Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 19, 8-2018-son qarori (roʻyxat raqami 3025, 2018-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil, 26-son, 524-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima “harbiy taʼlim fakultetlari,” degan soʻzlardan keyin “harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “2 yil davomida, 2 va 3-kurslarda” degan soʻzlar “bir yil, 2-kursda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.