1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.24.00 Poligrafiya sanoati;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini tartibga solish hamda dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zoʻravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan gʻoyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshirilishi;
diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tarqatishga qoʻyiladigan talablar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga moʻljallangan materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish shartlari, muddatlari va dinshunoslik ekspertizasi xulosasini rasmiylashtirish tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-aprel,
180-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 1-ILOVA
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita;
gologramma — belgilangan diniy mazmundagi materiallarni tarqatish uchun ruxsat berilganligini bildiruvchi maxsus emblema;
diniy mazmundagi kitob — tarkibida diniy mazmundagi materiallarning hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, bosma yoki elektron koʻrinishdagi nodavriy nashr;
diniy mazmundagi materiallar (keyingi oʻrinlarda — materiallar) — diniy taʼlimotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy taʼlimot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy taʼlimotlarning marosimlar oʻtkazish amaliyotini, shuningdek, alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele, kino va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilar (disketlar, CD, DVD disklari, oʻrnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va boshqalar);
dinshunoslik ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) — vakolatli organ tomonidan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ularda amaldagi qonunchilikka zid elementlar, diniy qonun-qoidalardan ogʻishganlik yoki buzib koʻrsatishning mavjud yoki mavjud emasligiga oid tadqiqotlar oʻtkazish;
olib kirish — xorijda tayyorlangan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berishning har qanday shakli;
tayyorlash — Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari orqali materiallarni nashr etish, qayta nashr etish va nusxa koʻchirish;
tarqatish — Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalari orqali materiallarni sotish, yetkazib berish, tarqatish, yuborish va ularga obuna boʻlish;
ekspertiza xulosasi (keyingi oʻrinlarda — xulosa) — vakolatli organ tomonidan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun ularda amaldagi qonunchilikka zid elementlar, diniy qonun-qoidalardan ogʻishganlik yoki buzib koʻrsatishning mavjud yoki mavjud emasligiga oid tadqiqotlar oʻtkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zoʻravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan gʻoyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
4. Materiallarni quyidagi maqsadlarda tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar]
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoxud boshqa holatlarga koʻra fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish yoki oʻzga shaxslar mahsulotlarini obroʻsizlantirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazishga daʼvat qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
urush, zoʻravonlik, terrorizm, shuningdek, ekstremizm, separatizm, diniy aqidaparastlik yoki mutaassiblik bilan yoʻgʻrilgan gʻoyalarni targʻib qilish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar]
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni tarqatish;
diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat qilish;
dinga eʼtiqod qiluvchilarning his-tuygʻularini haqorat qilish yoki kamsitish;
fuqarolarni oʻz konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.
2-bob. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
5. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
6. Tayyorlashga moʻljallangan materiallarning nazorat nusxasi va mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga yetkazib berilishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
7. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlanadigan materiallar ekspertiza oʻtkazilgandan keyin materialning muallifi va nomi, noshir manzili, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi koʻrsatilgan axborotga ega boʻlishi lozim.
Materiallar matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan boʻlishi, ularni turlicha sharhlash va talqin qilinishiga olib kelmasligi kerak. Materialning jumlalari rasmiy til uslubidan foydalanilgan holda umumeʼtirof etilgan imlo qoidalari asosida tuzilishi, xorijiy tillardan tarjima qilingan soʻzlar, unda foydalaniladigan tushuncha va atamalar mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan holda, bir xilda bayon etilishi lozim.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
8. Materiallarni tayyorlashga ijobiy xulosa olingandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
3-bob. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
9. Diniy tashkilotlar va jismoniy shaxslar materiallarni oʻz ehtiyojlari uchun tijorat maqsadlarini koʻzlamagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.01.00 Chegara rejimi (shuningdek, 01.04.02.00 va 16.02.04.00 larga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari davlat chegarasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun darhol vakolatli organga yuboradi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish]
11. Jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot oʻtkazish maqsadlarida har bir nomlanishdagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda, ijobiy xulosa olingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi]
Diniy tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan materiallar ijobiy xulosa olingandan keyin gologramma bilan tamgʻalanishi lozim.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar]
Ijobiy xulosa olinmagan va gologramma bilan tamgʻalanmagan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.
