Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 26-maydagi 1-son “Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2592, 2014-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 280-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
a)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.”;
“trener — trenerlik faoliyati boʻyicha malaka oshirganlik haqidagi sertifikatga ega boʻlgan yoki taʼlim muassasalarining sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishini bitirgan (bunda bitiruvchi tegishli sport turi boʻyicha trener lavozimiga ishga qabul qilinganiga uch yildan oshmagan boʻlishi lozim), shuningdek, oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;”;
g) 15-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Sport hakamlari va sport hakami toifalari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2324, 2012-yil 6-fevral)” degan soʻzlar “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2942, 2017-yil 27-oktabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.