1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 Gʻallachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2022-yil hosilidan bugʻdoyni xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki bozorni bugʻdoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2022-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan — jami 2 550 ming tonna bugʻdoyning:
1 783 ming tonnasini tovar bugʻdoy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasini urugʻlik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan xarid qilish;
500 ming tonnasini fermer xoʻjaliklari hamda boshqa gʻalla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamgʻarmaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2022-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonna jami 2 550 ming tonna bugʻdoyni “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga qabul qilish dislokatsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, tumanlar hokimliklari bir hafta muddatda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga davlat resurslariga xarid qilinadigan, vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan hamda urugʻlik bugʻdoy hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tuman hokimligi rasmiy veb-saytida fermer xoʻjaliklari hamda boshqa gʻalla yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda — bugʻdoy yetishtiruvchilar) kesimida joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bugʻdoyni saqlash, birja savdolariga chiqarish va xaridorga yuklab joʻnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Belgilansinki, davlat resurslariga xarid qilinadigan bugʻdoy uchun toʻlovlar dastlabki bosqichda 2-ilovaga muvofiq narxlarda bugʻdoy topshirilgan kundan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-maydagi PF-141-son Farmoni talablari asosida roʻyxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan bugʻdoy yetishtiruvchilarning maxsus hisobvaraqlariga toʻliq oʻtkazib beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
2022-yilning iyul-avgust oylarida birjada bugʻdoy sinflari uchun shakllangan oʻrtacha narxdan (oʻrtacha kotirovka) kelib chiqib, 2022-yil sentyabr oyida toʻliq qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
6. “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan urugʻlik bugʻdoyning har bir tonnasi 3 mln soʻmdan tegishli nav ustamalari hisobga olingan holda xarid qilinadi.
Bunda urugʻlik bugʻdoyni xarid qilish va tayyorlash uchun Jamgʻarma tomonidan “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga olti oy muddatga yillik 1,5 foiz stavkada qarz mablagʻlari ajratiladi.
7. Jamgʻarma oʻn kun muddatda:
Transport vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil hosili uchun bugʻdoyni tashishning tavsiyaviy tariflarini;
“Oʻzdonmahsulot” AK va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda bugʻdoyni qabul qilish, ichki tashish, saqlash va yuklab joʻnatish boʻyicha xizmatlar tariflarining eng yuqori cheklangan darajasini tasdiqlab joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
8. Moliya vazirligi:
ijtimoiy muassasalar va boshqa budjet tashkilotlarining oziq-ovqat xarajatlari uchun haqiqatda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarni keyingi oylarda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish boʻyicha xarajatlar parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
2022-yil 1-sentabrga qadar ijtimoiy soha muassasalari va boshqa budjet tashkilotlarining oziq-ovqat xarajatlari uchun yil yakuniga qadar talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarni moliyalashtirish manbalarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Jamgʻarma bilan birgalikda:
davlat resurslariga xarid qilinadigan va vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadigan bugʻdoyni birja savdolariga qoʻyish boʻyicha oylik grafik ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
birja savdolariga qoʻyiladigan bugʻdoy hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kalendar oyi boshlanishidan besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun taqdim etib borsin;
zarur hollarda, ichki bozorda narx barqarorligini taʼminlash maqsadida bugʻdoy tanqisligi kuzatilgan hududlar uchun birja savdolariga qoʻshimcha hajmlar ajratish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga:
birja savdolaridan bugʻdoy xarid qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotining grafik asosida birja savdolariga chiqarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin;
zarur hollarda, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan bugʻdoy va un mahsulotining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda unga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.
11. Belgilansinki, davlat zaxirasidagi bugʻdoyni yangilash (almashtirish) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi va Jamgʻarmaning yozma koʻrsatmasiga asosan tijorat vakili tomonidan xarid qilinadigan yangi hosilni jamlash va avval zaxirada saqlangan bugʻdoyni birja savdolariga chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Bunda bugʻdoyni yangilash jarayonida ajratib olinadigan donli aralashma (oraliq mahsulot) birja savdolari orqali sotiladi hamda yuzaga kelgan salbiy farq va qoʻshimcha xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar bugʻdoyni Jamgʻarma nomidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan sotib olish, saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklash tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tijorat vakili hisoblanadi.
12. Ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan bugʻdoyni sotib olish va birja savdolari orqali sotish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
13. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzdonmahsulot” AK bilan birgalikda 2023-yil 10-iyun holatiga “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarning elevatorlarida davlat zaxirasi maqsadlari uchun saqlanayotgan bugʻdoy hajmlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
14. 2022-yil 1-iyundan boshlab 2021-yil hosilidan davlat resurslariga xarid qilingan bugʻdoy qoldigʻi un mahsulotini ishlab chiqarishga qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan bir tonnasi uchun 3 mln soʻmdan qayta baholansin.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Markaziy bank hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda “Omborxona guvohnomasi” moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratsin.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari va sektor rahbarlarining quyidagilar uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining, birinchi navbatda, qolipli non ishlab chiqaruvchi va un mahsulotining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning mahalliy un mahsuloti boʻyicha oʻtkaziladigan birja savdolarida ishtirok etishiga imkoniyat yaratish va ularning ushbu savdolarga jalb etilishini taʼminlash;
barcha aholi punktlarida, ayniqsa, olis va chekka hududlardagi isteʼmolchilarga un mahsuloti va qolipli nonning uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
hududlardagi maxsus isteʼmolchilar, ijtimoiy soha muassasalari, budjet tashkilotlari va ularga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birja savdolarida qatnashishini va ularni doimiy un mahsulotlari bilan taʼminlash;
2022-yil iyun oyida mahalliy bozorlarda un va un mahsulotlari narxlarining oʻzgarishiga qarab, ijtimoiy soha muassasalari uchun mahalliy hokimliklar huzuridagi komissiyalar tomonidan belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlarini har hafta yangilab borish;
bozorlar hamda doʻkonlarda un va un mahsulotlari narxlarining sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish boʻyicha har bir tuman (shahar)da shtab tashkil etish hamda uning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
17. Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning toʻlov intizomini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-maydagi PF-141-son Farmoni talablari asosida roʻyxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan tijorat vakiliga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hamda vaqtincha saqlash uchun bugʻdoy topshirgan bugʻdoy yetishtiruvchilarning mahsulot sotishdan tushgan mablagʻlarining harakati qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
18. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida hamda Internet jahon axborot tarmogʻida aholi oʻrtasida keng yoritilishi va tushuntirilishini taʼminlasin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-maydagi 284-son qaroriga 1-ILOVA
2022-yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonna jami 2 550 ming tonna bugʻdoyni “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga qabul qilish
DISLOKATSIYASI
tonna
T/r
Korxonalar nomi
Jami qabul qilinadigan bugʻdoy
shu jumladan:
Tovar bugʻdoy
shundan:
Urugʻlik bugʻdoy
Davlat resurslariga xarid qilinadigan bugʻdoy
Vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bugʻdoy
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ
17 850
14 100
11 013
3 087
3 750
2.
“Chimboy don mahsulotlari” MChJ
13 330
11 470
8 959
2 511
1 860
3.
“Taxiatoshdonmahsulotlari” AJ
21 695
17 435
13 617
3 818
4 260
4.
“Qoʻngʻirot un zavodi” AJ
6 195
5 745
4 487
1 258
450
5.
“Toʻrtkoʻl don mahsulotlari” MChJ
14 930
12 000
9 373
2 627
2 930
JAMI
74 000
60 750
47 448
13 302
13 250
Andijon viloyati
6.
“Andijondonmahsulotlari” AJ
83 497
74 827
58 443
16 384
8 670
7.
“Asakadonmahsulotlari” AJ
75 173
72 023
56 253
15 770
3 150
8.
