1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“DORI-DARMON” DAVLAT-AKSIYADORLIK UYUSHMASINI “DORI-DARMON” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq hamda dori-darmonlarni va tibbiyot buyumlarini xarid qilish va sotish tizimida boshqaruvni yanada takomillashtirish, respublika aholisini va davolash-profilaktika muassasalarini dori-darmonlar bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.03 Boshqa kompensatsiya toʻlovlari]
1. “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining taklifiga, “Dori-darmon” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari hamda “Oʻzbekiston Dori-Taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassislari umumiy yigʻilishlarining qarorlariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
2. Quyidagilar “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini sifatli dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
marketing tadqiqotlari oʻtkazish hamda hayotiy muhim boʻlgan asosiy dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga, shu jumladan narkotik va hisobda turadigan psixotrop preparatlarga buyurtmalarni shakllantirish hamda tuziladigan shartnomalar asosida respublika sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarining ularga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha davlat rezervining dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga ehtiyojlarini qondirishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan dorixona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud farmatsevtika mahsulotlari resurslari toʻgʻrisidagi yagona respublika axborotlar tizimini yaratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
dori-darmonlar va farmatsevtika preparatlari bilan taʼminlashni tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish.
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xodimlarining cheklangan umumiy soni 32 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 13 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
4. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav fondi kompaniyaning oʻz mablagʻlari, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlar mol-mulki, shuningdek 3-ilovaga muvofiq beriladigan aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari hisobiga shakllantirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, davlat ixtiyorida aksiyalarning 36,1 foiz miqdoridagi paketi saqlanib qoladi, qolgan 7,01 foiz miqdoridagi davlat ulushi belgilangan tartibda birja bozorida sotiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda kompaniya ustav fondini shakllantirishni, aksiyalar chiqarishni va kompaniyaga birlashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalariga konvertatsiya qilishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari chiqarilishining emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
6. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda kompaniya ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
7. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi oʻz faoliyatida respublika Hukumati tomonidan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish qoidalariga qatʼiy amal qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-may,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga 1-ILOVA
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati
T/R
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar
Korxonalar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan tuzilmalar roʻyxati
I. Aksiyadorlik jamiyatlari
1.
“Andijon Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 10 filial
2.
“Qashqadaryo Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 15 dorixona, 16 filial
3.
“Namangan Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 78 filial
4.
“Navoiy Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 8 dorixona, 8 filial
5.
“Samarqand Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 39 filial
6.
“Toshkent viloyat Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 20 dorixona, 2 filial
7.
“Fargʻona Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 9 dorixona, 38 filial
8.
“Toshkent shahar Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati
Ulgurji omborxona, 12 dorixona
II. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga birlashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar
9.
“Qoraqalpoq Dori-darmak”
Ulgurji omborxona, 13 dorixona, 1 filial
10.
“Buxoro Dori-darmon”
Ulgurji omborxona, 13 dorixona, 49 filial
11.
“Jizzax Dori-darmon”
Ulgurji omborxona, 13 dorixona, 10 filial
12.
“Sirdaryo Dori-darmon”
Ulgurji omborxona, 17 dorixona, 32 filial
13.
“Surxon Dori-darmon”
Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 69 filial
14.
“Xorazm Dori-darmon”
Ulgurji omborxona, 12 dorixona, 2 filial
15.
“Oʻzbekiston Dori-Taʼminoti”
Ulgurji omborxona, 1 dorixona
16.
“Dori-Darmon Garant”
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga 2-ILOVA
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga 3-ILOVA
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini shakllantirish uchun beriladigan mol-mulklar
T/r
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsischilari
Taʼsis qoʻyilmalarining turlari
Qoʻyilmalar summasi (mln. soʻm)
Kompaniya ustav fondidagi ulush (%)
1
Davlat (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi orqali)
1. Aksiyalarning davlat ulushi: “Andijon Dori-darmon” AJda — 35%, Qashqadaryo “Dori-darmon” AJda —26%, “Navoiy Dori-darmon” DAJda — 35%, “Namangan Dori-darmon” AJda — 35%, “Samarqand Dori-darmon” DAJda — 25%, “Toshkent viloyat Dori-darmon” AJda — 35%, Fargʻona viloyati “Dori-darmon” DAJda— 35%, “Toshkent shahar Dori-darmon” AJda — 14,75%.
3. Mol-mulk tarzidagi davlat aktivlari: Tugatilgan “Dori-darmon Minor” AJ (2, 3, 4-dorixonalar), Markaziy dorixona ( “Dori-Darmon” DAU amalga oshirgan taʼmirlash qiymatini hisobga olmasdan) va 1-dorixona mol-mulki
392,89
2.
“Dori-Darmon” DAU
“Dori-Darmon” DAUning oʻz mablagʻlari
761,76
37,95
3.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Dori-darmak” AJ
Qayta tashkil etilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Dori-darmak” AJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)
60,07
2,99
4.
“Buxoro Dori-darmon” DAJ
Qayta tashkil etilayotgan “Buxoro Dori-darmon” DAJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)
42,95
2,14
5.
“Jizzax Dori-darmon” DAJ
Qayta tashkil etilayotgan “Jizzax Dori-darmon” DAJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)
93,37
4,65
6.
“Surxon Dori-darmon” AJ
Qayta tashkil etilayotgan “Surxon Dori-darmon” AJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)
59,34
2,96
7.
Sirdaryo “Dori-darmon” AJ
Qayta tashkil etilayotgan Sirdaryo “Dori-darmon” AJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)
52,76
2,63
8.
Xorazm “Dori-darmon” OAJ
Qayta tashkil etilayotgan Xorazm “Dori-darmon” OAJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)
50,46
2,51
10.
“Dori-darmon Garant” unitar korxonasi
“Dori-darmon Garant” unitar korxonasi mol-mulki
21,24
1,06
Jami:
2 007,2
100,0
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga 4-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish” toʻgʻrisida” 1994-yil 11-martdagi 132-son qarori.
II. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“Oʻzbekiston Respublikasida dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish bilan shugʻullanishga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixona muassasalariga ruxsat etiladi”.
2. 5-banddagi “ruxsatnomalarsiz (litsenziyalarsiz)” soʻzlari “litsenziyalarsiz” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. 13-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 19-bandning uchinchi xatboshidagi “Dorixonada qoldiriladigan retseptlarni belgilangan saqlash muddati tugagach yoʻq qilish tartibi “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasi tomonidan belgilanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 150-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda)