1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonining ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishning shaffofligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Budjet masalalari boʻyicha departamenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash toʻgʻrisida” (PIMA) hisoboti tayyorlanganligi va hisobotda respublikamizda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagi tavsiyalar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
infratuzilma loyihalarini shakllantirishga qaratilgan tizimni yagona normativ-huquqiy hujjat orqali tartibga solish;
infratuzilma va ijtimoiy soha loyihalarini tanlab olishning aniq mezonlarini ishlab chiqish;
davlat resurslaridan moliyalashtirish uchun koʻrib chiqilayotgan loyihalar portfelini shakllantirib borish;
davlat xususiy-sheriklik mexanizmlarini davlat budjeti va investitsiyalarini boshqarish tizimlari bilan integratsiyalash;
budjetdan mablagʻ olish va budjet tavakkalchiliklarini aniqlashni hisobga olgan holda, davlat xususiy-sheriklikni baholash boʻyicha metodologiya ishlab chiqish;
davlat investitsiya loyihalarini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini talab darajasida nazorat va tahlil qilish.
2. Quyidagilar:
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari, loyihalar portfelini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda dastur doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ochiqligini taʼminlash tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
shartnomalar tuzish tartibi va shartlari, tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi, obyektlarning foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilishini tashkil etish hamda obyektlar qurilishini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
monitoring maqsadi va vazifalari, investitsiya davrida monitoring hamda investitsiyadan keyingi monitoring tartibini nazarda tutuvchi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obyektlar (loyihalar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi va “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda:
2022-yil 1-iyunga qadar budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimini yaratish va uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish ishlarini yakunlasin;
2022-yil 1-iyulga qadar budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimi Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
2022-yil 1-avgustga qadar ishlab chiqilgan maxsus elektron tizimni tajriba tariqasida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK orqali sinovdan oʻtkazsin;
2022-yil 15-avgustga qadar mazkur maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi, budjet tizimidagi budjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-noyabrga qadar binolarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojni hisoblash tartibini ishlab chiqsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar budjet tashkilotlaridagi mavjud obyektlar, ularning joylashgan hududi, quvvati, balans qiymati va texnik holati, shuningdek, ularda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurish-taʼmirlash ishlarning muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat mulki obyektlarining axborot tizimida yuritish tartibini joriy etsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasi boʻyicha maʼlumotlarni “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirish hamda loyihalar portfelidan infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlarini avtomatlashtirilgan tarzda baholash tartibini joriy qilsin;
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini, jumladan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar amaliyotga tatbiq etilishi natijasidan kelib chiqib, ularni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin;
xalqaro moliya institutlari konsultantlarini jalb etgan holda davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha doimiy ravishda oʻquv-seminarlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida majburiy sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-aprel,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Dastur respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishish, tabiiy, mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yoʻli bilan tarmoqlar va hududlarni tarkibiy oʻzgartirishning asosiy yoʻnalishlarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan hamda bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan chora-tadbirlar hisoblanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
rivojlantirish konsepsiyasi (strategiyasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda tarmoq va (yoki) hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradigan va ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish rejasini oʻzida aks ettiradigan hujjat;
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashga qaratilgan loyiha;
kapital qoʻyilmalar — Dasturga kiritilgan infratuzilma loyihalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar;
loyiha pasporti — infratuzilma loyihasining asosiy parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiradigan hujjat;
loyihalar portfeli — rivojlantirish konsepsiyalarida (strategiyalarida), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishishni taʼminlash uchun kelgusi 3 (uch) yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma loyihalarining roʻyxati.
2-bob. Dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari
3. Dastur respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanib, davlat investitsiya siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi va kapital qoʻyilmalar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Quyidagilar Dasturni shakllantirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun, birinchi navbatda, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sogʻliqni saqlash, taʼlim, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, shu jumladan, ichimlik suv va kanalizatsiya hamda yoʻl-transport tarmoqlarini rivojlantirish sohalarini moliyalashtirish;
moliyalashtirish manbalari va hajmlarining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi bilan muvofiqligi;
tabiiy mineral xom ashyo, mehnat va boshqa resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash va rivojlantirish konsepsiyasida (strategiyasida) belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
avvalgi yillardan oʻtuvchi va qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan obyektlarni, shuningdek, moliyaviy resurslar bilan toʻliq taʼminlanmaganligi sababli tugatilmay qolgan obyektlarni tugallash;
maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda yirik investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmalari bilan taʼminlash;
yirik irrigatsiya tarmoqlarini qurish orqali respublikaning irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan, transmintaqaviy transport koridorlariga integratsiyalash, logistika majmualari va transport logistika xablarini shakllantirish;
respublika iqtisodiyotiga investitsiyalar hajmini oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan loyihalarga xususiy investorlarning mablagʻlarini jalb etish;
boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlariga investitsiya va infratuzilma loyihalarini joylashtirish;
infratuzilma loyihalarining hududlarni rivojlantirishning bosh rejalariga, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yigʻinlari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalariga va batafsil rejalashtirish loyihalariga hamda master rejalariga muvofiqligi;
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash, shuningdek, maʼmuriy binolarni qurish, xalqaro moliya institutlarini muhim loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. Dastur yigʻma jadvallar bilan tahliliy qismdan, manzilli roʻyxatdan va ustuvor investitsiya loyihalarning yigʻma roʻyxatidan tashkil topadi.
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Dasturni shakllantirish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi.
7. Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
3-bob. Dasturning mazmuni va tahliliy qismi
8. Dastur quyidagilardan iborat:
birinchi moliya yilida kapital quyilmalarning tarmoqlar va yoʻnalishlar kesimidagi asosiy parametrlari va keyingi yillarda tarmoqlar va yoʻnalishlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar;
birinchi yilda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish koʻzda tutilgan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxati;
birinchi yilda amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxati va ikkinchi yilda kapital quyilmalar oʻzlashtiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
ikkinchi yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, uchinchi yilda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish koʻzda tutilgan infratuzilma loyihalarining manzilli roʻyxati;
birinchi yilda infratuzilma loyihalarini ishga tushirish va yangi quvvatlar yaratishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda keyingi ikki yil uchun maqsadli koʻrsatkichlar;
Dasturni amalga oshirish doirasida erishiladigan maqsadli koʻrsatkichlar va umumlashtirilgan jadvallar bilan birga tahliliy qismi.
9. Dasturning manzilli qismi obyektlar kesimidagi roʻyxatdan, ularda koʻzda tutiladigan chora-tadbirlarning bajarilish muddatlari, chora-tadbirlardan kutilayotgan natijalarning rivojlantirish konsepsiyasida (strategiyasida), tarmoqlar va hududlarni rivojlantirish dasturlarida belgilangan koʻrsatkichlar bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashkil topadi.
10. Dasturning tahliliy qismi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tarmoqlar va hududlar kesimida kapital qoʻyilmalarning moliyalashtirish manbalarining tarkibi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi, Dastur va rivojlantirish konsepsiyalarida (strategiyalarida) nazarda tutilgan natijalarning oʻzaro bogʻliqligi;
Dasturning samaradorligini baholash, shu jumladan, aholining turmush darajasi va sifatining oshishi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish (oʻzgarish) prognoziga taʼsirini aks ettiruvchi maʼlumotlar.
4-bob. Loyihalar portfelini ishlab chiqish va tasdiqlash
11. Loyihalar portfeli mazkur Nizomga 1-ilovagamuvofiq sxema asosida ishlab chiqiladi.
12. Loyihalar portfeli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — tashabbuskorlar) tomonidan rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyasiga) asosan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi va aholining takliflari asosida kelgusi uch yil uchun shakllantiriladi.
13. Loyihalar portfeli har yilgi Dasturni shakllantirish uchun maʼlumotlar bazasi boʻlib xizmat qiladi.
14. Tashabbuskorlar har yili 15-yanvarga qadar loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda ishchi guruhlar tuzadilar.
