uchinchi xatboshidagi “bir soat mobaynida texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.”;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Issiqlik taʼminoti korxonasi soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni ichida issiqlik taʼminoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan issiqlik taʼminoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Issiqlik taʼminoti korxonasi QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.”;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. QR-kodli xulosa tasdiqlangach Issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali yuboriladi”;
261-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“261. Agar issiqlik taʼminoti korxonasi belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirmasa yoxud asoslantirilgan rad javobini bermasa, xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik issiqlik taʼminoti korxonasi zimmasiga yuklatiladi”;
27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari yoki isteʼmolchilar qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan soʻng issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun YIDXPda yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnomani toʻldiradi va oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan va isteʼmolchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Soʻrovnoma issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun avtomatik ravishda “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuboriladi”;
291-banddagi “bayonnomasi (keyingi oʻrinlarda Bayonnoma deb ataladi)” soʻzlari “dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda Dalolatnoma deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “bildirishnomani” soʻzi “soʻrovnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini bildirishnoma” soʻzlari “soʻrovnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishni takroran koʻrib chiqishda “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarning keltirilishi bundan mustasno”;
31-banddagi “bildirishnomani” soʻzi “soʻrovnomani” soʻzi bilan almashtirilsin;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik taʼminoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda issiqlik taʼminoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Isteʼmolchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, Issiqlik taʼminoti korxonasi tomonidan yangi abonent raqami issiqlik taʼminoti shartnomasida koʻrsatiladi. Shuningdek, isteʼmolchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JShShIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yoʻli bilan aniqlashlari mumkin”;
birinchi xatboshidagi “elektr” soʻzi “issiqlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bir vaqtning oʻzida issiqlik taʼminoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni YIDXP orqali “Oʻzenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan kelishadi”;
uchinchi xatboshidagi “imzolashning kelishilgan sanasi” soʻzlari “imzolanishi” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “kundan” soʻzi “muddatdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
38-banddagi “bir soat ichida” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish

1-bosqich

Isteʼmolchi

1. Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Issiqlik taʼminoti korxonasi

1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.

2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

QR-kod qoʻyilgan texnik shartlarni, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini isteʼmolchiga berish.

Real vaqt rejimida

II. Isteʼmolchilarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash

1-bosqich

Isteʼmolchi

Issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.

Xohishiga koʻra

(texnik shartlarni olgandan soʻng)

2-bosqich

Loyihalash tashkilotlari

Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Loyihalash tashkiloti

Issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.

Xohishiga koʻra

(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani issiqlik taʼminoti loyihasini kelishish uchun issiqlik taʼminoti korxonasiga yuborish.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Issiqlik taʼminoti korxonasi

1. Issiqlik taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish.

2. Issiqlik taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.

3 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Isteʼmolchi

Issiqlik taʼminoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.

Xohishiga koʻra

(loyiha kelishilgandan soʻng)

7-bosqich

Issiqlik taʼminoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari

Issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

III. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun dalolatnoma rasmiylashtirish

1-bosqich

Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari

Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.

Xohishiga koʻra

(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari tugaganidan soʻng)

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun “Oʻzenergoinspeksiya”ga yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

“Oʻzenergoinspeksiya”

1. Joyning oʻziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini oʻrganish, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshirish.

2. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun QR-kod qoʻyilgan dalolatnomani rasmiylashtirish.

3. QR-kod qoʻyilgan dalolatnomani Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga yuborish.

2 ish kuni mobaynida

”;

“I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dan 3-band chiqarib tashlansin;
“I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot”dan 3-band chiqarib tashlansin;
“II. Ulanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot”ning 5-bandida:
birinchi xatboshidan “issiqlikdan foydalanish qurilmalari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3 — 6 ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

____________________

____________________

(sana)

(raqam)

Issiqlik taʼminoti loyihasini issiqlik taʼminoti korxonasi bilan kelishish uchun

SUROVNOMA

I. Kelishilayotgan gaz taʼminoti loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:

Loyiha tashkilotining nomi:

