

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6026679" id="onLBC-6026679">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6560"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6026679" id="onLS-6026679">[<b>TSZ:</b><div id="LS4112"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6027183" id="-6027183">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6027184" id="-6027184">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6027185" id="-6027185">Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6027224" id="-6027224"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027228" id="-6027228">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son <a href="/mact/-5849580">qarori </a>hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son <a href="/mact/-4828880">qarori </a>ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027232" id="-6027232">1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori <a href="/mact/-4828880#-5832656">9<sup>1</sup>-bandiga</a> muvofiq Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilganligi va uning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027235" id="-6027235">Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027245" id="-6027245">vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi boʻyicha belgilangan miqdorda dividentlar toʻlangandan soʻng qolgan mablagʻning 15 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027247" id="-6027247">davlat teatrlari, sirki va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni oʻtkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027253" id="-6027253">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027255" id="-6027255">davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027257" id="-6027257">vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027258" id="-6027258">vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvaragʻidan ajratiladigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027259" id="-6027259">xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027260" id="-6027260">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027261" id="-6027261">2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-6026679#-6027275">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027263" id="-6027263">Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027264" id="-6027264">Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash va boshqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027266" id="-6027266">Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027268" id="-6027268">3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hayʼati ikki hafta muddatda Jamgʻarmaning kengashi tarkibini tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027269" id="-6027269">4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027270" id="-6027270">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6027271" id="-6027271">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6027272" id="-6027272">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6027273" id="-6027273">2022-yil 20-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6027274" id="-6027274">275-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6027275" id="-6027275"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6027277" id="-6027277">Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 275-son <a href="/mact/-6026679">qaroriga </a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6027278" id="-6027278">Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6027279" id="-6027279">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6027280" id="-6027280"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6027281" id="-6027281">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027282" id="-6027282">1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) budjetdan tashqari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish, shuningdek Jamgʻarmani boshqarish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027283" id="-6027283">2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlardan madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027284" id="-6027284">3. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Vazirlikning maxsus budjetdan tashqari milliy valyutadagi tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga hamda tijorat banklarida milliy va chet el valyutasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6027285" id="-6027285">2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027286" id="-6027286">4. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027287" id="-6027287">Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027288" id="-6027288">Vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi boʻyicha belgilangan miqdorda dividendlar toʻlangandan soʻng qolgan mablagʻning 15 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027289" id="-6027289">davlat teatrlari, sirki, madaniyat markazlari va konsert-tomosha muassasalarining topgan daromadidan 10 foizi miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027290" id="-6027290">Vazirlik huzuridagi Madaniyat va sanʼat xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan tashkil etiladigan qayta tayyorlash kurslarida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027291" id="-6027291">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027292" id="-6027292">davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027293" id="-6027293">Vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027294" id="-6027294">Vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisobvaragʻidan ajratiladigan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027296" id="-6027296">jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari (metsenatlik koʻmagi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027297" id="-6027297">xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzi), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027298" id="-6027298">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027299" id="-6027299">5. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan milliy va chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027300" id="-6027300">6. Chet el valyutasidagi mablagʻlar Jamgʻarmaning maxsus valyuta hisobvaragʻiga tushadi. Jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga tushgan chet el valyutasidagi zarur summalar belgilangan tartibda sotiladi (mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari). Chet el valyutasini sotishdan olingan milliy valyutadagi mablagʻlar Jamgʻarmaning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6027301" id="-6027301">3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027302" id="-6027302">7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027304" id="-6027304">aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027305" id="-6027305">isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027307" id="-6027307">madaniyat va sanʼat sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini doimiy taʼminlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027308" id="-6027308">Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida belgilangan tartibda yetakchi mahalliy va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027309" id="-6027309">Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalarida oʻqitish orqali malakasini oshirishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027311" id="-6027311">taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy qilish va xarajatlarini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027312" id="-6027312">Vazirlik tashabbusi bilan tashkil etiladigan ommaviy-madaniy tadbirlarga sarflanadigan mablagʻlarni qoplash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027313" id="-6027313">Vazirlik tashabbusi bilan yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan konsert-tomosha, spektakllar, shou dasturlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027315" id="-6027315">Vazirlikning markaziy apparati hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlariga har oylik ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash hamda ularni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027316" id="-6027316">Vazirlikning ekspert-tahlil guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar faoliyatini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027317" id="-6027317">Vazirlik hamda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlariga mamlakat hududiga va xorijiy mamlakatlarga chiqish uchun aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, vakillik xarajatlari, sovgʻalar, shuningdek xorijiy adabiyotlar xarid qilish va boshqalar uchun milliy va chet el valyutasida mablagʻlar ajratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027318" id="-6027318">madaniyat va sanʼat sohasidagi maqsadli dasturlarni moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027320" id="-6027320">madaniyat va sanʼat infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027322" id="-6027322">Vazirlik tomonidan oʻz tizimida tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari va davlat muassasalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027323" id="-6027323">nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, madaniyat va sanʼat sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, faoliyati madaniyat va sanʼat sohasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarning xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarga asosan toʻlab berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027324" id="-6027324">Vazirlik tizimidagi kollej, texnikum va institutlarning iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi boʻlgan talabalari (oʻquvchilari)ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar toʻlash. Stipendiyalar miqdori Jamgʻarma kengashi tomonidan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027325" id="-6027325">Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va taʼmirlash, zarur anjomlar, shu jumladan ovoz kuchaytirish uskunalari, yoritish uskunalari, sahna liboslari, barcha turdagi musiqa asboblari, mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqalar bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027326" id="-6027326">Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027327" id="-6027327">qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027328" id="-6027328">8. Vazirlik, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat boʻlimlari xodimlarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027329" id="-6027329">9. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar mazkur Nizomda koʻrsatilgan yoʻnalishlarga sarflanadi. Bunda, Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishida Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son <a href="/mact/-319286">qarori </a>talablari tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027330" id="-6027330">10. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasiga zarur hollarda oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6027331" id="-6027331">4-bob. Jamgʻarmani boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027332" id="-6027332">11. Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma kengashining shaxsiy tarkibi Vazirlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027333" id="-6027333">12. Jamgʻarma kengashi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027334" id="-6027334">Jamgʻarmaning keyingi yil uchun daromadlar va xarajatlar smetasini har yili 25-dekabrgacha tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027335" id="-6027335">Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va mablagʻlarining xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027336" id="-6027336">Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027337" id="-6027337">Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6028830" id="-6028830">13. Jamgʻarmaga joriy xizmat koʻrsatish, uning daromadlari va xarajatlari smetasi loyihasini tayyorlash, mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish monitoringini, shuningdek, mablagʻlarning hisob va hisobotini yuritish Vazirlikning iqtisodiy tahlil va moliya masalalariga masʼul boshqarmasi hamda buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6027339" id="-6027339">5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027341" id="-6027341">14. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Vazirlikning hayʼati yigʻilishida koʻrib chiqiladi hamda har yili 15-martgacha Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7425251" id="edi-7425251"><a href="/mact/-6026679?ONDATE=20.05.2022 00#-6027343">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7425251" id="-7425251"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7425252" id="-7425252">15. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7425254" id="-7425254">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli <a href="/mact/-7410867?ONDATE=03.03.2025 00#-7413394">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027344" id="-6027344">16. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va chet el valyutada jamgʻarib boriladigan gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6027345" id="-6027345">6-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6027346" id="-6027346">17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6027186" id="-6027186">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2022-y., 09/22/275/0435-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