“Qoʻrgʻontepadonmahsulot” AJ
61 918
54 658
42 690
11 968
7 260
JAMI
220 588
201 508
157 386
44 122
19 080
Buxoro viloyati
9.
“Buxorodonmahsulotlari” AJ
68 720
58 280
45 519
12 761
10 440
10.
“Qorakoʻldonmahsulotlari”AJ
57 320
52 820
41 255
11 565
4 500
11.
“Kogondonmahsulotlari”AJ
26 410
26 200
20 463
5 737
210
JAMI
152 450
137 300
107 237
30 063
15 150
Jizzax viloyati
12.
“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ
94 424
81 924
63 986
17 938
12 500
13.
“Zarbdor elevatori” AJ
42 403
41 228
32 201
9 027
1 175
14.
“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ
101 258
91 558
71 511
20 047
9 700
JAMI
238 085
214 710
167 698
47 012
23 375
Qashqadaryo viloyati
15.
“Qashqadaryodonmaxsulotlari” AJ
40 842
38 000
29 680
8 320
2 842
16.
“Koson DMQQ” MChJ
93 967
85 462
66 749
18 712
8 505
17.
“Don-xalq rizqi” AJ
48 819
44 140
34 475
9 665
4 679
18.
“Dunyo-M” AJ
129 022
117 356
91 660
25 696
11 666
19.
“Qamashi DQQ” MChJ
50 608
43 300
33 819
9 481
7 308
JAMI
363 258
328 258
256 383
71 874
35 000
Navoiy viloyati
20.
“Navoiydonmahsulotlari” AJ
65 715
55 522
43 365
12 157
10 193
21.
“Qiziltepa un zavodi” AJ
20 778
20 778
16 229
4 549
JAMI
86 493
76 300
59 594
16 706
10 193
Namangan viloyati
22.
“Namangandonmahsulotlari” AJ
73 996
67 761
52 925
14 837
6 235
23.
“Uchqoʻrgʻondonmahsulotlari” AJ
60 131
51 542
40 257
11 286
8 589
24.
“Popdonmahsulotlari” AJ
49 331
47 215
36 877
10 338
2 116
JAMI
183 459
166 519
130 059
36 461
16 940
Samarqand viloyati
25.
“Samarqanddonmahsulotlari” AJ
76 036
64 978
50 751
14 227
11 058
26.
“Oqtosh don” �J
77 093
64 272
50 199
14 073
12 821
27.
“Juma elevatori” AJ
45 421
45 421
35 476
9 945
28.
“Jomboydonmahsulotlari” AJ
66 442
60 921
47 582
13 339
5 521
JAMI
264 992
235 592
184 007
51 585
29 400
Surxondaryo viloyati
29.
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ
92 867
79 563
62 142
17 421
13 304
30.
“Shoʻrchidonmahsulotlari” AJ
120 453
110 457
86 272
24 185
9 996
JAMI
213 320
190 020
148 414
41 606
23 300
Sirdaryo viloyati
31.
“Oqoltin don mahsulotlari” AJ
109 100
89 100
69 591
19 509
20 000
32.
“Xovos don mahsulotlari” AJ
55 300
55 300
43 191
12 108
JAMI
164 400
144 400
112 782
31 617
20 000
Toshkent viloyati
33.
“Toshkentdonmahsulotlari” AJ
124 377
112 867
88 154
24 713
11 510
34.
“Ohangaron don” AJ
96 260
85 760
66 982
18 778
10 500
35.
“Gʻalla-Alteg” AJ
49 580
44 080
34 428
9 652
5 500
JAMI
270 217
242 707
189 565
53 142
27 510
Fargʻona viloyati
36.
“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ
68 535
61 445
47 991
13 454
7 090
37.
“Bogʻdoddonmahsulotlari” AJ
54 411
48 491
37 874
10 617
5 920
38.
“Soʻx don” MChJ
1 933
1 433
1 119
314
500
39.
“Qoʻqondonmahsulotlari” AJ
114 953
104 963
81 981
22 982
9 990
40.