Mazkur tartibga amal qilmagan holda olib kirilgan materiallar uchun olib kiruvchi shaxs javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
12. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy ziyorat tadbirlari oʻtkaziladigan vaqtda ekspertizaning bevosita bojxona nazorati punktlarida oʻtkazilishini taʼminlaydi.
4-bob. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.07.00 Aholi bilan pullik hisob-kitoblar koʻrsatishda kassa apparatini va terminalni qoʻllash]
13. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turgʻun savdo shoxobchalari orqali fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa, toʻlov terminallarini qoʻllash va pul tushumlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) yoʻli bilan yoxud onlayn toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3028, 29.06.2018-y.).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
14. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari kutubxonalari, shuningdek, boshqa kutubxonalar, veb-saytlar tahririyatlari va jismoniy shaxslar tomonidan ijobiy xulosa olmasdan, xorijda tayyorlangan materiallarni aholiga umumiy foydalanish uchun taqdim etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
15. Vakolatli organ materiallarni noqonuniy tayyorlash, olib kirish va tarqatish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlarini oʻtkazadi va natijasi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qiladi.
5-bob. Ekspertizani oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
16. Diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
17. Ekspertiza, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, quyidagi asoslarga koʻra oʻtkaziladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari;
Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari murojaatlari. Bunda ushbu organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan materiallar ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboriladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
18. Ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborilgan materiallar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni mobaynida (zarur hollarda, 20 ish kunigacha) ekspertizadan oʻtkaziladi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qarorlarida belgilangan muddat bundan mustasno.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga moʻljallangan materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar qogʻoz shaklida bevosita yoki pochta aloqasi orqali taqdim etiladi:
a) materiallarni tayyorlash uchun:
nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi maʼlumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning roʻyxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va toʻliq nomi;
nashrga tayyorlashga moʻljallangan (dunyo dinlarining muqaddas kitoblari bundan mustasno) material muallifining diniy professional maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega boʻlmagan taqdirda, diniy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisning taqrizi);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.02.00 Mualliflik huquqi]
mualliflik va turdosh huquqlarga egaligi yoki ulardan foydalanish huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
b) materiallarni olib kirish uchun:
mulk egasi yoki muayyan materialni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berish majburiyatini oluvchi huquq egasi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan shartnoma nusxasi (agarda materiallarni olib kirish shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan boʻlsa);
olib kirilishi rejalashtirilgan materiallar haqida maʼlumot (materialning muallifi va nomlanishi, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi koʻrsatilgan axborot);
v) materiallarni tarqatish uchun:
tarqatilishi rejalashtirilgan materiallar haqidagi maʼlumot (materialning muallifi va nomlanishi, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi koʻrsatilgan axborot).
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar vakolatli organga toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, materiallar koʻrib chiqilmasdan murojaat etuvchiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga moʻljallangan bir turdagi (nomdagi) diniy mazmundagi kitoblarni ekspertizadan oʻtkazish uchun har bir bosma taboq uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Toʻlovlar vakolatli organ tomonidan ekspertiza oʻtkazilgandan keyin diniy mazmundagi kitobning yakuniy shakli asosidagi hisob-kitoblari boʻyicha amalga oshiriladi.
21. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan hamda ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy faoliyati bilan bogʻliq maqsadlarda tayyorlangan yoki olib kirilgan materiallar boʻyicha oʻtkazilgan ekspertizalar bepul amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
22. Vakolatli organ huzurida murakkab, turli sohalarga oid materiallarni tadqiq qilishga koʻmaklashish, tavsiyalar berish maqsadida jamoatchilik asosida dinshunoslik hamda boshqa sohadagi mutaxassislardan iborat maslahat guruhi tuzilishi mumkin.
6-bob. Xulosani rasmiylashtirish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
23. Vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga moʻljallangan materiallar ekspertizadan oʻtkaziladi va uning yakunlari xulosa shaklida rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
24. Xulosada quyidagilar koʻrsatiladi:
ekspertiza oʻtkazilgan joy va sana;
ekspertizani oʻtkazish uchun asos;
ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ekspertiza obyekti;
tadqiqot jarayoni bayoni;
ekspert tekshiruvlari natijalari va yakuniy xulosa (ijobiy yoki salbiy);
ekspertning shaxsiy imzosi.