15. Ishchi guruhlar 1-martga qadar tizimli ravishda obyektlarni, yaʼni binolar, inshootlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holatini oʻrgangan holda, loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari roʻyxatini shakllantiradi hamda har bir infratuzilma loyihasi boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumot tayyorlaydi.
Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini “mahallabay” tashkil etib, bu jarayonlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining ishtirokini taʼminlaydi.
16. Ishchi guruhlar infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini shakllantirishda obyektning haqiqiy texnik holatini va moddiy texnik taʼminotini, shuningdek, infratuzilma loyihalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashga muhtojligini oʻrganadi.
17. Ishchi guruhlar 10-martga qadar oʻrganilgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini idoraviy mansubligiga qarab tegishli tashabbuskorga yuboradi.
18. Tashabbuskorlar ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida loyihalar portfelini mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlaydilar.
Loyihalar portfeliga kiritilgan har bir infratuzilma loyihalari uchun rasm va video hisobot, shuningdek, uning joriy texnik holati toʻgʻrisida vakolatli organning xulosasi olinadi.
19. Tashabbuskorlar tasdiqlangan loyihalar portfelini 1-mayga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
20. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 15-mayga qadar taqdim etilgan loyihalar portfelini oʻrganadi va zarurat boʻlganda oʻzining takliflarini (eʼtirozlarini) tegishli tashabbuskorga yuboradi.
21. Tashabbuskorlar 1-iyunga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining takliflari (eʼtirozlari) asosida oʻzgartirish (qoʻshimcha) kiritilgan loyihalar portfelini yoki takliflar boʻyicha oʻzining fikrini asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadilar.
22. Loyihalar portfeliga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek, ishchi guruhlarning xulosalariga asosan oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilishi mumkin.
23. Loyihalar portfeliga kiritilgan maʼlumotlarning asosliligi va haqqoniyligi uchun ishchi guruhlar aʼzolari, shuningdek, vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari javobgar hisoblanadi.
24. Tashabbuskorlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan loyihalar portfelini oʻzlarining rasmiy veb-saytiga yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi va oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilgan hollarda yangilab boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PF-5717-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 16-oktabrdagi PQ-4864-son qarori talablari asosida har yili aniqlashtirilib, 3 (uch) yil muddatga;
joriy moliyaviy davr uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan tasdiqlangan loyihalar portfeli asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va ularning hajmlari bilan oʻzaro bogʻlangan holda shakllantiriladi;
26. Dasturni shakllantirish, kelishish va tasdiqlash mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
27. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 1-fevralga qadar kelgusi uch yilga moʻljallangan Dasturga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlarini ishlab chiqib, tashabbuskorlarga joʻnatadi.
28. Tashabbuskorlar tuman (shahar) hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda 1-aprelga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining holati, amalga oshirish zarurati va ularning joylashuvi boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganadi.
29. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 10-aprelga qadar Dasturda belgilangan maqsadli moʻljallardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun ajratiladigan kapital quyilmalar miqdorining dastlabki parametrlarini tashabbuskorlarga yuboradi.
30. Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 1-mayga qadar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, kelgusi uch yillikda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritadi.
Bunda tashabbuskorlar Dasturga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga asosan tuzilgan tegishli tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishadi.
31. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi 1-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
32. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 1-mayga qadar boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadi.
33. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining takliflarini oʻrganish yakunlari boʻyicha 10-mayga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tashabbuskorlarga tavsiyalar bilan birga yuboradi.
a) Dasturga kiritish uchun loyihalar portfelidan mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq ustuvor infratuzilma loyihalarini tanlash mezonlariga asosan tanlab olingan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini;
b) har bir Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplamini:
mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihasining pasporti;
obyektning texnik holati toʻgʻrisida maʼlumot;
arxitektura va qurilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan loyiha hujjatlari;
yangi boshlanayotgan obyektlar boʻyicha muhandislik tadqiqot va loyiha ishlarini bajarish uchun budjet xarajatlari hisobi;
infratuzilma loyihasining smeta qiymati (loyihaoldi va loyiha hujjatlari tasdiqlangan obyektlar boʻyicha);
ulushli moliyalashtirishda mahalliy budjetdan koʻzda tutilgan mablagʻlar, tashqi yordam mablagʻlari, qarz va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
mahalliy budjetdan birgalikda moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihalar boʻyicha xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri Kengashining bayonlari;
qiymati 10 mln AQSH dollari va undan ortiq boʻlgan yirik infratuzilma loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot.
35. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi taqdim qilingan investitsiya takliflari asosida Dastur loyihasiga kiritish uchun infratuzilma loyihalarining dastlabki roʻyxatini kelgusi yil prognoz mablagʻlari doirasida shakllantiradi.
tashabbuskorlar tomonidan jalb qilinadigan qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari;
boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan Davlat mulki obyektlariga joylashtiriladigan infratuzilma loyihalari;
mazkur Nizomga 6-ilovada koʻrsatilgan mezonlarga mos keladigan infratuzilma loyihalari.
36. Dasturning manzilli qismiga Nizomning 34 va 35 bandlarida koʻrsatilgan tartibda shakllangan infratuzilma loyihalaridan tashqari quyidagilar kiritiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilgan obyektlar;
Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash, shuningdek, vakolatli organ tomonidan tabiiy ofatlardan zarar koʻrgani tasdiqlangan obyektlarni tiklashga (aniqlashga) qaratilgan loyihalar.
37. Dasturni amalga oshirishni birinchi yilida yildan yilga oʻtuvchi loyihalar hamda mazkur Nizom talablari asosida tanlangan yangidan boshlanayotgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
38. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Dasturga kiritilgan infratuzilma loyihalarining koʻrsatkichlari bajarilishini tanqidiy tahlil qiladi, ularning rivojlantirish konsepsiyalariga (strategiyalariga) va moliyaviy resurslarga bogʻliqligini inobatga olgan holda oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritadi.
39. Dasturni amalga oshirishni ikkinchi yilida birinchi yildan oʻtuvchi, qiymatiga oʻzgartirish kiritilgan, mazkur Nizom talablari asosida tanlangan hamda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari birinchi yilda ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
40. Dasturni amalga oshirishning uchinchi yilida ikkinchi yildan oʻtuvchi, qiymatiga oʻzgartirish kiritilgan, mazkur Nizom talablari asosida tanlangan hamda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ikkinchi yilda ishlab chiqilgan infratuzilma loyihalari kiritiladi.
41. Tashabbuskorlar infratuzilma loyihalarining roʻyxatini ajratilgan kapital quyilmalarning prognoz limitlari doirasida ishlab chiqadilar.
42. Tashabbuskorlar maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun hamda taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining mazkur Nizom talablari asosida belgilangan ustuvorlikka mos ravishda tanlanishiga masʼul hisoblanadi.
43. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 20-iyunga qadar tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma loyihalarini koʻrib chiqib, Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining dastlabki manzilli roʻyxatini shakllantiradi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
44. Vazirlar Mahkamasi 1-iyulga qadar Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganadi hamda loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tasdiqlanishini taʼminlaydi.
45. Tashabbuskorlar Qurilish vazirligi bilan birgalikda 1-oktabrga qadar Dasturning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarining ishlab chiqilishini va 1-noyabrga qadar ushbu loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
46. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 10-noyabrga qadar Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda tashabbuskorlar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bunda Dasturga loyiha (loyihaoldi) hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilmagan loyihalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
47. Vazirlar Mahkamasi 20-noyabrga qadar Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
48. Tasdiqlangan Dastur tashabbuskorlar tomonidan yangidan boshlanayotgan infratuzilma loyihalari boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
6-bob. Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
49. Dasturga quyidagi hollarda:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan — Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan qoʻshimcha infratuzilma loyihalarini (obyektlarini) kiritishni, shuningdek ayrim infratuzilma loyihalarni (obyektlarni) chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan — Dasturning asosiy parametrlariga iqtisod qilingan yoki oʻzlashtirilmagan kapital qoʻyilmalar limitlarini tashabbuskorlar oʻrtasida qayta taqsimlashni nazarda tutuvchi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan — Moliya vazirligi bilan birgalikda loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, tanlov (tender) yakunlariga muvofiq Dastur doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari (obyektlar) parametrlariga tashabbuskorlar boʻyicha belgilangan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Bunda mazkur bandda koʻzda tutilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar Budjet kodeksida nazarda tutilgan Davlat budjetining xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartiblariga qatʼiy amal qilgan holda kiritiladi.