“Quvadonmahsulotlari” AJ
15 168
13 668
10 675
2 993
1 500
JAMI
255 000
230 000
179 640
50 360
25 000
Xorazm viloyati
41.
“Xorazmdonmahsulotlari” AJ
20 037
17 437
13 619,4
3 818
2 600
42.
“Bogʻot don” AJ
13 138
11 388
8 894,8
2 494
1 750
43.
“Shovot don mahsulotlari” AJ
14 930
13 005
10 157,5
2 848
1 925
44.
“Xonqa don mahsulotlari” AJ
15 682
13 657
10 666,7
2 990
2 025
JAMI
63 788
55 488
43 338,4
12 149
8 300
Respublika boʻyicha jami
2 550 050
2 283 552
1 783 552
500 000
266 498
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-maydagi 284-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yil hosilidan davlat resurslariga xarid qilinadigan bugʻdoy uchun dastlabki bosqichda toʻlovni amalga oshirish narxlari
(1 tonna uchun soʻm)
Bugʻdoy sinflari
Kleykovina miqdori
(foizdan kam boʻlmaganda)
Narx
(qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan birga)
Qattiq bugʻdoy
1 sinf
28
4 922 280
2 sinf
25
4 341 270
3 sinf
22
3 949 490
4 sinf
18
3 000 000
Yumshoq bugʻdoy
1 sinf
32
4 098 100
2 sinf
28
3 484 940
3 sinf
23
3 000 000
4 sinf
18
2 683 920
5 sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy
chegaralanmagan
2 481 520
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-maydagi 284-son qaroriga 3-ILOVA
Ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan bugʻdoyni sotib olish va birja savdolari orqali sotish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom ichki bozorda bugʻdoy narxi barqarorligini taʼminlash uchun bugʻdoyni sotib olish va birjada sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
birja — qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziyaga ega tovar-xomashyo birjalari;
tijorat vakili — Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) nomidan davlat resurslari uchun tovar bugʻdoyni sotib olish, saqlash, shuningdek, xaridorlarga yuklash tadbirlarini amalga oshiruvchi “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar.
2-bob. Jamgʻarma bilan tijorat vakili oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar
3. Jamgʻarma va tijorat vakili oʻrtasida Jamgʻarma nomidan fermer xoʻjaliklari va boshqa gʻalla yetishtiruvchilar (keyingi oʻrinlarda − bugʻdoy yetishtiruvchilar) bugʻdoyni sotib olish, tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va yuklab joʻnatish toʻgʻrisida topshiriq shartnomasi tuziladi.
4. Topshiriq shartnomasi muddati davomida tijorat vakilining Jamgʻarma nomidan sotib olgan bugʻdoyni boshqarish boʻyicha faoliyati Jamgʻarma tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
3-bob. Jamgʻarma tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan bugʻdoyni sotib olish tartibi
5. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot va belgilangan hajmdagi bugʻdoy miqdoriga asosan bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan yetishtirilgan gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumida tijorat vakilining ombor va (yoki) elevatoriga joylashtiriladi. Bunda:
bugʻdoyning sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar asosida sinovdan oʻtkazib qabul qilinadi;
bugʻdoy yetishtiruvchi topshirgan tovar bugʻdoy uchun tijorat vakili tomonidan toʻrt nusxada PK-10 qabul kvitansiyasi rasmiylashtiriladi;
zarur hollarda, bugʻdoyni quritish va tozalash xarajatlari shartnomaviy kelishilgan tariflarda bugʻdoy yetishtiruvchilar tomonidan tijorat vakiliga toʻlab beriladi;
tijorat vakilining bugʻdoyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va yuklash xarajatlari topshiriq shartnomasida belgilangan tariflar asosida Jamgʻarma tomonidan toʻlab beriladi hamda Jamgʻarmaning xarajatlarida aks ettiriladi.
6. Maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tijorat vakilining arizasiga asosan xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan unga Jamgʻarma nomidan bugʻdoy sotib olish uchun 23210 maxsus hisobvaraq ochiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
7. Jamgʻarma tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida Jamgʻarma nomidan tovar bugʻdoy sotib olish uchun tijorat vakilining maxsus maqsadli hisobvaragʻiga belgilangan tartibda foizsiz mablagʻlarni oʻtkazadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
8. Tijorat vakili bugʻdoyni davlat standarti (Oʻz DSt 880:2015) talablariga muvofiq sifat koʻrsatkichlari (namlik, ifloslik, donli aralashmasi, natura ogʻirligi, kleykovina miqdori, sifati va turi) va bugʻdoy sinflari aniq koʻrsatilgan hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) asosida sotib oladi.
Sotib olingan bugʻdoyning sifati boʻyicha nizoli holatlar yuzaga kelganda, ushbu holat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan Jamgʻarmaga yakuniy xulosa taqdim etiladi.
9. Jamgʻarma tomonidan tijorat vakilining 23210 maxsus hisobvaraqiga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
davlat resurslariga qabul qilingan tovar va urugʻlik bugʻdoy uchun hisob-kitoblar;
bugʻdoyni don qabul qilish korxonalari va shoxobchalariga tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va xaridorlarga yuklash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar.
Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlardan boshqa maqsadlarda toʻlovlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida 2022-yilning iyul-avgust oylarida birjada shakllangan bugʻdoy sinflarining oʻrtacha kotirovkasi va tijorat vakili tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan sotib olingan bugʻdoy qiymati oʻrtasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasi Jamgʻarma tomonidan tijorat vakili orqali bugʻdoy yetishtiruvchilarga qayta hisob-kitob qilib toʻlanadi.
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida shakllangan bugʻdoy sinflarining oʻrtacha kotirovkasi bilan bugʻdoy yetishtiruvchilardan sotib olinadigan bugʻdoy narxi oʻrtasida yuzaga kelgan salbiy farq summasi bugʻdoy yetishtiruvchilardan chegirib qolinmaydi.
4-bob. Tijorat vakili tomonidan davlat resurslariga sotib olingan bugʻdoyni saqlash tartibi
11. Tijorat vakili bugʻdoyni saqlashda standartlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Don xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-martdagi 99-son qarori talablariga rioya qilishi shart.
5-bob. Davlat resurslariga sotib olingan bugʻdoyni birjada sotish tartibi
12. Davlat resurslariga sotib olingan bugʻdoy Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan oylik grafikka muvofiq Jamgʻarma tomonidan birja savdolariga qoʻyiladi.
Jamgʻarma tomonidan bugʻdoy birja savdolariga bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda bugʻdoy yetishtiruvchilardan sotib olinadigan bugʻdoy qiymatiga, tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va yuklash xarajatlarini qoʻshganda hosil boʻladigan qiymatdan kam boʻlmagan narxlarda qoʻyiladi.
Bunda bugʻdoyni tashish, qabul qilish, ichki tashish, saqlash va yuklash xarajatlari bir yillik oʻrtacha xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
13. Jamgʻarma tomonidan birja savdolarida bugʻdoy birja savdolari haqidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotiladi.
6-bob. Tijorat vakili tomonidan don saqlash sigʻimida saqlanayotgan bugʻdoyni birja savdolari orqali sotib olgan xaridorga yuklab joʻnatish tartibi
14. Birja savdo natijalariga koʻra tuzilgan shartnomaga muvofiq bugʻdoyni sotib olgan xaridor bugʻdoy qiymati toʻliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Jamgʻarma birja tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga asosan tijorat vakiliga ombor va (yoki) elevatorda saqlanayotgan bugʻdoyni birja savdolari orqali sotib olgan xaridorga yuklash yoʻriqnomasini (naryad) taqdim etadi.