Xulosada qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
25. Vakolatli organ xulosani tayyorlashda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat va diniy tashkilotlardan oʻz yurituvidagi masalalar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan, elektron tarzda zarur hujjatlar va axborotlarni soʻrash va olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
26. Xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng bir ish kunida vakolatli organga taqdim etilgan materiallar bilan birgalikda tegishli yuridik va jismoniy shaxslar va (yoki) manfaatdor organlarga pochta aloqasi orqali yuboriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
27. Ijobiy xulosa Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
28. Vakolatli organ tomonidan ekspertiza xulosalarining yagona reyestri yuritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi]
29. Ijobiy xulosaga koʻra olib kirish, tayyorlash va tarqatishga taqdim etilgan materiallar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq vakolatli organning maxsus gologrammasi bilan tamgʻalanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet jahon axborot tarmogʻi]
Elektron koʻrinishdagi materiallar vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy xulosaning sanasi va raqami hamda materialning muallifi va nomlanishi (agar mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kod bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
30. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish ular boʻyicha vakolatli organning ijobiy xulosasi olingandan soʻng bir yil muddat ichida amalga oshirilishi lozim.
Ushbu muddat oʻtgandan keyin materiallar qaytadan ekspertizadan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
31. Ekspertizaning bir necha ijobiy xulosalari asosida bir turdagi materiallarning tayyorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.08.00.00 Maʼmuriy sud ish yurituvi]
32. Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Yuridik yoki jismoniy shaxslar
Diniy mazmundagi materiallarni (keyingi oʻrinlarda — materiallar) tayyorlash va olib kirishda uning nazorat nusxasini talab etiladigan maʼlumotlar bilan birgalikda ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga qogʻoz (elektron) shaklida bevosita yoki pochta aloqasi orqali yetkazadi (yuboradi).
Oʻz xohishiga koʻra
Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari
Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan materiallar aniqlanganda ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organga yuboradi.
Materiallar olib kirilgan vaqtdan boshlab
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish yurituvidagi tergovga qadar tekshirish, maʼmuriy yoki jinoyat ishlari boʻyicha chiqargan ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida qaror asosida materiallarni ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organga yuboradi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgandan keyin
2-bosqich
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(Vakolatli organ)
1. Ekspertizaga yuborilgan materiallarni qabul qiladi.
1. Materiallar kelib tushgandan keyin darhol
2. Materiallarni ekspertizadan oʻtkazadi.
2. 10 ish kunida
(zarur hollarda 20 ish kunigacha yoki ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatlarda)
3. Oʻtkazilgan ekspertiza natijasini xulosa shaklida rasmiylashtiradi.
3. 1 ish kuni
4. Ekspertiza xulosasini taqdim etilgan materiallar bilan birgalikda uni taqdim qilgan yuridik va jismoniy shaxslarga va (yoki) manfaatdor organlarga pochta aloqasi orqali yuboradi.
4. 1 ish kuni
3-bosqich
Vakolatli organ
Ijobiy xulosaga koʻra tayyorlash, olib kirish va tarqatishga ruxsat berilgan elektron koʻrinishda boʻlmaganmateriallarni maxsus gologramma bilan tamgʻalaydi.
1 ish kuni
Yuridik yoki jismoniy shaxslar
Ijobiy xulosaga koʻra tayyorlash, olib kirish va tarqatishga ruxsat berilgan elektron koʻrinishdagi materiallarni vakolatli organ tomonidan berilgan xulosaning sanasi va raqami hamda materialning muallifi va nomlanishi (agar mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kod bilan tasdiqlaydi.
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan ruxsat etilgan diniy mazmundagi materiallarga beriladigan
(Aylana boʻylab: “*OʻZBEKISTON* DIN ISNLARI BOʻYICNA QOʻMITA * COMMITTEE OF RELIGIOUS AFFAIRS”)
(Ichida: “DIN ISNLARI BOʻYICNA QOʻMITA* COMMITTEE OF RELIGIOUS AFFAIRS” yozuvi tushirilgan kitob emblemasi)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 21-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 48-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 69-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-maydagi 409-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi OʻRQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga ilovaning 32-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 19-apreldagi 335-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qaroriga 5-ilovaning 11-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 218-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/180/0307-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)