50. Tasdiqlangan Dastur doirasida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarning 10 foiz va undan ortiq miqdordagi mablagʻlarni birinchi darajali budjet mablagʻi taqsimlovchidan boshqa birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali amalga oshiriladi.
7-bob. Dastur doirasida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarining ochiqligini taʼminlash
51. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Dastur doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari roʻyxatini (qonunchilik hujjatlarida oshkor etilmasligi belgilangan infratuzilma loyihalari bundan mustasno) va ular uchun ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisida tarmoqlar va hududlar kesimidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishchi guruh tuzish.
har yili 15-yanvarga qadar
II bosqich
Ishchi guruhlar
Tizimli ravishda obyektlarni, yaʼni binolar, inshootlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holatini oʻrgangan holda loyihalar portfeliga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalari roʻyxatini shakllantirish hamda har bir infratuzilma loyihasi boʻyicha maʼlumot tayyorlash.
har yili 1-martga qadar
III bosqich
Ishchi guruhlar
Oʻrganilgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini idoraviy mansubligiga qarab tegishli vazirlik va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.
har yili 10-martga qadar
IV bosqich
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida loyihalar portfelini tasdiqlash hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish.
har yili 1-mayga qadar
V bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Taqdim etilgan loyihalar portfelini oʻrganish va zarurat boʻlganda oʻzining takliflarini (eʼtirozlarini) tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.
har yili 15-mayga qadar
VI bosqich
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining takliflari (eʼtirozlari) asosida oʻzgartirish (qoʻshimcha) kiritilgan loyihalar portfelini yoki takliflar boʻyicha oʻzining fikrini asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish
har yili 1-iyunga qadar
VII bosqich
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan loyihalar portfelini oʻzlarining rasmiy veb-saytiga yoki ommaviy axborot vositalariga joylashtirish va oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilgan hollarda yangilab borish.
doimiy ravishda
* Loyihalar portfeli kelgusi yil uchun har yili oʻrnatilgan tartibda aniqlashtirib boriladi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Loyihalar portfeliga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining tuman (shahar) kesimidagi dastlabki roʻyxatini shakllantirish boʻyicha ishchi guruhning
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimi boʻyicha
—
tarmoq vazirlik / idoralarining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) boʻlinmasi rahbari, ishchi guruh rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Moliya vazirligining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli soha uchun masʼul rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalarining rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududgaztaʼminot” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalarining rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
Uy-joy kommunal-xizmat koʻrsatish vazirligining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qurilish nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qurilish vazirligining hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
tarmoq vazirliklari va idoralari hududiy boʻlinmasining mutaxassisi
Lavozimi boʻyicha
—
loyihalashtiruvchi tashkilot (masʼul xodimi)
Izoh: Ishchi guruh tarkibiga zarur mutaxassislar jalb qilnishi mumkin.
Qurilgan yili hamda rekonstruksiya / taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan yil (oxirgi marta)
3.
Mavjud quvvat
4.
Idoraviy taalluqliligi
5.
Shtat birliklari soni
6.
Obyektda oxirgi marta amalga oshirilgan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari toʻgʻrisida maʼlumot (ish bajarilgan yil, quvvati va ajratilgan mablagʻ miqdori)
Qurilish
Rekonstruksiya qilish
Mukammal taʼmirlash
Jihozlash
7.
Amaldagi quvvat
8.
Obyekt hududining kadastr hujjatlari boʻyicha umumiy maydoni
9.
Alohida turuvchi bino / inshoot, ularning vazifasi / yoʻnalishlari va turlari (standart yoki moslashtirilgan) shu jumladan:
oʻquv korpusi
sport zali
...
10.
Mavjud bino / inshootning mavjud maydoni, shundan har bir bino / inshoot:
oʻquv korpusi
sport zali
...
11.
Qamrab olingan aholi soni
12.
Obyektning texnik holati, mavjud bino / inshootlar (har biri boʻyicha alohida)
oʻquv korpusi
sport zali
...
13.
Bino / inshootlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash (mavjud yoki mavjud emas, mavjud boʻlsa quvvatini koʻrsatish)
elektr taʼminoti
gaz taʼminoti
suv taʼminoti
markazlashtirilgan kanalizatsiya
issiqlik taʼminoti
14.
Loyihani amalga oshirish uchun qisqacha asos (zarur boʻlganda qoʻshimcha tegishli maʼlumotlar aks ettiriladi)
15.
Loyihani amalga oshirishda erishiladigan yutuqlarni qisqacha asoslash (zarur boʻlganda qoʻshimcha tegishli maʼlumotlar aks ettiriladi)
16.
Loyihani amalga oshirish boʻyicha taklif
Qurilish, shundan:
…
Qayta taʼmirlash, shundan:
oʻquv korpusi
…
Kapital taʼmirlash, shundan:
sport zali
…
Izoh: Tarmoqning xususiyatidan kelib chiqib, loyiha boʻyicha maʼlumotda yuqoridagilardan boshqa maʼlumotlar (navbatlilik koeffitsiyenti, aholini qamrab olish darajasi, muhandislik tarmoqlari bilan taʼminlanganligi va boshqalar) ham aks ettirilishi mumkin.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
_____________________ (vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimi)
______ yil “_____” ___________
Kapital qoʻyilmalar hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan
loyihalar portfeli
T/r
Loyihalarning nomlanishi
Amalga oshirish muddati
Oʻlchov birligi
Loyiha quvvati
Shundan 20__ yil ishga tushadigan quvvat
20__ yil uchun talab etiladigan mablagʻ
(mln soʻm)
20__ yil uchun talab etiladigan mablagʻ
(mln soʻm)
Erishiladigan natija (kutilish)
Izoh
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlarini ishlab chiqib, loyiha tashabbuskorlariga joʻnatish.
har yili 1-fevralga qadar
II bosqich
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini tuman (shahar) hokimlari va sektor rahbarlari bilan birgalikda ularni amalga oshirish zarurati hamda ularning joylashuvi boʻyicha keng jamoatchilik fikrini oʻrganish.
har yili 1-aprelga qadar
III bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Dasturda belgilangan maqsadli moʻljallardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun ajratiladigan kapital quyilmalar miqdorining dastlabki parametrlarini vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborish.
har yili 10-aprelga qadar
IV bosqich
Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalaridan kelib chiqib, kelgusi uch yillikda Dasturga kiritish taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga shaxsiy kafillik asosida kiritish.*
har yili 1-mayga qadar
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi taqdim etish.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlarning roʻyxatini Dasturga kiritish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish.
V bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining takliflarini oʻrganish yakunlari boʻyicha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi taklif etilayotgan infratuzilma loyihalarini va infratuzilma loyihalarini joylashtirish imkoni mavjud boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini tashabbuskorlarga tavsiyalar bilan birga yuborish.
har yili 10-mayga qadar
VI bosqich
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Tasdiqlangan loyihalar portfelidan tanlab olingan loyihalar roʻyxatini va loyihalar boʻyicha hujjatlar toʻplamini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish.
har yili 1-iyunga qadar
VII bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Dasturga kiritish uchun taklif qilingan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxatini Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
har yili 20-iyunga qadar
VIII bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tasdiqlanishini taʼminlash.
har yili 1-iyulga qadar
IX bosqich
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi
Dasturning dastlabki manzilli roʻyxatiga kiritilgan infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash.
har yili1-oktabrga qadar
Infratuzilma loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.
har yili 1-noyabrga qadar
X bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
har yili 10-noyabrga qadar
XI bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
har yili 20-noyabrga qadar
* Dasturga kiritiladigan infratuzilma loyihalarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga asosan tuzilgan tegishli tuman (shahar) va hududiy shtablar bilan kelishiladi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun loyihalar portfelidan infratuzilma loyihalarini tanlash
MEZONLARI
1. Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan infratuzilma loyihalari quyidagi mezonlar asosida tanlanadi va ular yordamida loyihaning ahamiyati baholanadi (aniqlanadi):
majburiy mezonlar — ushbu mezonlarga rioya qilmaslik boshqa xususiyatlardan qatʼi nazar loyihani Dasturga kiritilmasligiga sabab boʻladi. Agar loyiha majburiy shartlarga muvofiq boʻlmasa, baholash mezonlari hisobga olinmaydi.
baholash mezonlari — mazkur mezonlar boʻyicha infratuzilma loyihalari ballar qoʻyish orqali baholanadi. Baholash mezonlari sifat va miqdor koʻrinishida boʻlishi mumkin;
tarmoq mezonlari — maʼlum tarmoq boʻyicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning ustuvorligini aniqlash boʻyicha alohida mezonlar.
2. Quyidagilar majburiy mezonlar hisoblanadi:
obyektning davlat mulki obyektlari yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mulki toifasiga kirishi;
infratuzilma loyihasining rivojlantirish strategiyalari (konsepsiyalari) Davlat dasturlariga kiritilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlarida nazarda tutilganligi.
Majburiy mezonlar favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar natijasida zarar koʻrgan obyektlarni tanlash va baholashga qoʻllanilmaydi.
3. Baholash mezonlari va tarmoq mezonlari quyida keltirilgan tartibda baholanadi:
4. Loyihalarning ustuvorligini belgilashda mazkur Nizom bilan belgilangan mezonlar boʻyicha har bir loyihaning ballar vazni hisoblab chiqariladi va eng koʻp ball toʻplagan loyiha birinchi navbatda Dasturga kiritiladi.
Bunda tabiiy ofat natijasida zarur koʻrgan obyektlar, davlat mudofaasi va xavfsizligi ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida nazarda tutilgan loyihalarga ustuvorlik beriladi.
5. Ushbu mezonlarga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda kiritilgan taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan mezonlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlari bilan birgalikda tashabbuskorlarga yuborilishi lozim.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Dastur loyihasiga kiritish uchun investitsiya takliflarini taqdim etish shakllari namuna va maketlari tashabbuskorlarga yuborilgandan keyingi yil davomida mezonlarga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boshqa loyihalar va dasturlar bilan oʻzaro bogʻliqligi
Loyihani amalga oshirish uchun asos
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Izoh: Loyiha pasporti har bir soha va tarmoqning xususiyati boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan alohida tartibda ishlab chiqiladi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishiladi .
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga 2-ILOVA
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan obyektlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan obyektlar uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — obyektlar boʻyicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan yuridik shaxs;
budjet tizimi budjetlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) — obyektni barpo etishda foydalaniladigan moddiy-texnik resurslarni, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarini), asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
ish hujjatlari — alohida binolar (inshootlar) va ish turlari uchun tuziladigan ish chizmalarining kompleksi;
loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxati — loyiha hujjatlarini (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari) ishlab chiqish muddatlarini, ishlar hajmini (quvvatini), umumiy va qoldiq qiymatlarini, obyekt uchun joriy moliya yilda ajratiladigan kapital qoʻyilmalar miqdorini, loyiha tashkilotlarining nomini oʻzida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat;
loyiha va pudrat tashkiloti — obyektlar boʻyicha loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish uchun davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan tashkilot;
qurilishlarning manzilli roʻyxati — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida har bir obyektda qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish muddatini, ularning hajmi va quvvatini, umumiy va qoldiq qiymatlarini, joriy moliya yilida ajratiladigan kapital qoʻyilmalar miqdorini, foydalanishga topshiriladigan quvvatlarini, obyekt boʻyicha olingan ekspertiza xulosasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda pudrat tashkilotining nomini oʻzida aks ettiruvchi moliyaviy hujjat.
3. Obyektni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (keyingi oʻrinlarda — qurilish) boʻyicha shartnoma davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga asosan aniqlanadigan loyiha tashkiloti, yetkazib beruvchi va (yoki) pudratchilar (keyingi oʻrinlarda — pudratchi) bilan qurilishning butun davriga tuziladi.
Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda qurilish sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tuziladi.
4. Obyektlarning qurilishiga shartnoma davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining va tuzilgan shartnomaning shartlariga muvofiq qurilish ishlarini bajarishga qodir boʻlgan pudratchi — yuridik shaxslar bilan tuziladi.
Zarurat boʻlganda, qoʻshma faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq ish koʻruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurilish shartnomasi boʻyicha bosh pudratchi boʻlishi mumkin.
5. Buyurtmachi va pudratchi, buyurtmachi va loyiha tashkiloti, pudratchi va subpudratchilar, asbob-uskunalar va qurilish materiallari (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi shartnomalar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq boʻgʻinlarning ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Bunda pudratchilar tomonidan qurilish ishlariga subpudratchilarning jalb etilishi, shu jumladan ularni shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati asosida jalb etilishi vositachilar ishtiroki deb baholanmaydi.
Agar shartnomaga binoan qurilish ishlarini materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, buyurtmachi tomonidan berilgan materiallar qiymati soliq bazasiga kiritilmaydi.
6. Pudratchi bilan shartnoma, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, tender (tanlov) hujjatlarida va davlat xaridlari tartib-taomillari natijasida aniqlangan narxlarda davlat xaridlarining tartib-taomillari yakunlangandan soʻng uch kun ichida tuziladi.
7. Tender (tanlov) hujjatlarining shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar boʻyicha ikkinchi va keyingi yillar uchun qoldiq ishlar qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi shartnomaga qoʻshimcha kelishuvlar va bitim bilan rasmiylashtiriladi.
8. Shartnomaga ishlar hajmini koʻpaytirish yoki obyekt loyihasini oʻzgartirish bilan bogʻliq oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Shartnoma shartlarida belgilangan majburiyatlarni toʻliq bajarish uchun yildan-yilga oʻtuvchi hamda hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan obyektlar boʻyicha buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida qoʻshimcha kelishuvlar tuziladi.
9. Shartnomani bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash qonunchilik hujjatlarida va (yoki) shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomadagi majburiyatlar saqlanib qolish sharti bilan pudratchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
11. Tanlov (tender) gʻolibi deb topilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan qurilish va loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari shartnomaga asosan bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning kamida 30 foizini oʻz kuchi bilan bajarishi lozim.
12. Obyektlar qurilishiga shartnoma tuzish va (yoki) shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq kafillik, kafolat va boshqalar bilan taʼminlanadi.
13. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan oʻzaro hisob-kitob shartlari qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
3-bob. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi
14. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning ish hujjatlari (obyektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov (tender) hujjatlarini tasdiqlash hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish;
pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim etish;
buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni koʻchirish ishlarini tashkil etish;
kafolat muddati davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishini nazorat qilish.
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlari va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
15. Pudratchi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
texnologik qismni buyurtmachi bilan kelishgan holda ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) ishlab chiqish va qurilish jarayonida uni ekspert tarzida kuzatish;
ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bogʻlagan holda toʻliq hajm va belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishga berish;
tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan qurilish ishlarini ishlarni bajarish grafigi, standartlar hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda bajarish;
obyektni shartnoma shartlariga muvofiq asbob-uskuna, konstruksiya va qurilish materiallari bilan butlash;
qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini loyiha yechimlari, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish;
obyektning ijro hujjatlarini, sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotlar boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni buyurtmachiga taqdim etish;
obyektni tasdiqlangan loyihalar, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachiga topshirish.
