1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VATAN VA XALQ OZODLIGI YOʻLIDA QURBON BOʻLGAN FIDOYILAR XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Yurtimiz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashlarda matonat koʻrsatgan, millatni hurlik va erkinlikka chorlagan, mustabid tuzum yillarida qatagʻon etilgan vatandoshlarimizning moʻtabar xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlar qalbida metin irodali, mard ajdodlarimiz ruhi-pokiga ehtirom, ijtimoiy adolat tantanasiga ishonch, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuygʻularini kuchaytirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 12-maydagi F-999-son Farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasining qatagʻon qurbonlari boʻlgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, xotirasini abadiylashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalari maʼqullansin.
Jamoatchilik komissiyasining keng xalq ommasi fikrlariga asoslangan takliflari hisobga olinib, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
Tashkiliy qoʻmita jamoatchilik komissiyasi bilan birgalikda, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, ijodiy uyushmalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari, oʻz-oʻzini boshqarish organlari, ijtimoiy fan vakillarini jalb etgan holda:
— Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Boʻzsuv qirgʻogʻida Mustamlakachilik davri qurbonlari xotira majmuasini barpo etish boʻyicha keng jamoatchilik fikrini toʻliq oʻrganish va tanlovlar asosida tayyorlangan takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
— viloyatlar, tuman va shaharlarda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida yodgorlik majmualarini barpo etish va boshqa qoʻshimcha tadbirlarni koʻzda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu tadbirlarning oʻz hududlarida amalga oshirilishini taʼminlasin.
2. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi huzurida “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif inobatga olinsin.
“Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasining vazirliklar, davlat qoʻmitalari, kompaniyalar, korporatsiyalar, banklar va boshqa muassasalardan iborat homiylar guruhi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Jamgʻarmaning tarkibiy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin va uning Nizomi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilsin.
Xalqaro tashkilotlar, ayrim fuqarolar va xorijiy shaxslarning xayriya ulushlari uchun jamgʻarma hisobi ochiq ekanligi eʼtiborga olinsin.
3. Quyidagilar “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
— Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi ishini tashkil etish va komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishiga yordam berish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
— qatagʻon etilgan fidoyi vatandoshlarimizni nomma-nom aniqlash maqsadida jamoatchilik komissiyasi tomonidan mamlakatimiz hududlarida tuziladigan ilmiy-ishchi guruhlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
— shahid boʻlgan yurtdoshlarimiz nomini abadiy saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida koʻp jildlik “Qatagʻon qurbonlari” xotira kitobini yaratish va nashr etishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
— xorijdagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy-maʼrifiy muassasalar, mutaxassislar bilan aloqalar oʻrnatish, hamkorlik qilish hamda vatandoshlarimiz hayoti, faoliyatiga oid chet ellardagi mavjud manbalarni izlab topish va oʻrganish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
— qonunda belgilangan tartibda ishlab chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 20 million soʻm ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
“Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi va uning tasarrufiga kiruvchi boʻlinmalar, korxonalar barcha turdagi davlat soliqlaridan, bojxona toʻlovi hamda davlat budjetiga oʻtkaziladigan boshqa toʻlovlardan besh yil muddatga ozod etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Homiylarning daromaddan toʻlaydigan soliq boʻyicha bazasi ularning jamgʻarmaga oʻtkazadigan pul mablagʻlari miqdoriga monand qisqartirilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasini Toshkent shahar Navoiy koʻchasidagi 69-uy (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining sobiq Qoʻlyozmalar instituti binosi)ga joylashtirsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
6. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi boshqaruvini shahar va hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlash topshirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
7. “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi “Adolat” va “Maʼnaviyat” nashriyotlarida “Istiqlol fidoyilari” turkumida mustamlakachilik davri qurbonlarining ilmiy-ijodiy merosi, ular haqidagi tadqiqotlar, Vatanimiz ozodligi yoʻlida jon fido qilgan insonlarning ibratli hayotidan hikoya qiluvchi xotiralar, yodnomalar, shuningdek targʻibiy-tashviqiy adabiyotlar va koʻrgazmali vositalarni muntazam chop etishni yoʻlga qoʻysin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Respublika Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Prezident devoni arxivi va Bosh arxiv boshqarmasi Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish jamoatchilik komissiyasi hamda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi soʻrovlariga binoan, zarur arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun tegishli sharoitlar yaratsin.
9. “Oʻzteleradio” kompaniyasiga “Unutmas meni Vatan” nomli maxsus ijodiy guruh tashkil etib, mustamlakachilik davri qurbonlarining xotirasini abadiylashtirishga oid amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borish topshirilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 22-iyul,
358-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyuldagi 358-son qaroriga 2-ILOVA
“Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasining homiylar guruhi
1. Xalq taʼlimi vazirligi
2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
3. Madaniyat ishlari vazirligi
4. Mudofaa vazirligi
5. Ichki ishlar vazirligi
6. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
7. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
9. Davlat matbuot qoʻmitasi
10. “Oʻzteleradio” kompaniyasi
11. Fan va texnika davlat qoʻmitasi
12. Fanlar akademiyasi
13. Badiiy akademiya
14. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
16. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
17. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi
18. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi
19. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni
20. “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi
21. “Oltin meros” jamgʻarmasi
22. “Mahalla” jamgʻarmasi
23. “Navroʻz” jamgʻarmasi
24. “Kamolot” jamgʻarmasi
25. “Vatanparvar” jamiyati
26. Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
27. “Alp Jamol” tijorat korporatsiyasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyuldagi 358-son qaroriga 3-ILOVA
“Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasining tarkibiy
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyuldagi 358-son qaroriga 3a-ILOVA