1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2649-7]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 5-sonli ““Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2649-9, 22.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 18-dekabrdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2649, 2015-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-may,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 11-maydagi 11-son buyrugʻiga ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 4-banddagi “besh yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-banddagi “yetti yil” degan soʻzlar “besh yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-banddagi “oʻn yil” degan soʻzlar “yetti yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgorning nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (diplom yoki malaka toifasi olgandan soʻng familiyasi oʻzgargan talabgorlar uchun), tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari, shuningdek ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali doimiy ishchi organ tomonidan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.”;