Telefon raqami:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

Issiqlik taʼminoti loyihasi:

Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

__________________

__________________

(sana)

(raqam)

Isteʼmolchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilish uchun

SUROVNOMA

I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1, F.I.O.:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:

Issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilinadigan obyekt joylashuvi (indeks, manzil, moʻljal):

Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ENERGETIKA VAZIRLIGI HUZURIDAGI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT INSPEKSIYASI

_________________________________________________________

Issiqlik taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida

XULOSA

20___ y. “___” ariza raqami: ______________

_______________________________ning _________________-sonli arizasiga

(arizachining nomi yoki F.I. O.)

(ariza raqami)

muvofiq __________________________________________ manzilida

(obyektning manzili)

joylashgan obyekt boʻyicha issiqlik taʼminoti loyihasi kelishildi.

Hujjatning

Haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

_____________________

_____________________

(sana)

(raqam)

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun

SUROVNOMA

I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs tOʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Issiqlik taʼminoti ulanadigan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Obyektning manzili:

2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?

Ha

(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)

Yoʻq

(abonentning shaxsiy raqami mavjud)

”;

nomidagi “BAYoNNOMASI” soʻzi “DALOLATNOMASI” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Bayonnoma” soʻzi “Dalolatnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;

““TASDIQLAYMAN”‎‎

‎‎_______________________________________

Issiqlik taʼminoti korxonasi rahbarining F.I.O.)‎‎

‎‎‎‎20_____ y. “____” ________________”
‎‎
jumlasi chiqarib tashlansin;
v) Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
2-banddan toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi “plombalashda ishtirok etadi” soʻzlari “plombalashni amalga oshiradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshidan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagi hollarda texnik shartlar, suv taʼminoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
maishiy isteʼmolchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xoʻjaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlarida;
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi texnik shart mavjud boʻlib begonalashtirilganda;
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda;
ulanish nuqtalari oʻzgarganda, suvdan foydalanish hajmlari oʻzgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari oʻzgarganda.
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini oʻrnatish, plombalash va suv taʼminoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi. Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori oʻrnatilishi talab etilmasa, SQKX tashkiloti tomonidan isteʼmolchiga tizim orqali faqat suv taʼminoti shartnomasi yuboriladi”;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Isteʼmolchilar suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olishga Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi”;
yettinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisob varagʻiga oʻtkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar toʻliq SQKX tashkilotining bank hisob varagʻiga oʻtkaziladi”;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Soʻrovnomada suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash isteʼmolining yuklama hajmi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda, SQKX tashkiloti xodimlari obyektni joyiga chiqib oʻrganadilar yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi”;
15-bandning birinchi xatboshisidagi “toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida” soʻzlari “toʻldirilgach real vaqt rejimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “mobaynida” soʻzidan keyin “QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, SQKX tashkiloti oʻzining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulatsiyasini aniq koʻrsatadi”;
uchinchi xatboshidagi “bir soat mobaynida texnik shartlarga oʻzining muhrini bosib” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan soʻng suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi”;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushganidan soʻng uch ish kuni mobaynida suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etadi.
Kelishilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
SQKX tashkiloti QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
Xulosani tasdiqlash SQKX tashkilotining ERIsi bilan amalga oshiriladi”;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach SQKX tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Agar SQKX tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik SQKX tashkiloti zimmasiga yuklatiladi”;
26-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Isteʼmolchilar qurilish-montaj ishlarini (tegishli litsenziyaga ega boʻlish sharti bilan) mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin”;
31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni SQKX tashkilotiga suvni hisobga olish priborini plombalash va suv taʼminoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga yuboriladi.
Isteʼmolchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, SQKX tashkiloti tomonidan yangi abonent raqami suv taʼminoti shartnomasida koʻrsatiladi. Shuningdek, isteʼmolchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JShShIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yoʻli bilan ham aniqlashlari mumkin.
32. SQKX tashkiloti soʻrovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning oʻziga chiqib, tabiiy suvni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda ikki nusxada isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida dalolatnoma tuzadi”;
33-banddan “Byuro” va “bir nusxasini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
34-banddagi “soʻng bir soat ichida” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
40-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
41-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish

1-bosqich

Isteʼmolchi

1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun soʻrovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

SQKX tashkiloti

1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.

2. Loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha oʻzining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.

3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

QR-kod qoʻyilgan texnik shartlarni, shuningdek, SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini isteʼmolchiga berish.

Real vaqt rejimida

II. Isteʼmolchilarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash

1-bosqich

Isteʼmolchi

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.

Xohishiga koʻra

(texnik shartlarni olgandan soʻng)

2-bosqich

SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Loyihalash tashkiloti

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish.

Xohishiga koʻra

(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan soʻng)

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Soʻrovnomani suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga yuborish.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

SQKX tashkiloti

1. Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini taʼminoti loyihasini koʻrib chiqish.

2. Kelishilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qoʻyilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.

3 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Isteʼmolchi

SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish.

Xohishiga koʻra

(loyiha kelishilgandan soʻng)

7-bosqich

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

III. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish hamda suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish

1-bosqich

Isteʼmolchi

Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.

Xohishiga koʻra

(qurilish-montaj ishlari tugatilganidan soʻng)

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun soʻrovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

SQKX tashkiloti

1. Suvni hisobga olish priborini joyning oʻziga chiqib plombalash.

2. Davlat xizmatlari markaziga yoki isteʼmolchiga YIDXP orqali rasmiylashtirilgan va plombalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani yuborish.

2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Isteʼmolchini suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Isteʼmolchi

1. Rasmiylashtirilgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoki isteʼmolchi tomonidan YIDXP orqali yuborish.

5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

SQKX tashkiloti

Suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilishni amalga oshirish.

Isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni

”;

“I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:” va “I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:”dan 3-bandlar chiqarib tashlansin;
“II. Ulanayotgan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:”dan 2-band chiqarib tashlansin;
3 va 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

_________________

_________________

(sana)

(raqam)

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun

SOʻROVNOMA

I. Kelishilayotgan suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:

Loyiha tashkilotining nomi:

Telefon raqami:

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

Suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi:

Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

_________________

_________________

(sana)

(raqam)

Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomani tuzish uchun

SOʻROVNOMA

I. (jismoniy) Isteʼmolchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

I. (yuridik) Isteʼmolchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Toʻliq nomi:

2. Telefon raqami:

3. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Suvga ulanadigan obyekt toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Obyektning manzili:

2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?

Xa

(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)

Yoʻq

(abonentning shaxsiy raqami mavjud)

”;

quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarni suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

(rasmiy blankada)

“Oʻzsuvtaʼminot” AJning

__________________ SQKX tashkiloti korxonasi tomonidan

suv taʼminoti loyihasi kelishilganligi haqida

XULOSA

20____ y. “____” ariza raqami: _______

_________________________________ning ___________-son arizasiga

(arizachining nomi yoki F.I. O.)

(ariza raqami)

muvofiq __________________________________________ manzilida

(obyektning manzili)

joylashgan obyekt boʻyicha suv taʼminoti loyihasi kelishildi.

Hujjatning

haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

”:

