1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.05 Kontraktatsiya (shuningdek, 09.14.17.01ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilishga bozor mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar paxta xom ashyosi yetishtirish uchun — 2005-yil hosilidan boshlab, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla yetishtirish uchun — 2006-yil hosilidan boshlab kuchga kiradi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 7-noyabrdagi 383-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
133-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 133-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
LexUZ sharhi
Mazkur qarorning 1-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar paxta xom ashyosi yetishtirish uchun — 2005-yil hosilidan boshlab, davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan gʻalla yetishtirish uchun — 2006-yil hosilidan boshlab kuchga kiradi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 29-modda):
“Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali hisob-kitob qilish sxemasi 9-ilovaga muvofiq maʼqullansin”;
b) 7-ilovada (“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining paxta xom ashyosi va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi hududiy markazi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom):
1-banddagi “avans berilishi hamda paxta xom ashyosi va paxta mahsulotlari uchun uzil-kesil hisob-kitob qilinishi” soʻzlari “paxta xom ashyosi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitob qilinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi orqali hisob-kitob qilish sxemasiga ilovada:
1-bandning uchinchi xatboshidagi “toʻlangan avans summasini” soʻzlari “urugʻlik, idishlar va oʻrash materiallari tarzidagi naturadagi avansni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “avans toʻlovlari, shu jumladan urugʻlik, idishlar, oʻrash materiallari va boshqa xizmatlar tarzidagi natura avanslari” soʻzlari “urugʻlik, idishlar va oʻrash materiallari tarzidagi naturadagi avans” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “avans toʻlovlari, shu jumladan urugʻlik, idishlar, oʻrash materiallari va boshqa xizmatlar tarzidagi natura avanslari” soʻzlari “urugʻlik, idishlar va oʻrash materiallari tarzidagi naturadagi avans” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “shu jumladan urugʻlik chigit va materiallar tarzida olingan avansni” soʻzlari “urugʻlik chigit, idishlar, oʻrash materiallari tarzidagi naturadagi avansni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda):
b) Nizomga 2-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilishda 7 va 8-ustunlar toʻldirilmaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 152-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)