Pudratchi qonunchilik hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
16. Buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti, shuningdek, ularning mulkiy javobgarligi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.
17. Obyektni foydalanishga qabul qilish Qurilish vazirligining xulosasi asosida hamda belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ishlarni bajarishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni taqdim etish muddatlarini kechiktirilganligi;
geodeziya — yer ajratish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;
shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqarishga va xizmat koʻrsatishga moʻljallangan qurilishi tugallangan obyekt, uning alohida navbatlari, ishga tushirish majmui hamda bino va inshootlarni qabul qilib olishni asossiz ravishda kechiktirilganligi;
moliyalashtirishni, shuningdek, bajarilgan ishlarni tasdiqlash va hisob-kitob qilishni belgilangan muddatlarda amalga oshirmaslik;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻladi.
19. Pudratchi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ish hujjatlari ishlab chiqilmaganligi yoki sifatsiz ishlab chiqilganligi (obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda);
loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;
obyektda qurilish-montaj ishlari va (yoki) uning navbati va bosqichi belgilangan vaqtda tugallanmaganligi;
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha montaj ishlarini bajarayotgan montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga asbob-uskunalarni montaj qilishga moʻljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov (tender) hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra alohida shartlarda berilgan yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha belgilangan muddatlarning buzilganligi va (yoki) toʻliq hajmda amalga oshirilmaganligi;
qurilish jarayonida va (yoki) oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot va nazorat organlari tomonidan qurilish ishlari va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan va aniqlangan chala ishlar hamda nuqsonlarni bartaraf etishning kechikkanligi;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻladi.
20. Pudratchi tomonidan qurilish ishlari shartnoma shartlarini buzgan holda yoki boshqa nuqsonlarga yoʻl qoʻygan holda bajarilganda buyurtmachi, agar qonunchilik hujjatlarida va shartnomada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, pudratchidan:
nuqsonlar oqilona muddatda pudratchining mablagʻlari hisobidan bartaraf etilishini;
qurilish qiymati ish uchun belgilangan narxga mutanosib miqdorda kamaytirilishini;
agar shartnomada buyurtmachining nuqsonlarni bartaraf etish huquqi nazarda tutilgan boʻlsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplashni talab qilishga haqlidir.
21. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish oʻrniga qurilish ishlarini oʻz hisobidan qaytadan bajarish huquqiga ega. Bunda pudratchi tomonidan qurilish ishlarining bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplab berilishi kerak.
22. Pudratchi tomonidan nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan hollarda, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonlarni oʻz mablagʻlari hisobidan va (yoki) oʻz kuchi bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda nuqsonni bartaraf etish ishlarining qiymati va nuqson oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi natijasida koʻrilgan zarar pudratchidan undirib olinishi lozim.
23. Bajarilgan qurilish ishlari (xizmatlari) va yetkazib berilgan tovarlar (materiallar) uchun belgilangan muddatlarda haq toʻlanmagan taqdirda, buyurtmachi pudratchiga qonunchilik hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda hamda miqdorda neustoyka (jarima, penya) toʻlaydi.
24. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan neustoyka (jarima, penya) toʻlaganligidan qatʼi nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida oʻzi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
25. Muddatini oʻtkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini oʻzgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun mazkur Nizomda belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) toʻlash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
4-bob. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilishini tashkil etish
26. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash boʻyicha majburiyatlarni nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
27. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan moliyalashtiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirishda majburiy hisoblanadi.
28. Boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tanlov (tender) savdolarining shartlaridan kelib chiqib qoʻllanilishi mumkin.
29. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishga pudratchi tomonidan subpudrat tashkilotlari jalb etilishi mumkin.
30. Obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan xom ashyo, konstruksiyalar va buyumlar, asbob-uskunalar va texnikalar, texnologik va energetik asbob-uskunalar hamda maxsus materiallar bilan taʼminlash ishlari pudratchining majburiyati hisoblanadi.
31. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolat davrida obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javobgar hisoblanadi.
32. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish qurilish ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirganidan keyin buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
33. Obyektlar foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurilayotganda, obyektda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida boʻladi. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni soliqqa tortish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalar hajmlari choraklar va sohalar kesimidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻn kun ichida (agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa) buyurtmachilarga yetkaziladi.
Bunda buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni Moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar sifatida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi.
35. Kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari buyurtmachilarga yetkazilgandan keyin besh ish kuni ichida buyurtmachilarga Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi va unga kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari kiritiladi.
Moliya organlari tomonidan budjet tizimi budjetlaridan ajratiladigan mablagʻlar doirasida budjet darajasi, sohalar va yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan tartibda xarajatlar yoyilmasi tuziladi va ajratilgan mablagʻlar Moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilarga ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritilishini taʼminlaydi.
36. Dastur doirasida barpo etilayotgan obyektlar boʻyicha qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tartibda avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida amalga oshiriladi, davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar bundan mustasno.
Davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari tasdiqlangandan soʻng moliya organlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan obyektlarning xarajatlar smetasi buyurtmachilar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Bunda:
2023-yil 1-iyuldan boshlab buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali har bir obyekt boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar smetasi va unga oʻzgartirish (qoʻshimcha)lar kiritiladi;
buyurtmachilarga ochilgan gʻazna hisobvaragʻida (qayta taqsimlanadigan) nazarda tutilgan mablagʻlar manzilli roʻyxatlarga asosan tasdiqlangan har bir obyektning xarajatlar smetasidan kelib chiqib, buyurtmachilar tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
38. Xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va ularga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.
39. Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatini, xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash tadbirlari doirasida barpo etiladigan obyektlarning qurilishi uchun ajratiladigan mablagʻlar obyektlar kesimida taqsimlanmagan holda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali bir satrda moliyalashtiriladi.
40. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachi tomonidan manzilli roʻyxatlar tasdiqlangandan soʻng ikki ish kuni ichida maxsus axborot portali orqali gʻaznachilik boʻlinmalariga quyidagilar taqdim etiladi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning va (yoki) loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari nusxasi;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudratchini (loyiha tashkilotini) aniqlash boʻyicha xarid komissiyasi yigʻilishining bayoni;
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
Qurilish vazirligining qurilish-montaj ishlarini bajarishga (qurilishning butun davri uchun berilgan) ruxsati nusxasi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda);
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilgan boʻlsa, shartnoma va shartnoma boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno).
41. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida obyektni qurish, rekonstruksiya qilish yoki mukammal taʼmirlash yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablagʻ bilan taʼminlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
a) qurilishi tayyor holda foydalanishga topshirish shartlari asosida quriladigan obyektlar boʻyicha:
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda ajratiladi;
ajratilgan avansning moliya yili mobaynida mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtiriladi;
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizi toʻlanadi;
b) obyektlarni jihozlash (texnologik uskunalar bundan mustasno) boʻyicha:
jihozlash ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans toʻlovlari jihozlash ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladi;
avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, yetkazib berilgan jihozlarning 100 foizi miqdorida joriy moliyalashtiriladi;
v) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha:
loyiha ishlarining dastlabki oyi mobaynida avans toʻlovlari loyiha ishlarining tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 15 foizi miqdorida ajratiladi;
qolgan mablagʻlar, shartnomalarda koʻrsatilgan shartlarda bajarilgan ishlar qiymatidan kelib chiqib, ajratilgan avansni ushlab qolgan holda joriy moliyalashtirilishi nazarda tutiladi.