15. Jamgʻarma tomonidan taqdim etilgan yuklash yoʻriqnomasiga (naryad) asosan tijorat vakili ombor va (yoki) elevatorda saqlanayotgan bugʻdoyni birja savdolari orqali sotib olgan xaridor tomonidan taqdim etilgan transport (temir yoʻl yoki avtomobil) vositasiga yuklaydi, yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
16. Tijorat vakili don saqlash sigʻimida saqlanayotgan bugʻdoyni sotib olgan xaridorga yuklab joʻnatganligi toʻgʻrisidagi yuk xatini yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasini hamda bugʻdoy sotib olinganda hisoblangan qoʻshimcha qiymat soligʻi (xizmat koʻrsatish ustamasini hisobga olmagan holda) koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturani keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Tijorat vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan Jamgʻarma bugʻdoyni sotib olgan xaridorga tegishli hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirib beradi.
17. Jamgʻarma tomonidan tijorat vakili taqdim etgan yuk xati yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasi birjaga yuboriladi.
Birja ushbu yuk xati yoki topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan har bir shartnoma boʻyicha bugʻdoy sotishdan tushgan mablagʻlarni xaridor nomini koʻrsatgan holda bir ish kunida Jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
18. Jamgʻarma va tijorat vakili oʻrtasida har chorakda va shartnoma shartlari bajarilishi toʻliq yakunlangandan soʻng oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida solishtirma dalolatnoma tuziladi.
7-bob. Sotib olingan bugʻdoyni qabul qilish, tashish, saqlash, yuklash va uning tabiiy kamayishi, kamomad bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi
19. Tijorat vakili tashish, qabul qilish, saqlash va yuklash bilan bogʻliq xarajatlarni topshiriq shartnomasida kelishilgan tariflar asosida, shuningdek, tabiiy kamayish xarajatlarini qoplash uchun har oy yakunida Jamgʻarmaga hisobvaraq-faktura taqdim etadi.
Bunda yuzaga kelgan tabiiy kamayishning belgilangan standartlariga mosligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining ijobiy xulosasi taqdim etilishi shart.
Tijorat vakili talab qilingan hujjatlarni toʻliq taqdim etganda qilingan xarajatlar Jamgʻarma tomonidan uch ish kunida toʻlab beriladi.
20. Davlat resurslari uchun sotib olinib, tijorat vakilining ombori va (yoki) elevatorida saqlanayotgan bugʻdoy hajmida kamomad yoki normativdan ortiqcha yoʻqotishlar (kamayish) aniqlanganda, yuzaga kelgan bugʻdoy kamomadi qiymati kamomad aniqlangan kundagi bugʻdoyning birja narxiga 20 foiz ustama qoʻllangan holda tijorat vakilidan Jamgʻarma foydasiga undiriladi.
8-bob. Bugʻdoyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan ijobiy tafovut summasini ishlatish va salbiy tafovut summasini qoplash tartibi
21. Bugʻdoyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan ijobiy/salbiy farq bugʻdoyning birja savdolaridagi sotish narxidan bugʻdoyni sotib olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (tijorat vakiliga toʻlangan xizmat haqi, sotish xarajatlari, jalb qilingan xorijiy kreditlari boʻyicha kurs farqi, jalb etilgan budjet ssudasi foiz xarajatlari) chegirilgan holda aniqlanadi.
Bugʻdoyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan ijobiy tafovut mablagʻlari qonunchilik hujjatlariga asosan Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi va ushbu mablagʻlar Jamgʻarma tomonidan belgilangan tartibda tasarruf etiladi.
Bugʻdoyni birja savdolarida sotishda yuzaga keladigan salbiy tafovut summasi Jamgʻarmaning xarajatlarida aks ettiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Tijorat vakili:
bugʻdoyni sotib olish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi;
Jamgʻarmaga taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi;
sotib olingan bugʻdoy yaxlit hajmda, sifatli va kafolatli saqlanishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
23. Sotib olingan bugʻdoyning sifatli saqlanishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan, bugʻdoyni sotib olishga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Jamgʻarma tomonidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qoʻllaniladigan jarima miqdori Jamgʻarma va tijorat vakili oʻrtasida tuziladigan topshiriq shartnomasida belgilanadi.
24. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.