

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;15.02.2016
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-597721" id="onLS-597721">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-597731" id="-597731">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-597733" id="-597733">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-597734" id="-597734">DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-597736" id="-597736"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2900386" id="-2900386">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-2898879?ONDATE=15.02.2016 00#-2899220">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776333" id="-776333">Davolash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sogʻliqni saqlashni mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilayotgan budjet mablagʻlaridan yanada oqilona foydalanish, turgʻun davolanishdagi fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776337" id="-776337">1. 1998-yil 1-yanvardan boshlab turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kishilar uchun ovqatlanish (nonushtadan tashqari) toʻlovi joriy etilsin, <a href="/mact/-597721#-778046">1 </a>va <a href="/mact/-597721#-778097">2</a>-ilovalarda koʻrsatilgan kasalliklarning ayrim turlariga chalingan shaxslar toʻlovdan ozod qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776341" id="-776341">2. Belgilab qoʻyilsinki, turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovi fuqarolarning shaxsiy mablagʻlari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamgʻarmalarining va boshqa homiylarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776343" id="-776343">Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlariga, mehnat jamoalari bilan kelishilgan holda, turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovini ularning tasarrufida qoladigan foyda (budjet muassasalari xarajatlari smetasi boʻyicha tejamlar) hisobiga amalga oshirishga ruxsat etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776345" id="-776345">3. Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning <a href="/mact/-597721#-776665">vaqtinchalik tartibi </a>3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776349" id="-776349">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, joylardagi sogʻliqni saqlash organlariga va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishning vrachlar tavsiyalariga hamda sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq tashkil etilishi uchun javobgarlik yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776352" id="-776352">4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-900161" id="-900161">manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan fuqarolar uchun, kasalxonalarning oziq-ovqat bloklari mavjud bazasidan samarali foydalanish asosida, sifatli shifobaxsh ovqatlanishni tashkil qilsin. Zarurat boʻlganda turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarni vrachlar tavsiyalariga, sanitariya normalariga muvofiq ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan, tayyorlanayotgan shifobaxsh ovqatlar sifati uchun tomonlarning javobgarligini belgilagan holda, davolash-profilaktika muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan korxonalar oʻrtasida shartnomalar tuzilishini bir oy muddatda taʼminlasin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2214742" id="edi-2214742"><a href="/mact/-597721?ONDATE=02.12.1997 00#-776353">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2214742" id="-2214742">(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli<a href="/mact/-2211626?ONDATE=29.07.2013 00#-2212101"> qaroriga</a> asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776360" id="-776360">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-900164" id="-900164">turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning ayrim toifalari uchun ovqatlanish toʻlovi joriy etilishi, shuningdek aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashning tartibga solinishi munosabati bilan boʻshaydigan budjet mablagʻlaridan davolash muassasalarini zamonaviy tibbiy texnika, asbob-uskunalar, maxsus avtotransport bilan jihozlash, shuningdek kasalliklarning oldini olish ishlarini kuchaytirish maqsadida sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinlarini rivojlantirish uchun maqsadli foydalansinlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776364" id="-776364">koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida har yili Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776366" id="-776366">6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776368" id="-776368">kasalxona muassasalari kassasiga ovqatlanish toʻlovi sifatidagi naqd tushumni qabul qilib olish va nazorat qilish hamda uni inkassatsiya qilishning Markaziy bank bilan kelishilgan tartibini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776371" id="-776371">turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga beriladigan, ularning ovqatni olishga huquqini tasdiqlovchi talonlarni chiqarish, hisobga olish va nazorat qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776376" id="-776376">7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776380" id="-776380">turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning yangi tartibi joriy etilishi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun oʻz aylanma mablagʻlari normativini koʻpaytirish yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776386" id="-776386">turgʻun davolash-profilaktika muassasalari tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlarini oʻz vaqtida sotib olish maqsadida har yili ushbu muassasalarni belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda zarur aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashni nazarda tutsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776389" id="-776389">8. Ovqatlanish uchun haq toʻlash tizimidan qatʼi nazar, davolash muassasalarida davlat tomonidan taʼminlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash manbalari saqlab qolinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776399" id="-776399">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat koʻrsatiladigan kontingentlarning ovqatlanishini tashkil etishda turgʻun davolash-profilaktika muassasalariga yordam koʻrsatsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776428" id="-776428">9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-900167" id="-900167">dispanserlar va qishloq uchastka kasalxonalari tarmoqlarini ushbu turdagi kam quvvatli muassasalarni qayta tashkil qilish va tugatish hisobiga tartibga solish yuzasidan 1998-yil 1-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776432" id="-776432">Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mablagʻ bilan taʼminlashni statsionar yordam koʻrsatishdan ambulatoriya-poliklinikada yordam koʻrsatishga ustuvorlik bergan holda oʻzgartirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776435" id="-776435">ambulatoriya-poliklinika muassasalari huzurida bemorlarga hamshiralar xizmat koʻrsatadigan kasalxonalar va uydagi shifoxonalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776437" id="-776437">10. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatish tizimini amaliyotga joriy qilish, bunda tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini muvofiq holda oshirish, koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar turi va shakllarini kengaytirishni nazarda tutish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifasi hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776442" id="-776442">Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari stomatologiya, fizioterapiya (davolash va salomatlikni tiklash), vrachlik-jismoniy tarbiya tibbiyot muassasalarining, shuningdek mustaqil diagnostika markazlarining mulkchilik shakllarini oʻzgartirish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776447" id="-776447">11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini dori-darmonlar bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 8-yanvardagi 15-son qarorining <a href="/mact/-570792?ONDATE=08.01.1993 00#-570804">2-bandi </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-776449" id="-776449">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.A. Azizxoʻjayev va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-776451" id="-776451">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-776452" id="-776452">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-776455" id="-776455">1997-yil 2-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-776460" id="-776460">532-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-778046" id="-778046"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-778050" id="-778050">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son <a href="/mact/-597721#-597731">qaroriga</a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-778051" id="-778051">Shaxslarni turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qiluvchi kasalliklar </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-778052" id="-778052">roʻyxati (pulli kasalxonalar va boʻlimlardan tashqari)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-778054" id="-778054"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778057" id="-778057">1. Onkologik kasalliklar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778060" id="-778060">2. Sil kasalligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778064" id="-778064">3. Ruhiy kasalliklar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778068" id="-778068">4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778071" id="-778071">5. Moxov kasalligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778075" id="-778075">6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778076" id="-778076">7. Yuqumli kasalliklar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778078" id="-778078">8. Sifilis</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778080" id="-778080">9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778082" id="-778082">10. Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida bemorlarning shifoxonada boʻlishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari boʻyicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778085" id="-778085">11. Darajasidan qatʼi nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778089" id="-778089">12. Endokrinologik kasalliklar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-778091" id="-778091">(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli <a href="/mact/-361294?ONDATE=05.09.2000 00#-361337">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-778097" id="-778097"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-778102" id="-778102">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son <a href="/mact/-597721#-597731">qaroriga</a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-778104" id="-778104">Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-778106" id="-778106">roʻyxati (pulli kasalxonalar va boʻlimlardan tashqari)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-778110" id="-778110"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778113" id="-778113">1. Bolalikdan nogironlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778115" id="-778115">2. Gʻirt etimlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778118" id="-778118">3. I va II guruh nogironlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778122" id="-778122">4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1608367" id="-1608367"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1608368" id="-1608368">5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda turuvchi yolgʻiz pensionerlar</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1608370" id="-1608370">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli <a href="/mact/-1605489?ONDATE=24.03.2010 00#-1606587">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778126" id="-778126">6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778128" id="-778128">7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778132" id="-778132">8. Baynalmilalchi jangchilar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778136" id="-778136">9. 