42. Tanlov natijalari boʻyicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga taʼsir qilmagan holda tejalgan mablagʻlar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
43. Obyektlarini moliyalashtirish qatʼiy ravishda budjet tizimi budjetlaridan har bir obyekt uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalarning limitlari doirasida amalga oshiriladi hamda mablagʻlarni qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi.
44. Joriy moliyalashtirish buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisobvaraq-fakturalar va toʻlov topshiriqnomalariga asosan ular gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etilgandan soʻng uch ish kun ichida, biroq qonunchilik hujjatlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar birinchi navbatda moliyalashtirilishini inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
45. Buyurtmachining saqlash bilan bogʻliq xarajatlari obyektning qurilish qiymatiga kiritiladi va Moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt boʻyicha alohida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi orqali budjet tasnifining alohida xarajatlar moddasida bitta satrda nazarda tutiladi.
47. Budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan obyektlarni moliyalashtirish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
48. Buyurtmachilar tomonidan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar uchun davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish toʻgʻrisidagi tartibiga muvofiq hisobotlar taqdim etiladi.
Bunda budjet tizimi budjetlari boʻyicha buyurtmachilar tomonidan tegishli hisobotlar taqdim etilmaganda, buyurtmachi rahbariyatini yozma xabardor qilgan holda moliya organlari tegishli hisobotlar talab darajasida taqdim etilgunga qadar budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirishni (toʻlashni) cheklab qoʻyishga haqli.
49. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
TARTIBI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Mazkur Tartib talablari vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga ham tatbiq etiladi.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obyektlarni loyihalashtirish va qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida ham tashabbuskor, ham buyurtmachi boʻlishlari mumkin.
3. Tashabbuskorlar, buyurtmachilar, shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi oʻzlarining soliq organlari tomonidan berilgan elektron raqamli imzolaridan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda avtomatlashtirilgan elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
4. Dastur doirasida qurilishlarning va keyingi yillar uchun loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda — pudrat (loyiha) tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov (tender) savdolari oʻtkazishdan oldin qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining dastlabki manzilli roʻyxatlari (keyingi oʻrinlarda — dastlabki manzilli roʻyxatlar) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi;
ikkinchi bosqichda — pudrat (loyiha) tashkilotlari aniqlangandan keyin qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxatlar) ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
5. Manzilli (dastlabki manzilli) roʻyxatlar buyurtmachilar tomonidan har bir obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiradigan, mazkur Tartibga 1- va 2-ilovalarga muvofiq shakllarda elektron tizim orqali Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) taqdim etiladi.
Bunda davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiritiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-bob. Dastlabki manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish, koʻrib chiqish va tasdiqlash
6. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni va Dastur qabul qilingandan soʻng buyurtmachilar tomonidan uch ish kuni ichida dastlabki manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritiladi.
7. Dastlabki manzilli roʻyxatlarda qurilish-montaj ishlarining hamda buyurtmachining boshqa xarajatlari (loyiha qidiruv ishlari) uchun talab etiladigan mablagʻlarning prognoz qiymatlari koʻrsatiladi.
8. Prognoz qiymatlar buyurtmachilar tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra ishlab chiqiladi va xarajatlar smetasini moliya organlariga roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
kapital qoʻyilmalar uchun ajratilgan mablagʻlarning hajmi va moliyalashtirish manbalarining belgilanganligi;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha obyektning loyihaviy quvvati;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasi;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xulosasi;
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ishlarini bajarishga ruxsat beruvchi hujjat (mavjud boʻlgan hollarda).
Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (maʼlumotlarning) toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
10. Buyurtmachilar ishlab chiqilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul rahbarlar tomonidan maʼqullangandan keyin mazkur Tartibning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda elektron tizim orqali vakolatli organlarga taqdim etadi.
Bunda mahalliy hokimiyat organlari huzuridagi buyurtmachilar tomonidan shakllantirilgan dastlabki manzilli roʻyxatlar tegishli hududiy iqtisodiyot bosh boshqarmalari bilan kelishiladi.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi dastlabki manzilli roʻyxatlarni Moliya vazirligi bilan kelishilgandan soʻng ikki ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi, kelishadi va buyurtmachilarga yuboradi.
13. Buyurtmachilar vakolatli organlar bilan kelishilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ikki ish kuni ichida moliya organlariga taqdim etadi.
14. Moliya organlari ikki ish kuni ichida obyektlar uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini har bir obyekt uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritadi.
3-bob. Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
15. Buyurtmachilar tomonidan pudratchi (loyiha tashkiloti) bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch ish kuni ichida manzilli roʻyxatlar ishlab chiqiladi va kelishish uchun mazkur Tartibning 5-bandida belgilangan tartibda vakolatli organlarga kiritish.
16. Manzilli roʻyxatlar quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:
kapital qoʻyilmalar uchun ajratilgan mablagʻlarning hajmi va moliyalashtirish manbalarining belgilanganligi;
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha obyektning loyihaviy quvvati;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasi;
obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi xulosasi;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pudrat (loyiha tashkilotini) aniqlash boʻyicha (yildan yilga oʻtuvchi obyektlarni foydalanishga topshirish muddatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha) xarid komissiyasi yigʻilishining bayoni;
pudrat va (yoki) loyiha tashkiloti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishiga asos boʻlgan hujjat (mavjud boʻlgan hollarda);
agar qonunchilik hujjatlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirilgan boʻlsa, shartnoma va shartnoma boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli xulosasi (qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno);
loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ishlarini bajarishga ruxsat beruvchi hujjat (mavjud boʻlgan hollarda);
hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli Hukumat qarori (farmoyishi);
yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladigan qayta hisob-kitob maʼlumotlari;
pudrat va loyiha tashkiloti bilan oʻzaro hisob-kitob dalolatnomalari;
pudrat va (yoki) loyiha tashkiloti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilgan obyektlarda loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarining buyurtmachilar tomonidan hisoblangan dastlabki qiymati.
Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning (maʼlumotlarning) toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
17. Manzilli roʻyxatlar tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul rahbarlar tomonidan maʼqullangan keyin mazkur Tartibning 16-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda elektron tizim orqali, vakolatli organlarga taqdim etiladi.
Bunda mahalliy hokimiyat organlari huzuridagi buyurtmachilar tomonidan shakllantirilgan manzilli roʻyxatlarni tegishli hududiy iqtisodiyot bosh boshqarmalari bilan kelishiladi.
manzilli roʻyxatlarning dasturda koʻzda tutilgan mablagʻlar hajmiga mosligi;
moliyalashtirish jadvallarining joriy yil uchun ajratilgan kapital quyilmalar hajmlariga muvofiqligi;
obyektning loyiha smeta-hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasining mavjudligi va manzilli roʻyxatlarga kiritilgan pudratchilarning (loyiha tashkilotlari) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlangan pudratchining (loyiha tashkilotining) muvofiqligi.
19. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manzilli roʻyxatlar Moliya vazirligi bilan kelishilgandan soʻng uch ish kuni ichida quyidagilarni koʻrib chiqadi va kelishadi:
manzilli roʻyxatlarning Dasturning yangi ishga tushiriladigan quvvatlar, kapital quyilmalar va asosiy fondlarni oshirish boʻyicha parametrlariga muvofiqligi;
yildan yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha ishlarning qoldiq qiymati va xarajatlari toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar asosliligi;
manzilli roʻyxatlarda qurilish-montaj ishlari hajmi, jihozlar (mebel, jihozlar) va buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun prognoz qilingan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri aks ettirilishi;
obyektlar boʻyicha pudrat (loyiha tashkilotlari) belgilangan tartibda aniqlanganligi, loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha ekspertiza xulosasining mavjudligi, shuningdek qurilish ishlarini bajarish grafigining joriy yil uchun ajratilgan kapital quyilmalarga muvofiqligi;
obyektning loyiha qiymatini, shunga oʻxshash obyektlarning loyiha qiymati va xarajatlarining oʻrtacha statistik qiymatiga muvofiqligi.
