1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QOʻNGʻIROT SODA ZAVODI QURILISHINI TUGALLASH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Xom ashyoning boy manbalarini oʻzlashtirish asosida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarishni tashkil etish, keyinchalik shisha va boshqa mahsulotlarning har xil turlarini ishlab chiqarish boʻyicha qurilish materiallari ishlab chiqarishni barpo etish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yiliga 100 ming tonna kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishini tugallash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
zavodning texnologiya qismini loyihalash va qurish masalalari boʻyicha Xitoyning ana shunday zavodlarni loyihalash va qurishda xalqaro tajribaga ega boʻlgan “Sitik” kompaniyasi asosiy xorijiy sherik sifatida belgilanganligi;
loyihaning texnologiya qismini va tanlangan texnologik yechimning samaradorligini kompleks ekspertiza qilish boʻyicha “Solvey” (Belgiya) kompaniyasi koʻmagida “Akzo Nobel Injiniring” (Gollandiya) kompaniyasi Oʻzbekiston tomonining mustaqil maslahatchisi ekanligi;
“Sitik” kompaniyasi bilan zavodning texnologiya qismini foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan tuzilayotgan kontrakt qiymati, shu jumladan sugʻurta mukofoti va yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya 32,3 mln AQSH dollarini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.02 Investitsiya maslahatchisi]
3. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyihani amalga oshirish yuzasidan Xitoyning “Sitik” kompaniyasi bilan va maslahat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan “Akzo Nobel Injiniring” (Gollandiya) kompaniyasi bilan kontraktlarni ikki oy muddatda tayyorlasin va tuzsin. Bunda quyidagi shartlarga rioya qilinsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
mahalliy qurilish tashkilotlarini subpudratga jalb qilingan holda zavodning texnologiya qismini foydalanishga tayyor holda qurish;
obyekt qurilishining eng koʻp muddati 1-ilovaga* muvofiq “Sitik” kompaniyasi bilan tuzilgan asosiy kontrakt kuchga kirgan sanadan boshlab 31 oydan keyin kafolatli koʻrsatkichlarga erishgan holda 26 oy;
*1-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
“Sitik” kompaniyasi majburiyatlari bajarilishining kafolati zavod foydalanishga topshirilganligining birinchi yili tamom boʻlgungacha kontrakt qiymatining 5 foizi miqdorida.
4. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda belgilangan tartibda:
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishini bir oy muddatda tugallasin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
mazkur loyiha doirasida jalb etiladigan kreditlar boʻyicha asosiy qarz, foizlar, boshqa moliyaviy chiqimlardan samarali foydalanilishini va ularning 2-ilovaga* muvofiq oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasin;
*2-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bazaviy loyihani ishlab chiqishda ulardan eng yuqori darajada foydalanishni taʼminlash uchun sanoat maydoni obyektlari, muhandislik infratuzilmasi va qurilish bazasining tugallangan va boshlangan qurilishini ikki hafta muddatda xatlovdan oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
5. Belgilansinki, loyiha quyidagi sxema boʻyicha loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Xitoyning eksport-kredit sugʻurta korporatsiyasining sugʻurta polislari bilan qoplanadigan asosiy kontrakt qiymatining 90 foizi, shu jumladan 100 foizli sugʻurta mukofoti — Xitoy Industrial-tijorat bankining “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan qayta moliyalanadigan krediti hisobiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
asosiy kontrakt qiymatining 10 foizi — “Oʻzsanoatqurilishbank”ning xorijiy valyutadagi kreditlari hisobiga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Oʻzbekiston tomonining xarajatlari, shu jumladan xorijiy kredit boʻyicha va mustaqil xorijiy maslahatchilar xizmatiga haq toʻlash boʻyicha moliyaviy chiqimlar “Oʻzsanoatqurilishbank”ning xorijiy valyutadagi kreditlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
6. “Oʻzsanoatqurilishbank” ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Xitoy Industrial-tijorat banki bilan Xitoy eksport-kredit sugʻurta korporatsiyasi sugʻurtasi ostidagi kredit bitimini ishlab chiqishni tugallasin va tuzsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.11.00 Yuridik, jismoniy shaxslar va banklar oʻrtasidagi operatsiyalar]
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik jamiyatining Qoʻngʻirot soda zavodini qurish boʻyicha bosh direksiya bilan xorijiy kreditni qayta moliyalashtirish yuzasidan kredit bitimi tuzsin.
8. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
Xitoy Industrial-tijorat bankiga “Oʻzsanoatqurilishbank”ning majburiyatlari boʻyicha;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat]
“Oʻzsanoatqurilishbank”ga “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik jamiyatining Qoʻngʻirot soda zavodini qurish boʻyicha bosh direksiyaning majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda kafolatlar berishga vakil qilinsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy bankga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlari yuzasidan koʻrsatilgan shakl boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosani rasmiylashtirsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
10. Qoʻngʻirot soda zavodining 6 oy mobaynida belgilangan tartibga muvofiq loyihalash bilan parallel ravishda qurilishiga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmanomalariga binoan, mazkur loyihada qatnashuvchi xorijiy kompaniyalar xodimlariga, ularni vizalar rasmiylashtirilishi uchun konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda koʻp martalik kelish vizalari berilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga binoan, mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy kompaniyalar xodimlariga davlat boji toʻlovisiz kelish vizalari muddati uzaytirilishini va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 14-may,
158-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-maydagi 158-son qaroriga 4-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN QARORLARI ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻngʻirot soda zavodini qurish toʻgʻrisida” 1995-yil 2-martdagi 79-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 27-maydagi 269-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qoʻngʻirot soda zavodi qurilishi loyihasining texnologiya qismi toʻgʻrisida” 1998-yil 29-apreldagi 185-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 75-f-son farmoyishi.
5. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyuldagi 253-f-son farmoyishi.
6. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-maydagi 233-f-son farmoyishi.