17 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778140" id="-778140">10. Mudofaa ishlari boʻlimlarining yoʻllanmalari boʻyicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-778143" id="-778143">(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli <a href="/mact/-361294?ONDATE=05.09.2000 00#-361360">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2436274" id="-2436274"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2436275" id="-2436275">11. “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2436276" id="-2436276">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-sonli <a href="/mact/-2434762?ONDATE=29.07.2014 00#-2434775">qaroriga </a>asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 374-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-776665" id="-776665"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-776669" id="-776669">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son <a href="/mact/-597721">qaroriga</a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-777663" id="-777663">Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq toʻlashning</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-777665" id="-777665">VAQTINChALIK TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-777668" id="-777668"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-777672" id="-777672">1. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777674" id="-777674">1.1 Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi oʻrinlarda — Tartib) turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan kontingentning ovqatlanishi uchun haq toʻlash joriy qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son <a href="/mact/-597721">qaroriga </a>muvofiq joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777680" id="-777680">1.2. Ovqatlanish toʻlovi (nonushtalardan tashqari) fuqarolarning shaxsiy mablagʻlari, shuningdek, korxonalar, Tashkilotlar, jamgʻarmalar va boshqa homiylar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777684" id="-777684">1.3. Mazkur tartib turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan barcha kontingentga joriy etiladi, ovqatlanish toʻlovi hukumat qaroriga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan aholi toifalari va ayrim kasalliklarga chalingan shaxslar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777689" id="-777689">Koʻrsatib oʻtilgan tartib bemorlar kontingenti imtiyozlilar toifasiga toʻliq kiradigan davolash-profilaktika muassasalariga joriy etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777695" id="-777695">1.4. Mazkur tartibga muvofiq haq kasalxona muassasalari yoki davolash-profilaktika muassasalari buyurtmanomalariga koʻra xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa korxonalar tomonidan faqat taomlar tayyorlash uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati uchun toʻlanadi. Taomlar tayyorlash uchun asbob-uskunalar sotib olish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, oziq-ovqat bloklari binolarini saqlash, taomlar tayyorlash bilan band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari va boshqalar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-777699" id="-777699">2. OVQATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777702" id="-777702">2.1. Turgʻun davolash-profilaktika muassasalaridagi bemorlarni ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi davolash-profilaktika muassasalarida shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 19-martdagi 122-son buyrugʻiga muvofiq mavjud oziq-ovqat bloklari negizida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777705" id="-777705">2.2. Davolash-profilaktika muassasalarining bosh shifokorlari ovqatlantirishni tashkil etish uchun shaxsan javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777709" id="-777709">2.3. Davolash-profilaktika muassasasi taom tayyorlash uchun shartnomaviy shartlarda boshqa ixtisoslashtirilgan korxonalarni jalb etishi mumkin. Bunday hollarda davolash-profilaktika muassasalari buyurtmachi hisoblanadi va shifobaxsh ovqatlanishni tashkil etish uchun bemorlar oldida javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777713" id="-777713">2.4. Bemorning shifobaxsh ovqati kimyoviy tarkibi va quvvatliligi jihatidan bemorga yozib berilgan parhez talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Ovqatni tayyorlash belgilangan sanitariya meʼyorlariga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777718" id="-777718">2.5. Bemor oʻz xohishiga koʻra davolash-profilaktika muassasasi tavsiya etayotgan ovqatni toʻliq yoki qisman rad etishi mumkin. Bunday xollarda uni ovqatlantirish qarindosh-urugʻlari yoki yaqin kishilari tomonidan, shifokor yozib bergan parhezga rioya qilinishini hisobga olgan holda, tashkil etiladi. Ovqatlanish toʻlovi uchun foydalanilmagan mablagʻlar davolash-profilaktika muassasalari tomonidan toʻlovchiga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777721" id="-777721">2.6. Ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan shartnomaviy shartlarda ovqatlantirish tashkil etilganda davolash-profilaktika muassasasi taomnoma va buyurtma qilinadigan taomlarga har haftalik buyurtmanoma taqdim etadi. Shartnoma shartlariga koʻra buyurtma berilayotgan taomlar miqdori har kuni aniqlashtirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-777727" id="-777727">3. OVQATLANISh UChUN HAQ TOʻLASh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777730" id="-777730">3.1. Bemor reja boʻyicha kasalxonaga yotqizilganda ovqatlanish toʻlovi, bemor tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga joylashtirilgunga qadar, u yerda boʻlishi rejalashtirilayotgan barcha muddat uchun toʻliq yoki qisman, lekin belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777734" id="-777734">Bemor reja boʻyicha kasalxonaga yotqizilganda u ovqatlanish uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat yoxud davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladigan ovqatni rad etish haqida ariza taqdim etishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777739" id="-777739">Davolash-profilaktika muassasasida pulli ovqatlanishni dastlab rad etgan bemor, buyurtiriladigan davr uchun oldindan haq toʻlagan holda, ovqatlanish uchun xohlagan paytda buyurtma berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777740" id="-777740">Ovqatlanish uchun oldindan qisman haq toʻlanganda toʻliq hisob-kitob bemor kasalxonadan chiqqunga qadar amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-778022" id="edi-778022"><a href="/mact/-597721?ONDATE=02.12.1997 00#-778000">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-778022" id="-778022">Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada boʻlishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq toʻlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-778025" id="-778025">(3.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344-sonli <a href="/mact/-361294?ONDATE=05.09.2000 00#-361378">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777755" id="-777755">3.3. Davolash-profilaktika muassasasida ovqatga haq toʻlanmagan, toʻliq toʻlanmagan yoki ovqatlanish uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim etilmagan barcha hollarda bemor kasalxonadan chiqqandan soʻng berilishi lozim boʻlgan kasallik varaqalari bemorning ish joyiga yoki ijtimoiy sugʻurta organlariga yuqorida sanab oʻtilgan bemorlarga ovqatlantirish uchun amalda sarf qilingan xarajatlarni toʻliq toʻlash uchun yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777761" id="-777761">3.4. Ovqatlanish toʻlovi uchun mablagʻlarni qabul qilish uchun davolash-profilaktika muassasalari oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bankda alohida depozit schyoti ochadilar. Koʻrsatilgan schyotga bemorlarning ovqatlanishi uchun toʻlov sifatida ularning shaxsiy mablagʻlaridan tushuvchi barcha mablagʻlar, shuningdek, ularning ovqatlanish haqini toʻlagan korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari kelib tushadi. Koʻrsatib oʻtilgan schyotga imtiyozlarga ega boʻlgan kontingentlarning ovqatlanishi uchun toʻlashga moʻljallangan budjet mablagʻlari oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777765" id="-777765">3.5. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasalarining oziq-ovqat bloki orqali tashkil etilgan taqdirda, ovqatlanish uchun haq naqd pul bilan toʻlanganda — u bevosita davolash-profilaktika muassasasi kassasiga va haq pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanganda — taqdim etilgan schyotlar boʻyicha alohida depozit schyotiga toʻlanadi. Ovqatlanish haqini toʻlagan shaxslarga har bir toʻlovdan soʻng darhol amalda toʻlangan toʻlov miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi. Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan pul mablagʻlarini qabul qilib olish va topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Xalq xoʻjaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tartibga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777769" id="-777769">3.6. Ovqatlantirish davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tashkil etiladigan barcha bemorlarga har kuni ularning ovqatlanishi huquqini tasdiqlovchi talonlar beriladi. Talonlar ovqatning har bir turi (tushlik, ikkinchi tushlik, kechki ovqat) uchun beriladi, ularda tibbiy muassasaning muhri boʻladi hamda ular davolash-profilaktika muassasasi yoki taomlar tayyorlash uchun jalb qilingan ixtisoslashtirilgan korxona uchun moliyaviy hisobot hujjati hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-777776" id="-777776">4. MABLAGʻ VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777781" id="-777781">4.1. Pulli asosda ovqatlantirishni tashkil etish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalariga budjetdan belgilangan normativlarga muvofiq bir yilga hisoblangan aylanma mablagʻlar ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777785" id="-777785">4.2. Imtiyozlarga ega boʻlgan kontingentlarni ovqatlantirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun budjet mablagʻlari ilgari belgilangan tartibda ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-777787" id="-777787">4.3. Davolash-profilaktika muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash davlat tomonidan taʼminlanadigan muassasalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2214743" id="edi-2214743"><a href="/mact/-597721?ONDATE=02.12.1997 00#-777790">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2214743" id="-2214743">(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli<a href="/mact/-2211626?ONDATE=29.07.2013 00#-2212101"> qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