20. Vakolatli organlar tomonidan manzilli roʻyxatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda uch ish kuni ichida manzilli roʻyxatlar kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari koʻrsatilgan xabarnoma bilan birgalikda elektron tizim orqali buyurtmachilarga qaytariladi.
Bunda davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha manzilli roʻyxatlar davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
21. Buyurtmachilar tomonidan xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda kiritilgan manzilli roʻyxatlar vakolatli organlar tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
22. Vakolatli organlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kiritilgan manzilli roʻyxatlarni kelishmasdan qaytarishga haqli. Bunda kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bogʻliq kamchiliklar bundan mustasno.
23. Manzilli roʻyxatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va Moliya vaziri yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi.
24. Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachilar ikki ish kuni ichida zarur hujjatlarni, shu jumladan, vakolatli organlar bilan kelishilgan manzilli roʻyxatlarni tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etadilar.
25. Gʻaznachilikning tegishli boʻlinmalari amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq yuridik va moliyaviy majburiyatlarni amalga oshiradi.
26. Manzilli roʻyxatlarga quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar ajratilganda yoki ularga ajratilgan kapital qoʻyilmalar hajmi kamaytirilganda;
obyektning qiymati oʻzgarganda;
manzilli roʻyxatlarni shakllantirish uchun asos hisoblangan va mazkur Tartibning 16-bandida keltirilgan hujjatlarga (talablar, meʼyorlar) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar elektron tizimda avtomatik tarzda unifikatsiya qilinadigan raqam bilan roʻyxatga olinadi.
28. Mazkur Tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibiga 1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
vazirlik va idora rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar
_____________________________
(F.I.O.)
202___ yil “___” _________
202__ yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan _________________________ obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarining
Qurilish boshlanish va foydalanishga topshirish yili
Loyiha quvvati
Obyektning umumiy qiymati (shartnoma asosida) jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari
01.01.202__ y. holatiga obyekt qoldiq qiymati jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari
01.01.202__ y., holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning (qayta hisoblash bilan) qoldiq qiymati jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari
01.01.202_ y., holatiga obyektning moliyalashtirish qoldigʻi jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari
202__ yil uchun kapital qoʻyilmalar limiti
202__ yilda foydalanishga topshiriladigan
01.01.202__ y., holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning (qayta hisoblash bilan) qoldiq qiymati jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari
01.01.202__ y., holatiga yildan yilga oʻtuvchi obyektning moliyalashtirish qoldigʻi jumladan, buyurtmachi boshqa xarajatlari
Ekspertiza xulosasi raqami va sanasi
Tender (tanlov)lar natijasiga boʻyicha bayonnoma raqami va sanasi
Qurilish pudrat tashkilot nomi
Jami kapital qoʻyilmalar
shu jumladan
Muddat / quvvat
Asosiy fond summasi
Qurilish — montaj ishlari
Jihoz
Buyurtmachi boshqa xarajatlari
Jami
jumladan, saqlash xarajatlari
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
Jami kapital qoʻyilmalar,
jumladan
Avvalgi yillardan oʻtuvchi
Yangi qurilish
1.
2.
Rekonstruksiya, modernizatsiya
1.
2.
Yangidan boshlanuvchi
Yangi qurilish
1.
2.
Rekonstruksiya, modernizatsiya
1.
2.
Boshqalar
“Kiritildi” Buyurtmachi xizmati rahbari
_____________________________ (F.I.O.) 202__ yil “___” _________ (imzo, muhr)
“Kelishildi” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi _____________________________ (F.I.O.) 202__ yil “___” _________
“Kelishildi” Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi _____________________________ (F.I.O.) 202__ yil “___” _________
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qurilishlarning va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibiga 2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
Vazirlik va idora rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan masʼul shaxslar
_____________________________ (F.I.O.) 202___ yil “___” _________
202__ yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan _________________________ obyektlari boʻyicha amalga oshiriladigan loyiha-qidiruv ishlarining MANZILLI ROʻYXATI
Qurilish boshlanish va foydalanishga topshirish yili
Obyekt qurilishining hisobiy (dastlabki) umumiy qiymati
Loyiha bosqichi DTIA, DTIX, TIA, TIX, L, IH, IL, TH
Obyektning loyiha-qidiruv ishlari qiymati
Loyiha boshidan 01.01.202___ yil holatiga bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari
01.01.202___ yil holatiga loyiha-qidiruv ishlari qoldiq qiymati
202___ yil uchun kapital qoʻyilmalar limiti
Loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachiga topshirish muddati (oy, yil)
Tender (tanlov)lar natijasiga boʻyicha bayonnoma raqami va sanasi
Loyihachi tashkilot nomi
x
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Jami loyiha-qidiruv ishlari, jumladan
“Kiritildi” Buyurtmachi xizmati rahbari
_____________________________ (F.I.O.) 202__ yil “___” _________ (imzo, muhr)
“Kelishildi” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi _____________________________ (F.I.O.) 202___ yil “___” _________
“Kelishildi” Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi _____________________________ (F.I.O.) 202___ yil “___” _________
Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Kapital qoʻyilmalar koʻrinishidagi budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Moliya organlari
Kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari buyurtmachilarga yetkazilgandan keyin Moliya vazirligining axborot tizimida buyurtmachilar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kapital qoʻyilmalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini kiritish.
5 ish kuni ichida
II bosqich
Buyurtmachilar
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni va Dastur qabul qilingandan soʻng Dastlabki manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritish.
3 ish kuni ichida
III bosqich
Moliya vazirligi
Dastlabki manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va kelishish.
2 ish kuni ichida
IV bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Dastlabki manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish, kelishish va buyurtmachiga joʻnatish.
2 ish kuni ichida
V bosqich
Buyurtmachilar
Vakolatli organlar bilan kelishilgan dastlabki manzilli roʻyxatlarni va zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ikki ish kuni ichida moliya organlariga taqdim etish.
2 ish kuni ichida
VI bosqich
Moliya organlari
Obyektlar uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini har bir obyekt uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga kiritish.
2 ish kun ichida
VII bosqich
Buyurtmachilar
Pudratchi (loyiha tashkiloti) bilan shartnoma tuzilgandan keyin manzilli roʻyxatlar ishlab chiqib, kelishish uchun vakolatli organlarga kiritish.
3 ish kun ichida
VIII bosqich
Moliya vazirligi
Manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish va kelishish.
3 ish kuni ichida
IX bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Manzilli roʻyxatlarni koʻrib chiqish, kelishish va buyurtmachiga joʻnatish.
3 ish kuni ichida
X bosqich
Buyurtmachilar
Moliyalashtirishni boshlash uchun buyurtmachilar zarur hujjatlarni, shu jumladan vakolatli organlar bilan kelishilgan manzilli roʻyxatlarni, tegishli gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etish.
2 ish kun ichida
XI bosqich
Gʻaznachilik organlari
Buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq yuridik va moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga 3-ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
monitoringni amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi;
loyiha ishtirokchilari — buyurtmachilar hamda ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini (keyingi oʻrinlarda — qurilish) amalga oshirish uchun jalb etilgan loyiha va pudrat tashkilotlari;
monitoring — obyektni loyihalashtirishdan boshlab, uni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha jarayon, shu jumladan ushbu davr ichida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilishini kuzatib borish, tahlil qilish, baholash, shuningdek, obyektning holati va natijadorligi bilan bogʻliq maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.
3. Monitoringni asosiy maqsadi budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar (obyektlar) boʻyicha loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan parametrlarga erishilishini taʼminlashdan iborat.