2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarorida:
a) 3-banddagi “faqat” soʻzi “taʼminotchi korxonalarga bevosita hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6 va 7-bandlardan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini(hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (keyingi oʻrinlarda HETK deb ataladi) — hisobga olish uskunalarini yechish va oʻrnatishni, yechilgan hisobga olish uskunalarini akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlarida (keyingi oʻrinlarda metrologiya xizmati deb ataladi) qiyoslashdan oʻtkazishga taqdim etish ishlarining amalga oshirilishini hamda hisobga olish uskunalariga tamgʻa (plomba) qoʻyishni taʼminlaydi;”;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
8-banddan “Byuroni xabardor qilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun:
a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
HETKdan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda oʻlchash vositalarini, hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yigʻim undirilmaydi.
Maishiy isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlari uchun elektr energiyasini hisobga olish priborlarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish xarajatlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HETK mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HETK mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
b) HETKka toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilinganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda, yigʻimlar summasi toʻliq ravishda HGTT ning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Isteʼmolchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar HETK hisobidan amalga oshiriladi”;
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18.Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlovning amalga oshirilmaganligi davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Soʻrovnomada hisobga olish uskunasi bilan bogʻliq maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlangan taqdirda, soʻrovnoma rad etilmaydi. Bunda, HETK xodimlari tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlangan holda yoki joyiga chiqib aniqlik kiritiladi”;
birinchi xatboshidagi “20 daqiqa ichida HETK va Byuroga” soʻzlari “real vaqt rejimida HETKga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “HETK va Byuroga” soʻzlari “HETKga” soʻzi bilan almashtirilsin;
21 — 23, 30-bandlardan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin;
25-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “20 daqiqa ichida” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan, “HETK va Byuroga” soʻzlari “HETK ga” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmunda ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) oʻrnatish (qiyoslashdan oʻtkazmasdan) talab etilganda HETK plomba qoʻyishni hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng bir vaqtda amalga oshiradi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
31-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
32-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi soʻzlari chiqarib tashlansin”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish

1-bosqich

Talabgor

1. Elektr energiyani hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigim toʻlash.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun soʻrovnomani HETKga (qiyoslashdan oʻtkazish uchun metrologiya xizmatiga ham) yuborish.

Real vaqt rejimida

II. Hisobga olish uskunalarini yechish tartibi

1-bosqich

HETK

Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olish.

5 ish kuni mobaynida

III. Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi

1-bosqich

Metrologik xizmat

1. Hisobga olish uskunasini HETKdan qabul qilib olish va qiyoslashdan oʻtkazish.

1. 3 ish kuni mobaynida

2. Sertifikat yoki xabarnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ularni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, HETKga shuningdek, Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuborish.

2. Real vaqt rejimida

2-bosqich

HETK

Sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan soʻng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketish.

2 ish kuni mobaynida

IV. Hisobga olish uskunalarini oʻrnatish tartibi

1-bosqich

HETK

Talabgor bilan kelishilgan vaqtda soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini oʻrnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda plombalash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirish.

3 ish kuni mobaynida

2-bosqich

HETK

Xizmat koʻrsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomani Davlat xizmatlari markazlariga yuborish.

1 ish kuni mobaynida

”;

“va vakil ________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________,”‎‎

(Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimi nomi, lavozimi, F.I.Sh.)‎‎

hamda “Byuro xodimi: __________________

‎‎__________________________________________”

��‎(imzo)

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎ soʻzlari chiqarib tashlansin;

3 va 5-ilovalardan “Eslatma. Mazkur dalolatnoma 2 ish kun ichida Billing tizimiga kiritish uchun Byuroning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi shart” jumlasi chiqarib tashlansin;
v) Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda HGTT deb ataladi) — hisobga olish uskunalarini yechish va oʻrnatishni, yechilgan hisobga olish uskunalarini akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlarida (keyingi oʻrinlarda — metrologiya xizmati) qiyoslashdan oʻtkazishga taqdim etish ishlarining amalga oshirilishini hamda hisobga olish uskunalariga tamgʻa (plomba) qoʻyish taʼminlaydi;”;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-band quyidagi mazmunda xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisobga olish asboblari boʻlmaganda, HGTTlarni tabiiy gaz tarmoqlariga hamda isteʼmolchilar va subisteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi”;
4-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
8-banddan “Byuroni xabardor qilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun:
a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yigim undiriladi.
Bunda hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar HGTTning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HGTT mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar HGTTning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari HGTT mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
b) hududiy gaz taʼminoti tashkilotlariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilinganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda, yigʻimlar summasi toʻliq ravishda HGTTning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Isteʼmolchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar HGTT hisobidan amalga oshiriladi”;
18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Soʻrovnomada hisobga olish uskunasi bilan bogʻliq maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlangan taqdirda, soʻrovnoma rad etilmaydi. Bunda, HGTT xodimlari tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlangan holda yoki joyiga chiqib maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi”;
20-banddagi “20 daqiqa ichida HGTT va Byuroga” soʻzlari “real vaqt rejimida HGTTga” soʻzlari bilan, “HGTT va Byuroga” soʻzlari “HGTTga” soʻzi bilan almashtirilsin;
21 — 23-bandlardan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin;
25-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “20 daqiqa ichida” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan, “HGTT va Byuroga,” soʻzlari “HGTTga” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidan “va Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmunda ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) oʻrnatish (qiyoslashdan oʻtkazmasdan) talab etilganda HGTT plomba qoʻyishni hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng bir vaqtda amalga oshiradi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
30-banddan “va Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
31-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish

1-bosqich

Talabgor

1. Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigim toʻlash.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun soʻrovnomani HGTTga (qiyoslashdan oʻtkazish uchun metrologiya xizmatiga ham) yuborish.

Real vaqt rejimida

II. Hisobga olish uskunalarini yechish tartibi

1-bosqich

HGTT

Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olish.

5 ish kuni mobaynida

III. Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi

1-bosqich

Metrologik xizmat

1. Hisobga olish uskunasini HGTTdan qabul qilib olish va qiyoslashdan oʻtkazish.

1. 3 ish kuni mobaynida

2. Sertifikat yoki xabarnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ularni elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, HGTTga shuningdek, Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuborish.

2. Real vaqt rejimida

2-bosqich

HGTT

Sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan soʻng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketish.

2 ish kuni mobaynida

IV. Hisobga olish uskunalarini oʻrnatish tartibi

1-bosqich

HGTT

Talabgor bilan kelishilgan vaqtda soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini oʻrnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda plombalash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirish.

3 ish kuni mobaynida

2-bosqich

HGTT

Xizmat koʻrsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomani Davlat xizmatlari markazlariga yuborish.

1 ish kuni mobaynida

”;

“va vakil ________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________,”‎‎

(Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimi nomi, lavozimi, F.I.Sh.)‎‎

hamda “Byuro xodimi: __________________

‎‎__________________________________________”

‎‎(imzo)

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎ soʻzlari chiqarib tashlansin;

“Eslatma. Mazkur dalolatnoma 2 ish kun ichida Billing tizimiga kiritish uchun Byuroning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi shart” jumlasi chiqarib tashlansin;
“gaz taʼminoti korxonasi” soʻzlari “gaz taʼminoti tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Suv taʼminoti korxonalari yoki hududiy Issiqlik taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda taʼminotchi korxona deb ataladi) — hisobga olish uskunalarini yechish va oʻrnatishni, yechilgan hisobga olish uskunalarini akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlarida (keyingi oʻrinlarda metrologiya xizmati deb ataladi) qiyoslashdan oʻtkazishga taqdim etish ishlarining amalga oshirilishini hamda hisobga olish uskunalariga tamga (plomba) qoʻyishni taʼminlaydi;”;
“b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
6-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
8-banddan “Byuroni xabardor qilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun:
a) Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yigim undiriladi.
Bunda hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha bir vaqtda murojaat qilinganda yigʻim summasi bir marta undiriladi.
Hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish nazarda tutilmagan hollarda yechish yoki oʻrnatish uchun yigʻim undirilmaydi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari taʼminotchi korxona mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
20 foizi — metrologiya xizmatining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (agar hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha murojaat qilinganda);
qolgan mablagʻlar taʼminotchi korxonaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda, jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari taʼminotchi korxona mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
b) taʼminotchi korxonalarga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilinganda, qiyoslashdan oʻtkazish uchun:
jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 16 foizi;
yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Bunda, yigʻimlar summasi toʻliq ravishda taʼminotchi korxonaning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Isteʼmolchilarning hisobga olish uskunalarini metrologiya xizmati tomonidan qiyoslovdan oʻtkazilganligi uchun toʻlovlar taʼminotchi korxona hisobidan amalga oshiriladi”;
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Soʻrovnomada hisobga olish uskunasi bilan bogʻliq maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlangan taqdirda, soʻrovnoma rad etilmaydi. Bunda, taʼminotchi korxona xodimlari tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bogʻlangan holda yoki joyiga chiqib ushbu maʼlumotlarga aniqlik kiritiladi”;
20-banddagi “20 daqiqa ichida taʼminotchi korxona va Byuroga” soʻzlari “real vaqt rejimida taʼminotchi korxonaga” soʻzlari bilan, “taʼminot tashkilotiga va Byuroga” soʻzlari “taʼminotchi korxonaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-band, 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari va 30-banddan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin;
22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Taʼminotchi korxona xodimlari soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng 5 ish kuni ichida talabgor bilan kelishib, uning ishtirokida mazkur Reglamentga 3-4-ilovalarga muvofiq shaklda tegishli dalolatnomani 2 nusxada tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib oladi. Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorda, ikkinchi nusxasi taʼminotchi korxona xodimida qoldiriladi.”;
25-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “20 daqiqa ichida” soʻzlari “real vaqt rejimida” soʻzlari bilan, “taʼminotchi korxona va Byuroga” soʻzlari “taʼminotchi korxonaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmunda ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) oʻrnatish (qiyoslashdan oʻtkazmasdan) talab etilganda taʼminotchi korxona plomba qoʻyishni hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng bir vaqtda amalga oshiradi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin hamda uchinchi xatboshidan “va Byuro” soʻzlari chiqarib tashlansin;
31-banddan “Byuro” soʻzi chiqarib tashlansin;
32-banddan “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish

1-bosqich

Talabgor

1. Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtish.

1. Xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish uchun soʻrovnomani taʼminotchi korxonaga (qiyoslashdan oʻtkazish uchun metrologiya xizmatiga ham) yuborish.

Real vaqt rejimida

II. Hisobga olish uskunalarini yechish tartibi

1-bosqich

Taʼminotchi korxona

Talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib olish.

5 ish kuni mobaynida

III. Hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi

1-bosqich

Metrologik xizmat

1. Hisobga olish uskunasini taʼminotchi korxonadan qabul qilib olish va qiyoslashdan oʻtkazish.

1. 3 ish kuni mobaynida

2. Sertifikat yoki xabarnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ularni elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, taʼminotchi korxonaga shuningdek, Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) elektron shaklda yuborish.

2. Real vaqt rejimida

2-bosqich

Taʼminotchi korxona

Sertifikat yoki xabarnoma kelib tushganidan soʻng hisobga olish uskunasini metrologiya xizmatidan olib ketish.

2 ish kuni mobaynida

IV. Hisobga olish uskunalarini oʻrnatish tartibi

1-bosqich

Taʼminotchi korxona

Talabgor bilan kelishilgan vaqtda soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini oʻrnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda plombalash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgOrda qoldirish.

3 ish kuni mobaynida

2-bosqich

Taʼminotchi korxona

Xizmat koʻrsatish yakunlanganligi haqida xabardor qilish uchun hisobga olish uskunasi oʻrnatilganligi haqidagi dalolatnomani Davlat xizmatlari markazlariga yuborish.

1 ish kuni mobaynida

”;

“va vakil ________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________,”‎‎

(Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimi nomi, lavozimi, F.I.Sh.)‎‎

hamda “Byuro xodimi: __________________

‎‎__________________________________________”

‎‎(imzo)

(F.I.Sh.)‎‎

‎‎ soʻzlari chiqarib tashlansin;

3 va 5-ilovalardan “Eslatma. Mazkur dalolatnoma 2 ish kun ichida Billing tizimiga kiritish uchun Byuroning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi shart” jumlasi chiqarib tashlansin;
4 va 6-ilovalardan “Eslatma. Mazkur dalolatnoma 2 ish kun ichida Fossa tizimiga kiritish uchun Byuroning tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishi shart” jumlasi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-fevraldagi 111-son qarorining 6-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)