toggle_night_mode
Hujjat 28.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Ijtimoiy taʼminot vazirligi

1998-yil 30-noyabr, 2-271/04-son

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligi

1998-yil 30-noyabr, 1235/04-1-son

ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA ISHDAN BOʻSHATILGAN XODIMLARGA MUDDATIDAN OLDIN PENSIYA TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 49-moddasining sakkizinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Muddatidan oldin pensiya sugʻurta qilingan va mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandiga muvofiq ishdan ozod etilgan (yoki belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan) xodimlarga: erkaklar — 58 yoshdan 60 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam boʻlmagan taqdirda, ayollar — 53 yoshdan 55 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
5. Ishsiz deb eʼtirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi toʻlovi toʻxtatiladi.
II. PENSIYA TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, markaz xodimlari bunday shaxslarga uch oylik davr ichida, agarda ular oʻttiz kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi deb yuritiladi) topshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya quyidagi muddatdan tayinlanadi:
ishsiz deb eʼtirof etilgan kundan agar tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan boʻlsalar;
Keyingi tahrirga qarang.
erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan kundan agarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida roʻyxatda turgan davrda shu yoshga toʻlgan boʻlsalar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Muddatidan oldin pensiya miqdori “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartib asosida hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
13. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga toʻlanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya toʻlash toʻxtatiladi.
14. Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan soʻng fuqarolar ishga kirib, soʻngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan boʻshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bogʻliq ravishda quyidagi tartib qoʻllaniladi:
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yoʻriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya toʻlovi ham tiklanmaydi.
III. MUDDATIDAN OLDIN TAYINLANGAN PENSIYALAR BOʻYICHA HISOB VA HISOBOT
Oldingi tahrirga qarang.
15. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5 sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga yuboradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga yetganda, pensiya toʻlovi belgilangan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning haqiqiy toʻlangan miqdorlari boʻyicha undirib oladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har bir oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini (3-ilovaga muvofiq) tuzadilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda hududiy bandlik bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma tasdiqlanishi munosabati bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishi, tugatilishi yoki xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi natijasida pensiya yoshi arafasida ishdan boʻshatilgan xodimlarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 05-1209/50-sonli Nizom.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992-yil 27-iyuldagi 976/16-sonli tushuntirish xati.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

4-shakl‎

M.Oʻ.‎‎

-----------------------------------‎‎

_______________tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi 202___yil “___”______________ ____________-son ‎‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ________________ tuman (shahar) boʻlimiga ‎

TAQDIMNOMA‎‎

‎‎___________________________________________________________

(Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi nomi)

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 49-moddasiga asosan va Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 588, 1999-yil 7-yanvar) qoʻllagan holda,‎‎____ yil “____”_____________ da tugʻilgan_____________________________________________________

‎__________________________________________________________ni

(ishsizning F.I.O.)

____________________________________________________________

(pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari)

muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi.‎‎
____________________________ 20___yil “___” ___________da‎‎

‎(ishsizning F.I.O.)‎

‎____________________________________________________________‎

(ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi)

ishdan boʻshatilgan va 20__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori‎‎

‎‎_______________
(imzo)

‎___________________‎
‎‎(F.I.O.).‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
____________________________Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi 20__yil “____”______________ ________________________-son _______ ‎‎
‎‎
____________________tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ‎‎

20__yilning___________oyida toʻlangan pensiya xarajatlarini qoplash
‎uchun muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolarning
‎ROʻYXATI ‎‎‎‎

T/r

‎‎
Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolarning F.I.O
‎‎
Tugʻilgan yili, oyi, kuni

JSHSHIR (PINFL)

maʼlumotlari‎‎

Pensioner shaxsiy varagʻining soni ‎‎
Pensiya tayinlangan kun
‎‎Pensiyaning bir oylik miqdori ‎‎
Pensiya toʻlangan davr
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎Jami: ‎‎X‎‎‎ X‎‎‎ X‎‎‎ X‎‎ X‎‎‎ X‎‎‎ ‎‎

Boʻlim boshligʻi‎‎

‎____________‎

Bosh hisobchi‎‎

(imzo)‎‎

‎(imzo).

M.Oʻ.‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning
‎20___yil ______ oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni ‎‎

‎‎‎TAQQOSLASH DALOLATNOMASI

T/r‎‏

Qaysi oy uchun ‎‏‎ Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolar soni ‎‏‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori‎‏‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻ miqdori‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ oʻtkazilganligi haqida toʻlov topshiriqnomasi‎‎

№‎

sana
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎ ‎‎
Jami:‎‎ X‎‎‎ ‎‎‎ X‎ ‎X‎
Dalolatnoma 20___yil “___” ____________da tuzildi.‎‎‎‎
__________________________tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ________________tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi‎‎

‎_____________

_____________‎‎

(imzo)‎

‎‎(imzo)‎
Bosh hisobchi ‎ Bosh hisobchi ‎
____________‎‎‎ ____________‎‎‎
(imzo)‎‎‎ (imzo)‎‎‎
M.Oʻ.‎‎ ‎M.Oʻ.‎
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 7-apreldagi 18-2021-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-4, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/588-4/0437-son)
Keyingi tahrirga qarang.