4. Monitoringning asosiy vazifalari:
loyiha ishtirokchilari tomonidan loyihalashtirish, qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish jarayonida qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya etilishini;
obyektlar boʻyicha loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan natijalarga, shu jumladan, obyekt uchun kapital qoʻyilmalar ajratish boʻyicha talabnomalarda koʻrsatilgan loyiha koʻrsatkichlariga toʻliq erishilishini;
obyektlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning belgilangan muddatlarda va maqsadli oʻzlashtirilishini hamda obyektlarning oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini;
loyiha ishtirokchilari tomonidan kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish, qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini hamda boshqa majburiyatlarni bajarish tegishli shartnomalar shartlariga muvofiq amalga oshirilishini;
qurilish ishlarining bajarish grafigiga qatʼiy amal qilgan holda toʻliq bajarilishini;
obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini belgilangan muddatlarda hamda sifatli bajarishga salbiy taʼsir etuvchi omillarning oʻz vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishini;
loyiha ishtirokchilarining obyektlarni ish tushirish jarayonidagi faoliyati va oʻzaro aloqalari doimiy muvofiqlashtirilishini taʼminlash.
3-bob. Investitsiya davrida monitoring
5. Monitoring vakolatli organ tomonidan rejalashtirilgan va rejadan tashqari monitoring tadbirlari asosida tashkil etiladi. Bunda:
rejalashtirilgan tadbirlar — joriy kalendar yil uchun tasdiqlangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida, shuningdek, vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida;
rejadan tashqari tadbirlar — vakolatli organ rahbariyatining topshiriqlari asosida oʻtkaziladi.
6. Monitoring tadbirlarini amalga oshirish doirasida vakolatli organ:
obyektlarning amalga oshirilish holatini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida loyiha ishtirokchilaridan tegishli obyektlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumot, axborot va hisobotlarni tizimli olib, umumlashtiradi;
kapital qoʻyilmalar oʻz vaqtida, toʻliq va maqsadli oʻzlashtirilishini, obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari belgilangan muddatlarda bajarilishini tizimli oʻrganadi;
obyektlar doirasidagi ishlar tarmoq jadvallaridan ortda qolish sabablarini tahlil qiladi va loyiha ishtirokchilariga aniqlangan kamchiliklar hamda yoʻl qoʻyilgan kechikishlarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar kiritib boradi;
loyiha ishtirokchilari tomonidan shartnomalarda (bitimlarda) belgilangan majburiyatlar bajarilishi, obyektlarda qurilish, rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirilishi, shuningdek, kapital qoʻyilmalardan foydalanilish holatlarini joylarga chiqqan holda oʻrganishni tashkil etadi;
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini shakllantiradi;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
7. Vakolatli organ tomonidan monitoring tadbirlari bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilganda, vakolatli organ mutaxassislari qidiruv va qurilish ishlari amalga oshirilayotgan hamda loyiha ishtirokchilarining haqiqatda joylashgan joylarga borishi, obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlarni vakolatli organga taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tanlov asosida oʻrganishi mumkin.
Bunda loyiha ishtirokchilari monitoring tadbirlarini oʻtkazayotgan shaxslarga tegishli obyektga toʻsiqsiz kirishini va uni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha kerakli hujjatlar taqdim etilishini taʼminlashi shart, bundan davlat sirlari bilan bogʻliq hamda maxfiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar va maʼlumotlar mustasno.
8. Vakolatli organning monitoring tadbirlariga jalb qilingan mutaxassislari tomonidan monitoring obyektiga taalluqli boʻlmagan hujjat va maʼlumotlar talab qilinishi, monitoring tadbirlari doirasida oʻziga maʼlum boʻlgan axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek, monitoring tadbirlarida qonun bilan taqiqlangan masalalarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Monitoring ilovaga muvofiq sxemaga asosan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
10. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) tomonidan obyektlarning amalga oshirilishi holat va ularning yakunlanishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar elektron imzo bilan tasdiqlangan holda taqdim etib boradi.
Bunda davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha maʼlumotlar davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
11. Obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatda vakolatli organga taqdim etilmagan taqdirda yoki taqdim etilgan maʼlumotlarda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar aniqlanganda, vakolatli organ ikki ish kuni ichida loyiha tashabbuskoriga (buyurtmachiga) tegishli xabarnoma yuboradi.
Loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) xabarnomani olgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida vakolatli organga zarur maʼlumotlarni (qayta ishlangan hisobotni) hamda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar yuzasidan tushuntirishlarni yuboradi.
Loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) ushbu band talablariga rioya etilmagan yoki topshiriqni bajarish asossiz ravishda rad etilgan hollarda vakolatli organ rejadan tashqari monitoring tadbirlarini oʻtkazish, shu jumladan, obyektning holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
12. Vakolatli organ har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qaroriga muvofiq tuzilgan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabiga hamda “2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qaroriga muvofiq tuzilgan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga monitoring natijalari yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi oylik, choraklik va yillik axborotni kiritib boradi:
obyektlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ekspertizasidan oʻtkazish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
pudrat tashkilotini aniqlash jarayonlari hamda shartnomalar tuzilganlik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarining holati, ularni moliyalashtirish va mablagʻlarni oʻzlashtirish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishi, shu jumladan, tarmoq jadvalidan ortda qolish sabablari, mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
obyektlarni foydalanishga topshirish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
aniqlangan kamchiliklar va yoʻl qoʻyilgan kechikishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni.
13. Monitoringni tashkil etish va amalga oshirish jarayonlarida loyihalar tashabbuskorlari (buyurtmachilar) loyihalarning oʻz vaqtida, toʻliq hamda sifatli amalga oshirilishini taʼminlash va bu boradagi ishlarni doimiy nazorat qilish, shuningdek, axborot tizimiga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
14. Investitsiyadan keyingi monitoring budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan, mukammal taʼmirlangan, jihozlangan va foydalanishga topshirilgan obyektlarda vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
15. Investitsiyadan keyingi monitoring obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng besh yil davomida amalga oshiriladi.
16. Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari yakunlangan obyektlar boʻyicha investitsiyadan keyingi monitoring amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida vakolatli organga uning soʻroviga asosan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
obyekt parametrlari tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan parametrlarga muvofiqligi, shu jumladan, obyektning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
obyektni boshqarish, saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlar hajmi, ularni moliyalashtirish manbalari, resurslarni tejash hisobiga maqbullashtirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
obyektning va unga sarflangan mablagʻlarning natijadorligini baholash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
17. Vakolatli organ investitsiyadan keyingi monitoring natijalaridan kelib chiqib, budjet tizimi budjetlarining kapital qoʻyilmalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda loyiha tashabbuskorlariga (buyurtmachilarga) tavsiyalar kiritib boradi.
18. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatishni vakolatli organ bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar (obyektlar) amalga oshirilishini monitoring qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Ijrochilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar)
Obyektlarning amalga oshirilish holati va ularning yakunlanishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etish.
hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasiga qadar
II bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Maʼlumotlar vakolatli organga taqdim etilmagan taqdirda yoki taqdim etilgan maʼlumotlarda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar aniqlanganda, loyiha tashabbuskoriga (buyurtmachiga) tegishli xabarnoma yuborish.
2 ish kuni ichida
III bosqich
Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar)
Vakolatli organga xabarnoma boʻyicha zarur maʼlumotlarni (qayta ishlangan hisobotni) hamda nomuvofiqlik va (yoki) noaniqliklar yuzasidan tushuntirishlar yuborish.
2 ish kuni ichida
IV bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Monitoring natijalari yuzasidan maʼlumot va takliflar boʻyicha oylik, choraklik va yillik axborotni Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi va Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritib borish
hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar
V bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Investitsiyadan keyingi monitoringni amalga oshirish, uning natijalari boʻyicha kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari) uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
obyekt foydalanishga topshiril-ganidan soʻng 5 yil davomida
(zaruratga koʻra)
Izoh: davlat siri va maxfiy maʼlumotlar toifasiga kiruvchi obyektlar boʻyicha maʼlumotlar davlat sirlari va maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan axborotlar bilan ishlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishlanadi.